Kontent qismiga oʻtish

Joʻrnavozlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Joʻrnavozlik, joʻrovozlik, akkompanement — 1) musiqa ijrochiligida yakkaxon xonanda, sozanda, raqqosa yoki ijrochilar guruhiga bir yoki bir necha musiqa cholgʻular (ansambl, orkestr)ning joʻr boʻlishi. Oʻzbekistonda qadimdan rivojlanib kelgan. Ayritom, Afrosiyob, Varaxsha va b. joylardan topilgan yodgorliklarda hamda ulardan keyingi davrlarga oid miniatyuralarda yakkaxon va guruh-guruh sozandalar, raqqosalar tasvir-langan. Qadimdan, mas, "Katta oʻyin" turkumidagi raqslar nogʻora (yoki doyra), Shashmaqomnpnt nasr (ashula) yoʻllari tanbur joʻrligida ijro etilgan. Oʻzbek anʼanaviy ijrochiligida tor, dutor, tanbur, rubob kabi yakka (yoki doira bilan birgalikdagi) sozlar va cholgʻu ansambli joʻrligidan foydalaniladi; 2) Garmoniya, gomofoniya kabi koʻp ovozli musiqa uslublarida yetak-chi, ohangdor ovozga boshqa, koʻmakdosh ovoz (akkord)larnchng joʻr boʻlishi. [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil