Kontent qismiga oʻtish

Yozgi Paralimpiada oʻyinlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yozgi Paralimpiada oʻyinlari

2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari payti Parijda yoqilgan Paralimpiya olovi.
Paralimpiada oʻyinlari
Sport turlari (batafsil)

Yozgi Paralimpiada oʻyinlari, shuningdek, Paralimpiada oʻyinlari nomi bilan ham tanilgan, jismoniy imkoniyati cheklangan sportchilar ishtirok etadigan xalqaro koʻpsport musobaqasidir. Ushbu musobqada qatnashuvchi sportchilar qatoriga harakatlanishida nuqsoni boʻlgan, amputatsiyaga uchraganlar, koʻrlik va bosh miya falaji bilan kasallanganlar kiradi. Paralimpiada oʻyinlari Xalqaro Paralimpiya qoʻmitasi tomonidan har toʻrt yilda bir marta oʻtkaziladi. Medallar har bir musobaqada beriladi, birinchi oʻrin uchun oltin, ikkinchi oʻrin uchun kumush va uchinchi oʻrin uchun bronza medallari bilan taqdirlanadi. Ushbu anʼana 1904-yilda boshlangan Olimpiada oʻyinlari bilan bogʻliqdir.

AQSh, Buyuk Britaniya va Yaponiyaning har biri yozgi Paralimpiya oʻyinlariga ikki marta mezbonlik qilgan. Yana oʻn bir davlat bir marta yozgi Paralimpiya oʻyinlariga mezbonlik qilgan, bu roʻyxatga quyidagi davlatlar kiradi: Avstraliya, Braziliya, Kanada, Xitoy, Germaniya, Gretsiya, Isroil, Italiya, Niderlandlar, Janubiy Koreya va Ispaniya.

2020-yilgi yozgi Paralimpiya oʻyinlariga koʻra, yozgi oʻyinlarning har birida oʻn toʻrtta davlat ishtirok etgan: Argentina, Avstraliya, Avstriya, Belgiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Isroil, Italiya, Yaponiya, Niderlandlar, Shvetsiya, Shveysariya, AQSh – barcha yozgi Paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan. Ushbu roʻyxatdan 2020-yilgacha boʻlgan barcha musobaqalarda 7 ta davlat oltin medallarni qoʻlga kiritishga erishgan: Avstraliya, Avstriya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Niderlandiya va Amerika Qoʻshma Shtatlari.

Amerika Qoʻshma Shtatlari: 1964, 1968, 1976, 1980, 1984, 1988, 1992 va 1996-yillardagi sakkizta Yozgi Paralimpiada oʻyinlari boʻyicha eng yuqori oʻrinni egallagan (medallar boʻyicha) mamlakat boʻlgan. Xitoy 2004, 2008, 2012, 2016 va 2020-yillardagi beshta soʻnggi oʻyinlarda eng yuqori oʻrinni egallagan davlat. Yana uchta davlat kamida bir marta ushbu oʻringa erishishga muvaffaq boʻlgan: Italiya (1960), Germaniya (1972) va Avstraliya (2000).

Paralimpiya sport turlarining har biri uchun saralash qoidalari ushbu sport turining xalqaro musobaqalarini tartibga soluvchi Sport federatsiyalari (IF) tomonidan belgilanadi.

Birinchi rasmiy Paralimpiya oʻyinlari 1960-yilda Italiyaning Rim shahrida boʻlib oʻtgan[1]. 1960-yilgi oʻyinlarda 23 mamlakatdan 400 nafar sportchi ishtirok etgan, ammo faqat nogironlar aravachasidagi sportchilar ishtirok etgan[2].

1976-yilgi Yozgi oʻyinlarda turli nogironligi boʻlgan sportchilar birinchi marta yozgi Paralimpiya oʻyinlariga kiritilgan. Koʻproq nogironlik toifasidagi sport turlarini kiritish bilan 1976-yilgi Yozgi oʻyinlarda 40 mamlakatdan 1600 nafar sportchiga oshgan[1].

1988-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlari oʻsha yilgi Olimpiada bilan bir xil joyda (va shuning uchun bir xil obyektlardan foydalangan holda) oʻtkazilgan birinchi oʻyin boʻlgan. Oʻshandan beri barcha Paralimpiya oʻyinlari Olimpiada oʻtkazilgan bir shaharda oʻtkaziladi, ularning har biri oʻrtasida ikki haftalik tanaffus boʻladi.

Rio-de-Janeyro 2016-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarini oʻtkazgan va Yozgi yoki Qishki oʻyinlarni oʻtkazgan Lotin Amerikasi va Janubiy Amerikadagi birinchi shaharga aylandi. Tokio 2020-yilgi yozgi Paralimpiya oʻyinlariga mezbonlik qiladi va bu oʻyinlarni ikki marta oʻtkazilgan birinchi shaharga aylanadi.

Barcha davrlardagi medallar jadvali

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro Paralimpiya qoʻmitasining rasmiy maʼlumotlariga koʻra, eng yaxshi yigirmata davlatga havola qilingan.

Yozgi Paralimpiada oʻyinlari (1960—2020)

[tahrir | manbasini tahrirlash]
OʻrinMPQOltinKumushBronzaUmumiy
1 AQSh (USA)8087367392283
2 Buyuk Britaniya (GBR)6676216261914
3 Xitoy (CHN)5354003021237
4 Kanada (CAN)4003383461084
5 Avstraliya (AUS)3894223941205
6 Fransiya (FRA)3573623731092
7 GFR (FRG)*322260246828
8 Niderlandiya (NED)301262245808
9 Polsha (POL)269265219753
10 Shvetsiya (SWE)235233178646
11 Ispaniya (ESP)221237242700
12 Germaniya (GER)199266253718
13 Italiya (ITA)167202230599
14 Ukraina (UKR)149162161472
15 Isroil (ISR)129125130384
16 Janubiy Koreya (KOR)128116121365
17 Yaponiya (JPN)127139158424
18 Janubiy Afrika (RSA)1219588304
19 Norvegiya (NOR)11610596317
20 Avstriya (AUT)113128131372
21 Braziliya (BRA)110135133378
22 Meksika (MEX)10492114310
Jami (22 davlat)59675701552517193

Paralimpiya sport turlari roʻyxati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bir qator turli xil sport turlari u yoki bu musobaqada Paralimpiya dasturiga kiritilgan.

  Ushbu rang Paralimpiada dasturidan chiqarilgan sport turini bildiradi

Sport turi Yil
Kamondan otish barcha musobaqalarda
Yengil atletika barcha musobaqalarda
Badminton 2020-yildan
Basketbol ID 2000
Bochcha 1984-yildan
Velosport 1988-yildan
Parakanoe 2016-yildan
Dartteriya 1960–1980
Ot sporti 1996-yildan
Futbol 5x5 2004-yildan
Futbol 7x7 1984—2016
Golbol 1976-yildan
Dzyudo 1988-yildan
Chim ustida bouling 1968—1988, 1996
Para qoyaga koʻtarilish 2028
Paratriatlon 2016-yildan
Sport yuri Yil
Pauerlifting 1984-yildan
Eshkak eshish 2008-yildan
Yelkanli kemada suzish 1996, 2000—2016
Oʻq otish 1976-yildan
Snuker 1960—1976, 1984—1988
Suzish barcha musobaqalarda
Taekvondo 2020-yildan
Stol tennisi barcha musobaqalarda
Voleybol 1976-yildan
Ogʻir atletika 1964—1992
Nogironlar aravachasidagi basketbol barcha musobaqalarda
Nogironlar aravachasidagi qilichbozlik barcha musobaqalarda
Nogironlar aravachasidagi regbi 1996, 2000-yildan
Nogironlar aravachasidagi tennis 1988, 1992
Kurash 1980—1984

Yozgi Paralimpiada oʻyinlari roʻyxati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yozgi Paralimpiya o‘yinlariga mezbonlik qiluvchi Yevropadan tashqaridagi shaharlar
Yozgi Paralimpiya o‘yinlariga mezbonlik qiluvchi Yevropa shaharlari
Paralimpiada
oʻyinlari
Yil Mezbon Tomonidan ochilgan Sana Davlat Ishtirokchilar Sport turlari Musobaqalar Top davlat
Umumiy Erkaklar Ayollar
1 1960 Italiya Rim, Italiya Camillo Giardina 1960-yil 18–25-sentyabr 23 400 8 57  Italiya (ITA)
2 1964 Yaponiya Tokio, Yaponiya Valiahd shahzoda Akihito 1964-yil 3–12-noyabr 21 375 307 68 9 144  AQSh (USA)
3 1968 Isroil Tel Aviv, Isroil Yigal Allon 1968-yil 4–13-noyabr 29 750 10 181  AQSh (USA)
4 1972 Gʻarbiy Germaniya Heidelberg, GFR Prezident Gustav Heinemann 197-yil 2–11-avgust 41 1,004 187  GFR (FRG)
5 1976 Kanada Toronto, Kanada Leytenant gubernator Pauline Mills McGibbon 1976-yil 3–11-avgust 32 1,657 1,404 253 13 447  AQSh (USA)
6 1980 Niderlandiya Arnhem, Niderlandlar Malika Margriet 1980-yil 21–30-iyun 42 1,973 12 489  AQSh (USA)
7 1984 Qoʻshma Shtatlar New York, AQSh Prezident Ronald Reagan 1984-yil 17–30-iyun 45 1,800 15 300  AQSh (USA)
Birlashgan Qirollik Stoke Mandeville, Birlashgan Qirollik Charles III 1984-yil 22-iyul – 1-avgust 41 1,100 10 603  Buyuk Britaniya (GBR)
8 1988 Janubiy Koreya Seul, Janubiy Koreya Prezident Roh Tae-woo 1988-yil 15–24-oktyabr 61 3,057 17 732  AQSh (USA)
9 1992 Ispaniya Barcelona, Ispaniya Gretsiyalik Sofiya 1992-yil 3–14-sentyabr 82 3,020 20 555  AQSh (USA)
Ispaniya Madrid, Ispaniya 1992-yil 15–22-sentyabr 75 1,600
10 1996 Qoʻshma Shtatlar Atlanta, AQSh Vitse-Prezident Al Gore 1996-yil 16–25-avgust 104 3,259 2,469 790 17 508  AQSh (USA)
11 2000 Avstraliya Sydney, Avstraliya General-gubernator Sir William Deane 2000-yil 18–29-oktyabr 121 3,881 2,891 990 19 551  Avstraliya (AUS)
12 2004 Gretsiya Afina, Gretsiya Prezident Konstantinos Stephanopoulos 2004-yil 17–28-sentyabr 136 3,806 2,646 1,160 518  Xitoy (CHN)
13 2008 Xitoy Pekin, Xitoy Prezident Xu Szintao 2008-yil 6–17-sentyabr 146 3,951 472  Xitoy (CHN)
14 2012 Birlashgan Qirollik London, Birlashgan Qirollik Elizabeth II 2012-yil 29-avgust – 9-sentyabr 164 4,302 20 503  Xitoy (CHN)
15 2016 Braziliya Rio de Janeiro, Braziliya Prezident Michel Temer 2016-yil 7–18-sentyabr 159 4342 22 528  Xitoy (CHN)
16 2020 Yaponiya Tokio, Yaponiya Imperator Naruhito 2021-yil 24-avgust – 5-sentyabr

[a]

163 4,520 539  Xitoy (CHN)
17 2024 Fransiya Parij, Fransiya Prezident Emmanuel Macron 28-avgust – 8-sentyabr 2024 169 4,462 549 Davom etayotgan musobaqa
18 2028 Qoʻshma Shtatlar Los Angeles, AQSh 2028-yil 15–27-avgust Boʻlajak musobaqa 23 Boʻlajak musobaqa
19 2032 Avstraliya Brisbane, Avstralia 24-avgust – 5-sentyabr 2032 Boʻlajak musobaqa
20 2036 TBA Future event
Kursiv boʻlajak musobaqalarni anglatadi

a COVID-19 pandemiyasi tufayli 2021-yilga koʻchirilgan, ushbu musobaqa birinchi koʻchirilgan Paralimpiya oʻyinlari boʻlgan. Jadval bir yil keyinroqqa oʻzgartirilgan boʻlsa ham 2020-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari deb aytiladi[3]. Keyinchalik yangi sanalar 2021-yil 24-avgustdan 5-sentabrgacha boʻlgan davr uchun tasdiqlangan[4].

  1. „Paralympics traces roots to Second World War“, CBC, September 3, 2008
  2. „History of the Paralympic Games“. Government of Canada. 2010-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 7-aprel.
  3. „Joint Statement from the International Olympic Committee and the Tokyo 2020 Organising Committee - Olympic News“ (en). International Olympic Committee (2020-yil 24-mart). Qaraldi: 2020-yil 24-mart.
  4. „Tokyo Olympics and Paralympics: New dates confirmed for 2021“. BBC Sport (2020-yil 30-mart). Qaraldi: 2020-yil 30-mart.