GOLL (Gaulle) Sharl de (1890.22.11, Lill — 1970.9.11, Kolombele Dyoz-Egliz) — Fransiya Prezidenti (1959— 69). 1940-yil Londonda antigitlerchilar koalitsiyasiga qoʻshilgan. "Ozod Fransiya" (1942-yildan "Kurashayotgan Fransiya") vatanparvarlik harakatiga, 1941-yil esa "Fransiya milliy qoʻmitasi"ga asos solgan. 1943-yil Jazoirda tuzilgan "Fransiyani ozod qilish milliy qoʻmitasi"ga rahbar boʻlgan. 1944-yil iyunda G. bu qoʻmitani Fransiya Respublikasining Muvaqqat hukumatiga aylantirgan. Fransiya Muvaqqat hukumati boshligʻi (1944—46 yil yanvar). Urushdan soʻng "Fransuz xalqini birlashtirish" partiyasi tashkilotchisi va rahbari. 1958-yil Fransiya bosh vaziri. G.ning tashabbusi bilan prezident huquqini kengaytiruvchi yangi konstitutsiya tayyorlangan (1958). Uning prezidentligi davrida Fransiya oʻzining yadroviy kurolini barpo etish rejalarini amalga oshirgan, NATO harbiy tashkilotidan chiqqan[4].

Charles de Gaulle
Tavalludi 22-noyabr 1890[1][2]
Vafoti 9-noyabr 1970[3][1][2]
Fuqaroligi Fransiya
Otasi Henri de Gaulle
Onasi Jeanne Maillot

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 (unspecified title)
  2. 2,0 2,1 (unspecified title)
  3. (unspecified title)
  4. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil