Zohid Sobitov
Zagit Sobitov | |
---|---|
Tavalludi |
21-oktyabr 1909-yil Cheryomshin, Tatariston |
Vafoti |
11-iyul 1982-yil (72 yoshda) Toshkent, Oʻzbekiston |
Kasbi | kinorejissor |
Faoliyat yillari | 1933-1977 |
Mukofotlari | Oʻzbekiston Davlat Mukofoti, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi, Oʻzbekiston xalq artisti |
Zohid Zarifovich Sobitov (1909.21.10, Tatariston Respublikasi – 1982.11.7, Toshkent) – kinorejissyor. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1964). Oʻzbekiston xalq artisti (1970). Faoliyatini 1929-yil „Sharq kinosi“ studiyasida rejissyor yordamchisiligidan boshlagan. 1930—32 yillar „Mosfilm“da, 1933—35 yillar „Sharq kinosi“da rejissyor assistenti boʻlib, „Boʻlat Botir“, „Dumli yulduz“, „Samara guli“, „Yangi hayot“ filmlarini ishlashda qatnashgan. 1937—82 yillar „Oʻzbekfilm“ rejissyor i. „Oddiy ish“ (1940) kinonovellasi S.ning ilk badiiy filmidir. Urush yillari „Frontdagi doʻstlar“, „Vatanga sovgʻa“ (K. Yormatov bilan hamkorlikda), „Besh respublika konserti“ kabi badiiyhujjatli filmlar yaratdi. „Ogoh boʻl!“, „10 yil“, „Choʻldagi yoʻl“ singari hujjatli hamda „Stadionda uchrashamiz“, „Sahrodagi voqea“, „Farzandlar“, „Hamza“, „Samolyotlar qoʻna olmadi“, „Fidoyi“, „General Rahimov“, „Chinor“, „Favqulodda hodisa“, „Ikki jangchi haqida qissa“ kabi badiiy filmlari bilan oʻzbek kinosi rivojiga munosib hissa qoʻshdi. S. oʻzbek kinosida birinchilardan boʻlib detektiv janrda film yaratganlardan, uningfilmlari qahramonlik, doʻstlik va insoniylikni tarannum etadi. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1977).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |