Kontent qismiga oʻtish

Oʻtkir Rasulov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻtkir Rasulov
Tavalludi 7-noyabr 1939-yil
Vafoti 4-may 2021-yil(2021-05-04)
(81 yoshda)
Toshkent
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Rasulov Oʻtkir Hasanovich (1939. 11.7, Toshkent — 4.5.2021) — fizik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1995), fizikamat, fanlari doktori (1979), professor (1992). Oʻrta Osiyo universitetini tugatgan (1961). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Fizikatexnika (1962—67), Elektronika intlari (1967—69)da, SSSR Fanlar akademiyasi Ioffe nomidagi Fizikatexnika instituti (196581) da ishlagan. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Elektronika instituti laboratoriya mudiri (1981-yildan) va direktori (1985-yildan). Ilmiy ishlari fizik elektronika va qattiq jism sirti fizikakimyosi sohalariga oid. U emission elektronikaning yangi yunalishi — koʻp atomli molekulalarning qattiq jism sirti bilan oʻzaro taʼsiri va bunday zarralarning sirtiy ionlanishini ochdi; organik va bioorganik birikmalar ionlanishining yangi uslubini topdi va bu hodisaning barcha qonuniyatlarini aniqladi. Shogirdlari bilan birgalikda organik va bioorganik birikmalar, jumladan, ekologiya va atrofmuhitni nazorat qilish uchun zararli va zaharli, giyohvand va dorivor moddalarni qayd etuvchi, yuqori sezgirlikka va tanlash xususiyatiga ega sirt ionizatsion uslublar va asboblar; gaz xromatografiyasi uchun detektorlar, gaz analizatorlari; ionlarning harakatchanligi boʻyicha ajratuvchi spektrometrlar va boshqa asboblar ishlab chiqdi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati (1995-99). "Shuhrat" medali (1994) va "Mehnat shuhrati" ordeni (2003) bilan mukofotlangan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil