Yozgi Paralimpiada oʻyinlari
Yozgi Paralimpiada oʻyinlari | |
---|---|
2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari payti Parijda yoqilgan Paralimpiya olovi. | |
Paralimpiada oʻyinlari | |
Sport turlari (batafsil) | |
|
Yozgi Paralimpiada oʻyinlari, shuningdek, Paralimpiada oʻyinlari nomi bilan ham tanilgan, jismoniy imkoniyati cheklangan sportchilar ishtirok etadigan xalqaro koʻpsport musobaqasidir. Ushbu musobqada qatnashuvchi sportchilar qatoriga harakatlanishida nuqsoni boʻlgan, amputatsiyaga uchraganlar, koʻrlik va bosh miya falaji bilan kasallanganlar kiradi. Paralimpiada oʻyinlari Xalqaro Paralimpiya qoʻmitasi tomonidan har toʻrt yilda bir marta oʻtkaziladi. Medallar har bir musobaqada beriladi, birinchi oʻrin uchun oltin, ikkinchi oʻrin uchun kumush va uchinchi oʻrin uchun bronza medallari bilan taqdirlanadi. Ushbu anʼana 1904-yilda boshlangan Olimpiada oʻyinlari bilan bogʻliqdir.
AQSh, Buyuk Britaniya va Yaponiyaning har biri yozgi Paralimpiya oʻyinlariga ikki marta mezbonlik qilgan. Yana oʻn bir davlat bir marta yozgi Paralimpiya oʻyinlariga mezbonlik qilgan, bu roʻyxatga quyidagi davlatlar kiradi: Avstraliya, Braziliya, Kanada, Xitoy, Germaniya, Gretsiya, Isroil, Italiya, Niderlandlar, Janubiy Koreya va Ispaniya.
2020-yilgi yozgi Paralimpiya oʻyinlariga koʻra, yozgi oʻyinlarning har birida oʻn toʻrtta davlat ishtirok etgan: Argentina, Avstraliya, Avstriya, Belgiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Isroil, Italiya, Yaponiya, Niderlandlar, Shvetsiya, Shveysariya, AQSh – barcha yozgi Paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan. Ushbu roʻyxatdan 2020-yilgacha boʻlgan barcha musobaqalarda 7 ta davlat oltin medallarni qoʻlga kiritishga erishgan: Avstraliya, Avstriya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Niderlandiya va Amerika Qoʻshma Shtatlari.
Amerika Qoʻshma Shtatlari: 1964, 1968, 1976, 1980, 1984, 1988, 1992 va 1996-yillardagi sakkizta Yozgi Paralimpiada oʻyinlari boʻyicha eng yuqori oʻrinni egallagan (medallar boʻyicha) mamlakat boʻlgan. Xitoy 2004, 2008, 2012, 2016 va 2020-yillardagi beshta soʻnggi oʻyinlarda eng yuqori oʻrinni egallagan davlat. Yana uchta davlat kamida bir marta ushbu oʻringa erishishga muvaffaq boʻlgan: Italiya (1960), Germaniya (1972) va Avstraliya (2000).
Saralash
[tahrir | manbasini tahrirlash]Paralimpiya sport turlarining har biri uchun saralash qoidalari ushbu sport turining xalqaro musobaqalarini tartibga soluvchi Sport federatsiyalari (IF) tomonidan belgilanadi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Birinchi rasmiy Paralimpiya oʻyinlari 1960-yilda Italiyaning Rim shahrida boʻlib oʻtgan[1]. 1960-yilgi oʻyinlarda 23 mamlakatdan 400 nafar sportchi ishtirok etgan, ammo faqat nogironlar aravachasidagi sportchilar ishtirok etgan[2].
1976-yilgi Yozgi oʻyinlarda turli nogironligi boʻlgan sportchilar birinchi marta yozgi Paralimpiya oʻyinlariga kiritilgan. Koʻproq nogironlik toifasidagi sport turlarini kiritish bilan 1976-yilgi Yozgi oʻyinlarda 40 mamlakatdan 1600 nafar sportchiga oshgan[1].
1988-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlari oʻsha yilgi Olimpiada bilan bir xil joyda (va shuning uchun bir xil obyektlardan foydalangan holda) oʻtkazilgan birinchi oʻyin boʻlgan. Oʻshandan beri barcha Paralimpiya oʻyinlari Olimpiada oʻtkazilgan bir shaharda oʻtkaziladi, ularning har biri oʻrtasida ikki haftalik tanaffus boʻladi.
Rio-de-Janeyro 2016-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarini oʻtkazgan va Yozgi yoki Qishki oʻyinlarni oʻtkazgan Lotin Amerikasi va Janubiy Amerikadagi birinchi shaharga aylandi. Tokio 2020-yilgi yozgi Paralimpiya oʻyinlariga mezbonlik qiladi va bu oʻyinlarni ikki marta oʻtkazilgan birinchi shaharga aylanadi.
Barcha davrlardagi medallar jadvali
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xalqaro Paralimpiya qoʻmitasining rasmiy maʼlumotlariga koʻra, eng yaxshi yigirmata davlatga havola qilingan.
Yozgi Paralimpiada oʻyinlari (1960—2020)
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻrin | MPQ | Oltin | Kumush | Bronza | Umumiy |
---|---|---|---|---|---|
1 | AQSh (USA) | 808 | 736 | 739 | 2283 |
2 | Buyuk Britaniya (GBR) | 667 | 621 | 626 | 1914 |
3 | Xitoy (CHN) | 535 | 400 | 302 | 1237 |
4 | Kanada (CAN) | 400 | 338 | 346 | 1084 |
5 | Avstraliya (AUS) | 389 | 422 | 394 | 1205 |
6 | Fransiya (FRA) | 357 | 362 | 373 | 1092 |
7 | GFR (FRG)* | 322 | 260 | 246 | 828 |
8 | Niderlandiya (NED) | 301 | 262 | 245 | 808 |
9 | Polsha (POL) | 269 | 265 | 219 | 753 |
10 | Shvetsiya (SWE) | 235 | 233 | 178 | 646 |
11 | Ispaniya (ESP) | 221 | 237 | 242 | 700 |
12 | Germaniya (GER) | 199 | 266 | 253 | 718 |
13 | Italiya (ITA) | 167 | 202 | 230 | 599 |
14 | Ukraina (UKR) | 149 | 162 | 161 | 472 |
15 | Isroil (ISR) | 129 | 125 | 130 | 384 |
16 | Janubiy Koreya (KOR) | 128 | 116 | 121 | 365 |
17 | Yaponiya (JPN) | 127 | 139 | 158 | 424 |
18 | Janubiy Afrika (RSA) | 121 | 95 | 88 | 304 |
19 | Norvegiya (NOR) | 116 | 105 | 96 | 317 |
20 | Avstriya (AUT) | 113 | 128 | 131 | 372 |
21 | Braziliya (BRA) | 110 | 135 | 133 | 378 |
22 | Meksika (MEX) | 104 | 92 | 114 | 310 |
Jami (22 davlat) | 5967 | 5701 | 5525 | 17193 |
Paralimpiya sport turlari roʻyxati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bir qator turli xil sport turlari u yoki bu musobaqada Paralimpiya dasturiga kiritilgan.
Ushbu rang Paralimpiada dasturidan chiqarilgan sport turini bildiradi
|
|
Yozgi Paralimpiada oʻyinlari roʻyxati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Paralimpiada oʻyinlari |
Yil | Mezbon | Tomonidan ochilgan | Sana | Davlat | Ishtirokchilar | Sport turlari | Musobaqalar | Top davlat | ||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Umumiy | Erkaklar | Ayollar | |||||||||
1 | 1960 | Rim, Italiya | Camillo Giardina | 1960-yil 18–25-sentyabr | 23 | 400 | 8 | 57 | Italiya (ITA) | ||
2 | 1964 | Tokio, Yaponiya | Valiahd shahzoda Akihito | 1964-yil 3–12-noyabr | 21 | 375 | 307 | 68 | 9 | 144 | AQSh (USA) |
3 | 1968 | Tel Aviv, Isroil | Yigal Allon | 1968-yil 4–13-noyabr | 29 | 750 | 10 | 181 | AQSh (USA) | ||
4 | 1972 | Heidelberg, GFR | Prezident Gustav Heinemann | 197-yil 2–11-avgust | 41 | 1,004 | 187 | GFR (FRG) | |||
5 | 1976 | Toronto, Kanada | Leytenant gubernator Pauline Mills McGibbon | 1976-yil 3–11-avgust | 32 | 1,657 | 1,404 | 253 | 13 | 447 | AQSh (USA) |
