Toshkent viloyati
Toshkent viloyati — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. Respublikaning shimoli-sharqida. 1938-yil 15-yanvarda tashkil kilingan. Shimoliy va shimoli-gʻarbdan Qozogʻiston Respublikasi, shimoli-sharqdan Qirgʻiziston Respublikasi, sharqdan Namangan viloyati, janubidan Tojikiston Respublikasi, janubi-gʻarbdan Sirdaryo viloyati bilan chegaradosh. Maydoni (Toshkent shahri maydonisiz) 15,3 ming km². Aholisi (Toshkent shahri aholisisiz) 3.080 million kishidan ziyod (2024). Viloyat tarkibida 15 ta tuman (Bekobod, Boʻka, Boʻstonliq, Zangiota, Oqqoʻrgʻon, Ohangaron, Parkent, Piskent, Chinoz, Yuqori Chirchiq, Yangiyoʻl, Oʻrta Chirchiq, Qibray, Quyi Chirchiq), 17 shahar (Angren, Bekobod, Boʻka, Doʻstobod, Keles, Olmaliq, Oqqoʻrgʻon, Ohangaron, Parkent, Piskent, Toshkent, Toʻytepa, Chinoz, Chirchiq, Yangiyoʻl, Yangiobod, Gʻazalkent), 18 shaharcha (Alimkent, Boʻzsuv, Gulbahor, Zafar, Iskandar, Krasnogorsk, Nurobod, Olmazor, Salor, Tuyaboʻgʻiz, Chigʻiriq, Chorvoq, Eshonguzar, Yangibozor, Yangi chinoz, Yangihayot, Oʻrtaovul, Qibray), 146 qishloq fuqarolari yigʻini bor. Markazi — Nurafshon shahri.
| ||
viloyat | ||
---|---|---|
Maʼmuriy markazi | Nurafshon | |
Hokim | Zoir Mirzayev[1] | |
YAIM | 18 Mlrd $ (2-oʻrin) | |
Rasmiy tili | O'zbek | |
Aholi (2024 Iyun) |
3 080 109 (8.3 % , (6-oʻrin) | |
Zichligi | 201.2 kishi./km² | |
Millatlar tarkibi | O'zbek,Qozoq,Tojik | |
Dinlar tarkibi | musulmonlar | |
Maydoni |
15,300 km² (3.4 %) | |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 | |
Kod ISO 3166-2 | UZ-TO | |
Rasmiy sayti | https://toshvil.uz/ | |
Xaritada | ||
41°10′0″N 69°45′0″E / 41.16667°N 69.75000°E |
Tabiati
tahrirViloyatning shimoliy va shimoli-sharqiy qismlari Gʻarbiy Tyanshan togʻlari va uning tarmoqlari (Qurama, Piskom va Ugom togʻlari) bilan band. Eng baland joyi Piskom tizmasidagi Manas togʻi (4484 m). Chatqol va Qurama togʻlari orasida Ohangaron daryosi kesib oʻtgan, Ohangaron platosi joylashgan. Viloyat hududining katta qismi Sirdaryo tomon qiyalanib boradigan togʻ oldi tekisligi (Chirchiq-Ohangaron vodiysi)dan iborat. Ohangaron daryo vodiysi, Qurama togʻi, Angren-Olmaliq atrofida foydali qazilmalardan mis, polimetall rudalari, oltin, kumush, qoʻrgʻoshin, alyuminiy xom ashyosi, qoʻngʻir kumir, molibden konlari, plavik shpati va dala shpati, turli xil qurilish materiallari bor. Termal va mineral suv zaxiralari kup. Viloyat kuchli seysmik zonada joylashgan. Ayniqsa, Chirchiq va Ohangaron havzalarida aniq seziladigan zilzilalar buning ifodasidir. Juda kuchli zilzila 1868-yilda Toshkentda boʻlib oʻtdi va 1966-yilda takrorlandi. Turli intensivlikdagi yer osti silkinishlar vaqtvaqti bilan hozirgi kunda ham davom etmoqda.[2]
-
Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Urung'och davlat tabiat yodgorligi
-
Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani
-
Ugom-Chotqol davlat tabiat milliy bogʻi flora olami
-
Ugom-Chotqol davlat tabiat milliy bogʻi, gidrografik obyekt
Iqlimi keskin kontinental. Qishi nam, nisbatan iliq, yozi uzoq, issiq va quruq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi — 1,3°, −1,8°, eng past temperatura −34° (tekislikda), −38° (togʻ etaklarida), iyulnint oʻrtacha tempaturasi 26,8°, eng yuqori temperatura 43-47°. Tekislik qismida yiliga 250 mm, togʻ oldilariga 350–400 mm, togʻlarda 500 mm yogʻin yogʻadi. Yogʻinning koʻp qismi bahor va qishda yogʻadi. Qor togʻlardagina uzoqroq saqlanadi. Vegetatsiya davri tekislik qismida 210 kun. Daryolari Sirdaryo havzasiga mansub (Sirdaryo — oʻrta oqimi, uz. 125 km va uning irmoklari — Chirchiq, Piskom va Ohangaron). Bular Tyanshan togʻlaridan boshlanadi va suvidan elektr energiya olishda va sugʻorish ishlarida foydalaniladi. Sugʻorish kanallari: Boʻzsuv, Qorasuv, Dalvarzin, Toshkent va boshqa Tuyaboʻgʻiz suv ombori („Toshkent dengizi“), Chorvoq suv ombori, Ohangaron suv omborlarn bor.
Tuproklari: tekislikda boʻz tuproq, togʻ etaklarida (500–600 m balandlikkacha) tipik boʻz tuproq, undan balandroqda chimqoʻngʻir, yuqrrirokda oʻtloqidasht tuproq, daryo terrasalarining quyi qismida, yer osti suvi yuza joylarda oʻtloqi va botqoq tuproq, daryo vodiylarida allyuvial tuproqlardan iborat. Toshkent viloyatining tekislik qismi toʻla haydalgan, Sirdaryo buylarida kichik tuqaylar (terak, tol, jiyda, har xil butalar) mavjud. Togʻ etaklari va togʻlarda (1200–1400 m balandlikkacha) togʻ dashtlari, yuqorirokda siyrak archazorlar, 2000 m dan balandda subalp va alp oʻtloklari bor. Daryo vodiylarida terak, tol; togʻ etaklari va togʻlarning oʻrtacha balandliklarida olmazor va yongʻoqzorlar uchraydi, togʻolcha oʻsadi. Tekisliklarda sarik. yumronqoziq, qoʻshoyoq, kaltakesaklar, chul toshbaqalari, qalqontumshuq ilon va boshqa, Sirdaryo toʻqaylarida chiyaboʻri, tolay quyoni, qobon; togʻ etaklari va togʻlarda ayiq, tulki, togʻ qoʻyi, jayra, boʻrsiq, kaklik, toʻrgʻay, archa boltatumshugʻi va boshqa, togʻ daryolari va jilgʻalarda qora baliq, osman, laqqacha uchraydi. Viloyat hududida „Chimyon“, „Burchmulla“, „Bogʻiston“, „Xumson“, „Oqtosh“ kabi bolalar oromgoxlari, iklimiy kurort va dam olish uylari bor. Toshkentdan 20 km uzoqlikda „Toshkent mineral suvlari“ balneologik kurorti joylashgan. Toshkent viloyatida UgomChatqol milliy bogʻi (maydoni 574 ming ga) tashkil etilgan. Boshqizilsoy boʻlimida meteorologiya styasi (1956-yildan) faoliyat koʻrsatadi.
Toshkent viloyati qadimdan Buyuk ipak yoʻlidagi ilmfan, gʻunarmandchilik, madaniyat taraqqiy etgan makonlardan biri bulgan. Xoʻjakent yaqinidagi gʻordan topilgan tosh davriga mansub odam suyagining qoldiklari va qoyalardagi suratlar bu vohada qadimda ibtidoiy odamlar yashaganligidan dalolat beradi.
Hududiy boʻlinishi
tahrirTuman nomi | Tuman markazi | |
---|---|---|
1 | Angren shahri | |
2 | Bekobod shahri | |
3 | Olmaliq shahri | |
4 | Ohangaron shahri | |
5 | Nurafshon shahri | |
6 | Chirchiq shahri | |
7 | Yangiyo‘l shahri | |
8 | Bekobod tumani | |
9 | Bo‘ka tumani | |
10 | Bo‘stonliq tumani | |
11 | Qibray tumani | |
12 | Quyi Chirchiq tumani | |
13 | Oqqo‘rg‘on tumani | |
14 | Ohangaron tumani | |
15 | Parkent tumani | |
16 | Piskent tumani | |
17 | Toshkent tumani | |
18 | Zangiota tumani | |
19 | O‘rta Chirchiq tumani | |
20 | Chinoz tumani | |
21 | Yuqori chirchiq tumani | |
22 | Yangiyo‘l tumani |
Viloyatni ikkiga boʻlish taklifi
tahrirShavkat Mirziyoyev 2021-yil 19-mart kuni Nurafshon shahrida oʻtkazilgan Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Toshkent viloyatini ikkiga boʻlishni taklif qildi. Bunga sabab qilib, viloyatda birlik yoʻqligini, agar ikkiga boʻlinsa 2 ta ixcham viloyat boʻlishini qayd etgan:
Toshkent viloyatini ikkiga boʻlmoqchiman. Birlik yoʻq bu viloyatda, agar boʻlsak ixchamgina ikkita viloyat boʻladi. Lekin koʻp oʻylayapman yangi hokimga imkon beraman. Men bu yerga viloyat aholisining shart-sharoitini yaxshilashga kelganman.
Shavkat Mirziyoyev viloyat ikkiga boʻlinsa, qanaqa nom berishni ham oʻylab qoʻyganini maʼlum qilgan:
Xafa boʻlmanglar, ammo sizda shu xususiyat yoʻq. Angrendagi oqsoqolning gapi Bekobodga toʻgʻri kelmaydi. Bekobodning gapini Chinoz olgisi kelmaydi. 22 ta hududni birdan boshqarishni vallomat hokim ham eplay olmayapti. Hozircha bu fikrni oʻzimda ushlab turibman. Mana hozir Hidoyatovni sizga rahbar sifatida tavsiya etyapmiz. Yana bir marta imkon berib koʻrmoqchiman. Toshkent viloyatida 150 mingta ish oʻrni yaratsa boʻladi. Oʻzidagi ishsizlar tugul, boshqa viloyatlardan keladiganlarni ish bilan taʼminlash mumkin. Yo hozir birlashib, viloyatni koʻtarishga birdamlik bilan harakat qilasiz, yoki boshqa qaror qabul qilamiz. Ochigʻini aytaman, viloyatni ikkiga boʻlsak, qanaqa nom berishni ham oʻylab qoʻyganman[3].
Vohaning iklim sharoiti, sersuvligi, dare boʻyi va togʻ oldi mintaqalarining yovvoyi oʻsimliklar va hayvonot dunyosiga boyligi qad. tosh davridayoq odam yashashi uchun qulay imkoniyat yaratgan. Toshkent viloyatining qad. aholisi toʻgʻrisida mil. av. 5-2asrlarga oid Yunon, Xitoy va boshqa Shark, manbalarida baʼzi maʼlumotlar saqlanib qolgan. Oʻlkani arxeologik jihatdan 19-asrda N. I. Veselovskiy, A. A. Divayev, N. P. Ostroumov, Ye. T. Smirnov va boshqa oʻrgandilar. 1920-30 yillarda M. V. Voyevodskiy, G. V. Grigoryev, V. D. Jukov va A. I. Terenojkinlar, 1941-yildan M. Ye. Massoy rahbarligida Oʻrta Osiyo universiteti arxeologiya kafedrasi aʼzolari, 1950-yildan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining arxeolog olimlari Ya. F. Gʻulomov, Oʻ. Islomov va R. H. Sulaymonovlar viloyat hududida tekshiruv ishlari olib bordilar. 1958-yildan Toshkent viloyatining oʻrta asr shaharlari va qad. konlarini Yu. F. Buryakov, 1966-yildan Toshkent shahrini V. A. Bulatova rahbarligidagi guruh ilmiy ravishda oʻrgangan.
Koʻp yillik tadqiqotlar natijasida Toshkent viloyati arxeologik xaritasiga 760 ta qad. manzilgoh, shahar va qishloq xarobasi, qad. konlar, qabristonlar, mudofaa va irrigatsiya inshootlari tushirildi. Toshkent viloyatida ibtidoiy odamlar krldirgan dastlabki izlar paleolit davriga toʻgʻri keladi. Bu davrga oid odamlar yashagan gorlar va och iq manzilgoxlardan biri Koʻlbuloq makonidir. Koʻlbuloq yaqinidagi Qizilolmasoy va Qoʻshsoydan qad. tosh qurollar yasalgan ustaxona topilgan. Mustye davriga oid manzilgoxlar Obirahmat gʻorildm, Xoʻjakent qishlogʻi yaqinidan, Chirchiq vohasida esa Qoraqamish va Shoʻralisoydan topilgan. Yangi tosh davri (neolit)ga oid ashyo Toshkent shahrining garbida Qoʻshilish degan joydan topilgan. Bu davrda kurollar maydalashgan va soni koʻpaygan. Toshkent viloyatiningjez davri (mil. av. 2ming yillik) topilmalari Andronovo, Tozabogʻyop madaniyatiga oiddir. Tosh va toʻkma tuproqdan qilingan qabriston qoʻrgʻonlar Chirchiq va uning irmoqlari boʻyida, Obirahmat, Burchmulla (qarang Burchmulla xazinasi) qishloqlari, Iskandar shaharchalarida ochilgan. Qabrlardan Andronovo madaniyatiga xos qoʻlda yasalgan sopol idishlar, bilaguzuk, marvarid va marjonlar topilgan. Jez davridan boshlab rangdor va qimmatbaho metallar togʻ yon bagʻridagi konlardan qazib olina boshlagan. Temir davrida viloyat xududida skif qabilalarning sakmassaget ittifoqiga kirgan elatlar yashagan. Ularga tegishli yodgorliklar mil. av. 6-4asrlarga oiddir. Bu davr qabristonlaridan (Burchmulla yaqinida) tirnab bezalgan sopol idishlar, tosh va kumushdan yasalgan zebziynat buyumlari topilgan. Chirchiq vodiysida Burganlisoydan temir davriga oid sopol, metall, toshdan yasalgan uyroʻzgʻor buyumlari, jumladan, choynaksimon tumshukli va quloqli qozonlar va mehnat qurollari topilib oʻrganilgan. Idishlar dumaloqshaklda boʻlib, sirtiga angob boʻyogʻi berilgan. Mil. av. 1 — mil.ning 1-asrlarida Toshkent viloyati hozirgi hududi Qangʻ davlati tarkibiga kirgan. Toshkent viloyati oʻtroq xalklarining madaniyati koʻshni koʻchmanchi chorvador xalklar madaniyati bilan chambarchas aloqada boʻlgan. Koʻchmanchi chorvador xalqlar yodgorliklaridan Qovunchitepa yaxshi oʻrganilgan. Ohangaron daryosining quyi oqimida joylashgan Qanqa (qarang Xarashkat) xarobasi eng qad. shaharlardan biri boʻlgan. Shahar mil. av. 3-2 asrlarda vujudga kelgan. 1-asrga oid shaharlar Sirdaryo vodiysida Banokat, OhangaronOqqoʻrgʻon oraligʻida Kindiktepa va Qovunchitepalar boʻlgan. Bu yerlardan Toshkent hokimligining birinchi tanga pullari topilgan. Bu davrda hamma mayda shahar va qoʻrgʻonlar Shosh (Choch) va Iloq (Eloq)qa birlashgan. 7-asrda qalʼalari va mayda shaharchalari koʻpligi uchun Shoshni ming qalʼali davlat deb taʼriflaganlar. Shulardan biri Toshkentning shimolida (hozirgi shahar hududida) joylashgan Oqtepa qoʻrgʻoni boʻlib, u mustahkam mudofaa devorlari bilan oʻralgan. Ilk oʻrta asr shaharlarining arki va shahristoni boʻlgan.
Shaharlarda hukumat uylari, savdo va xunarmandchilik rastalari tartib bilan joylashgan. Ularning maydoni 20 ga dan 65 ga gacha yetadi. Atrofdagi togʻlardan oltin, kumush, mis qazib olish natijasida hunarmandchilik yuksalgan. Kulolchilik va chorvachilik rivojlangan. Shosh va Iloq davlatlari oʻz nomlaridan tanga pullar zarb qilgan. Tangalarning yuz tomoniga vahshiy hayvonning rasmi (silovsin yoki bars), orqa tomoniga panshaxaga oʻxshash tam/a tushirilgan.
Ilk oʻrta asrlarda aholi oʻrtasida otashparastlik keng yoyilgan. Ossuariyga odam suyaklari solib koʻmilgan qabrlar Toʻytepa, Qoraxitoy va Tuyaboʻgʻizdan (qarang Tuyaboʻgʻiztepa) topilgan. Ossuariylar tuxumsimon shaklda boʻlib, qopqogʻiga hayvon suratlari solingan.
9-10-asrlarda Toshkent viloyati Somoniylar davlati tarkibiga kirgan. Bu davrda shaharlar har tomonlama rivojlangan. 10-asr arab geograflari Istaxriy, Muqaddasiy va boshqa koʻrsatishicha, Xuroson va Movarounnahrda Shosh viloyati eng koʻp shagʻarli (40 taga yaqin) oʻlka boʻlgan. Eng yirik shaharlardan viloyat poytaxti Binkat, Iloq (Eloq) davlatining poytaxti Tunkat va yirik savdohunarmandchilik markazlari Xarashkat, Shuturkat, Nujkat boʻlgan.
Qadimgi shahar xarobalarida oʻtkazilgan qazilmalar shaharlarning paydo boʻlishi, rivojlanishi va kengayishi har xil tarzda kechganligini koʻrsatadi. Shaharlar poytaxt boʻlgani, karvon yoʻllari ustiga joylashgani, konlardan yaxshi foydalangani va chorvador koʻchmanchi xalqlar bilan aloqada boʻlgani uchun rivojlangan. Shaharlarning maydoni 20 ga dan 200 ga gacha boʻlgan. Toshkent viloyati hududidan oʻtgan 2 mashhur karvon yoʻlining birinchisi Sirdaryo, Binkat, Xarashkat, Xudoykat orqali, ikkinchisi bir oz shim.rokdan Chinozkat, Shuturkat, Dafnigankat, Isfijob orqali oʻtgan. 9-10-asrlarda konchili k ishlari, metall eritish, kulolchilik va toʻqimachilik taraqqiy etgan. 10-asr geograflarining maʼlumotlariga koʻra, Shosh, Ilokdan har xil matolar, gilamlar, teridan ishlangan ashyolar, harbiy qurollar, egarlar, metall buyumlar, chorvachilik mahsulotlari va gʻalla tashqariga chiqarilgan.
Toshkent hunarmandlari tomonidan yasalgan xunarmandchilik va zargarlik buyumlari, qurolaslahalar butu n sharqsa shuhrat qozongan.
Toshkent vohasi oʻz tarixida takdirning koʻp sinovlarini, shahar va qishlokdarni vayronaga aylantirgan moʻgʻullar bosqini kabi ogʻir davrlarni boshidan kechirgan. Tarixiy manoalardan maʼlum boʻlishicha, faqat Amir Temur davriga kelib, vohada qaytadan rivojlanish boshlangan. Koʻplab shaharqishloklar yangidan kad rostlab, obod boʻlgan. Viloyat hududidagi mashhur Zangiota majmuasi Amir Temur tomonidan qurildi. Bu yodgorlik majmuining qurib bitkazilishi keyinchalik Mirzo Ulugʻbek tomonidan oxiriga yetkazilgan.
Tarixdan maʼlumki, sohibqiron Amir Temur Toshkent sh. va Toshkent vohasiga koʻp marta tashrif buyurgan. Sirdaryo boʻyidagi moʻgʻullar vayron qilgan Banokat shahrini qayta tiklab uni oʻgʻli Shohrux nomiga Shohruxiya deb atagan.
Aholisi
tahrirToshkent viloyatidagi aholining zichligi oʻrtacha 1 km² ga 157 kishini tashkil etadi, asosan, oʻzbeklar (60,9 %), shuningdek, rus (8,1 %), qozoq (14,3 %), tatar (2,5 %), tojik (5,0 %), koreys (2,8 %), ukrain va boshqa millat (turk, qirgʻiz, uygʻur, nemis va boshqa jami 80 millat) vakillari yashaydi (2004). Chorvokdan tortib Sirdaryogacha viloyat aholisi zich joylashgan. Ayniqsa, bir qancha yirik shaharlar zanjiridan tashkil topgan Toshkent aglomeratsiyasida aholi juda koʻp. Toshkent viloyatidagi koʻpchilik shaharlar poytaxtni ulkan shoda shaklida oʻrab olgan.
