Gomer (qadimgi yunoncha: Ὅμηρος, Hómēros) yunon shoiri, „Iliada“ va „Odisseya“ asarlari muallifidir. Uning hayoti haqida aniq maʼlumotlar yoʻq. Turli davrlarda yaratilgan tadqiqotlarda uning yashab oʻtgan davrini mil. av. XII asr bilan VII asr ora-ligʻida deb koʻrsatiladi. Gomerning soʻqir boʻlgani, oʻz asarlarini baxshilar kabi ogʻzaki aytgani maʼlum. Ularni kim, qachon yozib olgani aniq emas. Gomerga nisbat berilgan asarlar koʻp, ammo gomershunoslar kup tortishuvlardan keyin faqat 2 asarni — „Iliada“ va „Odisseya“ Gomerniki deb tan olishgan. Ularning ikkovi ham qahramonlik eposi boʻlib, yunon mifologiyasi asosida yaratilgan. Shu bilan birga, ularda faqat sheʼrlar, afsonalar va rivoyatlargina emas, real tarixiy vokealar ham aks etgan. Jumladan, „Iliada“ dostonida tasvirlangan Troya koʻp zamonlar afsonaviy shahar hisoblanib kelingan, ammo buyuk arxeolog Shpilman koʻp yillik izlanishlardan soʻng uni topdi va bu shahar tarixda mavjud boʻlganini isbot qildi. Gomer asarlaridan namunalar oʻzbek tiliga tarjima qilingan (Mirtemir, Qodir Mirmuhamedov va boshqalar).[1]

Gomer
Asl ismi Ὅμηρος
Tavalludi eramizdan avvalgi VIII asrdan
Vafoti EA 8-asr
Kasbi Shoir
Ijod qilgan tillari Qadimgi yunon tili
Fuqaroligi Ionian League
Yoʻnalish qahramonlik epos

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil