Arteriit — arteriyalar devorining yalligʻlanishi. Allergenlar taʼsi-rida yuzaga keladigan allergik A., kasallik qoʻzgʻatuvchisining tomirlar devoriga bevosita taʼsiri bilan bogʻliq boʻlmagan zaharli allergik koʻrinishdagi aseptik A., yuqumli kasalliklar (revmatizm, skarlatina, gripp va boshqalar) oqibatida kelib chiqadigan yuqumli A. farqqilinadi. Ob-literatsiyalovchi endarteriitda arteriyaning ichki devori, tugunli periarteriitda esa devorining hammasi yalligʻlanishi mumkin.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil