Kontent qismiga oʻtish

qayta

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

qay-ta

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

QAYTA 'bajârilgan ishni yana boshdan boshlab', 'boshqatdan'. Bundan ikki hafta burun komandirlar sostaviga xos formada q a y t a. tiktirgan shi nelini tizzasiga qoʻyib, .. (Shuhrat). Bu soʻzni eski oʻzbek tilida qayt— feʼliga —a qoʻshimchasini qoʻshib yasalgan ravish deb yoki qayt— feʼlining —a qoʻshimchasini qoʻshib hosil qilingan ravishdosh shakli deb hukm chiqarish mumkin. Birinchisida bevosita ravish yasalgan; ikkinchisida asli ravishdosh shakli hosil qilingan va u keyinchalik maʼno taraqqiyoti natijasida ravishga koʻchgan ['OʻTILda bu soʻz ravish deb koʻrsatilgani toʻtri (II, 540), lekin КРСning 323-betida nimagadir ravishdosh deb taʼkidlangan].
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1 Yangidan, boshqatdan, yana (avval mavjud boʻlgan harakat, holatning davomi, yangidan yuz berishi maʼnosida). ◆ — Saodatxon endigina yopgan zontini qayta ochdi. S. Zunnunova, „Yangi direktor“ . ◆ Muyassar qabristondagi boyoʻgʻlining vahimali "huv-huv"lashidan uygʻonib ketdi-da, qayta uxlay olmadi. O. Yoqubov, „Er boshiga ish tushsa“ . ◆ Lolalar bir oz urinqiragan, ammo vazadagi suv unga qayta hayot baxsh etgan edi. Guldasta .

2 Takror holda, takroran, yana. ◆ Gʻafur Gʻulom bilan bir koʻrishganimcha, qayta uchrashishga jurʼat qilolmay yurardim. Shukrullo, „Javohirlar sandigʻi“ . ◆ Temirjon ketishni ham, qayta qoʻngʻiroq tugmasini bosishni ham bilmasdi. J. Abdullaxonov, „Oriyat“ .

3 Avvalgisidan farqli holda, maʼlum oʻzgarishlar bilan; boshqatdan. ◆ Navoiy bu binoni qayta ishlatgan: birinchi marotaba sharq naqqoshligiga xos rang-barang naqshin gullar bilan bezatgan. Mirmuhsin, „Meʼmor“ . ◆ ..karnizi faqat toʻrt enlik chiqarilganligi uchun yomgʻir-chochin devor suvoqlarini yuvib ketadi, deb tomini qayta yopar emishmiz. Mushtum . ◆ Koridorlar, fan kabinetlari yuksak did bilan qayta jihozlandi. Gazetadan .

4 (snq. sonlar bilan) Marta, karra. ◆ Pulni ikki qayta sanamoq. v ◆ U choqlarning lazzatini shunda yana bir qayta yalagandek, lablari titradi, yuragi urdi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ . ◆ Otabek toʻgʻrisidagi tashvish boyagidan oʻn qayta ortgan edi. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ .

5 ayn. qaytaga. ◆ Qayta biznikiga bora qolaylik. v ◆ Kutilgan payt keldi. Lekin yomgʻir va shamol boʻlgani qayta yaxshi boʻldi. P. Tursun, „Oʻqituvchi“ . ◆ Gapiring, izza qiling. Bolalar maktabda oʻqib, qayta bevosh boʻlib ketyapti. A. Qahhor, „Asarlar“ .

Qayta ishlash

1) ishlab, tuzatish, oʻzgartishlar kiritish, shu maqsadda ishlov berish. ◆ Asarni qayta ishlash. Maqolani qayta ishlash. v ◆ Oʻgirish ishida kinostudiyaning montaj, ovoz, filmni qayta ishlash hamda murakkab sʼyomka sexlari faoliyat koʻrsatadi. Gʻ. Salomov, „Tarjima nazariyasiga kirish“

2) yangi mahsulot olish maqsadidagi ish(lar)ni amalga oshirish}}. ◆ Xomashyoni qayta ishlash. Neftni qayta ishlash. ◆ Bir gramm sof radiy olish uchun bir necha tonna uran rudasini qayta ishlashga toʻgʻri keladi. Fan va turmush .

Qayta qurish

1) maʼlum oʻzgartishlar kiritib, qaytadan qurish. ◆ Binoni qayta qurish;

2) biror sistemani yangilik asosida oʻzgartish, oʻzgartishlar bilan qaytadan tuzish}}. ◆ Oʻrta va oliy maktablarni qayta qurish uchun maʼlum vaqt va katta ish talab qshshnadi. Gazetadan .

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

ҚАЙТА. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

qayta
1 вновь, снова, заново, повторно, опять; ◆ Qaynataning qayta uylanishi yodlariga kelmagan edi ham (Ойбек, „Ќутлуѓ ќон“) Им даже в голову не приходило, что свёкор может снова жениться; ◆ u qayta kelmadi он больше не приходил; ◆ qayta boshdan = qayta 1; Qayta boshdan keldi senga bu davlat („Муродхон“) Снова вернулось к тебе счастье; ты опять счастлив;
2 раз; ◆ uch qayta три раза;
◆ 3 = qaytaga 2; qayta biznikiga bora qolaylik давайте-ка лучше пойдём к нам;
4 входит в состав сложных глаголов:◆ qayta yozmoq 1) снова писать; 2) переписывать; ◆ qayta ishlamoq перерабатывать; ◆ qayta koʻrmoq пересматривать; ◆ qayta qurmoq перестраивать; переустраивать; реконструировать; qayta qurish перестройка;◆ Ukrainaning Rossiya bilan qayta qoʻshilishi воссоединение Украины с Россией.