Kontent qismiga oʻtish

Qulmoq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qulmoq, xmel — tutdoshlar oilasiga mansub chirmashib oʻsadigan koʻp yillik va bir yillik oʻsimliklar turkumi. Moʻʼtadil iklimli mintaqalarda 4 turi tarqalgan. Rossiyaning zax va keng bargli oʻrmonlarida, daryo qirgʻoqlarida oddiy qulmoq, Uzoq Sharqda yapon qulmogʻi oʻsadi. Oʻzbekistonda oddiy qulmoq (N.1iriSh5.) turi ekiladi. Poyasi chirmashib oʻsadi. Boʻyi 10 m, barglari bandli, qaramaqarshi joylashgan yon bargchali. Urugʻchi gullari 30—50 ta dan qubba-toʻpgullarga yigʻilib barg qoʻltigʻida joylashgan. Urgʻochi gullarida lupulin ajratuvchi tilla-sariq bezchalari bor. Erkak toʻpgullari roʻvak. Mevasi yongʻoqcha. Asosan, urgʻochi qubba toʻpgullari uchun ekiladi. Pivo tayyorlashda, non uchun achitqi sifatida hamda tibbiyotda (dori vositasida) qoʻllaniladn. Manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladi. Ildizpoyasini boʻlish yoʻli bilan koʻpaytiriladi.