Xarkov
Xarkov ukraincha: Ха́рків | |
---|---|
49°59′33″N 36°13′52″E / 49.99250°N 36.23111°E | |
Mamlakat | Ukraina |
{{{mintaqa_turi}}} | Xarkov viloyati |
Hukumat | |
• Hokim | Ihor Terekhov |
Asos solingan | 1556 |
Ilk eslatilishi | 1669 |
Maydon | 350.05 km2 (135.16 kv mi) |
Aholisi (2022) |
1 421 125 |
Telefon kodi | +38057 |
Pochta indeks(lar)i | 61001 — 61499 |
|
Xarkov (ukraincha: Ха́рків) — Ukrainaning Xarkov viloyatidagi shahar, viloyatning maʼmuriy va iqtisodiy markazi. Yirik transport yoʻllari chorrahasi. Aholisi 1000 ming kishi (2023).
Shahar 1655—56 yillarda qalʼa sifatida bunyod etildi. 1919—1934-yillarda USSRning poytaxti boʻlib turdi. X. mashinasozlik boʻyicha Ukrainada yetakchi oʻrinda (respublikada ishlab chiqariladigan mahsulotning 1/5 qismini beradi). X.da energetika mashinasozligi, shu jumladan, elektrotexnika sanoati ("Turboatom", "Elektrotyajmash", "Ukrelektromash" va boshqa ishlab chiqarish birlashmalari; elektromexanika, "Yujkabel" va boshqa zavodlar), traktor mashinasozligi ("Xarkovskiy traktorniy zavod" va boshqalar), qishloq xoʻjaligi va transport mashinasozligi (motor yigʻish, "Serp va molot" ishlab chiqarish birlashmalari; aviatsiya sanoati va boshqalar), stanok va priborsozlik; radioelektronika sanoati va boshqa; kimyo va kimyofarmatsevtika, oziq-ovqat, yengil (toʻqimachilik, poyabzal, koʻnteri, moʻynachilik va boshqalar) sanoatlari rivojlangan. Metropoliten (1975-yildan), 21 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, 3 universitet), 6 teatr (shu jumladan, opera va balet teatri), tarixiy, badiiy, tabiat muzeylari bor. Meʼmoriy yodgorliklardan Pokrovskiy (XVII asr), Uspeniye (XVIII asr) soborlari; Yekaterina saroyi (XVIII asr), proviant omborlari (XVIII asr) saqlangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |