Prometey
Qiyofa
Prometey — yunon mifologiyasida Olimp togʻidagi ma`budlardan olovni oʻgʻirlab, odamlarga hadya qilgan maʼbud. Buning uchun u Zevs buyrugʻi bilan togʻ qoyasiga kishanlanib, muttasil qiynoqqa solingan: har kuni burgut uchib kelib, P.ning tuni bilan yarasi bitgan jigarini choʻqib turgan. Gerakl P.ni ozod qilib, burgutni oʻldirgan. P. ob-razi adabiyot (Volter, I. V. Gyote, J. Bayron, P. B. Shelli, L. Meshterxazi), tasviriy sanʼat va musika (L. Betxoven, A. N. Skryabin)da aks ettirilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |