Xalqaro tashkilot

davlatlararo yoki nodavlat tusdagi birlashma

Xalqaro tashkilotlar – davlatlarning yoki hukumat qaramogʻida boʻlmagan milliy jamiyat (assotsiatsiya)larning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, fan-texnika, madaniyat va shu kabi sohalarda umumiy maqsadlarga erishish uchun tuzilgan uyushmasi; davlatlar oʻrtasidagi koʻp tomonlama hamkorlikning eng muhim shakllaridan biri. Xalqaro tashkilotlar XIX asrda vujudga keldi va ikkinchi jahon urushidan keyin koʻplab tuzila boshladi. Hozirgi kunda Xalqaro tashkilotlarning soni 4 mingdan ortiq boʻlib, 300 tasi hukumatlararo tashkilotdir. Xalqaro tashkilotlar oʻziga xos bir qancha xususiyatlari bilan ajralib turadi. Jumladan, xalqaro tashkilotlarning tuzilmasi, asosiy maqsad va tashkilot faoliyatining yoʻnalishlarini belgilab beruvchi taʼsis hujjati (ustavi) boʻladi; bunday tashkilotlar doimiy yoki vaqti-vaqti bilan faoliyat yuritadi; koʻp tomonlama muzokaralar va muammolarni muhokama qilish ular faoliyatining asosiy usuli hisoblanadi; qarorlar ovoz berish yoki konsensus yoʻli bilan qabul qilinadi; qarorlar, odatda, tavsiyaviy kuchga ega boʻladi. Hukumatlararo Xalqaro tashkilotlar va nohukumat xalqaro tashkilotlar, shuningdek, umumjahon va mintaqaviy tashkilotlar farqlanadi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jenevadagi (Shveysariya) vakolatxonalari, bu dunyodagi eng koʻp xalqaro tashkilotlarga mezbonlik qiladigan shahar[1].

Xalqaro tashkilotlar tashkilot, ittifoq, jamgʻarma, bank, agentlik, markaz va shu kabi nomlar bilan ataladi.

Oʻzbekiston Respublikasi 50 dan ortiq nufuzli xalqaro tashkilotlarning teng huquqli aʼzosidir.

Xalqaro tashkilotlar:

Manbalar

tahrir
  1. (fransuzcha) François Modoux, „La Suisse engagera 300 millions pour rénover le Palais des Nations“, Le Temps, Friday 28 June 2013, page 9.