Schirmer testi – normal holatdagi koʻz namligini saqlab turuvchi koʻz yoshi suyuqligining ishlab chiqarilish miqdorini aniqlash usuli. Ushbu testdan koʻz qurib qolganida yoki koʻz haddan tashqari koʻp yoshlanishida qoʻllaniladi. Koʻz qurib qolishi yoki koʻp yoshlanishi kabi holatlar shox pardaning shikastlanishiga sababchi boʻlishi mumkin[1]. Normal holatda sinov natijasi salbiy (5 daqiqada filtr qogʻozida namlik 10mm dan ortiq) boʻladi. Odatda ikkala koʻz ham bir xil miqdorda koʻz yoshi ishlab chiqaradi. Test Otto Schirmer sharafiga shu tarzda nomlangan[2].

Koʻz yoshi ishlab chiqarilishini aniqlash uchun Schirmer testi.

Testni oʻtkazish

tahrir
 
Sjögrenʼ sindromida Schirmer testi=0.00

Test kapillyar taʼsir prinsipi asosida ishlaydi, bu koʻz yoshi tarkibidagi suvning gorizontal kapillyar naychaga oʻxshash tarzda sinov qogʻozi chizigʻi uzunligi boʻylab harakatlanishiga imkon beradi. Sinov chizigʻi boʻylab koʻtarilish tezligi koʻz yoshi ishlab chiqarish tezligiga proporsionaldir. Bemorga yuqoriga qarash buyuriladi va bemorning koʻz qovogʻi pastga tortiladi. Sinov chizigʻining egilgan uchi koʻzga shunday joylashtiriladiki, u pastki qovoqning konyunktivasi va koʻzning bulbar konyunktivasi oʻrtasida joylashadi. Schirmer testi koʻz yoshi ishlab chiqarishni oʻlchash uchun koʻzga bir necha daqiqa davomida kiritilgan sinov qogʻozi chiziqlaridan foydalaniladi. Ikkala koʻz ham bir vaqtning oʻzida tekshiriladi. Testni oʻtkazish uchun pastki koʻz qovogʻi ichiga filtr qogʻozining kichik chizigʻi joylashtiriladi. Koʻzlar 5 daqiqa yopiladi. Keyin qogʻoz chiqariladi va namlik miqdori oʻlchanadi. Besh daqiqadan soʻng bemordan test chiziqlarini olib tashlash uchun ikkala koʻzini ochish va yuqoriga qarash soʻraladi. Schirmer testining natijasi chiziqlar namlangan maydonining uzunligi bilan aniqlanadi. Anestetiklardan foydalanish faqat bazal koʻz yoshi sekretsiyasi oʻlchanishini taʼminlaydi[3].

Yosh odam normada koʻz yoshi har bir qogʻoz tasmasining 15mm ni namlaydi. Odam qarishi bilan gipolakrimatsiya (koʻz yoshi ishlab chiqarilishining kamayishi) sodir boʻlganligi sababli, sogʻlom keksa odamlarning 33 foizida 5 daqiqada sinov qogʻozining faqat 10 mm namlanishi mumkin. Sjögren sindromi boʻlgan odamlarda bu koʻrsatkich 5mm dan kam boʻladi.

Schirmer testi natijalarini baholash

tahrir
1. Norma: 5 daqiqada sinov qogʻozi namlanishi 10mmdan yuqori boʻlishi[4]
2. Gipolakrimatsiya: 5 daqiqada sinov qogʻozi namlanishi 5mm dan kam boʻlishi[4]

Testning alternativlari

tahrir

Ushbu test bir asrdan koʻproq vaqt davomida foydalanib kelinayotgan boʻlsa ham, bir nechta klinik tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, koʻzlarida quruqlik boʻlgan bemorlarning katta guruhida aniq natija bermaydi. Hozirda koʻz yoshi hosil boʻlishi va funksiyasini tekshirishning yangi va yaxshiroq tekshiruv usullari ishlab chiqilmoqda.

  • Shunday sinovlardan biri laktoferrin deb ataladigan temirni bogʻlaydigan molekulani oʻlchashdan iborat. Ushbu molekulaning miqdori koʻz yoshi hosil boʻlishi bilan bogʻliq. Koʻz yoshi kam boʻlgan va koʻzlarida quruqlik boʻlgan bemorlarda bu molekulaning darajasi past boʻladi.
  • Lakrimatsiya normada koʻz yoshida tarkibiga kiruvchi lizotsim fermentining miqdori orqali ham tekshirilishi mumkin.
  • Yana bir test koʻzga tarkibida rang beruvchi flüoresan moddasi boʻlgan koʻz tomchilarini qoʻllash hisoblanadi. Boʻyoq 2 minut ichida koʻzyosh kanali orqali koʻz yoshlari bilan burunga tushishi kerak. Bemorlarda boʻyoqni burungacha kelishi uchun yetarli koʻz yoshlari boʻlmasa, bu vaqt uzoqroq choʻziladi.

Koʻzning quruqligi

tahrir

Koʻzlar quyidagi hollarda qurishi mumkin[5]:

Koʻz yoshining normada hosil boʻlib, burunga oqib chiqa olmasligi quyidagi hollarda yuzaga kelishi mumkin:

  • Baʼzi koʻz infeksiyalari
  • Koʻz yoshi kanalining bloklanishi

Manbalar

tahrir
  1. Savini, Giacomo (March 2008). "The challenge of dry eye diagnosis". Clinical Ophthalmology 2 (1): 31–55. doi:10.2147/opth.s1496. PMID 19668387. PMC 2698717. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=2698717. 
  2. „Ophthalmologist and eponyms“.
  3. Brott, Nathan R. „Schirmer Test“, . StatPearls. StatPearls Publishing, 2022. 
  4. 4,0 4,1 Brott, Nathan R. „Schirmer Test“, . StatPearls. StatPearls Publishing, 2022. 
  5. Ervin, Ann-Margret; Law, Andrew; Pucker, Andrew D (26 June 2017). "Punctal occlusion for dry eye syndrome". Cochrane Database of Systematic Reviews 2017 (6): CD006775. doi:10.1002/14651858.cd006775.pub3. PMID 28649802. PMC 5568656. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=5568656.