6 | 1980 | Arnhem, Niderlandlar | Malika Margriet | 1980-yil 21–30-iyun | 42 | 1,973 | 12 | 489 | AQSh (USA) | ||
7 | 1984 | New York, AQSh | Prezident Ronald Reagan | 1984-yil 17–30-iyun | 45 | 1,800 | 15 | 300 | AQSh (USA) | ||
Stoke Mandeville, Birlashgan Qirollik | Charles III | 1984-yil 22-iyul – 1-avgust | 41 | 1,100 | 10 | 603 | Buyuk Britaniya (GBR) | ||||
8 | 1988 | Seul, Janubiy Koreya | Prezident Roh Tae-woo | 1988-yil 15–24-oktyabr | 61 | 3,057 | 17 | 732 | AQSh (USA) | ||
9 | 1992 | Barcelona, Ispaniya | Gretsiyalik Sofiya | 1992-yil 3–14-sentyabr | 82 | 3,020 | 20 | 555 | AQSh (USA) | ||
Madrid, Ispaniya | 1992-yil 15–22-sentyabr | 75 | 1,600 | ||||||||
10 | 1996 | Atlanta, AQSh | Vitse-Prezident Al Gore | 1996-yil 16–25-avgust | 104 | 3,259 | 2,469 | 790 | 17 | 508 | AQSh (USA) |
11 | 2000 | Sydney, Avstraliya | General-gubernator Sir William Deane | 2000-yil 18–29-oktyabr | 121 | 3,881 | 2,891 | 990 | 19 | 551 | Avstraliya (AUS) |
12 | 2004 | Afina, Gretsiya | Prezident Konstantinos Stephanopoulos | 2004-yil 17–28-sentyabr | 136 | 3,806 | 2,646 | 1,160 | 518 | Xitoy (CHN) | |
13 | 2008 | Pekin, Xitoy | Prezident Xu Szintao | 2008-yil 6–17-sentyabr | 146 | 3,951 | 472 | Xitoy (CHN) | |||
14 | 2012 | London, Birlashgan Qirollik | Elizabeth II | 2012-yil 29-avgust – 9-sentyabr | 164 | 4,302 | 20 | 503 | Xitoy (CHN) | ||
15 | 2016 | Rio de Janeiro, Braziliya | Prezident Michel Temer | 2016-yil 7–18-sentyabr | 159 | 4342 | 22 | 528 | Xitoy (CHN) | ||
16 | 2020 | Tokio, Yaponiya | Imperator Naruhito | 2021-yil 24-avgust – 5-sentyabr | 163 | 4,520 | 539 | Xitoy (CHN) | |||
17 | 2024 | Parij, Fransiya | Prezident Emmanuel Macron | 28-avgust – 8-sentyabr 2024 | 169 | 4,462 | 549 | Davom etayotgan musobaqa | |||
18 | 2028 | Los Angeles, AQSh | 2028-yil 15–27-avgust | Boʻlajak musobaqa | 23 | Boʻlajak musobaqa | |||||
19 | 2032 | Brisbane, Avstralia | 24-avgust – 5-sentyabr 2032 | Boʻlajak musobaqa | |||||||
20 | 2036 | TBA | Future event |
a COVID-19 pandemiyasi tufayli 2021-yilga koʻchirilgan, ushbu musobaqa birinchi koʻchirilgan Paralimpiya oʻyinlari boʻlgan. Jadval bir yil keyinroqqa oʻzgartirilgan boʻlsa ham 2020-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari deb aytiladi[3]. Keyinchalik yangi sanalar 2021-yil 24-avgustdan 5-sentabrgacha boʻlgan davr uchun tasdiqlangan[4].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Paralympics traces roots to Second World War“, CBC, September 3, 2008
- ↑ „History of the Paralympic Games“. Government of Canada. 2010-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 7-aprel.
- ↑ „Joint Statement from the International Olympic Committee and the Tokyo 2020 Organising Committee - Olympic News“ (en). International Olympic Committee (2020-yil 24-mart). Qaraldi: 2020-yil 24-mart.
- ↑ „Tokyo Olympics and Paralympics: New dates confirmed for 2021“. BBC Sport (2020-yil 30-mart). Qaraldi: 2020-yil 30-mart.