Iqtisodiyoti
tahrirToshkent viloyati mamlakatning sanoati yuqori darajada rivojlangan viloyatlardan biridir. Uning geografik oʻrni iktisodiyotining ravnaq topishiga imkon beradi. Viloyat xoʻjalik kompleksi, asosan, poytaxt xoʻjalik kompleksini toʻldiradi. Ayni paytda viloyat respublika sanoat mahsulotining 20 %ni, elektr energiyasining 45 %ni, koʻmirning 98 %ni, sementning 43 %ni, poʻlat va metall prokatining 100 %ni, rangli metallarning asosiy qismini ishlab chiqaradi. Vshtoyatda 190 ta sanoat, 160 dan ortiq qoʻshma, 20 mingdan ortiq kichik va oʻrta biznes subyektlari faoliyat koʻrsatadi. Eng muximlari: „Gʻishtchi“ (Angren), „Agat va Farhod“ (Boʻstonliq tumani), „Metallurfemont“ (Bekobod), „Orion“ (Qibray tumani).
Sanoatining yetakchi tarmoklari — energetika, mashinasozlik, metallurgiya, koʻmir, kon metallurgiyasi, kimyo sanoati, poyabzal, paxta tozalash, oziq-ovqat sanoati, toʻqimachilik hamda qishloq xoʻjaligi. mahsulotlarini qayta ishlash.
Viloyatda sanoat korxonalaridan Bekoboddagi Oʻzbekiston metallurgiya, Olmaliqdagi konmetallurgiya, Yangi Angren, Toshkent issiqlik elektr styalari hamda Chirchikdagi oʻtga chidamli va qiyin eriydigan metallar kombinati ishlab turibdi.
Chirchikdagi „Elektrkimyosanoat“, Olmalikdagi „Ammofos“ va Angrendagi „Oʻzbekrezinatexnika“ ishlab chiqarish. birlashmalari Respublika kimyo sanoatidagi yirik korxonalardan xisoblanadi. Bu korxonalarda qishloq xoʻjaligi. va boshqa tarmoqdar uchun azotli va fosforli oʻgʻitlar, ammiakli selitra, kaprolaktam ishlab chikariladi. „Oʻzbekkimyomash“, „Chirchiq qishloq xoʻjaligi mashinasozligi“, „Transformator“ korxonalarida qishloq xoʻjaligi. uchun zarur boʻlgan paxta seyalkalari, kultivatorlar, podborshchiklar va ehtiyot qismlar va boshqa ishlab chikariladi.
Viloyatdagi „Toshkenttibtexnika“ (Qibray tumani), „OʻzBMZ“ (Toshkent tumani), „Gidravlika“, „Uskuna quruvchi“ (Zangiota tumani), Dalvarzin taʼmirlash zavodi (Bekobod tumani), Togʻ transporti uskunalarini taʼmirlash zavodi, „Angrengazmash“ (Angren sh.,) korxonalari yirik korxonalardan qisoblanadi.
Viloyatda, shuningdek, „Ohangaronsement“, „Santexquyma“, „Ohangaronshifer“, „Ohangaronlinplast“, „Bekobodsemtaʼmir“, „Gʻazalkentoyna“ kabi qurilish materiallari ishlab chikaradigan va qayta ishlaydigan korxonalar ham mavjud boʻlib, ularda sement, shifer, keramika, oyna, gʻisht, linoleum, temirbeton konstruksiyalari kabi mahsulotlar tayyorlanadi.
Oziq-ovqat sanoati xam rivojlangan. Bunda, asosan, mahalliy xom ashyodan mahsulot tayyorlanadi. Bu sanoat goʻshtsut, yogʻmoy, unqandolat, vinoaraq, tamaki va boshqa tarmoklarni oʻz ichiga oladi.
Oziq-ovqat sanoati paxtachilik mahsulotlari, bogʻdorchilik, tokchilik, sabzavotchilik, chorvachilik va boshqalarga asoslanadi. Viloyatda 4 un zdi, konserva, pivo, araq, non va non mahsulotlari zdlari, sholi tozalash korxonalari bor. Yangiyoʻl sh. viloyat oziq-ovqat sanoatining markazlaridan biri. Bu yerda yogʻ, konserva, vino va spirt zdlari, qandolat fabrikalari mavjud. Chirchiq, Olmaliq, Angren shaharlari, Bekobod, Qibray, Zangiota, Toshkent, Boʻstonliq tumanlarida ham oziq-ovqat korxonalari koʻp.
Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoklari: paxtachilik, bogʻdorchilik, tokchilik, pillachilik; togʻ etaklarida lalmikor dehqonchilik (asosan, bugʻdoy va arpa yetishtiriladi). Ayniqsa, mustaqillik yillarida sohada iktisodiyetning koʻp tarmokli turlari shakllanib borayapti. Toshkent viloyatida 50 mingdan ortiq dehqon xoʻjaligi va 7,5 mingdan ortiq fermer xoʻjaligi faoliyat koʻrsatadi. Bugungi kunda dehqon va fermer xoʻjaliklarining yalpi mahsulotdagi salmogʻi 72 %ni tashkil etadi (2004).
Soʻnggi 10 yilda paxta urugʻchiligini rivojlantirishga eʼtibor ortib borayapti. Viloyat paxta seleksiyasi va urugʻchilik sohasida ilmiy izlanishlar natijasida jahon talablarini qondiruvchi tola, yuqori hosilli va tez pishar navlar yaratilmoqda.
Toshkent viloyati 1990-yillargacha SSSRda kanop yetishtiriladigan yagona region edi. Sirdaryo va Chirchiq sohillarida sholi yetishtiriladi. Keyingi yillarda viloyatda qishloq xoʻjaligi. ekinlari strukturasini oʻzgartirishga alohida ahamiyat berilyapti. Paxtachilik, gʻallachilik asosiy oʻrinlarni egallaydi. Toshkent viloyatida shuningdek, kartoshka, meva va rezavor mevalar, uzum yetishtirish ham yil sayin ortib borayapti. Pillachilik bilan shugullaniladi. Chorvachilik rivojlangan. Toshkent viloyatida 168 shirkat xoʻjaligi, 8 parrandachilik fabrikasi bor. Chorvachilik goʻshtsutga ixtisoslashgan.
Toshkent viloyatidagi barcha jamoa va xususiy xoʻjaliklarida 425,5 ming bosh kramol (shu jumladan, 190,3 ming sigir), 20,2 ming choʻchqa, 446,1 ming qoʻy va echki, 4018,2 ming parranda bor (2003).
Chirchiq — Ohangaron vodiysi obikor dehqonchilikning asosiy rnidir. Viloyatdagi barcha ekin maydoni 315 ming ga, shu jumladan, yerning 108,0 ming gektariga paxta, 135 ming gektariga boshokli don ekinlari, 5,8 ming gektariga texnika ekinlari, 17,4 ming gektariga kartoshka, sabzavot va poliz, 39,7 ming gektariga yemxashak ekinlari ekiladi. Bogʻ, tokzor 30,8 ming ga va 8,5 ming ga oʻrmonzorlar bilan band, pichanzor va yaylovlar 198,5 ming gektarni egallaydi (2003). Ekinlarni sugʻorishda, asosan, Chirchiq daryosi, qisman Ohangaron va Sirdaryodan foydalaniladi.
Toshkent viloyati respublika poytaxti aholisiga sut, goʻsht, tuxum, mevasabzavot yetkazib beradi. Kartoshka va sabzavot, asosan, Toshkent, Chirchiq, Yangiyoʻl, Angren shaharlari atrofidagi xoʻjaliklarda ekiladi. Zangiota va Qibray tumanlari Toshkent sh. aholisini kartoshka va sabzavot bilan taʼminlashga ixtisoslashgan. Viloyatda tokchilik va bogʻdorchilik ham yaxshi rivojlangan. Bogʻlarda asosan, nok va olma oʻstiriladi. Bogʻlarning asosiy qismi Boʻstonliq, Qibray, Yangiyoʻl, Parkent, Ohangaron, Zangiota, Toshkent, Quyi Chirchiq tumanlarida joylashgan. Sharqiy togʻli va togʻ etaklaridagi tumanlarda, asosan, qoʻy va echkilar boqiladi. Echkilarning 40 % angor echkilari, qoʻylar esa hisor va jaydari qoʻylardir.
Viloyatda Quyi Chirchiq „Baliqchi“ tajriba namunaviy baliqchilik birlashmasi, Zangiotada Damachi balikchilik kti, Yangiyoʻl baliq chavoqlari yetishtirish davlat xoʻjaligi, Ixtiopatologiya markazi (Toshkent) va boshqa bor.
Transport
tahrirToshkent viloyatidagi temir yoʻl uzunligi 354,2 km. Viloyat hududidan Oʻrta Osiyodagi mustaqil davlatlarni Sharqiy Yevropa shaharlari bilan bogʻlaydigan temir yoʻl liniyasi (shu jumladan, Moskva — Toshkent — Turkmanboshi) oʻtadi. Angren sh. va Chorvoq shaharchasi yoʻnalishidagi temir yoʻl tarmoqlari Toshkentdan boshlanadi. Toshkent atrofidagi temir yoʻl elektrlashtirilgan. 2004-yildan boshlab Toshkent — Samarqand yoʻlovchilar tashuvchi elektr poyezdi qatnay boshladi. Viloyatda avtomobil yoʻllarining tarmogʻi zich. Viloyat ahamiyatidagi avtomobil yoʻllarining umumiy uz. 6,6 ming km (shu jumladan, qattiq qoplamalisi — 5,9 ming km). Muhim avtomobil yoʻllari: Katta Oʻzbekiston trakti, Toshkent-Andijon-Oʻsh- Qashqar avtomobil yoʻli.
Madaniy maorif, sogʻliqni saqlash va sport
tahrir2003/04 oʻquv yilida viloyatda 897 umumiy taʼlim maktabida 519,8 mingga yaqin oʻquvchi taʼlim oldi, 2 mehribonlik uyi (264 tarbiyalanuvchi) faoliyat koʻrsatdi.
Viloyatda kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida yangi taʼlim tizimi shakllanmoqda. 2000-yilda viloyatning 45 nafar oʻquvchisi „Umid“ jamgʻarmasi orqali chet ellardagi nufuzli oliy oʻquv yurtlariga joʻnatildi. 2004-yilda Boʻstonliq tumanidagi 38maktab qoshida AQSH USAJD tashkilotining Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonda sport va sogʻlomlashtirishni targʻibot qilish dasturi asosida maktab oʻquvchilari bilan sport haftaligi oʻtkazildi. Toshkent viloyatining barcha shaharlarida hamda Qibray, Piskent tumanlarida „Bogʻchamaktab“ majmualari tashkil etilgan. Bu majmualarda bolalarga chet tili, kompyuter savodxonligini oʻrgatish, alifbosiz oʻqishga eʼtibor berilgan. „Mehr va muruvvat yili“ munosabati bilan Olmaliq shahridagi 80sonli maxsus internat maktabi binosini mukammal taʼmirlash uchun Olmaliq togʻmetallurgiya kombinati tomonidan 350 mln soʻm miqdorida mablagʻ ajratilib, taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. 1998—2003-yillarda yangi qurilish va qayta taʼmirlash hisobiga 29 ta kasbhunar kolleji, 4 akademik litsey foydalanishga topshirildi. Toshkent viloyati oʻrta maxsus, kasbhunar taʼlimi boshqarmasi tasarrufida 4 akademik litsey va 67 ta kasbhunar kolleji mavjud boʻlib ularda 57,4 mingga yaqin oʻquvchi taʼlim olmoqda. 2004-yilda Toʻytepa shahrida ijtimoiyiqtisodiy kasbhunar kolleji foydalanishga topshiriladi.
Akademik litsey va kasbhunar kollejlarini oʻquvlaboratoriya jihozlari va uskunalari bilan taʼminlash, turli mavzularda ilmiyamaliy seminar oʻtkazish loyihalari boʻyicha tanlovlar tashkil qilish borasida Janubiy Koreya, Germaniya davlatlari bilan hamkorlik qilinmoqda.
Oʻrta maxsus, kasbhunar taʼlimi tizimi boʻyicha 2003-yilda Amerika hamkorlik tashkiloti (AKSELS) tomonidan „Aʼlo taʼlim uchun mukofot“ dasturi asosida litseylar va kasbxunar kollejlari direktorlari, ingliz tili oʻqituvchilarining taqdimot seminarlari oʻtkazildi.
2004-yilda 757 oʻquvchi oʻqishni imtiyozli diplom bilan tugatdi. Viloyatda 2 oliy oʻquv yurti (Toshkent agrar universiteti, Toshkent viloyat pedagogika instituti) bor. Ularda 10,1 ming talaba taʼlim oladi (2004).
Toshkent viloyatida eng yirik ilmiy tadqiqot institutlari, bogʻdorchilik, tokchilik va vinochilik, gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi, paxtachilik, chorvachilik, ipakchilik va oʻrmon xoʻjaligi, sugʻorish texnikasi ilmiy tadqiqot institutlari, qishloq xoʻjaligi.gini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish Oʻrta Osiyo instituti, Oʻrta Osiyo rangli metallurgiya loyigʻalash, Sholikorlik ilmiy tadqiqot instituti va boshqa joylashgan.
Toshkent viloyatida 4 oʻlkashunoslik muzeyi, 501 ommaviy kutubxona (7141,6 ming nusxa asar), 169 klub muassasasi, 35 bolalar musiqa va sanʼat maktabi (6323 oʻquvchi), madaniyat uylari, 746 badiiy havaskorlik jamoalari, 3 madaniyat va istirohat bogʻi bor. Toshkent viloyati va Toshkent shahridan Toʻychi hofiz, Zokirovlar, Rajabovlar sulolalari, akauka Shojalilovlar; Oʻzbekiston xalq hofizlari: Muhammadjon Karimov, Faxriddin Umarov, Ochilxon Otaxonov; Oʻzbekiston xalq artistlari: Turgʻun Alimatov, Orif Alimahsumov, Nuriddin Haydarov, Oʻzbekistonda xizmat I ■ ʻ koʻrsatgan artist Toshpoʻlat Matkarimov va boshqa yetishib chiqdilar. Viloyatda xalq hunarmandchiligi rivojlangan.
Sogʻliqni saqlash. Toshkent viloyatida 10361 oʻrinli 96 kasalxona muassasasi, 42 dorixona, viloyat tez tibbiy yordam markazi boʻlimlari, 334 ambulatoriyapoliklinika muassasasi ishlab turibdi. Shulardan 174 qishloq vrachlik punkta, 43 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 11 stomatologiya poliklinikam, talabalar poliklinikasi va 195 feldsherakusherlik punkti va boshqa tibbiyot muassasalari faoliyat koʻrsatadi.
Toshkent viloyatida oʻtgan 1996—2003-yillar mobaynida 174 qishloq vrachlik punktlari barpo etildi, 119 qishlok, shifokorlik ambulatoriyasi va feldsherakusherlik punktlari qishloq shifokorlik punktlariga aylantirildi. 1999- 2003-yillarda viloyatda 150 oʻrinli viloyat klinik shifoxonasi, 170 oʻrinli viloyat tugʻruq majmuasi, 90 oʻrinli viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi, 60 oʻrinli narkologiya dispanseri, 120 oʻrinli viloyat ruhiyasab kasalliklari dispanseri, 100 oʻrinli viloyat silga qarshi kurash dispanseri, ayollar reproduktiv salomatligini tiklash markazi, Yuqori Chirchiq tumanida 40 oʻrinli „Nuroniy“ shifoxonasi, Bekobod, Toshkent, Oʻrta Chirchiq, Qibray tumanlarida yangi tugʻruq majmualari ishga tushirildi. Ular zamonaviy tibbiyot apparatlari, asbobuskunalar bilan jihozlandi. Toshkent viloyatidagi barcha tibbiy muassasalarda 5032 dan ziyod vrach, 22106 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi. Viloyat hududida 95 ta bolalar oromgoxdari, 5 ta dam olish zonalari, 10 sanatoriy, 14 ta sanatoriyprofilaktoriy, 3 dam olish uylari, 7 ta pansionat, 2 bolalar sanatoriysi faoliyat koʻrsatadi. Toshkent shahridan 90 km shim.sharkda Chatqol togʻ yon bagʻirlarida „Chimyon“ dam olish zonasi joylashgan.
Sport
tahrirViloyatdan sportning futbol, basketbol, voleybol, suv polosi, mini futbol, qoʻl toʻpi, shaxmat va boshqa boʻyicha sportchilar mamlakat musobaqalarida ishtirok etib kelmoqdalar. Toshkent viloyatida 49 stadion, sport majmuasi, 16 suzish havzasi, 38 tennis korti, otchopar, velotrek, 624 sport zali, 45 otish tiri, 683 basketbol, 994 voleybol, 359 qoʻl toʻpi, 667 futbol maydoni bor. Bugungi kunda 1701 ta jismoniy tarbiya va jamoalarida 600 mingga yaqin kishi jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanadi.
Oʻtgan davr mobaynida viloyatda oʻnlab jahon, Osiyo, respublika chempionlari yetishib chikdi. D. Mansurov erkin kurash, R. Saidov va I. Alborovlar boks, E. Akbarov, S. Zokirov, A. Bobojonov va M. Kalikulovlar dzyudo, M. Inoyatova stol tennisi, D. Turchin, M. Tarasov, Yu. Borzova. D. Strijkovlar baydarka va kanoe, V. Smirnov yengil atletika, S. Soy suzish boʻyicha Afina 2004 Olimpiadasiga yoʻllanmalarni qoʻlga kiritishdi. Katar davlati poytaxti Doxa shahrida boʻlib oʻtgan stol tennisi boʻyicha Osiyo chempionatida A. Dyugay oltin medalga sazovor boʻddi. 2004-yil may oyida Dogʻistonning Maxachqala shahrida oʻtkazilgan yirik xalqaro turnirida D. Mansurov 1oʻrinni egalladi. Viloyat jamoasi respublika miqyosida uloq, yengil atletika, boks, dzyudo, stol tennisi, qoʻl toʻpi, voleybol va boshqa sport turlari boʻyicha 1 va sovrinli oʻrinlar sohiblari boʻlishdi.
Viloyatda sport turlari orasida futbol tobora ommaviylashmoqda. Futbol boʻyicha mamlakat chempionatining oliy ligasida „Doʻstlik“ (Toshkent viloyati), „Metallurg“ (Bekobod), „Kimyogar“ (Chirchiq), „Semurgʻ“ (Angren) jamoalari viloyat sharafini himoya qilmoqdalar. „Doʻstlik“ komandasi ikki bor mamlakat chempioni va bir marta billur sovrini sohibi boʻldi.
Toshkent viloyatida xalqaro toifadagi sport ustalari, sport ustaligiga nomzodlar, 1toifadagi sportchilar tayyorlandi.
Adabiyoti
tahrirToshkent vohasi Sharq adabiyotining qad. markazlaridan. Shayx Ahmad Taroziyning Mirzo Ulugʻbekka bagʻishlab yozilgan asarida Mavlono Lutfiyning ona vatani Toshkent boʻlgan, degan fikr ilgari surilgan. 14-16-asrlarda shoir Badriddin Chochiy, mashhur tarixchi, huquqshunos, tarjimon Koʻhakiy, 16-asrda Zayniddin Vosifiy T.da yashab ijod qilganlar. Xoja Ahror taklifi bilan Toshkentda Jomiy ham boʻlgan va ulugʻ mozorotlarni ziyorat qilgan. Toshkentlik tarixchi va geofaf olim Muhammad Solih „Tarixi jadidai Toshkand“ asarini yezdi. Dilkash, Gulshan, Almaiy, Kamiy kabi shoirlar voya ga yetdi. Avloniy, Nozimaxonim, Mirmuxsin Shermuhamedov, Sidqiy Xondayliqiy (Shavkat), Xislat, Miskin, Tavallo kabi isteʼdodlar yetishib chikdi. Shoir Akmal yetuk olim sifatida ham nom chiqargan. Dilafgorning toshbosmada devoni chop qilingan, Elbek turkologtilshunos, tarjimon va jurnalist sifatida ijod qildi. 20-asrning 20-30-yillaridagi Toshkent adabiy hayotida Abdulla Qodiriy, Oybek, Gʻafur Gʻulom. Botu, Ziyo Sayd, Oydin, Zulfiya, Gʻayratiylarning oʻrni katta. Toshkent viloyatida V. Gʻafurov, A. Ubaydullayev, Muzayyana Alaviya, M. Samadov, Usmon Umrzodalar ijod qiddilar. Oʻzbekiston xalq shoiri Rauf Parfi, yozuvchi H. Sultanov, shoirlar Abdulla Sher, Sh. Salimova, M. Toirov, O. Otaxonovlar Toshkent viloyatida tugʻilib kamol topgan adabiyot namoyandalaridir. Matbuot, radio va televideniyesi.
Toshkent viloyatida 2 ta viloyat („Toshkent haqiqati“, „Tashkentskaya pravda“), 16 tuman, 9 shahar gazeta chiqadi. Viloyatda, shuningdek, 17 tarmoq, 7 jamoat gazeta va 1 jurnali nashr etiladi. 38 matbaa korxonasi faoliyat koʻrsatadi.
Toshkent viloyatida (Toshkent shahrida) tajriba radioeshittirishlar dastlab 1926-yil boshlangan. 1927-yil 11-fevralda quvvati 2 kVt boʻlgan ommaviy radiostansiya ishga tushirilib, muntazam radioeshittirishlar olib borilgan. 1929-yildan boshlab muntazam radiogazeta eshittirishlari berilgan. 1930-yildan quvvati 20 kVt boʻlgan RV radiostansiyasi ishlay boshlagan.
Respublika miqyosidagi eshittirishlardan tashqari, Toshkent shahar va viloyat radio tinglovchilari uchun har kuni Toshkent shahar va Toshkent viloyat radioeshittirish bosh tahririyati tayyorlagan eshittirishlar beriladi (1971-yildan). Shuningdek, „Oriat Dono“, „Oriat GʻM“ radiostansiyalari faoliyat koʻrsatadi.
Televizion eshittirishlar 1956-yil 5-noyabrdan boshlangan. 1971-yildan rangli televizion koʻrsatuvlar berilmoqda. Toshkent sh. va Toshkent viloyati uchun moʻljallangan koʻrsatuvlar bosh tahririyati „Oʻzbekiston“ axborot dasturi, „Shahar yumushlari“, „Davra suhbati“, „Muloqot“, „Hamshaharlar“, „Shahar portreti“, „Oila“, „Mezon“, „Oltin beshik“, „Bahs“ kabi koʻrsatuv turkumlarini tayyorlaydi. Viloyatda, shuningdek, „Olmaliq-TV“, „Poʻlat“, „Chirchiq-TV“, „Bekobod oynai jahon“, „Orbita TRK“ telestudiyalari ishlab turibdi.
Meʼmoriy yodgorliklari. Viloyat hududida ilk oʻrta asrlarda bunyod etilgan shahar, koʻshk va saroylar xaroba holida tuproq ostida qolib ketgan. Oʻrta asrlarga oid yirik meʼmoriy binolarning aksari kismi Tbshkent shahrida bunyod etilgan. Ulardan 14-19alarda qurilgan maqbara va madrasalarning ayrimlarigina hozirgacha saqlangan.
Zangiota majmuasi Toshkent viloyatidagi eng mashhur, Oʻrta Osiyodagi noyob meʼmoriy yodgorlikdir. Zangiota qishlogʻida joylashgan mazkur yodgorlik 15- 20-asrlar davomida qurilgan. Zangiota maqbarasi, peshtoqli ayvon, ziyoratxona, goʻrxonalardan iborat. Majmua tarkibida Anbar bibi maqbarasi ham bor.
Bekobod tumanida Qizilmozor maqbarasi joylashgan. Toshkent viloyatidagi tuman markazlarida Ikkinchi jahon urushida halok boʻlganlar xotirasiga, jumladan Chirchiq shahriga kiraverishda, Boʻzsuv kanali sohilida, Yangiyoʻl shahrida, Parkent shahridagi yodgorliklar oʻrnatilgan.
Tabiati
tahrirHar bir viloyat, tuman, xar kaysi shahar va kishlok-xammasining uziga xos kiyofasi, fayzu tarovati bor. Shular orasida Toshkent viloyati alohida ajralib turadi. Toshkent viloyati deganda, inson kuz ungida Chotkrl, Ugam, Kurama, Chimyon kabi purvikrr toglari, serxrsil dalalari, ulkan sanoat korxonalari, zamonaviy shaharlari, fayzli va tarovatli kishlokgshri, sulim bogu poflari bulgan guzal bir voxa namoyon buladi.
Bu tupima ran emas. Yukoridagi fikrlar yurtboshimiz Islom Karimov tomonidan 1999-yil dekabr oyida viloyat saylovchilari bilan bulgan uchrashuvda bildirilgan.
Prezident Toshkent viloyati xakida suz yuritar ekan, bu voxaning Buyuk ipak yulidagi ilm-fan, xunarmandchilik, madaniyat tarakkiy etgan makonlardan biri bulganligiga alohida eʼtibor karatdi.
Prezident Toshkent viloyati xakida suz yuritar ekan, bu voxaning Buyuk ipak yulidagi ilm-fan, kunarmandchilik madaniyat tarakkiy etgan makonlardan biri bulganligiga alohida eʼtibor karatdi.
Darxakikat, Xujakent yakinidagi gordan topilgan tosh davriga mansub odam suyagining koldiklari va koyalardagi suratlar bu voxdtsa ajdodlarimiz juda uzok zamonlardan beri yashab kelganidan dalolat beradi.
Buni bukj alloma Muxammad al-Xorazmiy, mashxur tarixchi at-Tabariy, jugrofiya olimi al-Istaxriy va boshqalar krldirgan muxim maʼlumotlar xam tasdiklaydi. Bu yerda yasalgan xunarmandchilik va zargarlik buyumlari, kurol-aslaxalar butun Sharqda shuxrat kozongan. Bizgacha etib kelgan „Xudud al-olam“ nomli tarixiy kitobda: „Choch — bu katta viloyat, xalki jangovar va saxiydir. U yerda kamon va uk-yoy yasaladi“, — degan suzlar bitilgani x.am buni yakkrl isbotlaydi.
Bu mukaddas zamin uz tarixida takdirning kup-kup sinovlarini, shahar va kishloklarni vaironaga ailantirgan mugullar boskini kabi balo-kazolarni xam boshidan kechirgan.
Zangi OtaTarixiy manbalarning shoxidlik berishicha, fakat sox;ibkiron Amir Temurdavriga kelib, voxdtsa kaytadan rivojlanish boshlangan. Kuplab shahar-kishloklar yangidan kad rostlab, obod bulgan.
Shu maʼnoda viloyat xududidagi mashxur sufiy alloma Oyxuja ibn Toshxuja Zangiota makbarasining bunyod etilishi bilan boglik ibratli tarixiy voqealar teran ramziy maʼnoga ega, desak xech kanday mubolaga bulmaydi.
Maʼlumki, bobomiz Amir Temur xazrat Yassaviyga makbara kurish xarakatini boshlaganida, nima uchundir, ish xadeganda yurishavermagan. Bu xrlning sababini bilolmay, xayron bulib yurganida, u bir kechasi tush kuradi. Tushida nuroniy bir zot Yassaviyga makbara kurishdan avval Zangiotaning kabrini obod kilish lozimligini soxibkiron bobomizga ayon kiladi.
Shunda Amir Temur Zangiota ruxini shod etish uchun maxbara kurishga kirishadi. Bu muxdasham yodgorlik majmuining kurilishi keyinchalik Ulugbek Mirzo tomonidan oxiriga etkaziladi.
Butun islom dunyosida maʼlum va mashxur Zangiota majmuining keyingi yillarda tubdan kayta taʼmirlanib, guzal va obod bir ziyoratgoxga aylantirilgani viloyat axlining savobli ishlaridan biridir.
Yana bir misol. Tarixdan maʼlumki, buyuk soxibkiron Amir Temur mamlakatimiz poytaxtiga, Toshkent viloyatiga juda kup tashrif buyurgan. Chinoz, Okkurgon tumanlarida buyuk zotning muborak izlari krlgan. Xatto Okkurgon tumanida Banikent nomli shaharni kayta tiklab, uni sevimli farzandi Shoxrux nomiga „Shoxruxiya“ deb atagan.
Hozirgi Okkurgon tumanida joylashgan bu azim gusha, jaxrngir bobomiz bunyod etgan shahar — Shoxruxiyada Amir Temur bogi barpo etilgan.
Bu misollar ushbu zaminning nakadar mukaddasligidan dalolat beradi.
Bu mukaddas zaminda muborak izlari qolgan Xoja Axror Valiy, Shayx Umar Bogistoniy, Abu Bakr Shoshiy, Abu Sulaymon Banokatiy, Xrfiz Kuykiy kabi zoti shariflarning xar biri xakida uzok gapirish mumkin
Toshkent viloyati ulkan va noyob saloxiyatga ega. Bu yerdagi bexisob imkoniyatlar, rivojlangan kommunikatsiya tarmoklarini olasizmi, shakllangan infratuzilmani olasizmi, suv taʼminoti yoki yuksak malakali kadrlarni olasizmi — ularning barchasi Toshkent viloyatida mavjud.
Bugungi kunimiz va ertangi xayotimizning tarakkiyoti ustida ishlayotgan, ilmu fan va maʼrifat sohasiga uzining munosib xissasini kushayotgan kuplab tashkilotlarning xizmatini alohida taʼkidlash lozim.
Viloyat xududida birgina kishlok xujaligi muammolari bilan shugullanuvchi undan ortix ilmiy tekshirish instituti, nufuzli tadkikrt markazlari ishlab turibdi.
Bu yerda usimliklar genetikasi, sholikorlik kartoshka va sabzavotchilik paxtachilikka ixtisoslashgan bir kator ilmiy tadkikrt institutlari, Shreder nomidagi Uzumchilik va bogdorchilik ilmiy ishlab chikarish birlashmasi, respublikamizning barcha viloyatlariga mutaxassislar tayyorlab berayotgan, mamlakatimizda yagona bulgan Agrar universitet faoliyat kursatmokda.
Shu nuxtai nazardan Toshkent viloyati xalk xujaligi sohasida paydo bulayotgan barcha yangilik va ixtirolarni sinab kuradigan katta bir tajriba maydoni, deb nom olgan bulsa, bu xam tabiiy bir xrldir.
Bunyodkorlik voxasi deb nom olgan viloyatning fayzu tarovati va boshqa uziga xos xususiyatlari yana nimada namoyon buladi?! Yaxshisi, shu xakda:
Toshkent viloyati Ozʼbekiston Respublikasining shimoliy-shartsida joylashgan. Maydoni 15.3 ming kv.km. Viloyatda 15 ta tuman, 16 ta shahar, 18 ta shahar kurgoni va 146 ta kishlok fukarolari yiginlari mavjud. Mamlakat poytaxti — Toshkent shahri bir vakxning uzida viloyatning maʼmuriy markazi xamdir.
Yirik shaharlari: Angren, Chirchiq, Olmaliq, Bekobod, Yangiyo'l va Oxangarondir.
Viloyatda 2,4 mln. kishi istikrmat kiladi va axrli soni jixatidan respublikada uchinchi urinda turadi. Axrli zichligi jixatidan xar bir kv.km.ga 155 kishi tugri keladi.axolining milliy tarkibi: uzbeklar, ruslar, kozoklar, tojiklar, kirgizlar, uygurlar, tatarlar, koreyslar, ukrainlar va boshqa 80 ga yakin millat xam da elatlardan iborat.
Viloyatning shimoliy-sharqiy va sharkiy kismini Chotkol, Qurama, Piskom va Ugam tizma tog;lari tashkil qiladi. Hududining katta kismi janub va janubiy garbga tomon Sirdaryoga kiya tushgan togoldi tekisligidan iborat. Viloyat yukrri seysmik zonada joylashgan. Ik/1imi kontinental. 1 xishi nam, nisbatan yumshok Yozi issik, KURUK-Yanvarning urtacha xarorati — 1.3 S dan — 1.8 S gacha, iyulniki 26.8 S. Yiliga tekisliklarga 250 mm, togoldilariga 350–400 mm, togparga 500 mm. yogin tushadi. Kor koplami fakat toglarda turgun. Vegetatsiya davri tekisliklarda kariyb 210 kun. Asosiy daryolari: Sirdaryo (Toshkent viloyatida uzunligi 125 km) va uning irmokgshri, Chirchiq; (Pekom bilan birga) xamda Angren xisoblanadi.
Tekislikda buz tuprok, togoldilarida (500–600 m. balandlikkacha) — tipik buztuprok, undan yukorida chimli-kungir, utloki — dasht tuproklar tarkalgan. Dare terassalarining kuyi kismida, shuningdek yer osti suvlari yer yuzasiga yakin joylarda, dare vodiylarida allyuvial tuprok/iap bor. Tekislik kismi xaydalib, ekin ekiladi. Fakat Sirdaryo soxillarida tukayzorlar bor. Toglarrr 1200–1400 m. balandlikkacha togdashtlari, undan yukrrida archazorlar, 2000 metrdan yukorida subalp va alp utloklari uchraydi.
Manbalar
tahrir- ↑ „„Yaxshiroq nomzod boʻlsa, koʻrib chiqishga tayyorman“. Prezident Toshkent viloyati hokimligiga Zoyir Mirzayev nomzodini taklif qildi“. Bugun.uz. 2023-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-sentyabr.
- ↑ "Toshkent viloyati" OʻzME. T-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ „«Бирлик йўқ бу вилоятда, агар бўлсак ихчамгина иккита вилоят бўлади». Шавкат Мирзиёев Тошкент вилоятини иккига бўлиш таклифини билдирди“. Bugun.uz. 2021-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 19 март.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |