Kontent qismiga oʻtish

Taraqqiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
("Taraqqiy"dan yoʻnaltirildi)

"TARAQQIY" — jadidlar gazetasi. 1906-yil 14-(27) iyundan Toshkentda chop etilgan. Noshiri va muharriri — Ismoil Obiliy. "Taraqqiy" tom maʼnodagi ilk milliy nashr hisoblanadi. Uning saxifalarida chor Rossiyasining Turkistonda olib borayotgan mustamlakachilik siyosatini dadillik bilan fosh qilishga bagʻishlangan maqolalar, xabarlar va maʼlumotlar bosilgan.

"Taraqqiy" da bosilgan felyeton va boshqa materiallarda tanqidiy yoʻnalish, fosh qilish ruhi kuchli boʻlgani uchun u oʻsha davrning eng ommaviy nashriga aylangan va jamoatchilik fikriga katta taʼsir koʻrsatgan. Munavvarqori Abdurashidxonov, Mahmudxoʻja Behbudiy, Soʻfizoda, Nozimaxonim, Bahrombek Davlatbekov, Shokir Muxtoriy, Zarif Xoliqiy va boshqalarning ommaga milliy ozodlik, taraqqiyot gʻoyalarini targʻib va tashviq qiluvchi asarlari "Taraqqiy" saxifalarida chop etib turilgan.

"Taraqqiy" tutgan yoʻl, gaz.ning maslagi va maqsadi, unda chop etilgan asarlardagi oʻtkir tanqidiy ruh mustamlakachi maʼmurlarga maʼqul kelmagan. 19 soni chiqqanidan soʻng "Taraqqiy" yopib qoʻyilgan. Muharriri qamoqqa olinib, gaz.ning molmulki musodara qilingan.