Kontent qismiga oʻtish

sir

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

sir I

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

sir

Aytilishi

Etimologiyasi

SIR 1 buyum betini qoplash uchun surtiladigan yaltiroq boʻyoq'. Uning baland va s i r i koʻchib ketgan eski ustunli ayvonida uch-toʻrtta namozxon buj— mayib oʻtirishibdi (Parda Tursun). Qadimgi turkiy tilda ham shunday maʼnoni anglatgan bu ot asli sïr tarzida talaffuz qilingan (Devon, I, 313; КРС, 682), oʻzbek tilida ï unlisining qatgiqlik belgisi yoʻqolgan: sïr > sir.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
\a. ush — maxfiy narsa, yashirin ish yoki ran; qalb, koʻngil

Maʼnoviy xususiyatlari

Maʼnosi

1 Oʻzgalardan maxfiy tutilgan yoki oʻzgalarga nomaʼlum boʻlgan biror ish, ran, narsa va b. ◆ Harbiy sir. Yurakdagi sir. Sir saqlamoq. Sir tutmoq. Sirni oshkora qilmoq. Dushmanning kulgani — siringni bilgani. Maqol . ◆ Oʻz doʻstim deb sir aytma, doʻstingning ham doʻsti bor. Ma-qol . n ◆ Otabek nima deb aytishga soʻz to-polmay qoldi. Chunki yurak sirini ifoda qi-larlik jumla topish mumkin emas edi. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ . ◆ Ahmad yuragida yashi-rib yurgan sir tunu kun, bir daqiqa ham unga tinchlik bermasdi. F. Musajonov, „Himmat“ .

2 Hali ochilmagan, anikdanmagan, ilm-fan hali oʻrganib yetmagan, inson uchun hali nomaʼlum narsa. ◆ Koinot sirlari. m ◆ Oyga uchirilgan ikkinchi raketa kosmos sirlarini bilishga doyr qimmatli maʼlumotlar berdi. "Fan va turmush" . ◆ Olimlarning ushbu holdan Chimirildi qoshlari. Bu qanaqa sir boʻldi, deb Tomom qotdi boshlari. A. Oripov, „Yillar armoni“ . ◆ Odamzod doimo dunyo sirlarini bilishga harakat qilib kelgan. "Fan va turmush" .

3 Biror soha yoki faoliyat turining oʻzi-gagina xos boʻlgan xususiyat; malaka. ◆ -Boʻtam, siz koshinpazlik hunaridagi hamma sirlarni diqqat bilan oʻrganganmidingiz?[deb soʻradi Meʼmor]. Mirmuhsin, „Meʼmor“ . ◆ Badiiy ijod sirlariga, ijod psixologiyasiga qiziqish om-maviy maʼnaviy ehtiyojga aylanib qolgan ekan, uni oʻrganish foydali. U. Normatov, „Talant tarbiyasi“ .

Miridan sirigacha Ipidan ignasigacha, boshdan-oyoq; batafsil. ◆ Ziyodullaga bu hunar yoqib tushgan, uni miridan sirigacha egallab olish uchun butun kuchi, zehnini ishga solgan edi. H. Nazar, „Oʻtlar tutashganda“ . Sir bosmoq Salobati bosmoq, iymanmoq. ◆ Mehmonning siri bosganligidanmi yoki mehmon kutish tash-vishidanmi, u nimagadir ichidagini tashiga chiqarmas edi. I. Rahim . Xislat.

Sinonimlari

Antonimlari

sir II

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

sir

Aytilishi

Etimologiyasi

1 Yaltiroq mineral yoki moyboʻyoq. Uning [machitning

Maʼnoviy xususiyatlari

Maʼnosi

◆ baland va siri koʻchib ketgan eski ustunli ayvonida uch-turtta namozxon oʻtirishibdi. P. Tursun, „Oʻqituvchi“ . ◆ Bu maqbaraning ichi sir berilgan juda goʻzal toshlar bilan bezalgan boʻlib, Xorazm nashoshlik sanʼatining yuksak namunalaridan biridir. J. Sharipov, „Xorazm“ .

2 Metall buyum va idish-oyoq sirtiga qoplanadigan shishasimon massa; emal. ◆ Siri koʻchgan kastryulka, n ◆ Xayal oʻtmay, bir choynakda koʻk choy, siri koʻchgan patnusda toʻrtta bozor noni koʻtarib keldi Qudrat. M. Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“ .

3 Simobning biror metall bilan qo-tishmasi yoki metallarning simobdagi qo-tishmasi; amalgama. ◆ Siri koʻchgan oyna.

Sinonimlari

Antonimlari

sir III

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

sir

Aytilishi

Etimologiyasi

Maʼnoviy xususiyatlari

Maʼnosi

\r. siroy — hoʻl, nam; xom, pishmagan] ayn. pishloq. ◆ Ayol sumkasidan sir bilan kolbasa olib, [Olimjon va Manzurani] mehmon qildi. A. Mirahmedov, „Kulgan chechaklar“ . ◆ Restoranning orqa eshigidan ikki toʻr xaltani yaxna goʻsht, sir, konyak, koʻkpiyoz va pomidorlarga toʻldirib chiqqan Nusratbek uyga oshigʻich qaytib keldi. S. Nurov, „Maysalarni ayoz urmaydi“ .

Sinonimlari

Antonimlari

СИР. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

Ot

sir (koʻplik sirlar)

sir I
тайна, секрет; ◆ bu menga sir emas это не секрет для меня; ◆ sir oldirmoq выдавать тайну, выдавать секрет; ◆ sir olmoq узнать, выведать тайну, пронюхать секрет; ◆ sirni ochmoq разоблачать секрет, раскрывать тайну; ◆ sir saqlamoq (или tutmoq) держать в секрете, скрывать; ◆ sir boy bermoq 1) выдавать тайну, выдавать секрет, проговариваться; 2) выдавать себя, показать своё истинное лицо; ◆ sir-asror тайны, секреты; вся подноготная; ◆ siri-hol (букв. тайна и положение) все сведения полностью; ◆ sir-sinoat тайны, секреты; ◆ uning oilasidagi sir-sinoatni kim biladi? кто может знать о том, что делается у него в семье?; ◆ bolalik uyda sir yotmas погов. в доме, где есть дети, секреты не держатся; ◆ dushmanning kulgani - siringni bilgani погов. враг смеется - значит он узнал твои тайны; ◆ 

  • miridan sirigacha (букв. от пятака до тайны) очень подробно, досконально, до мельчайших подробностей; ◆ miridan sirigacha bilmoq знать до мельчайших подробностей, знать всю подноготную.


sir II
1
киноварь; сурик;
2 масляная краска;
3 глазурь; эмаль;
4 амальгама (на зеркале).

sir III
сыр.

sir IV
(С прописное) сокращённое название реки Сырдарьи.


Xorvatcha (hr)

Ot

sir

Serbiyacha (sr)

Ism

sir