Videman - Frans Qonuni
Videman - Frans Qonuni — qattiq jismlarning elektron issiqlik oʻtkazuvchanligi bilan elektr oʻtkazuvchanligini bogʻlovchi munosabat. 1853 yilda nemis fiziklari Gustav Videman va Rudolf Frans ochgan. Bir xil temperaturada elektron issiklik oʻtkazuvchanlikning elektr oʻtkazuvchanlikka nisbati barcha metallar uchun bir xil. Bu nisbat mutlaq temperatura bilan universal doimiy – Lorens soni (1=2,45-Yu-8 VtOm/K2) orqali chizikdi toʻgʻri mutanosib bogʻlangan. Videman - Frans Qonuni xona temperaturasida koʻpgina metallar uchun eksperimental tasdiqlangan. Ammo baʼzi metallar (mas., berilliy, marganes) uchun bu qonundan chetga chiqishning tabiati nomaʼlum.
Videman - Frans Qonuni yarimoʻtkazgichlarga ham taalluqli, lekin bu holda Lorens soni yuqoridagi qiymatdan farq qiladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil