Janubiy xitoy dengizi — Tinch okean gʻarbidagi yarim yopiq dengiz. Janubiy-Sharqiy Osiyo sohili bilan Tayvan, Luson, Palavan va Kalimantan orallari oraligʻida joylashgan. Maydoni 3,500,000 square kilometre (1,400,000 kv mi); hajmi 3622 ming km3. Chuqurligi janubi-gʻarbida 200 m, shimoli-sharqda 5560 m gacha, oʻrtacha chuq. 1140 m. Janubiy Xitoy dengiziga Sinszyan, Xongxa, Mekong, Menam va boshqa daryolar quyiladi. Qirgʻogʻi ancha tekis. Yirik qoʻltiqlari: Bakbo va Siyam. Eng yirik oroli — Xaynan. Mayda orollarning koʻpchiligi marjon orollardir. Suv osti zilzilalari va vulqon otilishlari boʻlib turadi. Iqlimi subekvatorial iqlim. Qishda shimoli-sharqiy, yozda janubiy va janubiy-gʻarbiy shamollar esadi. Yoz va kuzda tez-tez tayfunlar boʻlib turadi. Dengiz suvining oʻrtacha temperaturasi fevralda 20—28°, avgustda 28—29°. Shoʻrligi 32—34 promilli. Yogʻingarchilik yiliga 2000-2500 mm ni tashkil etadi. Suv qalqishi 5,9 m gacha boʻlishi mumkin. Dengizda baliq va boshqa dengiz hayvonlari ovlanadi.

Janubiy Xitoy dengizining shimoli-sharqiy qismi
Janubiy Xitoy dengizining shimoli-sharqiy qismi
Joylashuvi Sharqiy Osiyo va Janubiy-Sharqiy Osiyo
Okean tipi dengiz
Havzaga aloqador oʻlkalar
Yuzasi 3,500,000 square kilometre (1,400,000 kv mi)
Orollari Janubiy Xitoy dengizidagi orollar roʻyxati
Aholi punktlari
Yoriqlari Manila xandaqi

Yirik portlari

tahrir
  • Bangkok
  • Xoshimin
  • Syangan
  • Guanchjou
  • Shantou
  • Xayfon
  • Manila

Janubiy Xitoy dengizidan muhim xalqaro dengiz yoʻllari oʻtgan[1].

Manbalar

tahrir
  1. „Janubiy Xitoy dengizi“ OʻzME. J-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil