Academia.eduAcademia.edu

Monografiya Aziza Xasanovna Aripova " Notiqlik san'ati - ijtimoiy madaniy fenomen sifatida"

2024, Aziza Xasanovna Aripova Notiqlik san’ati – ijtimoiy-madaniy fenomen sifatida

Mazkur monografiya TDYuU barcha yo‘nalish talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, soha mutaxassislarining muloqot madaniyati va soha tili hamda muloqot o‘rtasidagi o‘zaro munosabat, nutq madaniyati va notiqlik san’ati, mutaxassis nutqining kommunikativ tasnifi, notiqlikining tarixiy rivojlanish bosqichlari, mutaxassisning nutq texnikasini egallashi va ovozdan foydalaish usullari, notiqlik san’atining psixologik va ekstralingvistik asoslari, nutqiy mahorat, nutq va o‘zbek atamashunosligi, notiq nutqiga xos qoidalar kabi bilimlarni egallashlarida asosiy manba sifatida ahamiyatli. Ushbu monografiya TDYuU Ixtisoslashtirilgan filialining Ilmiy-metodik kengashining 2021- yil 25.05. № 6 hamda TDYuUning 2021- yil 25.11. dagi Ilmiy muvofiqlashtirish Kengashlarida ko‘rib chiqilgan va 2- sonli bayonnoma qarori bilan tasdiqlanib nashrga tavsiya etilgan hamda 1-nashri 2021-yilda chop etilgan. Mazkur monografiyaning 2-nashri mobil ilova hamda web-sahifa sifatida chop etilishga tayyorlangan. Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan Dasturning rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi Guvohnoma O‘zbekiston respublikasi Adliya vazirligi tasarrufidagi rasmiy bo‘linmadan olingan. № DGU 42521 Muallif: Aziza Xasanovna Aripova - JIDU O‘zbek va rus tillari kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi, PhD Monografiya web-sahifasi: https://thunkable.site/w/n05UOpTS0SMtmXGJmZisb

Chiroyli va badiiy saviyada nutq so‘zlash, mazmun mohiyati jihatidan qisqa, mazmundor nutq odobini saqlash ham - bir san’at. Notiqlik - bu nutqiy mahorat, noyob qobiliyat ham. Nutqiy mahoratni egallash uchun notiq, avvalo, o‘z oldiga talab qo‘yadi va shu talablarga rioya qiladi. Har bir notiq o‘z ustida xolis ishlab, nutqiy mahoratini oshiradi. Notiqlik san’ati – ijtimoiymadaniy fenomen sifatida A.ARIPOVA 2024 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI O‘ZBEK VA RUS TILLARI KAFEDRASI A.ARIPOVA Notiqlik san’ati – ijtimoiy-madaniy fenomen sifatida MONOGRAFIYA 2024 1 A.X.Aripova Notiqlik san’ati – ijtimoiy-madaniy fenomen sifatida. – T., 2024 122 b. Mazkur monografiya TDYuU barcha yo‘nalish talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, soha mutaxassislarining muloqot madaniyati va soha tili hamda muloqot o‘rtasidagi o‘zaro munosabat, nutq madaniyati va notiqlik san’ati, mutaxassis nutqining kommunikativ tasnifi, notiqlikining tarixiy rivojlanish bosqichlari, mutaxassisning nutq texnikasini egallashi va ovozdan foydalaish usullari, notiqlik san’atining psixologik va ekstralingvistik asoslari, nutqiy mahorat, nutq va o‘zbek atamashunosligi, notiq nutqiga xos qoidalar kabi bilimlarni egallashlarida asosiy manba sifatida ahamiyatli. Ushbu monografiya TDYuU Ixtisoslashtirilgan filialining Ilmiy-metodik kengashining 2021- yil 25.05. № 6 hamda TDYuUning 2021- yil 25.11. dagi Ilmiy muvofiqlashtirish Kengashlarida ko‘rib chiqilgan va 2- sonli bayonnoma qarori bilan tasdiqlanib nashrga tavsiya etilgan hamda 1-nashri 2021-yilda chop etilgan. Mazkur monografiyaning 2-nashri mobil ilova hamda web-sahifa sifatida chop etilishga tayyorlangan. Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan Dasturning rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi Guvohnoma O‘zbekiston respublikasi Adliya vazirligi tasarrufidagi rasmiy bo‘linmadan olingan. № DGU 42521 Muallif: A.X.Aripova - JIDU O‘zbek va rus tillari kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi, PhD Taqrizchilar: 1-nashr: Sh.Ko‘chimov – TDYuUning O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi professori, f.f.d. F.Mo‘minova – JIDU Ijtimoiy gumanitar fanlar professori, f.f.d. H.Ahmedova - TDYuU Ixtisoslashtirilgan filiali dotsenti 2-nashr: D.Hashimova – TDYuUning O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi professori, f.f.d. M.Abduraxmanova – JIDU O‘zbek va rus tillari kafedrasi mudiri, dotsent ISBN 5 – 436 – 11686 – 0 C © A.X.Aripova. JIDU, 2024 2 KIRISH Mamlakatimizda o‘sib kelayotgan avlod ma’naviyatini shakllantirish masalasi bugungi kun – ya’ni, jamiyat poydevorini barpo etishda g‘oyat katta ahamiyatga ega. Hayotimizning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning samaradorligi, avvalo xalq ma’naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosining chuqur o‘rganilishi, madaniyat va san’at, fan va ta’lim rivoji, eng muhimi, jamiyat tafakkurining o‘zgarishi va yuksalishi bilan uzviy bog‘liqdir. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida jamiyatning siyosiy faolligi ortib borishi hamda barcha sohalarda chuqur islohotlarni ta’kidlab, ajdodlarning donishmandlik an’analariga amal qilinishini teran anglagan holda, qat’iy islohotlar amalga oshirilishi lozimligini va mamlakatning yangi qiyofasi shakllantirilishi dolzarb masalalardan biri ekanligi haqida nutq so‘zladi. Xususan: “ ....bugungi kunda O‘zbekiston jadal rivojlanmoqda. Ulardan ko‘zlangan maqsad – inson manfaatlari hamma narsadan ustun, degan oddiy va aniq-ravshan tamoyilni amalga oshirish, ustuvor, ahamiyatga molik demokratikhuquqiy davlat va adolatli jamiyat barpo etishdan iborat. Bugungi dunyo yoshlari – son jihatidan butun insoniyat tarixidagi eng yirik avloddir, chunki ular 2 milliard kishini tashkil etmoqda. Sayyoraning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq. Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlarni yaratish, o‘z fikrini erkin va teran ifodalay olishi uchun yo‘llanma berish...”1 muhimligini aniq belgilab berdi. Shu boisdan ham, o‘z haq-huquqini taniydigan, o‘z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, voqea-hodisalarga mustaqil yondasha oladigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg‘un holda ko‘radigan, har jihatdan barkamol yosh avlodni tarbiyalash vazifasi - o‘ta muhim, hal qiluvchi 1 O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqidan (19.09.2017). 3 masalaga aylandi. Zero, o‘sib kelayotgan avlodga, uning ma’naviy tarbiyasiga nihoyatda katta javobgarlik hissi bilan yondashish – dolzarb vazifa. Ishning maqsadi va vazifalari. O‘zbekiston mustaqilligining ta’minlanishi, mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi borasidagi strategik maqsad va vazifalarni hal etish yo‘lida beqiyos sa’y-harakatlarning yuksak e’tirof etib kelinayotgani, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning xalqimiz tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotganligini tasdiqlaydi. Davlat va jamiyatning yaqin hamda uzoq istiqbolga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi, mamlakatimizni demokratik yangilash va modernizatsiya qilish jarayonlarini yangi bosqichga ko‘tarish, avvalo, ijtimoiy sohalar – ta’lim-tarbiya hamda ilmu fan, madaniyat va san’at tizimini izchil rivojlantirish, qulay sharoit va imkoniyatlar yaratish, O‘zbekistonning tashqi siyosat konsepsiyasini har tomonlama puxta asoslash yo‘lidan borayotgan bugungi kunida dunyo andozalari darajasida faoliyat yurituvchi bilimdon, har tomonlama yetuk mutaxassis kadrlarni tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir” deb nomlangan risolasida ta’kidlaganlaridek, “...mamlakat istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir hamda Vatan tuyg‘usini chuqur anglaydigan, irodasi mustahkam, yuksak ma’naviyatli yoshlarning kamol topishi” o‘ta dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Zero, “yoshlarga e’tibor – kelajakka e’tibor” bo‘lgani kabi, jamiyatimiz taraqqiyotini bugungi kun yosh mutaxassis-kadrlari barkamollik sari yetaklashlari kunday ravshan. Bo‘lajak yetuk mutaxassis-kadrlar, o‘z ixtisosligidan kelib chiqqan holda, ertaga chet mamlakatlar va, avvalo, yurtimizda davlatimiz manfaatini bilim-ko‘nikmalarini namoyish qilgan tarzda himoya qiladi, salohiyat kuch-qudratini namoyish etadi. Shunga ko‘ra, mazkur kadrlar tayyorlanishiga ehtiyoj oshadi va ixtisosligi borasida talabga urg‘u beriladi. Bugungi kun oliy ta’lim muassasalari hamda filial tinglovchilari nafaqat ta’lim va tarbiya jarayonlarining tashkiliy - huquqiy asoslari borasidagi tegishli bilimga ega bo‘lishi, balki o‘z sohasiga aloqador qonun hujjatlari, 4 qonun osti hujjatlari, jumladan farmonlar, farmoyishlar, qarorlar va buyruqlar, ularning ijrosi bilan bog‘liq ustuvor ko‘rsatmalar mohiyatini tahlil etishi va nutqida ifodalay olish ko‘nikmasini egallashi dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Ishning maqsadi. Nutq madaniyati va notiqlik san’ati nazariy va amaliy jihatdan, jumladan, notiqlik tarixining nutqiy amaliyot va madaniyat ko‘zgusidagi ifodasi, mutaxassis nutqining kommunikativ tasnifi, notiqlikning tarixiy rivojlanish bosqichlari, nutq texnikasini egallash va ovozdan mohirona foydalanish usullari, nutqning psixologik va ekstralingvistik asoslari borasidagi masalalar mohiyatini tadqiq etish, nutq madaniyatining o‘ziga xos jihatlarini tadqiq qilish bo‘yicha xulosalar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqot ishi maqsadidan kelib chiqib quyidagi vazifalar belgilab olindi:  nutq jarayonida innovatsion axborot-kommunikatsiya va interfaol pedagogik texnologiyalarni keng joriy etgan holda mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarida notiqlik san’ati fanini o‘qitish sifatini tubdan yaxshilash, shuningdek, fan doirasidagi samarali usul va yo‘nalishlarni tizimli ravishda tadqiq etib, ta’limning nazariy va amaliy mohiyatini yanada rivojlantirish;  Internet tarmog‘i orqali keng yoritilib kelinayotgan zamonaviy, xorijiy texnologiyalarni qo‘llash tajribasini keng talqin qilgan holda, foydalanish usullarini fan tizimiga asosli ravishda tatbiq qilish, joriy etish va o‘zlashtirish yo‘llarini batafsil ochib berish;  iqtidorli va talabchan yoshlarning bilim salohiyati hamda ko‘nikmalarini inobatga olgan holda notiqlikning mazmun mohiyatini tushuntirish, ko‘nikmalarini takomillashtirish va fan doirasidagi axborot ko‘lamini kengaytirish;  ilmiy asoslangan holda notiqlik kompleks metodlarini ishlab chiqish;  mutaxassislarning o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishi borasida notiqlik sohasini o‘qitishning samarasi va uni takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish. 5 yanada Tadqiqot obyektini Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari hamda Toshkent Davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialida o‘qitilayotgan “Yuristning og‘zaki va yozma muloqot ko‘nikmasi” (rus-o‘zbek guruhlari kesimida), Toshkent Davlat yuridik universiteti kesimidagi “Muloqot madaniyati” fanlari doirasida o‘rganiladigan asosiy masalalar, jumladan, nutqning muloqot ko‘rinishi sifatida e’tirof etilishi, nutq madaniyati va notiqlikka oid nazariy va amaliy masalalar mohiyati, madaniy nutq me’yorlari, kommunikativ sifatlari hamda notiqlikning amaliy shakllarini tadqiq etish tashkil etadi. Yuristning og‘zaki va yozma muloqot ko‘nikmasi (rus-o‘zbek guruhlari kesimida) hamda Muloqot madaniyati fanlari filial talabalari hamda qayta o‘qish tinglovchilari uchun ta’lim yo‘nalishida o‘qitiladigan fanlarning biri sifatida muayyan amaliy ko‘lamga ega bo‘lib, mutaxassislarda nutqiy ko‘nikma va muloqot madaniyati bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni, o‘z sohasiga doir chiqishlarda nutq so‘zlash malakasini hosil qilishni ko‘zda tutadi. Fan doirasida yuristmutaxassis o‘zlashtirishi zarur bo‘lgan nutqiy madaniyat mezonlari, hozirgi zamon notiqlik san’ati va uning ko‘rinishlari (siyosiy notiqlik, diplomatik notiqlik, ijtimoiy-maishiy notiqlik, akademik notiqlik, sud, badiiy va diniy notiqlik) masalalari bo‘yicha ma’ruzalar va u bilan bog‘liq amaliy mashg‘ulotlar mazmuni, trening mashg‘ulotlarni o‘tkazish to‘g‘risida axborot materiallari, pedagogik maqsad, vazifa va ko‘zlangan natijalar, mashg‘ulotning rejasi, o‘qitishning usul va metodlar ko‘lami o‘z ifodasini topgan. Shuningdek, trening mashg‘ulotlari texnologik kartasi, ya’ni o‘qituvchi va talabgorning mazkur o‘quv mashg‘ulotida erishadigan maqsadi bo‘yicha hamkorlikdagi faoliyatning bosqichma-bosqich ta’rifi keltiriladi. Mavzuning predmeti fan yo‘nalishida o‘qitilayotgan muloqot madaniyati fanining nazariy-amaliy jihatlari mazmun mohiyati va asosiy kommunikativ sifatlarini o‘rganish hamda bo‘lg‘usi mutaxassislarni adabiy til me’yorlarining o‘ziga xos fonetik, leksik, grammatik va uslubiy xususiyatlari bilan tanishtirib, 6 adabiy me’yor va muloqot madaniyati jarayonida qo‘llash borasidagi malakalarini hosil qilish, nutqning psixolingvistik jihatlarini tadqiq etish hisoblanadi. Adabiy me’yorga mos holda muloqot madaniyatiga ega bo‘lish inson umummadaniyatining ajralmas qismidir. Fan masalalarining o‘qitilishidagi dolzarblik asosan ana shu talab asosida belgilanishi mumkin. Muloqot, muomala madaniyati hamma davrlarda ham dolzarb bo‘lganligi ma’lum. Fanni o‘qitishning ahamiyati adabiy til me’yorlarini puxta bilish, tildan ongli ravishda foydalangan holda o‘zgalar bilan madaniy muloqot qila olish ko‘nikmasini shakllantirish bilan belgilanadi. Fanning nazariy va amaliy ahamiyati shu bilan belgilanadiki, tadqiqot natijasida olingan xulosalar sohaviy nutq madaniyatini rivojlantirish, Yuristning og‘zaki va yozma muloqot ko‘nikmasi (rus-o‘zbek guruhlari kesimida) fani bo‘yicha mutaxassislarning professional kadrlar bo‘lib yetishishlarida hamda fanning tegishli sohasi yuzasidan tashkiliy xarakterga ega bo‘lgan manbalarni ishlab chiqish uchun amaliy dastur bo‘lishi mumkin. Olingan xulosa va bildirilgan takliflardan ta’lim muassasalari faoliyatida, nutq madaniyati va notiqlik fanlari jabhasini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Monografiyaning tuzilishi va hajmi. Fan mohiyati o‘quv platformada modul ishlanmasi sifatida kiritilgan bo‘lib, unda o‘quv mashg‘ulotlariga doir kontentlar joylashtirilgan. Unda 150 ga yaqin adabiyotlardan foydalanilgan. Tarkibi kirish, fanni o‘qitishning konseptual-nazariy asoslari, fan taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari, fan ta’limida innovatsiyalar va ilg‘or xorijiy tajribalardan o‘rinli foydalanish, elektron o‘quv moduli ishlanmasi, fan dasturi tavsifi, ma’ruzalar matni (texnologik xarita asosida elektron darslikda), o‘qitishda qo‘llaniladigan keys, organayzer, amaliy topshiriq va ishlanmalarning mohiyati, nazorat topshiriqlari va mustaqil ta’lim yuzasidan ko‘rsatmalar, har bir mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalar mohiyatini asoslovchi taqdimotlar, glossariy, ilovadagi vizual materiallar hamda yakuniy xulosa va tavsiyalardan iborat. Ma’lumotlar maksimal darajada umumlashtirilgan va tartibga solingan. Ularni o‘zlashtirish va yodda saqlab 7 qolishni kuchaytirish uchun multimedia, audio-vizual daydjest va elektron materiallari biriktirilgan. O‘zbekiston Respublikasining Ta’lim to‘g‘risida Qonunchilik palatasi tomonidan 2020 -yil 19 - mayda qabul qilingan, Senat tomonidan 2020- yil 7- avgustda ma’qullangan O‘RQ-637-son 23.09.2020dagi Qonuni demokratik odil huquqiy davlat qurish yo‘lidan borayotgan bugungi kunida ta’lim sohasida tub ijobiy islohotlarni boshlab berdi. O‘z navbatida, hozirda dunyo andozalari darajasidagi bilimdon, har tomonlama yetuk huqushunos kadrlarni zamonaviy axborot texnologiyalarini qamrab olgan ta’lim texnologiyalar asosida tayyorlash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ma’lumki, O‘zbekiston Konstitutsiyasining 4-moddasiga muvofiq Respublikamizda davlat tili o‘zbek tilidir. Shunga ko‘ra har bir O‘zbekiston fuqarosi o‘z fikrini davlat tilida erkin ifo-dalay olishi, yozma nutqini savodxonlik bilan shakllantirishi bugungi kun talabidir. Ayniqsa, mamlakatimiz tashqi aloqalarini xalqaro miqyosda olib boruvchi mutaxassislarimiz o‘zbek tilining nutqiy imkoniyatlarini xorijiy davlatlarda ko‘rsata olishi respublikamizning boshqa dunyo xalqlari bilan aloqalarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun bugungi bo‘lg‘usi mutaxassis davlat tilini nafaqat bilishi, balki o‘z nutqini nutq madaniyati talablari darajasida aniq va ravon ifodalay olishi lozim. Shularni hisobga olib va xorijiy mamlakatlarning ta’lim tajribalaridan kelib chiqqan holda mazkur monografiyada e’tirof etilgan ayrim jihatlari o‘qitiladigan fan tarkibiga ham kiritilgan. Unda talabalar huquq va til, ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabat, nutq madaniyati va notiqlik san’ati, huquqshunos nutqining kommunikativ tasnifi, sud notiqligining tarixiy rivojlanish bosqichlari, huquqshunosning nutq texnikasini egallashi va ovozdan foydalanish usullari, notiqlik san’atining psixologik va ekstralingvistik asoslari, huquqshunos nutqiy mahorati, nutq va o‘zbek huquqiy atamashunosligi, notiq nutqiga xos qoidalar, uning tarkibiy bosqichlari, o‘ziga xos jihatlari, yuridik atamashunoslik, yuridik nutq asoslari to‘g‘risida mukammal bilimga ega bo‘ladilar. Monografiyada belgilangan vazifalar: 8  talabalarni notiqlik san’ati, nutq madaniyatining asosiy tushunchalari, ifoda shakllari bilan tanishtirish;  nutq so‘zlash jarayonida leksik-grammatik, imloviy va tovush, orfografik, talaffuz omillaridan vaziyat va voqelik talabiga ko‘ra mohirona foydalana olish qobiliyatini shakllantirish;  bo‘lg‘usi mutaxassislarning ijtimoiy-huquqiy faoliyatida shaxslararo muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish;  talabalarda notiqlik mahorati bo‘yicha tegishli bilimlarni hosil qilish;  turli yuridik vaziyatlarda professional nutqdan foydalanish mahoratini, shuningdek sohasiga oid bilimlarni amaliyotlarida qo‘llashda til me’yorlariga muvofiq so‘zlay olish ko‘nikmasini shakllantirish va takomillashtirish;  talabalarda og‘zaki nutqini yuqori saviyada bayon qilish imkoniyatini yaratish;  turli kriminalistik va tergov hujjatlari matnini tuzish asosida talabalarning fikrlash iqtidorini tarbiyalash va mazmunini mohirona so‘zlay olish salohiyatini oshirish;  mutaxassis kasbiy nutqining o‘ziga xos xususiyatlari, prokuror, sudya, advokatlarning nutq madaniyati to‘g‘risida ma’lumot berish kabilardan iborat. Monografiyani tuzishda mumkin qadar bo‘lg‘usi xalqaro mutaxassislarning kelgusidagi amaliy faoliyati hisobga olindi. Majmuada yuristning nutq madaniyati bilan bog‘liq ayrim masalalar mohiyati kiritilgan bo‘lib, ular ilmiy adabiyotlarda to‘la yoritilmagan. Shu bois predmetni o‘rganish jarayonida ma’lum bir qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Notiqlik san’ati fani ta’limida innovatsion texnologiyalardan foydalanish talabalarda quyidagi xislatlarning shakllanishiga olib keladi:  talaba aqliy faoliyatining ijodiy- motivatsion yo‘nalganligi;  kreativlik va qiziquvchanlik; 9  ilmiy-ijodiy faoliyatga jalb qilinishi va intilishi;  ma’lumotni idrok qilish va og‘zaki tarzda bayon etish;  mustaqil fikr yurita olishga o‘rgatish. Hozirgi davr ta’lim texnologiyalari muammosi, mashg‘ulot davomida qo‘llanadigan innovatsion jarayonlar tizimlashtirish va aniqlashtirishni talab qiladi. 10 I BOB. NUTQ MADANIYATI VA NUTQ ODOBI MASALALARINING TARIXIY TAKOMILI 1.1. Chiroyli va badiiy saviyada nutq so‘zlash mazmun mohiyati Bugungi kunda umumjahon xalqlar o‘rtasida komil inson, ma’naviy barkamol insonga talab yuqoridir. Komil inson - bu o‘zligini, tarixini bilgan, o‘z urf-odatlarini o‘zlashtirgan, erkin, mustaqil fikrga ega, bilimdon odamlargina emas, balki o‘z fikrlarini ravon, aniq va go‘zal ifodalaydigan kishi hamdir. Komil inson ma’naviyati yuksak darajaga yetsa, kamol topgan shaxsdir: «Ma’naviyat – uzluksiz harakatdagi jarayon. Man’aviyat deganda, avvalambor, odamlarni ruhan poklanishga, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, inson ichki dunyosini, irodasini baquvvat, iymone’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan kuchdir...»2. Insonning kimligi uning ikki jihati – xatti-harakati va so‘zi (nutqi), odamlar bilan o‘zaro muomalasida ayon bo‘ladi.3 Mana shu ikki jihat fikrni to‘liq va mukammal ifodalashga yordam beradi. Fikrni go‘zal ifodalash-nutq madaniyatini egallashga bog‘liq. Bu masala bilan odamlar juda qadimdan qiziqib kelganlar. Nutq madaniyati va notiqlik mahorati qadimdan shakllanib kelgan ijtimoiy hodisa. Qadimgi Yunon mamlakatida bu ta’limot nazariy jihatdan asoslandi: epos, she’riyat, darama, musiqa va boshqa san’at namunalari qatorida ritorika (so‘zlash mahorati) yuksak nutqiy san’at namunasi hisoblangan. Markaziy Osiyo madaniyati tarixida ham nutq madaniyati va uslubiyat muammolari bilan shug‘ullanish qadimdan mavjud bo‘lgan va o‘ziga xos xususiyatlarga egadir. Mashhur turkiyshunos Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asaridagi bu masalaga oid ba’zi mulohazalari, keltirilgan lisoniy Karimov I. O‘z kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan qurmoqdamiz.-T.: O‘zbekiston, 1999, 17-b. 3 Mo‘minov S. O‘zbek muloqot xulqining ijtimoiy-lisoniy xususiyatlari. Avtoreferat. 2000 y., 1-b. 2 11 dalillari, nutq madaniyati va nutq odobi masalalari juda qadimdan o‘rtaga qo‘yib kelinganligidan dalolat beradi. Nutq madaniyati ifodasining taniqli tadqiqotchisi E.Begmatov bu haqida quyidagilarni yozadi: «...Mahmud Koshg‘ariyning mashhur «Devoni lug‘atit turk» asarida «kuy so‘zini tushunib bo‘lmaydi, qattiq toshni yiqitib (sindirib) bo‘lmaydi», «odam so‘zning shirinligi bilan lazzatlansa, unga asir bo‘lib ketadi», «Odobning boshi til» singari aforizmlarini uchratish mumkin».4 Nutq odobi masalasi XI asrda yashab ijod qilgan xorazmlik buyuk olim, alloma Abu-l-Qosim Mahmud ibn Umar az-Zamahshariyning «Navobig‘ ul-kalim» («Nozik iboralar»)5 nomli asarida yoritilgandir. Chiroyli va badiiy saviyada nutq so‘zlash, mazmun mohiyati jihatidan qisqa, mazmundor nutq odobini saqlash ham bir san’atdir. Qadimda Sharqda notiqlik san’ati – voizlik deb atalgan. «Va’z» so‘zi arabcha targ‘ib qilish, pand-nasihat degan ma’nolarni anglatadi, «voiz» so‘zi esa va’z aytuvchi, nutq so‘zlovchi shaxs ma’nosini bildiradi. IX asrgacha Sharqda voizlik vazifasini xalifalar, shohlar bajarganlar6. IX asrdan boshlab davlat hukmdorlari bu tadbirni o‘z ixtiyorlaridagi maxsus so‘z ustalariga yuklab, ularning ism-shariflariga “Voiz” so‘zini qo‘shib aytganlar. XII asrdan boshlab voizlik san’ati nazariyasi va amaliyotini talqin va tavsif etadigan ko‘plab ilmiy, tarixiy, uslubiy risolalar yozilgan. Bular qatoriga Muhammad Rafiq Voizning «Avbob ul-inon», Voiz Qazviniyning «Zilolu maqol» Voiz Shirvoniyning «Ahsan ul-ahodis», Muhammad Voizning «Hidoyat ultaqvim», Quraysh Saidiyning «Anis ul-voizin», Voiz Samarqandiyning «Ravzat ulvoizin», Qozi O‘shiyning «Miftoq ul-najjih», Voiz Koshifiyning «Dah Majlis», «Mahzan ul-insho» kabi asarlari kiradi7. Shuningdek, tarixchi, shoir, Begmatov E. Nutq, odobi. –T, O‘qituvchilar gazetasi, 1969, 25 may, 3-bet. Uvatov U. Donolardan saboqlar.-T., A.Qodiriy nomli xalq merosi nashr., 1994, 34-b. 6 Ortiqov A. va b. Oliy maktab pedagogining nutq madaniyati. –T.:IIB Akademiyasi, 2001 y, 5-bet. 7 Ortiqov A. O‘sha asar. 6-bet. 4 5 12 muhaddislarning asarlarida ham voizlik san’atiga aloqador ba’zi fikrlar bayon etilgan. Nutq madaniyati, notiqlik san’ati masalasi bilan so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy ham jiddiy shug‘ullangan. Alisher Navoiy davrida o‘zbek tili mavqei, notiqlik san’ati ancha yuksak darajaga ko‘tarildi. Alisher Navoiy «Mahbubul-qulub» asarining 24-bobini voizlikka bag‘ishlagan. Ushbu asarida Xo‘ja Muayyad Mehnagiy, Mavlono Riyoziy, Mavlono Irshod, Hotam Asom, Voiz Koshifiy, Muin Voiz kabi o‘nlab voizlarning nutq mahoratlari haqida so‘z yuritilgan.8 O‘sha davrda notiqlik san’ati va unga yaqin sohalar bilan shug‘ullanuvchilarni «nadimlar, qissago‘ylar, masalgo‘ylar, badi-hago‘ylar, qiroatxonlar, muammogo‘ylar, voizlar, go‘yandalar, maddohlar, qasidaxonlar»9 deb yuritilgan. Voizlik san’ati asosan uch shaklda bo‘lgan: dabirlik, xatiblik, muzakkirlik. Dabirlik – davlat maqomidagi yozishmalarni qiroat bilan o‘qish, xatiblik – xutba o‘qish, muzakkirlik – juma kunlaridagi, hayit va boshqa tantanalardagi nutqlardan iborat bo‘lgan. Voizlik san’ati tinglovchilarning, voizlarning ijtimoiy-siyosiy mavqe va lavozimlarini hamda boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda ham uchga ajratilgan: sultoniyot – yuqori tabaqa a’yonlari uchun; jihodiya-janggoh ishtirokchilari uchun; g‘aribona – oddiy fuqarolarga mo‘ljallangan nutqlar. Har birining yozilishi, o‘qilishi, shuningdek, va’z etilish shartlari, usuli har xil bo‘lgan10. Nutq va nutq madaniyati muammolari bilan ilmiy asosda jiddiy shug‘ullanish lozimligi masalasi birinchi marta Praga lingvistik to‘garagi vakillari tomonidan o‘rtaga tashlandi. Ular 1929 yilda Pragada bo‘lib o‘tgan slavistlarning I se’zdi uchun tayyorlangan maxsus tezislari va keyingi asarlarida bu masalaga alohida to‘xtalib o‘tganlar. Inomxo‘jaev S.Notiqlik san’ati asoslari.-T.: O‘qituvchi, 1972, 110-b. Inomxo‘jaev S. O‘sha asar. 111-b. 10 Ortiqov A. Oliy maktab pedagonining nutq madaniyati. –T.: IIV Akademiyasi, 2001 yil, 6-bet. 8 9 13 Praga lingvistik to‘garagining nutq madaniyati va adabiy normaga oid ilmiy fikrlari E.Begmatovning ba’zi ishlarida batafsil tahlil qilingan.11 U o‘z tahlillari tufayli shunday xulosaga kelgan: «Adabiy til, adabiy norma va nutq madaniyati haqidagi Praga lingvistik to‘garagi oldiga surgan qarashlar barcha xalq adabiy tillari uchun umumiy qonuniyat deyish mumkin. O‘z navbatida, ushbu ta’limot o‘zbek adabiy tili va o‘zbek nutq madaniyatining ham bir qator masalalarini ilmiy hal etishda dastur bo‘la oladi...»12 Hozirgi paytda jahoning turli mamlakatlari, jumladan, Amerika, Angliya, Yaponiya, Germaniya kabi davlatlardagi olimlarning e’tiborida nutq madaniyati va notiqlik alohida o‘rinda turadi. Bunga Pol. L.Soper, Edgar I.Uillis, D.Karnegi, M. Berkli-Alen, Kris Styuard, Mayk Uilkinson kabilarning ishlarini misol qilib ko‘rsatish mumkin.13 Bu masalani tilshunoslikning mustaqil sohasi sifatida o‘rganishga rus tilshunosligida 20-30 yillarda kirishildi. 1920-yilda Petrogradda notiqlik san’ati o‘quv maskani «Jonli so‘z instituti» o‘z ishini boshlaydi. Sal keyinroq Moskvada ritorika kurslari ochiladi, shuningdek, V.A.Artyomov, V.V.Vinogradov, K.I.Chukovskiy, L.V.Uspenskiy, D.E. Rozental va boshqalarning bu muammoga oid qator tadqiqotlari yuzaga keladi.14 60-70 yillarda qator olimlarning, jumladan, Ye.A.Adamov, L.P.Grossman, A.I.Yefimov, A.F.Koni, A.F.Losev, Ye.A. Nojin, A.Spirkin, Ye.M.Yaroslavskiy kabilarning notiqlik san’atiga ijtimoiy-lisoniy nuqtai nazardan yondoshish monografik Begmatov E. Nutq madaniyati problemasining paydo bo‘lishi va asoslanishi.-T.: Fan, 1973. 12 Begmatov E. va b. O‘zbek nutqi madaniyati ocherklari.-T.: Fan, 1988, 27-b. 13 Qаранг: Д.Карнеги. Как вырабатывать уверенность в себе и влиять на людей, выступая публично.-Т.: Шарқ, 1992; Пол Л.Сопер. Основы искусства речи. –М.: Яхтсмен, 1995; Э.Уиллис. Основы радиовещания. -Нью-Йорк, 1951; М.Беркли-Ален. Забытое искусство слушать, 1997.; Крис Стюард, Майк Уилкинсон. Блеф-серия. – Санкт-Петербург: 2001. 14 Апресян Г. Ораторское искусство.-М.: МГУ, 1977. -С.63. 11 14 tadqiqotlarida bayon etiladi, bu muammoning dolzarb masalaga aylanib borayotganligidan dalolat beradi15. Rus tilshunoslarining nutq madaniyatiga oid tadqiqotlari E.Begmatovning ba’zi ishlarida16 atroflicha tahlil qilingan. Shu tufayli biz bu masalaga ortiqcha to‘xtalib o‘tirmaymiz. O‘zbek tilshunosligida nutq madaniyati hamda notiqlik muammollari bilan jiddiy shug‘ullanish 1969- yilda Toshkentda o‘tkazilgan 1 Respublika anjumanida ta’kidlandi.17 Afsuski, o‘zbek tili nutq madaniyati va notiqlik san’ati, notiqlik uslubiga oid ishlarda uni nazariy jihatdan o‘rganishga jiddiy e’tibor berilgan emas. O‘zbek tilshunoslaridan E.Begmatov, S.Inomxo‘jaev, L.Xo‘jaeva, T.Qudratov, X.Jalilov, R.Qo‘ng‘urov, Yo.Tojiev, B.O‘rinboev, A.Soliev, M.Mukarramov ishlarida notiqlikka oid ba’zi izlanishlar olib borilgan.18 Shunga qaramasdan, «nutq madaniyati va notiqlik, notiqlik san’ati tushunchalari orasidagi umumiylik va farqli tomonlarni tadqiq qilish, notiqlik san’atida nutqiy madaniyatning o‘rni va rolini belgilash»19 dolzarb muammolardan biri bo‘lib turibdi. Notiqlikning lisoniy-uslubiy xususiyatlari uslubiyat fanining hali to‘liq nazariy asoslanmagan muammolaridan bo‘lib, notiqlikning lisoniy-uslubiy amaliyoti ustida hali tugal bir qo‘llanma yaratilmagan. Shu paytgacha o‘zbek Qаранг: Адамов. Е.А. Выдающиеся ораторы древ. мира. -М., 1961; Гроссман Л. Об искусстве лектора. -М., 1970; Ефимов А.О. культуре речи. -М., 1956; Кони А. Избр. произв. -М., 1959; Лосев А. Ораторск. иск. 1965; Ножин Е. Основы ораторского искусства. -М.,1973; Спиркин А. Основы лекционной пропаганды. -М., 1969; Ярославский. О стиле, форме, языке агитатора. -М., 1973. 16 Qarang: Begmatov E. va b. O‘zbek nutqi madaniyati ocherklari.-T.: Fan, 1988, 5-65betlar. 17 Qo‘ng‘urov O., Begmatov E., Tojiev Yo. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari.-T.: O‘qituvchi, 1992, 9-b. 18 Qarang: E.Begmatov. Notiqning nodir boyligi.-T.: O‘zbekiston, 1980; Xo‘jaeva L. Notiqlik san’ati.-T.: O‘zbekiston, 1976; Mukarramov, M. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining ilmiy stili.-T.: Fan, 1984; O‘rinboev B., Soliev A. Notiqlik mahorati. –T.: O‘qituvchi, 1984. 19 Begmatov E. O‘zbek nutqi madaniyati masalalari. O‘zbek tili va adabiyoti. 1980, 4-son, 56-bet. 15 15 filologiyasida notiqlikka san’at sifatida qaralib, uning ijtimoiy yo‘nalishi o‘rganilib, xususiyatlari lisoniy aspektda yoritilmagan. Notiqlik san’atining o‘ziga xos lisoniy birliklari, vositalari mavjudki, aynan, shu vositalar notiqlik mahoratini yuzaga keltiradi. Notiqlik san’atining yuzaga kelishida notiqlikning lisoniy-uslubiy vositalari ahamiyatini isbotlash hozirgi kunning dolzarb masalalaridandir. Jonli so‘zning beqiyos qudratidan bahramand bo‘lish o‘zbek xalqining xislatlaridan biridir. Notiqlik – chiroyli va ta’sirchan nutq so‘zlash ilmi, badiiy yetuk so‘zlangan nutq san’atidir. Notiqlik nutqi daliliy materiallarga boy bo‘lib, uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 1. O‘z fikrini isbotlash, ya’ni keltirilgan dalillarning to‘g‘riligini ko‘rsatib berish; 2. Tinglovchilarga estetik zavq bag‘ishlash; 3. Tinglovchilarning ongiga, qalbiga, kayfiyatiga ta’sir etish, kishilarni faollikka undash.20 Qayd etilganidek, jonli so‘z, notiqlik san’atiga qadim zamonlardan buyon alohida e’tibor berib kelinadi. Hozirgi vaqtda esa bu soha kishilariga talab kattadir. Notiq oldida o‘z nutqining sifatini yaxshilash va takomillashtirish vazifasi turadi. Nutqning muvafaqqiyatli chiqishida, nutqning shakliy tomoni ham katta ahamiyatga ega. Nutqning ta’sirchan bo‘lishi uchun aniq va ravshan talaffuz, to‘g‘ri, o‘z o‘rnida qo‘yilgan to‘xtamlar bo‘lishi shart. Shuningdek, nutq sur’ati, ovoz kuchi, nafas, tinglovchilar bilan izchil aloqa bog‘lay olish, qo‘l harakati va shu kabi nolisoniy va boshqa lisoniy vositalarga ham alohida ahamiyat berish talab qilinadi. Til boyligidan mohirlik bilan foydalanish, matn mazmuniga moslab qo‘llash, ularni asosiy maqsad va vazifalarga bo‘ysundira olishning o‘zi nutq madaniyatidir.21 Notiqlik o‘zida mantiqiylik, ta’sirchanlik, obrazlilik, hissiylik va shu orqali ishontiruvchanlik kabi xususiyatlarni mujassamlashtiradi. 20 21 Jalilov H. Notiqlik san’ati.-T.: O‘zbekiston, 1976. 2 –b. Xo‘jaeva L.Notiqlik san’ati.-T.: Bilim, 1967. 7-b. 16 Notiqlik nutqida ritorik savol-javoblar, ko‘tarinki so‘z va so‘z birikmalari, bo‘yoqdor so‘zlar, xitob qilish, murojaat etish kabi va yana boshqa bir qator usullar qo‘llanadi. Tinglovchi bilan notiq o‘rtasida aloqa o‘rnatilishida ritorik savol usulining qo‘llanishi ahamiyatlidir. Bu usulning qo‘llanishi tinglovchilarni nutq mavzusi ustida o‘ylashga, fikr yuritishga undaydi. Masalan, ritorik savol: «Hayotni kim sevmaydi?! Undan kim zavqlanmaydi-ya?!» kabi. Notiqlik - bu nutqiy mahorat, noyob qobiliyat ham. Nutqiy mahoratni egallash uchun notiq, avvalo, o‘z oldiga talab qo‘yadi va shu talablarga rioya qiladi. Har bir notiq o‘z ustida ishlab, nutqiy mahoratini oshirib borishi shart. Qadimgi Rimning mashhur notiqlaridan sanalgan Mark Tulliy sitseron shunday degan edi: «Kishi shoir bo‘lib tug‘iladi, notiq bo‘lib yetishadi».22 sitseron fikricha, notiqqa qo‘yiladigan talablar quyidagilardan iborat: 1. Notiq nutq jarayonida dadil bo‘lishi, nutq mavzusini chuqur bilishi kerak; 2. Nutq to‘la isbotlanishi kerak; 3. Nutq oldi-qochdi so‘zlardan, ahamiyatsiz fikrlardan holi bo‘lishi lozim; 4. Nutq materiallarini sidqidillik bilan to‘plash, bu materiallar o‘z mavzusi bilan tinglovchilarda qiziqish uyg‘otishi kerak; 5. Manbalarni reja asosida joylashtirish, tushunishga oson bo‘lishini ta’minlash lozim.23 Notiq o‘z tinglovchisini topa olishi va so‘ziga qarata olishi kerak, buning barchasi notiqning aytayotgan so‘ziga, yuritayotgan fikriga bog‘liq: «Behuda so‘z aytmagilkim, behuda so‘z devonalarning so‘zidir. Har kishiga gapirmoqchi bo‘lsang, qaragilkim, u sening so‘zingning xaridorimi yo yo‘qmi:.. eshitkuvchiga yoqadigan so‘zni gapir, toki sening so‘zingga xaridor bo‘lsin».24 Об ораторском искусстве. -М.: Политиздат, 1973. -С. 67. Там же. -С. 66. 24 Kaykovus. Qobusnoma. -T.: O‘qituvchi, 1973, 7-bob, 40-41-b. 22 23 17 Keltirilganlardan xulosa qilib shuni aytish lozimki, notiqlik nutqi lug‘aviy, sintaktik nuqsonlar, mantiqiy murakkablik va chalkashliklardan holi bo‘lgan, o‘ziga xos talaffuz, ohang, ritorik shakllar kabi xususiyatlarga ega, lug‘aviy, grammatik, sintaktik hamda nolisoniy vositalar bilan ifodalanadigan chin ma’nodagi nutqiy kamolatdir. Har qanday nutq so‘zlagan shaxs – notiq va ular nutqi notiqlik sanala bermaydi. Notiqlik san’ati nutqiy mahorat bo‘lib, notiqning noyob qobiliyat egasi ekanligini nomoyish qiladi. «Notiqlik avvalo chiroyli gapirishdir. Ammo, nutqning faqat chiroyli bo‘lishi hali yetarli emas, har qanday be’mani safsatalarni ham juda chiroyli qilib gapirish mumkin. Bu esa notiqlik emas, vaysaqilik sanaladi»,25 - deb yozadilar M.Sodiqova va J.Jo‘raevalar. Darhaqiqat, notiqning nutqi chiroyli, jozibali bo‘lishi bilan bir qatorda mazmunli, mantiqan kuchli bo‘lishi ham lozim. Notiqlikning asl mohiyatini tushunib yetish uchun notiqlikni yaratuvchi vositalarni egallash, notiqlik nutqi madaniyatidan xabardor bo‘lish, notiqlikning mazmuniy-funksional ko‘rinishlarini va bu turlarini yaratuvchi lisoniy va nolisoniy vositalarini bilish maqsadga muvofiqdir. Bu masalalar ishimizning keyingi sahifalarida batafsil yoritilgandir. Bugungi kunda, O‘zbekiston dunyoga, dunyo xalqlari O‘zbekistonga nazar tashlayotgan bir davrda notiqlik san’ati usullarining o‘rganilishi naqadar dolzarb ekanligini ko‘rsatdi. Xorijiy davlatlarga borayotgan o‘zbek diplomatlari, uning boshqa vakillari kasbiy mahoratlaridan tashqari notiqlikdan ham xabardor bo‘lsalar, bu hol ularning o‘z fikrlarini erkin va dadil, yorqin ifodalay olishlarida qulayliklar yaratadi. O‘tmish voizlarimizning ishlaridan xabardor bo‘lib, ular qo‘llagan usul va vositalarni puxta egallasak, xalqimiz orasida ma’rifiy-amaliy ishlarni olib borish va milliy mafko‘ramizning ma’naviy manbalarini to‘g‘ri belgilab olishimizda nihoyatda qo‘l keladi. Demak, xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, ozod yurtimizga erkin fikr yurita oladigan, ma’naviyati yuksak notiqlar, voizlar kerak. 25 Sodiqova M., Jo‘raeva J. So‘zdan so‘zning farqi bor.-T.: 1966, 7-b. 18 Notiqlikni mukammal egallagan kishi aholi bilan erkin bahslasha oladi, suhbat quradi, o‘zbek adabiy tili nutq madaniyatini mukammal biladi. Madomiki, biz yigirma birinchi asrga qadam qo‘ygan ekanmiz, «erkin fuqaro - ongli yashaydigan, mustaqil fikrga ega bo‘lgan shaxs ma’naviyatini kamol toptirish bizning bosh milliy g‘oyamiz bo‘lishi zarur».26 1.2. Notiqlik san’atining fan sifatida shakllanishi tarixi Jonli, mazmunan teran so‘zning ta’sirchanligi uning kishilarga zavq bera olishida namoyon bo‘ladi. Yozma adabiyotning ilk namunalaridan to shu kunchaga yaratilib kelingan va kelinayotgan asarlarning deyarli barchasida so‘zning buyuk qudrati madh etiladi: «Jism bo‘stonig‘a shajar so‘zdur, Ruh ashjorig‘a samar so‘zdur» (A.Navoiy). Tug‘ri va yaxshi yozish, chiroyli gapirish uchun mantiqiy fikrlash kerak bo‘ladi. Nutq madaniyatini egallagan kishi to‘g‘ri fikr yuritib, tinglovchilarga ta’sir eta oladi. San’atshunos L.Xo‘jaevaning fikricha: «Nutq madaniyati - fikr madaniyati»,27 milliy o‘ziga xos, fikrlari aniq, grammatik to‘g‘ri tuzilgan, mantiqiy muntazam va badiiy ifodali nutqgina madaniydir. Notiqning so‘zi tinglovchilarni ruhlantira olishi kerak. Notiqning nutq madaniyatini egallaganligi uning ta’sirli so‘zida namoyon bo‘ladi. Notiqlik san’ati, nutq madaniyati masalalari kishilarni qadimdan qiziqtirib kelgan. Notiqlik san’ati ravnaq topgan maskan Yunonistondir, ammo qadimgi Misr, Vavilon, Ossuriya, Hindiston kabi mamlakatlarda ham bu masalaga qiziqish katta bo‘lgan. O‘z davrida davlat arboblarining yuqori lavozimlarni egallashi ularning qanchalik notiq ekanligi, notiqlik mahorati bilan belgilangan. Karimov I. O‘z kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan qurmoqdamiz.-T.: O‘zbekiston, 1999. 18-b. 27 Xo‘jaeva L. Notiqlik san’ati. Birlashgan «Bilim» nashr.-T., 1967, 5-b., 5-b. 26 19 Qadimgi yunonlar nutqning chiroyli, mazmundor bo‘lishiga harakat qilganlar, maxsus notiqlik maktablari ochilgan va ularda notiqlik san’atini o‘rgatuvchi «ritorika» fani o‘qitilgan. Ritorika fanining yaravtuvchisi yunon olimi Koraks bo‘lib, uning fikricha, ritorika «ishontiruvchi xizmatkordir».28 Notiqlikning asosiy fazilati isbot qilish va haqiqatni qaror toptirishdadir. Qadimgi Yunonistonda notiqlik san’atini adabiy janr darajasiga ko‘targan va ilmiy tus bergan kishilar sofistlar (yun. donolik so‘zidan.) bo‘lganlar29. Keng bilimli, so‘zga chechan odamlar sofistlar bo‘lgan. Ular notiqlik san’atining asoschilari hisoblanadi. Sofistlar – «donishmandlik va fasohat» muallimlari sifatida notiqlik qiluvchi qadimgi yunon faylasuflari. Sofistlar notiqlikning mazmuniy ko‘rinishlaridan mohirona foydalanib, ommaga, tinglovchilarga ta’sir qilishda ularga yetadiganlari bo‘lmagan. Ular so‘z qimmatini har qadamda ta’kidlab o‘tganlar. Nutq (logos)ni o‘rganish ob’ekti bo‘lmish ritorikani – «barcha san’atlar malikasi»30 deb bilishgan. Qadimgi yunon notig‘i Gorgiy «Yelenaga bag‘ishlov» asarida quyidagi fikrlarini bayon etgan: «...So‘z shunday hukmdorki, juda kichik va sezilmas tanaga ega bo‘lsa ham, mo‘jizaviy qudratga ega. Bir soniyada qo‘rquvni chaqirib, xomushlikni yo‘qotishi, yoinki, xursandchilikni yuzaga keltirib, yana bir zumning o‘zida hamdarlikni ham uyg‘otishi mumkin».31 Gorgiy fikricha, so‘zning qudrati ulug‘, beqiyosdir. Ammo so‘z, nutq ustida doimo ishlash kerak, toki u qudratli bo‘lib, ommaga ta’sir qila olsin. Shuning uchun ham notiqlik katta mehnatni talab qiladi. So‘zamollik, notiqlik mohiyatini tushunib yetish uchun qadimgi ritoriklar, notiqlarning faraz-dalillari, izlanishlari, qarashlari bilan tanishish lozim. Aflotun, Xo‘jaeva L. O‘sha asar. 9-b. Апресян Г.З. Ораторское искусство.-М.: Изд. Мос. Ун-та. 1978. -С. 7. 30 Там же. – С. 11. 31 Лосев. Значение ораторского слова.-М.: Политиздат., 1969. – С. 29. 28 29 20 Arastu, sitseron, Kvintilian, Lisiy, Demosfen kabilar qadimiy davr notiqligining nazariyasini shakllantirishga hissa qo‘shdilar. Qadimgi Yunoniston va Rimda notiqlik san’atining ravnaq topishida quldorlik tuzumining rivojlanishi, quldorlik demokratiyasi sabab bo‘ldi. Bu davrda davlatning nihoyatda taraqqiy etishi, rivojlanishi o‘z navbatida notiqlikni ham san’at darajasiga qo‘tardi. Kishilarga notiqlik san’atini, nutq madaniyatini egallash shart qilib qo‘yiladi. Ana shu ehtiyoj tufayli notiqlik nazariyasi yaratiladi. Endi o‘sha davr yunon notiqlaridan ba’zilarining faoliyatlari xususida qisqacha so‘z yuritamiz. Lisiy – o‘tmishning ulug‘ notig‘i (er.oldingi V asr. oxiri IV asr boshlari. Miloddan old. 459-380 y.y.), hikoyachilik san’atining mohir ustalaridan biri. Lisiy logograflik kasbi bilan puxta shug‘ullangan. Bizgacha uning 34 ta nutqi yetib kelgan, aksariyati sud nutqlaridan iborat. O‘sha davrda sud notiqligi juda rivojlangan edi. Sud notiqligining rivojlanishida Afina davlati sud tartiblari ham kuchli ta’sir etgan. Chunki o‘sha davrda chiqarilgan qonunga ko‘ra, afinalik fuqaro o‘zini sudda himoya qilish huquqiga ega edi. Kishilarning taqdiri yaxshi nutqqa bog‘langanligi tufayli «logograflar» deb ataluvchi maxsus kasb egalari paydo bo‘lganlar. Ular sudda kishilar so‘zlashi uchun maxsus nutqlar yozib berganlar. Lisiy logograf sifatida nutq yozishdan avval, sudga ishi tushgan kishilar bilan tanishgan, shuning uchun nutqlari dabdabali, jimjimador so‘zlardan holi bo‘lib, yurakdan chiqayotgan samimiy gaplar, o‘z o‘rnida keltirilgan daliliy so‘zlar bilan ajralib turardi. sitseron Lisiy nutqlarini sodda, lo‘nda, ravshanligini hisobga olib:»... biz imkoniyatga qarab Lisiyga, birinchi navbatda, uning uslubi soddaligiga taqlid qilamiz»,32 -degan edi. Shunday qilib, so‘zning tashqi ko‘rinishiga zo‘r bermay, aksincha, har bir odamni o‘z tilida gapirtirish va shu so‘zi orqali tabiati va qiyofasini ko‘rsatishda Lisiy misli yo‘q, logograf edi. 32 Об ораторском искусстве. – М.: Политиздат, 1973. – С. 67. 21 Qadimgi Yunonistonda notiqlikning yana bir ko‘rinishi-maqtov notiqligi mavjud bo‘lib, bunda kishilar madh etilardi. Maqtov notiqligining ko‘zga ko‘ringan ustalaridan biri- Demosfen (er. old. 384-322) edi. Nutq, Demosfen uchun, muayyan siyosiy niyatlarni amalga oshirish uchun vosita bo‘lib xizmat qilardi. Uning 61 nutq matni, 56 nutqqa «kirish» va bir nechta xatlari bizgacha yetib kelgan.33 Demosfen tinglovchilar ruhiyatini chuqur o‘rganar va omma oldida notiqlikning qaysi usuli qo‘llanilishi lozimligini yaxshi bilardi. Qadimgi Yunoniston va Rimda asosan uch xil notiqlik ko‘rinishi faoliyat ko‘rsatgan: a) sud notiqligi; b) siyosiy notiqlik; v) maqtov notiqligi. Bu davlatlarda ravnaq topgan notiqlik san’ati o‘rta asr va keyingi davr notiqligiga o‘rnak bo‘ldi. Aflotun «Fedr» dialogida mohir notiqlarni sanab o‘tadi. Ularni «nutq Dedallari» deb ataydi. Bular: Gorgiy va Tissiy-notiqlikning iste’dodli so‘zamollari, Gippiy va Prodik - nutqda me’yorlilikka amal qiladiganlar; Even Parosskiy, Frasemax Xolkedonskiy, Kritiy va Protagor - nutqda aniqlikka intiluvchan so‘zamollar.34 «Fedr» asarida Aflotun nutq tuzilmasi (kompozitsiyasi)ning quyidagicha rejasini ko‘rsatib o‘tadi: kirish, matn bayoni, dalillar va ularni tasdiqlovchi xulosa.35 Aflotun fikricha: «Notiqlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan shaxs, avvalo, o‘z uslubini, talqin etish yo‘llarini aniqlab olishi, notiqlik ko‘rinishlarini puxta egallab, so‘ng ish boshlashi lozim»36dir. Aflotun notiqlikni qobiliyat, mahorat sohibi egallashi mumkinligini ta’kidlab, notiqlikka qo‘yiladigan eng asosiy talab - bu «emotsional ishontirish» ekanligini aytib o‘tadi. U notiqlikning yana bir talabi – «mantiqiy isbot»ni keyingi o‘ringa Апресян Г.З. Ораторское искусство.-М.: Изд. Мос. Ун-та. 1978. -С. 14. Кохтев Н.Н. Основы ораторской речи. Изд. Мос. Ун-та, 1992. -С.8-10. 35 Платон. Собр.соч.т.2, 1970. -С. 200. 36 Платон. Собр.соч.т.2., 1970. - С. 202. 33 34 22 qo‘yadi. «Isbotlash emas, ishontirish, ishontirganda ham ta’sirli ishontirish kerak», -deydi Aflotun.37 Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, Aflotun ham o‘z navbatida, notiqlik nazariyasining yaratilishida, o‘ziga xos o‘ringa ega. Arastu (er. old.335 yil) tomonidan «Ritorika» asarining yaratilishi ham madaniy, ham ilmiy-ma’rifiy voqea bo‘ldi. Arastuning bu asari uch kitobdan iborat. Birinchi kitobida ritorika fanining boshqa fanlar orasida o‘rni va nutq turlari haqida so‘z boradi. Ikkinchi kitobi isbotlash usullari haqida, uchinchi kitobida - uslub va nutq tuzilmasi haqida so‘z yuritiladi. Arastu nutqning uch turini ajratadi: suhbat, sud va epideyktik mavzudagi turlar. Ularning maqsadlari quyidagicha: suhbat mavzusidagi nutqlarda-ishontirish yoki inkor; sud nutqlarida - oqlash yoinki ayblash; epideyktik nutqlarda - maqtash yoki kamchiliklarni ko‘rsatish kabilardan iborat. Notiq bu mavzularni o‘z nutqida yoritishi asosiy talab hisoblanib, undan maqsad -tinglovchilarni yaxshi xulqqa chorlash va yaxshi odatlarni egallashga undash edi. Bu kabi xislatlarni egallagan shaxs davlatning ijtimoiy-siyosiy hayotida katta foyda ko‘rsatishi aniq, deb hisoblanar edi.38 Arastu ham notiqlar egallashi zarur bo‘lgan tamoyillar tizimini yaratdi. Bular: 1. Nutq xizmat qilishi lozim bo‘lgan usullar; 2. Notiqning shaxsiy xususiyati va mahorati; 3. Nutq texnikasi va uning usullari; 4. Material tanlash; 5. Reja, shakl, materialni joylashtirish.39 Aflotun va Arastu kabi yunon olimlari notiqlik san’atining rivojiga ulkan hissa qo‘shdilar, notiqlik nazariyasiga asos soldilar. Qadimgi Yunoniston va Rimning eng mohir notiqlari so‘zning sir-sinoatini, notiqlik nutqining ham amaliy, ham nazariy tomonlarini o‘z izlanish va tahlillarida bayon etganlar. Платон. Тот же пр. -С.214. Кохтев НН. Основы ораторской речи.-М.: МГУ, 1992. - С.11. 39 Koxtev N.N. O‘sha yerda. 15-b. 37 38 23 Korneliy Tatsit (er. 57-117) bizga notiqlar xususiyatlari bayon etilgan «Notiqlar haqida so‘z» risolasini yozib qoldirgan. Ushbu risolada yozilishicha, Gorgiy uch ritorik unsurni birinchi bo‘lib qo‘llagan. Bular: parallelizm, antiteza, anafora. Frasemax esa birinchi bo‘lib, notiqlik san’atida ritm masalasini ko‘rib chiqqan. Pol va Likimiy (Gorgiy shogirdlari) notiqlik leksikasi masalasi bilan shug‘ullanganlar.40 Tarixchi va siyosatshunos Tatsitni notiqlikning mazmun mohiyatini o‘rganish masalasi qiziqtirgan. Qadimgi Rim notiqligining yana bir iste’dodli namoyandasi -Mark Tulliy sitseron (er.old. 106-43 y). Uning notiqlikka bag‘ishlangan uch yirik risolalari «Notiq haqida», «Brut, yoki mashhur notiqlar haqida», «Notiq» kabilar, notiqlik san’atiga qo‘shilgan bebaho tuhfadir. sitseron notiq oldiga ikki shartni qo‘yadi: birinchisi, nutq mavzusini chuqur bilishlik; ikkinchisi, nutq mazmunini anglash va tinglovchilarga yetkazib bera olish.41 Sitseron fikricha: «Notiqlik - bu, avvalo san’at, ammo san’atlarning eng mashaqqatlisidir».42 «Notiq haqida» risolasida sitseron notiqqa uch talab qo‘yadi, bular: 1). Noyob qobiliyat, ong va xotirali bo‘lish; 2) notiqlik nazariyasini puxta o‘rganish; 3) nutqiy amaliyot. sitseron risolalarining birida shunday yozadi: «So‘zlay olishning o‘zitabiat in’om etgan xususiyatlarning eng bebahosidir; uni rivojlantirish, doimiy ustida ishlash lozimdir».43 Demak, notiq uchun nutqiy ifoda asosiy fazilatdir, lekin nutqning mazmunli bo‘lishi uchun tinimsiz mehnat - nutqni doimiy ravishda boyitib borish lozim. Jonli so‘z - notiqlik san’atning mazmun mohiyatini tashkil etadi. Лосев. Ораторское искусство.-М.: 1969. -С. 32. Кохтев Н.Н. Основы ораторской речи. МГУ. 1992. – С. 18-24. 42 Koxtev N.N. O‘sha asar. 19-23-b. 43 Koxtev N.N. O‘sha asar. –24-b. 40 41 24 Nutq ravon va muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun notiq nutqning ifodaviy vositalarini egallagan bo‘lishi kerak. Ifodaviylik esa aniq va ravshan tallafuz, to‘g‘ri ohang, o‘z o‘rnida qo‘yilgan to‘xtam va tinglovchilar bilan bo‘lgan jonli muloqotdir. Har bir notiq o‘zining nutq uslubi, o‘zini tutishi bilan yaqqol ajralib turishi lozim. Ya’ni, o‘zining mustaqil uslubiga ega bo‘lishi kerak. Masalan, bir notiq ta’sirchan so‘zlarni topib gapirishi bilan, boshqa biri fikrini dalillar yordamida isbotlashi bilan, uchinchi bir notiq esa o‘zining emotsional talqini bilan tinglovchini rom etishi mumkin. Ta’sirchan so‘zlar, dalillar va emotsional talqin - notiqlikning uch asosiy belgilaridandir. 25 II. BOB NUTQ MADANIYATI VA NOTIQLIK SAN’ATINING MAQSADI HAMDA VAZIFALARI 2.1. O‘tmish notiqlik san’atining ravnaq topishi O‘tmish notiqlarining notiqlik san’atiga qo‘shgan eng yaxshi namunlarini tanqidiy o‘zlashtirib, ularning tajribalaridan unumli foydalanish - notiqlik mahoratini egalashning muhim yo‘li. Voizlik-elimizning qon-qoniga singib ketgan san’at. O‘tmish Sharq notiqligining namoyandalaridan Xo‘ja Muayyad Mehnagiy, Mavlono Riyoziy, Muin Voiz, Qozi O‘shiy, Husayn Voiz Koshifiy, Abu-l-Qosim Mahmud az-Zamahshariy, Mavlono Irshod, Hotam Asom va boshqa shu kabi fasihul kalomlar voizlikning rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shdilar. Sharqda, jumladan, Movaraunnahr hududida badiiy, ilmiy ijodning taraqqiyoti bilan, shuningdek, va’zxonlik, «Qur’on»ni targ‘ib qilish bilan mushtarak holda so‘zning ahamiyati, ma’nosi va undan maqsadga muvofiq foydalanish borasida ko‘p ishlar amalga oshirilgan va ma’lumotlar to‘plangan. Va’zxonlikning o‘suvi natijasida nutq oldiga qo‘yilgan talablar mukammallashib bordi. Buyuk allomalar Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Abu Abdulloh al-Xorazmiy, Mahmud Koshg‘ariy, Kayvokus, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy kabilar tilga, lug‘atga, grammatika va mantiqshunoslikka bag‘ishlangan asarlar yozdilar va ularda bu mavzuga aloqador fikrlar bildirdilar. Buyuk qomusiy olim Aburayhon Beruniy (973-1048) o‘zining «Geodeziya» asarining kirish qismida fanlarning paydo bo‘lishi va tarmoqlanib ko‘payishi haqida so‘z yuritib, inson nutqi tuzilishi ko‘plab munozaralarga sabab bo‘lishini, nutqning ikki xil – nasr va nazm ko‘rinishi borligini ta’kidlaydi44. Abu Nasr Forobiy (870-950) esa to‘g‘ri so‘zlash, mantiqiy xulosalar chiqarishda, mazmundor va go‘zal nutq tuzishda leksikologiya, grammatika va 44 Beruniy. Tanlangan asarlar. 3 jild. - T., 1982 .-64- b. 26 mantiqning naqadar ahamiyati katta ekanligini «Ilmlar tasnifi» risolasida yoritib beradi. Forobiy fikricha, fanlar va umuman borliqdagi bilimlar, aynan, borliqdan kelib chiqib, insonning ularga bo‘lgan ehtiyojining o‘sib borishi va borliqni uzoq vaqt o‘rganishi natijasida, mutaassil va izchil ravishda dalillar to‘plab boradi. Forobiy tizimida, turli ilmlar, bir-birini inkor va istisno etmaydi, balki o‘zaro borliq va dunyoni bilishga hamda baxt-saodatga erishishga xizmat qiluvchi yagona halqani tashkil etadi45. Ikki buyuk olim Beruniy va Forobiy qadimgi yunon falsafasiga murojaat etib, boshqa fanlarga oid asarlarni tahlil qilib, fikr yuritdilar va o‘z xulosa, izohlarini yozib qoldirdilar. X-XI asrlar jahon madaniyati taraqqiyotida, Turkiston xalqlari tarixida sermahcul davr bo‘ldi. Xurosonu Movarounnahr, Xorazmda ulkan siyosiy-madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’rifiy o‘zgarishlar yuz berib, ilm-fan yuksakka ko‘tarildi. Turkiston ilm-fanini ham badiiy, ham ma’naviy jihatdan bezovchi yorqin asarlar yaratildi. Bu davrda badiiy nutq yuksak darajada rivojlangan, uning nazariyasi mukammal ishlangan edi. Abu Abdulloh al-Xorazmiy (vafoti 997.) «Mafotih-ul-ulum» (Ilmlar kaliti) asarida o‘sha davr nutq madaniyatining ba’zi bir masalalari - devonxona ish qog‘ozlari, shakllari, ishlatiladigan istiloh (atamalar)lar, adabiyotshunoslik fani istilohlari, ularning ta’rifi haqida ma’lumot bergan. Ushbu asarda al-Xorazmiy badiiy tasvir vositalari, ularning turlari va fazilatlari haqida ham so‘z yuritadi46. XI asrning yana bir ajoyib tuhfasi –«Qobusnoma». Ushbu nodir asarda ham nutq odobi va madaniyati masalasiga katta e’tibor berilib, hikmatli so‘z va qimmatli fikrlar bildirilgandir. 45 46 Abu Nasr Forobiy. Risolalar. –T., 1975.-54 b. Xayrullaev M.,Bahodirov R. Abu Abdulloh al-Xorazmiy. –M.: Izd. MGU, 1988.-58-b. 27 «Qobusnoma» Kaykovus tomonidan 1082-1083 yillarda yaratilgan bo‘lib, u 44 bobdan iborat. Kaykovus o‘z asarini o‘g‘liga bag‘ishlaydi. Bu haqda u shunday yozadi: «Pisaram man pir shudam47». Asar o‘z farzandiga nasihat sifatida yozilgan bo‘lib, uni yoqimli, o‘rinli so‘zlashga, behuda gapirmaslikka undaydi. Asarning 6-7-boblari bilim oshirish, so‘z odobi, suhandonlik haqidadir: «.. Bilg‘ilkim, hamma hunardan so‘z hunari yaxshi, chunki, .. boshqa jonivorlardan odam o‘n daraja ortiqdir va bu afzallik odamning badanida bordir; beshi odam tanasining tashqi tomonida zohir bo‘ladi va beshi ichida yashiringandir; shular: bir narsani yod qilmoq, hamisha esda saqlamoq, hayol qilish (tahayyul), farq qila bilish va nutq... Agar sening so‘zlagan nutqingda foydali bir narsaning hidi kelib turmasa, bunday so‘zning aytilmagani ma’qul. Bilimdonlar deganlar: so‘z bir maydir, undan bosh og‘rig‘i (xumor) paydo bo‘lur, so‘z bosh og‘rig‘iga darmon ham bo‘ladi.»48 Kaykovus yaxshi va muloyim so‘zlashni o‘rganib, shuni odat kilib olishni va til bilan dilning bir xil fikr yuritishini nasihat qiladi. Uning fikricha: «So‘zni o‘z joyida so‘zla, joyida aytilmagan so‘z, agar u yaxshi so‘z bo‘lsa ham yomon ko‘rinadi»,49 -deydi. Insonning odob-axloqini belgilaydigan omillardan biri uning so‘zi, nutqidir. Kaykovus o‘z asarida shuni ta’kidlab: «Ey farzand! So‘zning yuz va orqa tomonini bilg‘il, ularga rioya qilg‘il, so‘zlaganingda ma’noli gapir, bu notiqlikning alomatidir. Agar gapirgan vaqtingda so‘zning qanday ma’noga ega ekanini bilmasang, qushga o‘xshaysan, bunday qushni to‘ti deydilar!»,50 -deb uqtiradi. Kaykovus kishini suxandon bo‘lishi lozim ekanligini ta’kidlab, notiqning so‘zi tushunarli va quruq gap bo‘lib qolmasligini bayon etadi: «...shunday kishini notiq (suhango‘y) deymizki, uning har so‘zi xalqqa tushunarli bo‘lsin va xalqning har Kaykovus. Qobusnoma. T.: O‘Qituvchi, 1978. 5-b. Kaykovus, Qobusnomadan. 29-41-betlar. 49 Kobusnomadan. 39-b. 50 O‘sha yerda. 41-b. 47 48 28 so‘zi unga ham ma’lum bo‘lsin. So‘zni juda qimmatli deb bilgil, chunki so‘z har narsa emasdir. Bilgan so‘zingni o‘z joyida ishlatgil...»51 Notiq har bir so‘zini o‘ylab, shoshmasdan fikr yuritishi kerak: «Har ishda o‘rtacha bo‘lgil. Har so‘zni aytishda va har bir ishni qilishda chidamli bo‘l va shoshishdan qochgil...»52 «Muallif bilag‘onlik» qilib, tildagi so‘zlarni buzib so‘zlamaslikka, hamma vaqt mavjud til me’yorlariga amal qilishga chaqiradi: «Agar so‘zni va ilmni yaxshi bilsang ham, hech bir so‘zni buzma, to‘g‘ri ta’rifla. So‘zni bir xil gapir.»53 Muallif notiqni kamtar bo‘lishga undaydi, zero kamtarlikdan kamol topadi: «Ey farzand, agar sen har qancha notiq bo‘lsang ham, o‘zingni bilganlardan pastroq tutgil, toki so‘z bilimdonligi vaqtida bekor bo‘lib qolmag‘aysan, ko‘p bil-u oz so‘zla, kam bilsang ko‘p so‘zlama, chunki aqlsiz kishi ko‘p so‘zlaydi».54 Notiq bo‘lish uchun ko‘p bilim olish, foydali so‘zlarni eshitish, og‘zaki foydali suhbatda ko‘proq vaqt o‘tkazish lozim: «So‘z eshitishdan qochma, kishi so‘z eshitish bilan notiq bo‘ladi... Bola biror odamning so‘zini eshitmasa soqov bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan so‘z eshitsa, o‘rgansa so‘zga notiq bo‘ladi».55 Xullas, «Qobusnoma» asari hozirgi kunda ham o‘z qimmatini yo‘qotmagandir. Kaykovus faqat nutq so‘zlashni emas, balki boshqalarning so‘zini tinglashni ham tavsiya qiladi va ularning nutqidan ibrat olishni ta’kidlaydi, shunday yo‘l bilan yaxshi notiq bo‘lishni uqtiradi. «Qobusnoma» hayotiy va amaliy masalalarni yoritgan asar. Bu muammolarni hikoyalar, maqollar va donishmandlarning hikmatli so‘zlari bilan isbotlagan, ilmiyma’rifiy ahamiyatga molik yetuk asarlardandir. 51 Qobusnomadan. 7-bob, 39-b. Qobusnomadan. 7-bob, 39-b. 53 Qobusnomadan. 7-bob, 39-b. 54 Qobusnomadan. 7-bob, 39-b. 55 Uvatov U. Abu-l-Qosim Mahmud az-Zamahshariy. Nozik iboralar.-T.: Kamalak, 4-b, 1992. 52 29 Notiqlik faning rivojiga hissa qo‘shgan buyuk allomalardan yana biriXorazmning Zamahshar qishlog‘ida tug‘ilib o‘sgan olim Abu-l-Qosim Mahmud ibn Umar ibn Muhammad az-Zamahshariydir. Az-Zamahshariy tilshunoslik, lug‘atshunoslik, uslubiyat, adabiyot, fikh, hadis, tafsir, qiroat, jug‘rofiyaga oid «Al-Qustos», «Asos ul-Balog‘a», «Samiym ularabiya», «Muqaddimat ul-adab», «Maqomot az-Zamahshariy», «Diyvan ushshe’r», «Al-Kashshof»56 kabi elliqdan ortiq asarlar muallifi bo‘libgina qolmay, balki voizlik bobida ham o‘z o‘rnini egallagan, o‘z davrining chuqur bilimdoni hamda voizlik mahoratiga bag‘ishlangan «Navobig‘ ul-kalim»57 deb nomlanuvchi mashhur asarni yaratgan fozil insondir. Mahmud az-Zamahshariy maqtov notiqligida o‘z o‘rnini egallagan mashhur voizlardandir. U madhiyalar bitib, ularni o‘qiganida tinglovchilar ta’sirlanib ketardilar. Zamahshariy bitgan madhiyalar mazmunan barkamol bo‘lib, ularda hukmdorlarning insoniy fazilatlarini ochib beruvchi voqealar bayon etilgan. Madhiyalarni Mavlono az-Zamahshariy asosan, sayohatda bo‘lgan o‘lka hukmdorlariga bag‘ishlab yozar edi. Masalan, «Muqaddimat ul-adab» deb nomlangan asarida Xorazmshoh Otsizning (u 521-551 xijriy y.da hukm yuritgan) ilm ahllariga va adiblarga nisbatan ko‘rsatgan g‘amxo‘rligini qo‘rsatib beruvchi madhiya keltirilgan. O‘sha davr tarixchisi Ibn al-Kiftiy Zamahshariyning iste’dodini ta’riflab: «... az-Zamahshariy ilm ul-adab, nahv va lug‘at bobida o‘zgalarga misol bo‘ladigan alloma edi. U o‘z hayoti davomida ko‘plab buyuk olimlar va fozillar bilan uchrashgan. Tafsir, hadis, nahv va boshqa sohalar bo‘yicha bir qancha asarlari bordir. U o‘z asrida arab tilida ijod qilgan ajamlilar (g‘ayri arablar) orasida eng buyugidir»,58 -deb shunday fikr bildirgan. O‘sha yerda. 5-b. Uvatov U. O‘sha asar. 25-b. 58 O‘sha yerda. 42-b. 56 57 30 Az-Zamahshariy o‘ziga nisbatan o‘ta talabchan bo‘lgan va katta mas’uliyat his qilgan. Boshqalarni ham shunday xislat egalari bo‘lishga undagan. U biror ish qilganda shoshmaslikni va nutq so‘zlaganda qisqa, ammo mazmundor so‘zlashni tavsiya qilgan: «Biror masalada fikr-mulohaza qila boshlaganingda hech bir oshiqma, har tomonlama o‘ylab, obdon, fikrlab ish tutgin», «Ko‘p ortiqcha so‘zlashuv eshituvchini ranjitar».59 Mavlono Zamahshariy ulkan olim, ma’rifat va ilm sohibidir. U o‘z suhbatdoshiga oddiy bir tengqur sifatida bo‘lishlikni maslahat beradi.60 Umumlashtirib shuni aytishimiz mumkinki, Mavlono az-Zamahshariy merosini o‘rganish bizning maqaddas burchimizdir. So‘z qadri, to‘g‘ri, ravshan fikr yuritish, nutq odobi xaqida XII-XIII asr mutafakkirlari Yusuf Xos Hojib Ahmad Yugnakiylar ibratli fikrlar bildirganlar. Yusuf Xos Hojib «Qutadg‘u bilig» («Baxt keltiruvchi bilim») asarida so‘zlarni to‘g‘ri tanlash, qisqa so‘zlash, so‘zlarga ma’no yuklash, so‘zlarni o‘z o‘rnida qo‘llash haqida: Bilib so‘zlasa so‘z bilig sanalur. Og‘ush so‘zlama so‘z birar so‘zla az, Tuman so‘z tugunin bu bir so‘zla yoz..., deb yozgan edi.61 Ahmad Yugnakiy ham nutqni o‘ylab, shoshmasdan so‘zlashga, to‘g‘ri fikr yuritishga, keyin hijolat bo‘lmaslik uchun o‘qub so‘zlashga undaydi: Uqub so‘zla so‘zni eva so‘zlama, So‘zing kizla, kedin, boshing kizlama.62 Xalqimiz ichidan Mavlono Muin Voiz, Mavlono Riyoziy, Mavlono Mehnagiy, Hotam Asom, Mavlono Irshod, Qozi O‘shiy kabi bir qator iste’dod sohiblari, barkamol voizlar yetishib chiqqan. O‘sha yerda. 70-78-b. Uvatov U. O‘sha asar. 68-6. 61 Yusuf Xos Hojib. Qutadg‘u bilig. T.: O‘Qituvchi, 1969. 86-b. 62 Ahmad Yugnakiy. Hibatul-Haqoyiq. T.: Bilim jam. 1971. 78-b. 59 60 31 Bu ajoyib so‘zamol voizlar haqida Alisher Navoiyning «Mahbubul qulub» asarining 24 bobida so‘z boradi. Voizlikka bag‘ishlangan ushbu bobda muallif so‘zamollarga yuksak baho beradi. U so‘z yuritgan voizlarning ko‘pchiligi zamondoshlari bo‘lishgan.63 Navoiyga voizlik nutqidagi chuqur ta’sirchanlik juda yoqardi va bu haqdagi fikrlarni asarida uchratishimiz mumkin. Alisher Navoiy o‘z asarida tilga olgan mashhur voizlardan biri - Xo‘ja Muayyad Mehnagiy. Mehnagiy katta bilim egasi, iste’dodli voiz, voizlikni takomillashtirib borgan suxandonlardan. Uning nutqlari jo‘shqinligi, ta’sirchanligi, tinglovchilar e’tiborini o‘ziga qarata bilishi bilan ajralib turgan. Navoiy Sharqning yetuk voizlaridan yana bir vakili – Mavlono Riyoziyning voizlik mahoratini yuqori darajaga ko‘tarib, mohir notiqning chuqur bilim sohibi, ajoyib nuqtadon ekanligini ta’kidlaydi. Zova viloyatining qozisi bo‘lmish Riyoziy yosh voizlar tarbiyasiga munosib hissa qo‘shgan.U dunyoviy fanlarni chuqur o‘zlashtirgan va bilimlarini voizlik faoliyatida qo‘llagan. Uning voizlik mahorati muallimlik qilganida mustahkamlanib borgandir64. Ko‘pchilik voizlar o‘zlariga nisbatan talabchan bo‘lganlar. Ana shunday voizlardan sanalgan Hotam Asom haqidagi bir voqea e’tiborga loyiqdir. Muhammad Majdiyning «Ziynatul majolis» asarida bayon etilishicha, Hotam Asomdan voizlik qilishni iltimos qilganlarida u o‘z oldiga bir shart qo‘ygan ekan. Ushbu shart antiqa bo‘lib, ya’ni cho‘ldagi yovvoyi qushlarning oldiga borish va ularga nutq so‘zlash, agar uchib ketmasalar, ana shundagina ushbu lavozimga rozi bo‘lishini aytgan ekan. Haloyiq buning sababini so‘raganida, Hotam Asom shunday javob bergan ekan65: «Yovvoyi qushlarni o‘ziga rom eta olmagan notiq insonning ko‘nglini yumshata olmaydi». Hotam Asom uch yil urinib, tinimsiz mutolaa va amaliyotdan so‘ng Inomxo‘jaev S. O‘tmish sharq notiqligi. –T.: O‘zbekiston, 1972. 30-b. Inomxo‘jaev S. O‘sha asar.-33-37-b 65 Jalilov H. Notiqlik san’ati. –T.: O‘zbekiston, 1976. 18-b. 63 64 32 cho‘ldagi qushlarni o‘ziga qarata olgan hamda shundan so‘ng «shahar voizi» lavozimiga rozi bo‘lgan ekan. Bundan shu narsa ayonki, voizlik kuchli iroda, matonat, qat’iy talabchanlik kabi xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtiradi. Voizlik - bu noyob qobiliyat va mahorat. Ana shunday xislatlarning sohibi Mavlono Irshod bo‘lgan. Mavlono Irshod nutqiy mahorat sohibi bo‘lishi bilan bir qatorda elning tinchligini ham o‘ylagan voizlardandir. Mavlono Irshod rasmiy ishlarni mohirlik bilan hal qilar,nutq so‘zlaganida haloyiqning ko‘zida yoshni chaqirtira olar va shu vaqtning o‘zidayoq, nutqida keskin burilish yasab, yig‘ini qahqahaga aylantira oladigan so‘zamollardandir. Bu qadar kuchli ta’sir eta olish uchun avvalo, notiq chuqur bilim sohibi bo‘lishi, notiqlik mahorati va usulini egallashi, tinglovchilarning ruhiyatini yaxshi bilishi kerak. Mavlono Muin Voiz haqidagi ma’lumotlar ham Navoiy asarida batafsil berilgan. Muin Voiz Hirotning eng zabardast voizlaridan bo‘lgan. Muin Voiz so‘z ustasi emas, so‘z ustalarining ustozi bo‘lgan. U ehtirosli so‘zamol. Muin Voiz butun gavda va qo‘l harakati, yuz, imo-ishora kabi notiqlik uslubining ekstralingvistik vositalaridan ham unumli foydalangan. U notiqlikni shunday egallagan ediki, o‘z tinglovchilarini go‘yo sehrlagandek bo‘lardi. Bunday xislatlar uning mahorati oshishiga asos bo‘lgan66. Muin Voiz o‘z davrining ajoyib so‘z ustasi, iste’dodli notiq, va’z talqinida tinglovchilarni lol qoldira olgan ehtirosli inson misolida gavdalanadi. Notiqlik masalalari bilan jiddiy shug‘ullangan voizlardan yana bir vakili – Jaloliddin Rumiydir. Jaloliddin Rumiy asli xorazmshohiylar avlodidan bo‘lib, taqdir taqozosi bilan Turkiyada yashagan va o‘sha yerda rasmiy notiq vazifasini o‘tagan. Uning «Ma’nodor masnaviylar» nomli asari notiqlik masalasiga bag‘ishlanadi67. Ushbu 66 67 Inomxo‘jaev S. O‘tmish sharq notiqligi. –T.: O‘zbekiston. 1972. –B. 20-37. Иномхўжаев С. Ўтмиш шарq нотиqлиги. –Т.: Ўзбекистон, 1972.-37-б. 33 asar olti bobdan iborat bo‘lib, o‘z ichiga 50ming baytni kiritadi. Asarda notiqlikning eng qadimgi ko‘rinishlaridan – nadimlik san’ati haqida so‘z yuritilgandir. Rumiy ushbu asarida notiq oldiga quyidagi talablarni qo‘yadi: –notiq bilan tinglovchilar o‘rtasida uzviy hamnafaslik va hamkorlikning zarurligi; -notiq samimiy va jo‘shqin bo‘lishi lozim; -notiq o‘ziga nisbatan talabchan bo‘lishi lozim. Rumiy kabi notiqlik san’ati rivojiga o‘zining hissasini qo‘shgan o‘z davrining chuqur bilimdonlaridan yana biri-asli farg‘onalik Qozi O‘shiydir. U O‘sh shahrida qozilik lavozimini o‘tagan va shu yerning nomini o‘ziga taxallus qilib olgandir. Qozi O‘shiy voizlikka bag‘ishlangan «So‘zning kaliti» asarini yozgan. Ushbu risolada voizlikning ko‘rinishlari, usullari haqida fikr yuritiladi. Qozi O‘shiy otashin nutq sohibi. U ko‘ngil qulfini so‘z kaliti bilan ocha olgan mohir so‘zamollardan. S.Inomxo‘jaevning «O‘tmish sharq notiqligi» kitobida O‘shiyning shu xislatini ochib beruvchi bir voqea keltirilgan68: Qozi O‘shiy taqdir taqozosi bilan Eroning janubida joylashgan Siiston viloyatiga boradi. Bu yerning aholisi ziqnaligi, hatto gadoyga bir tishlam non bermasligi, qattiq qo‘lligi bilan dong‘i chiqqan ediki, Qozi O‘shiyning birgina otashin nutqidan so‘ng Siiston xalqi topgan tutganini voizning oyog‘i ostiga keltirib tashlaydi. Lyokin Qozi O‘shiy keltirilgan narsalarning bir donasini ham olmaydi. U voizligi uchun pul olmasligini aytadi. Nutqini esa shu yerlik aholining «ko‘ngil» qulfini ochish uchun so‘zlanganini, yonida turgan birodariga nisbatan doimo mehr-oqibatli bo‘lishlikning savobi katta ekanligini aytib, ketishga ijozat so‘raydi. Keltirilgan voqeadan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, o‘tmish voizlari insonlar o‘rtasida ham ilmiy, ham ma’rifiy, ham ma’naviy jihatdan ahamiyatli bo‘lganlar. Olijanoblik, mehr-oqibat, yaxshilik kabi xislatlarni kishilar ongiga singdirish, ular qalbida chuqur xissiyotlar uyg‘ota olish faqat mohir, noyob iste’dod sohibining qo‘lidan keladi. 68 Jalilov H. Notiqlik san’ati. –T.: O‘zbekiston, 1976. 20-b. 34 Alisher Navoiyning notiqlar haqida yozib qoldirgan ma’lumotlari shoirning nima sababdan voizlar bilan qiziqqanligi, ular faoliyatini o‘rganishga nima sabab degan savollarni o‘rtaga tashlaydi. Alisher Navoiyning o‘zi ham davrining mohir so‘zamoli, zabardast shoiri, yetuk suhandonlaridan biridir. Notiqlik masalasi bilan qiziqishi uning nixoyatda chuqur bilim egasi ekanligini, o‘z bilimini turli dunyoviy ilmlarni o‘rganib oshirib borganligidan dalolat beradi. Darhaqiqat, biror masalani o‘rganishdan oldin, shu masala yuzasidan nazariy bilimlarga ega bo‘lish uni to‘g‘ri hal qila olishni bildiradi. Alisher Navoiy ham voizlikni nazariy tomondan tahlil qilgan. Shoir badiiy so‘z bilan shug‘ullanuvchilarni nadimlar, qissago‘ylar, masalgo‘ylar, badihago‘ylar, qiroatxonlar, muammogo‘ylar, voizlar, go‘yandalar, maddohlar, qasidaxonlarga ajratadi.69 Navoiyning fikricha, ular kuchli, yoqimtoy va jozibali ovozga ega bo‘lishlari kerak. Ko‘pchilik oldida ehtirosli nutq so‘zlay olish usullarini yaxshi bilishlari, o‘z so‘zlariga, nutqlariga e’tiborni qarata olishlari kerak. Alisher Navoiyning nutq madaniyati va notiqlikka oid mulohazalari uning til, nutq, badiiy so‘z, nutq madaniyati, nutqiy odob, nutqiy nafosat haqidagi teran fikrlarida o‘z ifodasini topgan. Prof. Ernst Begmatov fikricha, shoirning nutq odobiga oid talqinlarida: 1) nutq, uning og‘zaki va bitilgan (yozma) shakli; 2) nutqiy faoliyatning mohir ustalari; 3) nutqning yuzaga chiqish usullari; 4) nutqiy uslublar; 5) nutqda ma’no va shakl, ularning uyg‘unligi; 6) nutqiy ohang; uning ko‘rinishlari; 7) nutq odobi; 8) nutq nafosati (estetikasi), kabi muammolar tilga olingan.70 69 70 Xo‘jaeva L. Notiqlik san’ati.-T.: Bilim, 1967. 14-b. Begmatov E. Nutq odobi Navoiy talqinida. Ulug‘ Alisher Navoiy.-Qarshi, 2000. 59-b. 35 Ushbu muallifning qayd qilishicha, A.Navoiy notiqlarni ularning nutqiy kamoloti va notiqlik maqsadidan kelib chiqqan holda ikkiga – ijobiy sifatga ega notiqlar, hamda salbiy sifatga ega notiqlarga ajratgan. Adib ijobiy sifatli notiqlarni balog‘at shior, bulag‘o, guharposh, durbor, nuqtadon, sehrso‘z, xushgo‘y, shakarlab kabi 80 dan ortiq ibora bilan ta’riflagan.71 O‘tmishda yashagan iste’dodli voizlarimiz ijodini o‘rganish hozirgi kun uchun ham amaliy ahamiyatga egadir. Nutq madaniyati tarixida o‘zbek harbiy notiqligi o‘z o‘rniga ega. Sharqda harbiy notiqlikka jiddiy e’tibor berilgan. Bunga Amir Temur va Bobur notiqligi misol bo‘la oladi. Temur - qat’iyatli jahongir. Uning shu xislati harbiy yurishlarida qo‘l kelgan va butun boshli lashkar armiyasi oldida nutq so‘zlab, ularni jangga shaylantira olgandir. Mana necha asrlardan buyon «Temur tuzuklari» o‘z tinglovchisini topib kelmoqda, undagi hikmatlar esa ham ma’naviy, ham madaniy kamolotta erishishda yordam vositasini bajarayotgan yetuk asarlardan biridir: «...har kim o‘z so‘ziga ega bo‘lsin, ishini bilib o‘zi qilsin, ya’ni raiyat podshosi aytgan so‘zini, qilgan ishini o‘zi aytadi, o‘zi qiladi...» Amir Temur nutqi va’zxonlikning yorqin namunasidir. Bu xislatlari «Turklarning «Oltin kitobi»72 asarida o‘z ifodasini topgan. Temur maslahat bilan ish ko‘rish tarafdori, zero, xalqimizda «maslahatli osh tarqamas» degan naql bejiz aytilmagan: «Maslahat, kengash, tadbirkorlik, faollik va hushyorlik-ehtiyotkorlik bilan g‘anim qo‘shinlarini yengdim». Amir Temur qisqa ifodada ko‘p fikr ayta bilish mahoratiga ega bo‘lgan. Bu esa notiqlikning asosiy belgilaridan biridir. Temur nutqi teranligi bilan ajralib turadi. Notiqning fikri va zehni nechog‘lik teran bo‘lsa, uning nutqi shunchalik ixcham va mazmunli bo‘ladi: 71 72 Begmatov E. O‘sha yerda. 59-b. Rafiq O‘zdak. Istanbul, 1990. 5-10-b. 36 “O‘g‘illarim, millatning rohati, saodatini saqlamoq uchun sizlarga qoldirayotgan vasiyat va tuzuklarni yaxshi o‘qing, aslo unutmang va tatbiq eting. Millatning dardiga darmon bo‘lmoq vazifangizdir. Adolat va iyilik (yaxshilik) qilmoq dasturingiz, rahbaringiz bo‘lsin. Men kabi uzun saltanat surmoq istasangiz qilichlaringizni yaxshi o‘ylab chyokingiz. Bir daf’a chyokikdan so‘ngra-da, uni ustalik-la qo‘llangiz”.73 Sohibkiron nutqi ortiqchalik, befoyda so‘z, qaytariqlardan holi. U so‘zlaganida sharoitni, suhbatdoshini hisobga olib beo‘rin so‘z aytmaydi: “... Mamlakat va millatning osoyishtaligi, qo‘shin salohiyatining mukammalligi, raiyatning xotirjamligi borasida foydali tadbirlar ko‘ring. Binobarin, sizlar ham itoat va ehtirom borasida unga bay’at bildirib, saltanatni boshqarishda, el-yurtning tinchligi, musulmonlarning osoyishtaligi uchun hamjihat bo‘lib, ko‘maklashish lozim. Sizlarning hamjihatlik va ittifoq bilan qilgan ishlaringiz uzoq-yaqindagi do‘st- dushmanlarga ko‘rinib tursin. Tokim o‘zaro nizolarga o‘rin qolmagay, hech kim saltanatga qarshi isyon ko‘tarishga o‘zida jasorat topmagay. Bilaks o‘zaro nizolar vujudga kelgay, raiyat boshiga tashvish va nadomatlar ortib, mamlakat obodonligi barham topgay. Inchunun, mening ko‘p yillik sa’y-harakatlarim zoe ketgay...”74 Yaxshi nutq egasi - uquvli, qat’iyatli, o‘ziga ishongan bo‘lishi darkor, chunki va’zxonlik - kuch. Voiz bo‘lish uchun, so‘zning qudrati va sehrini egalash lozim. Amir Temurning qudrati, avvalo, uning donishmand fikrlarida, maslahatli kengashlardagi so‘zlangan nutqlarida namoyondir, chunki XIV asrda markazlashgan feodal davlatni tuzish, ulkan qo‘shinga sarkardalik qilish uchun har taraflama bilimdon, qat’iyatli, voiz-shaxs bo‘lish lozim edi. O‘zbek nutqi tarixida alohida o‘rin tutadiganlardan yana bir vakili - Zahiriddin Muhammad Bobur. Bobur XVI asr o‘zbek adabiyotining yirik vakili. U insoniyat tarixida muqarrar o‘z o‘rniga ega buyuk davlat arbobi va iste’dodli yozuvchi sifatida e’tirof etilgan ajoyib siymodir. Bu yerda Javoharlal Neruning quyidagi ajoyib fikrini 73 74 Amir Temur Tarag‘ay vasiyati. «O‘zbegim» to‘p. – T., 1992. 5-6-b. Amir Temur vasiyati. O‘zbegim. – T., 1992. 2-son, 7-8-b. 37 keltirib o‘tish kifoya: “Bobur dilbar shaxs, Uyg‘onish davrining tipik hukmdori, mard va tadbirkor odam bo‘lgan. U san’atni, adabiyotni sevardi, hayotdan huzur qilishni yaxshi ko‘rardi...”75 “Boburnoma” - yozma nutqning go‘zal namunasi. Bu asar nihoyatda go‘zal tavsiflarga boy bo‘lib, unda qayd etilishicha va ayni paytda avlodlari, zamondoshlari, tarixchilarning ta’kidlashicha, Bobur mohir shoir. Hindiston yurti uchun juda ko‘p ulug‘ ishlar qilgan odil, ma’rifatli, ilg‘or, suhandon shoh sifatida tarixda abadiy qoldi. Harbiy qismlarda badiiy so‘zning ahamiyati katta. Jangovarlik san’atida badiiy so‘zning ta’sir qudratini ko‘rsatib beruvchi qator jonli dalillar bor. So‘z kudrati beqiyosdir. Zambaraklar olishga qurbi yetmagan istehkomlarni oddiy so‘z taslim etgan voqealar tariximizda ko‘p bo‘lgan. Jumladan, bir voqeani keltirish joizki, bunda Boburning nutqiy mahorati lashkarlar orasida boshlangan tarqoqlikni to‘xtatdi: Boburning hindistonda Rano Sango bilan jangi oldidan (1527y.) qo‘shinlari orasida ba’zi bir nomaqbul sabablarga ko‘ra tarqoqlik boshlanadi. Bu ahvolni ko‘rgan Bobur lashkarlari oldida nutq so‘zlaydi. Gulbadanbegimning ma’lumotiga ko‘ra, “bunga majlisdagilarning hammasi rozi bo‘lishib..., tomirimizda bir tomchi qonimiz qolguncha ko‘rashamiz, deb qasam ichadilar...”76 degan dalil keltirilgan: “Har kimki hayot majlisiga kiritbur, oqibat ajal paymonasidin ichkusidir va har kishikim, tiriklik manziliga kiritbur, oxir dunyo g‘amxonasidin kechkusidur, yomon ot bilan tirilgandin, yaxshi ot bilan o‘lgan yaxshiroq... Tangri taolo bu nav’ saodatni bizga nasib qilitbur va mundoq davlatni bizga qariyib aylabtur. O‘lgan shahid va o‘ldurg‘on g‘oziy, barcha Tangrining kalomi bilan ont ichmak kerakkim, hech kim bu qatoldin yuz yondirur Abdurahmonov G‘., Mamajonov S. O‘zbek tili va adabiyoti. – T.: O‘zbekiston, 1995. 160-b. Neruning «Hindistonning kashf etilishi» asaridan olingan fikrlar. 76 Gulbadanbegim. Humoyunnoma. – T.: O‘zbekiston, 1959. 22-23-b. 75 38 xayol qilmay, to badandin joni ayrilmag‘unicha, bu muhoriba va muqotiladin ayrilmag‘ay...”77 Ko‘rinib turibdiki, Boburning ushbu otashin nutqidan so‘ng barcha askarlar jangga otlanishgan va bir jon-bir tan bo‘lib jang qilishgan. Boburning notiqlik mahorati qo‘l kelib, u butun boshli lashkar qo‘shinini jangga shaylantira olgan. Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzo notiqlik san’atini mukammal egallagan bo‘lib, u nafaqat harbiy notiqlikda, balki umuman voizlik san’atida yuqori cho‘qqiga erishgan mahorat sohibidir. Bobur-iste’dodli, mohir voizdir. Uning asarlarida so‘z odobi, go‘zal nutq haqida e’tiborga loyiq fikrlar bildirilgan. Shoir kishining axloq odobini so‘zidan belgilash mumkinligini ta’kidlab: Co‘zingkim hizr suyidin nishondur, Vale ul suv kibi mendin nihondur. Har vaqtke ko‘rgasen mening so‘zumni, So‘zumni uqub anglagaysen o‘zumni, deydi. Muallif fikricha, yaxshi so‘z bilan, o‘z o‘rnida bildirilgan fikr bilan, “...o‘zni yondoshturub o‘zing birla, so‘zni chirmashturub so‘zung birla...”; o‘zgani o‘zingga “yondoshtirishing” mumkin. Xalq e’tiborini o‘ziga qarata bilish faqat notiq, voiz odamgagina xos. Xullas, “insonlik nishoni so‘zlamoq” ekan, kishi shunday so‘zlasinki, tinglovchi qalbida ehtirom va e’tiborni uyg‘otsin. Inson notiq, bo‘lishi uchun ko‘p yillik mehnat, o‘qish va izlanish talab qilinadi. Mohir notiq o‘z ma’ruzasi jarayonida tinglovchilarni joziba rishtalari bilan bog‘lab oladi, u aytgan fikr va mulohazalar tinglovchi kechinmasiga aylanadi. Yuqorida qayd etib o‘tilgan Sharqning buyuk mutafakkirlari ana shunday mohir voizlardan ediki, ular yozib ketgan fikrlar necha asrlardan buyon avlodlar kechinmalariga aylanib kelmoqda, yana yangi voizu so‘zamollarning yetishib chiqishida, ularning asarlari darslik bo‘lib xizmat qilmoqda. 77 O‘sha joyda. 21-b. 39 2.2. Notiqlik san’atining asosiy elementlari sifatida muloqot, munosabat, muomala qilish odoblari Muloqot – insonlar o‘rtasida birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan yuzaga keladigan bog‘lanishning ko‘p qirrali jarayoni. Muloqot jarayonida axborot almashinish ya’ni kommunikativ tomon muhim o‘rin tutadi va u muloqot davomida muloqotga kirishuvchilarning bir–birlarini idrok etishlarida namoyon bo‘ladi. Kishi birgalikda faoliyat ko‘rsatayotganda zaruratga ko‘ra boshqa odamlar bilan birlashishi, ular bilan muloqotga kirishishi, ya’ni aloqa o‘rnatishi, o‘zaro hamjihatlikka erishishi, kerakli axborot olishi va javob tariqasida axborot berishi lozim. Muloqot jarayonidagi o‘zaro birgalikdagi harakat, ya’ni nutq jarayonida faqat so‘zlar bilan emas, balki harakatlar, imo-ishoralar bilan ham bir–birini tushunishdan iborat. Demak, muloqot-shaxslar orasidagi nutqli yoki nutqsiz o‘zaro aloqa jarayonidir. Muloqotning tarkibiy qismi bo‘lib, shaxsiy xulq-atvorlar, muloqotning yoqimli yoki yoqimsiz bo‘lishi odamlarning o‘zaro muomalalariga bog‘liq bo‘ladi. Muomala muloqotning sifat darajasini belgilaydi va u his-tuyg‘ular, kechinmalarning ifodalanishidir. Munosabat – muloqot ishtirokchilari o‘rtasida almashilgan voqea hodisalarga har bir kishining o‘ziga xos yondashuvidir. Ya’ni, muloqot va muomala jarayonidan so‘ng ma’lum bir xulosalarga kelinadi. ✅ Muloqot turlari 1. Kommunikativ - muomala subektlarining o‘zaro bir-biri bilan axborot, hissiy kechinmalar va fikr almashinuvini ta’minlaydi. 2. Interaktiv - subektlarning o‘zaro bir-birlarining xulq-atvoriga ta’sirlarini ta’minlovchi jarayondir. 3. Perseptiv - subektlarning bir-birilarini to‘g‘riroq, aniqroq idrok va baholashlarini ta’minlovchi muloqot tomonidir. 4. Identifikatsiya - suhbatlarning hissiy kechinmalarining idrok qilgan holda fikran uning mavqeida tura bilishi, uning xolatiga kirishishga intilishidir. 40 5. Stereotipizatsiya - ongda o‘rnashib qolgan tasavvurlardan foydalanish. 6. Kauzul atributsiya - shaxsning hissiy kechinmalari va tasavvurlarida o‘rnashib qolgan qoliplardan noto‘g‘ri foydalanish natijasida muloqotning samarasiz yoki xato kechishi. ✅ Muloqot strategiyasi - muloqotning qanday shaklda o‘tishi Muloqot shakllari - dialogik, monologik, ochiq, yashirin rasmiy yoki shaxsiy norasmiy turlardan iborat. Muomala texnikasi - uning samarasini ta’minlovchi psixologik omillar, (kommunikativlik malakalari va ko‘nikmalar) vositalar, (nutq, nutqiy-verbal, nutqsiz-noverbal) usullar (hissiy-emotsional, psixologik-xarakterologik) tushuniladi. Noverbal vositalar - fazoviy joylashish, ohanglar va emotsional qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari kiradi. Muloqot - birgalikdagi ehtiyojlardan kelib chiqadigan turli faolliklari mobaynida bir-birlari bilan o‘zaro munosabatlarga kirishishi jarayonlaridir. ✅ Muloqot jarayoni B.F.Pariginning yozishicha, muloqot shunchalik ko‘p qirrali jarayonki, unga bir vaqtning o‘zida quyidagilar kiradi:  Individlarning o‘zaro ta’sir jarayoni.  Individlar o‘rtasidagi axborot almashinuvi jarayoni.  Bir shaxsning boshqa bir shaxsga munosabati jarayoni.  Bir kishining boshqalarga ta’sir ko‘rsatish jarayoni.  Bir-birlariga hamdardlik bildirish imkoniyati.  Shaxslarning bir-birlarini tushunish jarayoni. ✅ Muloqotning shakllari va bosqichlari Dastlabki bosqich – odamning o‘z-o‘zi bilan muloqotidir. T.Shibutani «Ijtimoiy psixologiya» kitobida: «Agar odam ozgina bo‘lsa ham o‘zini anglasa, demak, o‘z-o‘ziga ko‘rsatmalar bera oladi»,-deb yozgan edi. 41 Ikkinchi bosqich esa boshqalar bilan muloqotga kirishishdir. Odamning o‘z-o‘zi bilan muloqoti aslida uning boshqalar bilan muloqotining xarakterini va hajmini belgilaydi. Agar odam o‘z-o‘zi bilan muloqot qilishni odat qilib olib, doimo jamiyatdan o‘zini chetga tortib yursa, demak, u boshqalar bilan suhbatlashishda jiddiy qiyinchilikni boshidan kechiradi, deyish mumkin.  Muloqot bosqichlari  O‘z-o‘zi bilan muloqot  Boshqalar bilan muloqot  Kata avlod vakillari bilan muloqot ✅ Muloqot mazmuni va yo‘nalishiga ko‘ra: Ijtimoiy yo‘naltirilgan (keng jamoatchilikka qaratilgan va jamiyat manfaatlaridan kelib chiqadigan). Guruhdagi predmetga yo‘naltirilgan (mehnat, ta’lim jarayonidagi yoki biror topshiriq bajarish jarayonidagi muloqot). Shaxsiy muloqot (bir shaxsning boshqa shaxs bilan o‘z muammolarini yechish maqsadida o‘rnatgan munosabatlari). ✅✅ Soha mutaxassislari faoliyatida shaxslararo muloqot Soha mutaxassislari faoliyatida shaxslararo muloqot dolzarb sanalib, kishilar o‘rtasida o‘zaro muammoning kelib chiqishida asosiy faktor hisoblanadi, chunki murojaatchi, avvalo amaliy yordamga ehtiyoj sezgandagina mutaxassisga yuzlanadi. O‘zaro hamkorlik va munosabat soha mutaxassislari uchun prinsip sifatida muhim bo‘lmog‘i kerak. Siyosiy va ijtimoiy vazifalarini hal qilishda taktikani namoyish etish, nizolarni yumshatish qobiliyati, namoyishlarni tinch o‘tishini ta’minlash, muammolarni hal qilishda ijtimoiy sheriklarning manfaatlari doirasini hisobga olgan holda huquqiy nizolarni operativ ravishda hal qilish ish samaradorligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. ✅ Kasbiy muloqot qilish jarayoni 42 Ish jarayonida suhbat qurish zamonaviy talqinda - og‘zaki muloqotni anglatadi. Bunda shaxslar bilan vakolatlarga ega bo‘lgan mutaxassis (suhbatdosh)lar muloqotga kirishishadi. Muayyan muammolarni hal qilish uchun quyidagi muloqot turlaridan foydalanish tavsiya etiladi: Muloqotning shaxslararo tomoni - insonning bevosita atrof-muhit, boshqa odamlar va o‘z hayotida bog‘liq bo‘ladigan umumiyliklar bilan o‘zaro ta’sirini aks ettiradi. Muloqotning kognitiv tomoni suhbatdoshning kim, qanday odam ekanligi, undan nima kutish mumkinligi haqidagi, shuningdek, sherikning shaxsi bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa ko‘pgina savollarga javob berish imkonini beradi. Muloqotning kommunikativ-axborotli tomoni qiziqishlar, hissiyotlar, mayllar va turlicha tasavvurlar, g‘oyalar, bo‘lgan odamlar o‘rtasidagi almashinuvdan iborat. Muloqotning emotiv tomoni sheriklarning shaxsiy aloqalaridagi his-tuyg‘ular, kayfiyatning vazifa bajarishlari bilan bog‘liq. Muloqotning konativ (hulq-atvor tomondan) tomoni sheriklar qarashlaridagi ichki va tashqi qarama-qarshiliklarni muvofiqlashtirishga xizmat qiladi [6]. ✅✅ Kasbiy madaniyat Soha mutaxassislarining kasbiy madaniyati - eng muhim ijtimoiy-madaniy tushunchalardan biridir, chunki insonning dunyoqarashi, tarbiyasi hamda hulqiyatvori shakllanishida muhim omil sanaladi. Umumiy madaniyatning bir qismi sifatida, shaxsning kasbiy madaniyati umume’tirof etilgan ma’naviy-axloqiy qadriyatlarga, me’yor va qoidalarga hamda o‘zaro ta’sir o‘tkazish usullariga asoslanadi. Soha yo‘nalishida shaxs va unga tegishli bo‘lgan ijtimoiy tizimning birligi sifatida namoyon bo‘ladi. Biroq, umumiy madaniyat hayot me’yorlari va me’yorlari bilan ajralib turadi. Odamlar uchun, ularning faoliyatidan qat’iy nazar, kasbiy madaniyat umumiy usullarga asoslanib, ijtimoiylashuv (jamiyatga kirish) va ta’lim sohalararida ko‘proq 43 qo‘l keladi. Buning natijasida madaniy (etnik, diniy, siyosiy va boshqa) qadriyatlar, me’yorlar, xatti-harakatlarning stereotiplari sayqallashadi. Ammo professional madaniyat kasb bilan bog‘liq me’yor va standartlar asosida tavsiflanadi va o‘ziga xos o‘zaro ta’sir, shuningdek, shaxsga tegishli bo‘lishi bilan ma’lum bir ijtimoiy va professional guruhga kiritiladi. Kasbiy madaniyatning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, bunda madaniylashgan munosabat inson borlig‘i va ongining barcha shakllariga singib boradi, umuminsoniy qadriyatlarning asosi sifatida tom ma’nodagi odamiylik prinsiplariga asoslanadi. Moslashuvchan dunyoda inson va jamiyat hayotining ta’sirchan regulyatori sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri odamlarning barcha sohalardagi xatti-harakatlarga siyosat, iqtisodiyot, qonunchilik, ijtimoiy tartibot va boshqalarda amaliyotdagi o‘zgarishlarga javoban kasbiy madaniyat mutanisiblashib boradi. Kasb-hunar ta’limi jarayonida shaxs subekt sifatida madaniyatni o‘zlashtirishda avtonomlik, yaxlitlik va izchillikni namoyish etadi. Keyinchalik shu subekt - uning yaratuvchisi, tashabbuskori va davomchilariga aylanadi. Kasbiy madaniy qadriyatlarga mutanosiblik – subekt kasbni o‘zlashtirishda, inson aslida o‘ziga xosligi pozitsiyalarini ifodalashida bilinadi. Sub’ekt kasbiy faoliyatning madaniy qatlamlarida o‘zini anglaydi, maqsadlar va natijalarga erishish uchun ma’naviy va ijodiy salohiyat, shu bilan kasbiy madaniyatni rivojlantirish va o‘z-o‘zini rivojlantirishga urinadi. Soha mutaxassislarining kasbiy madaniyatining tarkibiy elementlariga, xususan: - odamlar bilan ishlash tajribasida insoniylik prinsipini ifodalagan holda aqliy madaniyatni namoyish etishi, inson va boshqalar bilan hissiy ta’sir o‘tkazishni tartibga solish; - tafakkurida madaniyatli faoliyat yurita olishi, shu jumladan har bir hodisotga mantiqiy yondashib, ma’lumotlarni to‘liq to‘plab, muomalasida muloqotning har bir tarkibiy qismlariga amal qilishi; 44 - ma’nan madaniyatli bo‘lishi, barcha turdagi qadriyatlarga to‘g‘ri yondashgan holda me’yorida faoliyat tajribasini yuritishi; - kasbiy madaniyatning alohida o‘ziga xos ajralmas prinsiplariga sodiqlik; - hurmat ifodasini sanab o‘tilgan barcha madaniyat elementlari sirasida saqlay bilishi, subektning ijtimoiy va professional darajalarda mohir kasb egasi sifatida shakllanishi kabilar kiradi. Kasbiy madaniyat, avvalo, professional bilim, ko‘nikma, tajriba va kasbiy mahorat kabi zaruriy vositalarni o‘z ichiga oladi. Samarali bo‘lish uchun eng oqilona usullarni qo‘llashi lozim. Har bir kasb egasi o‘z faoliyatida samaradorlikka erishishi uchun yuqoridagi sanab o‘tilgan elementlar yordam beradi. Shuning uchun ba’zi olimlar shunga qat’iy ishonadilarki, kasbiy madaniyat bu ularning maxsus bilimlari va tajribalarining kombinatsiyasi orqali kasbiy mahoratni amalga oshirish nuqtasi ekanligiga. Kasbiy madaniyatning yuqori darajasi xush hulq va axloqni yaratishga yordam beradi. Samaradorlikni oshirishga yordam beradigan sog‘lom jamoaviy muhit – bu avvalo teran mehnat, barcha a’zolarning ijobiy hissiy munosabati, jamoada nizolarning paydo bo‘lishiga to‘sqinlik qilish hamda yaxshi atmosferani saqlab, faoliyat davomida optimal muomalaga amal qilish. Bu o‘z navbatida ishchanlik koeffitsentini ta’minlaydi. Shuning uchun, ba’zi olimlar kasbiy madaniyatning yuqori darajada rivojlanishini - kasbiy mahoratga tenglashtirishadi. Va bunda mavjud bo‘lgan stereotiplar barham topadi. Kasbiy sohada axloqiy omil bilan bir qatorda estetik munosabatni saqlay bilishlik ham katta ahamiyatga ega. U ham madaniyat omili sanaladi. Bu faqat tushunish va idrok qilish emas, balki go‘zallikni ilg‘ay olishlik, shuningdek, yashash joyi va ish obektlari va atrof-muhitda shu go‘zallikni yarata bilishlikdir. Ya’ni, har bir xodim o‘z atrofida qulay muhitni yarata olishi lozim. Keyingi kasbiy madaniyat omili – bu shaxsning qobiliyatli bo‘lishi, doimiy o‘z ustida shlashi va izlanishi, ijodiy faoliyatga ehtiyojmandligi, barchasi kasbiy madaniyatining dolzarb muammosi bo‘lib bormoqda. Bugungi kunda ijodni 45 cheklagan har bir faoliyat sohasida insonlarni tushunish va muammosini anglash yo‘qolmoqda. Kasbiy madaniyatning xususiyatlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: - integrativlik (moyillik) - barcha holatlarda kasbiy madaniyat sohibi (egasi) shaxsga madaniyatli muomalada bo‘lishi; - ijtimoiylik yuqori darajada odamiylik, shaxslarni tabaqalashtirmagan holda bir xil munosabat ko‘rsatuvchi kasbiy madaniyatni shakllantirish, jamoada ahamiyatli, shuningdek, shaxsning yanada samarali bo‘lishiga imkon beradi; - kasbiy madaniyatning shaxsiy tabiati, bu degani maxsus tayyorgarlik jarayonida shaxs tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan muhim bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lish orqali muammoning asl mazmunini tushunib, ijroda shaxsning ehtiyojlarini qondirishi mumkin; - mas’uliyatni aks ettiruvchi dinamizm va samaradorlik kasbiy madaniyatning motivatsion kuchi, uni tartibga solishda qobiliyatli tajriba talab etiladi, bunda xodimning shaxsiy fazilatlarini rivojlantirish orqali kasbiy o‘sishni amalga oshirish mumkin; Shunday qilib, kasbiy madaniyat - bu umumiy madaniyatning bir turi bo‘lib, insonning bilimlarni o‘zlashtirish darajasini aks ettiruvchi, jamiyat va shaxsiy ta’lim, maxsus nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalar asosida amalga oshiriladigan ma’lum bir faoliyat turi hisoblanadi va har tomonlama shakllangan xodimda qadriyatlar tizimi va axloqiy-ma’naviy prinsiplar ustun bo‘ladi. ✅✅ Suhbat shakllari Shaklga ko‘ra, ular quyidagilar:  Tengma teng suhbat, hamkasblarning (masalan, soha vakillari bilan, muammoni hal qilish uchun murojaat qilgan fuqaro bilan) suhbatlari;  Teng bo‘lmagan suhbatlar (masalan, nozir va bo‘ysunuvchi, voyaga yetmagan shaxslar yoki uyushmagan yoshlar); Suhbat mazmuniga ko‘ra quyidagi turlarga ajratiladi: 46  Intervyu (OAVga beriladigan musohaba jarayonidagi muloqot, kasbiy hisobot jarayoni);  Suhbat-topshiriq (ish jarayonida topshiriqni berish bilan bog‘liq, soha faoliyatidagi muloqoti);  Suhbatni tahlil qilish (nizoli vaziyatni hal qilish bilan bog‘liq va boshqa muammolar yuzasidan);  Suhbat-tarbiya (intizom darajasini oshirish maqsadidagi muloqot);  Ta’limiy suhbat (yangiliklardan boxabar bo‘lish suhbati);  Norasmiy suhbat (psixologik holatni yaxshilash maqsadidagi muloqot, jamoaviy muloqot). ✅ Soha mutaxassislarining muloqot qilish amaliyoti Xodim uchun eng muhimlaridan biri kasbiy faoliyatning tarkibiy qismlari – ya’ni, bu turli xil hayotiy vaziyatlarda, har doim qonuniy doirada, amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan vosita - fuqarolar bilan muloqot qilish jarayonidir. Shunga ko‘ra, ichki ishlar organlari xodimlarining nutqiy mahoratni egallashlarida muloqot madaniyati eng muhim kasbiy zarurat sanaladi. Muloqot madaniyati darajasini oshirish uchun profilaktika inspektori professional muloqotning tarkibiy xususiyatlarini bilishi, ya’ni kommunikativ vaziyatda uch o‘zaro bog‘liq tomonlarni egallashi kerak: muomala, idrok etuvchi munosabat va layoqat. Ma’lumki, muloqot holatida ma’lumotlar quyidagicha uzatiladi: og‘zaki va yozma ravishda. Agar so‘z bilan ta’sir etib, muloqot qilish kerak bo‘lgan jarayonda, og‘zaki muloqot yaxshi samara beradi, chunki bu holda xodimi muhim jumlalarni hamsuhbati ko‘ziga qarab turib, noverbal ta’sir orqali fikrni aniq yetkazadi; yozma ravishda esa, zaruriy ma’lumotlar izchil va sun’iy (quruq, emotsiyasiz) taqdim etiladi, bunda psixologik ta’sirini kuchsiz bo‘ladi. Noverbal muloqot vositalariga kelsak, xodim yuz ifodasi - mimika, qo‘l imoishoralari - jestlar, tana harakatlari – turish vaziyati bilan me-yorida foydalanishi 47 zarur. Noverbal muloqot vositalaridan to‘g‘ri va o‘rinli foydalanish ortiqcha ekspressiyani keltirib chiqarmaydi. ✅✅ Soha mutaxassislarining kasbiy professiogrammasi ✅ Yetakchi faoliyatiga: • yuridik yordamga muhtoj shaxslarga maslahat berish (yuridik yordamni qonunchilik asosida ko‘rsatishi, ma’lumotnoma va axborot ishlarini texnik vositalar yordamida tezkor to‘plashi); • qonunlar, qonunosti hujjatlar, qoidalarni o‘rganishi, xalqaro shartnomalar (shuningdek amaldagi qonunchilikni va boshqalarni hisobga olgan holda normativ hujjatlar) va ularni amalda qo‘llashi; • huquqiy hujjatlar, shartnomalar, aktlar (bitimlar, litsenziyalar) mulkiy-huquqiy xususiyatga ega, ularni ro‘yxatdan o‘tkazishda yordam berishi; • qonunlarni talqin qilishi; • qonun ustuvorligiga rioya etilishini nazorat qilishi (ijtimoiy-huquqiy tartibga solishi); • ish joyida huquqiy ishlarga uslubiy rahbarlikni amalga oshirishi; • faoliyati doirasida ishlarning arxivini yaratishi; • qonun ijodkorligi jarayonida ishtirok etishi (qonunlar va qonunlarni ishlab chiqishda taklif kiritishi); • fuqarolarning, tashkilotlarning, davlatning huquqiy himoyasini ta’minlashi; • chet ellik hamkasblarning yuridik amaliyotini o‘rganishi; • huquqiy targ‘ibot; • sud protsesslarida ishtirok etishi (ishlarni sudga olib chiqish yoki prokuraturaga manbalarni taxlashi) kabilar kiradi. ✅ Qobiliyatlariga: • mantiqiy, analitik fikrlashi; • kontseptual fikrlashni rivojlantirishning yuqori darajasi (ilmiy bilimlar) tushunchalar va turli atamalarni idrok etishi va tushunish qobiliyati); 48 • diqqatning kontsentratsiyasi va barqarorligining yaxshi rivojlanishi (qobiliyat) uzoq vaqt davomida ma’lum bir turga e’tibor berishi; • qisqa va uzoq muddatli xotiraning rivojlanganligining yuqori darajasi; • og‘zaki nutqiy qobiliyatlar (to‘g‘ri va aniq gapirish qobiliyati); • ishontirish qobiliyati; • muloqot qobiliyatlari (odamlar bilan muloqot qilish qobiliyatlari); • tadqiqot faoliyati uchun moyillik; • turli sohalarda yaxshi bilim, deduktivlikning yuqori darajada rivojlanishi tafakkur (umumiydan xususiyga qarab fikr yuritish qobiliyati); • muzokara olib borish qobiliyati; ✅ Shaxsiy fazilatlar, qiziqishlar va moyilliklari: • tashkilotchiligi; • aniq fikrlilik; • o‘ziga ishonch; • bilimlilik; • halollik va odob-axloqlilik; • ishbilarmonlik; • javobgarlik; • xolislik; • ijtimoiylik; • o‘zini rivojlantirishga intilishi; • yaxshi sezgisi; • hissiy va aqliy ishlashi; • barqarorlikni tezda tiklash qobiliyati; • energiyaliligi; • qat’iyatlilik, printsiplarga rioya qilishi. ✅✅Professionalning muvaffaqiyatli fazilatlari: • tadbirlarvozlikka ruju qo‘yishi; 49 ishlashiga to‘sqinlik qiladigan • bajarilayotgan ishlarga qiziqishning yetishmasligi; • qat’iyatsizlik; • qarorlarni tezda qabul qila olmaslik; • tashqi omillarga (shaxslarga, vaziyatlarga) qarshi tura olmaslik; • insofsizlik; • printsipning yetishmasligi; • nima bo‘layotganini chuqur anglay olmaslik; • beparvolik; • sudda sudlanganligi; • yomon diksiya [7]. ✅✅ Profilaktik - huquqiy deontologiya - fan va o‘quv dasturi sifatida Profilaktik-huquqiy deontologiya - bu yuridik fan va ta’limning bir bo‘lagi sifatida, muomala kodi haqidagi bilimlarning umumlashtirilgan tizimi sanaladi. Deontologiya (yunoncha δ"oυ “ahamiyatli” mazmunini anglatib) – nutqni ifoda qilish hamda shakllantirish yo‘lini topish haqidagi fan bo‘lib, bunda kasb egasi hamkasblari bilan ham, murojaatchilar bilan ham muloqot qilishning samarali natijasi va uni amalga oshirish jarayonida xizmat qiluvchi elementlardan foydalangan holda so‘zlay olishi, mutaxassisning huquqiy professional maqomdagi nutqqa egaligini bildiradi. Deontologiyani egallash ham natijadir, chunki muloqot san’ati to‘g‘risidagi bilimlar tizimi va to‘g‘ri nutqiy qaror qabul qilish amaliyotidir. Profilaktik-huquqiy deontologiya - ilmiy bilimlarsirasida alohida bo‘limi sifatida o‘rganish usullari, maqsadi va vazifalariga ega. O‘quv fani sifatida profilaktik-huquqiy deontologiyaning kontseptual apparati allaqachon mavjud. Yuridik adabiyotlarni tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, profilaktik-huquqiy deontologiyaning aniq ta’rifi hali mavjud emas. Bu deyarli yangi fan. Ammo ushbu kontsepsiyani talqin qilishda quyidagi yondashuvlarni ko‘rsatish mumkin: - huquqiy deontologiya (tor ma’noda) – umumiy nutqiy qoidalarni qo‘llash haqidagi fan (professional yuristlar faoliyatining o‘ziga xos nutq odobi); 50 - profilaktik-huquqiy deontologiya (keng ma’noda) – nutqdagi noaniqliklarni tahlil qiladigan fan (nafaqat nutq odobi, balki nutqning ham psixologik, ham siyosiy, ham professional, ham muomala va munosabatni boshqaradigan axloqiy, estetik talablarni o‘zida mujassamlashtirgan mutaxassis – mijoz nutqi), umuman olganda, odamlarning eng maqbul va kafolatlangan muomala madaniyati [8]. 51 III.BOB NOTIQLIK SAN’ATINING MAZMUNIY-FUNKSIONAL KO‘RINISHLARI 3.1. Notiqlik san’atining funksional mohiyati Notiqlik – avvalo bu san’at, og‘zaki va yozma tarzda so‘zlay olish san’atdir. O‘tmishda notiqlikni tasniflash masalasi haqida so‘z borganida, uni, avvalo, she’riyat va aktyorlik san’ati bilan bog‘liq ekanligi qayd etilgan. San’atlarning bu turlari o‘zaro bog‘liq ekanligi ma’lum. Antik davr notiqligida ritorika fanini ham shoir-u san’at ustalari, ham notiqlar o‘rganishgan. Masalan, Arastu o‘zining «Ritorika» asarida notiqlik va she’riyatning o‘zaro bog‘liq tomonlari haqida so‘z yuritib, bu ikki san’atni o‘zaro bog‘lagan narsa-bu mohirona nutq so‘zlashdir, degan edi. sitseron esa, nutq so‘zlayotgan jarayonda aktyorlik usullaridan foydalanar edi. Notiqlik - bu noyob qobiliyat. Ya’ni jozibali, mohirona so‘zlash usuli. Shu xususiyatlari bilan u boshqa san’atlardan ustun turadi. Bu haqda V.G.Belinskiy shunday yozadi: «She’riyat notiqlikka bir unsur sifatida kiritiladi, chiroyli she’r o‘qish – bu notiqlikning maqsadi emas, balki nutqiy mahoratini oshirish vositasidir».78 Notiqlik san’atining mohiyatini aniqlash ko‘p jihatdan bu nutqiy hodisaning unga yondosh bo‘lgan bir qator lisoniy hodisalarga munosabatini, ular bilan mushtarak va farqli tomonlarini belgilash bilan bog‘liqdir. Biz bu o‘rinda nutq madaniyati va uslubiyatning notiqlikka munosabatini ko‘zda tutmoqdamiz. Ma’lumki, nutq madaniyati, notiqlik va uslubiyatning hammasi nutq hodisasini o‘rganadi. Buning ustiga bularning barchasi nutqning to‘g‘ri, ta’sirchan, maqsadga muvofiq bo‘lishi uchun intiladi. Shu sababli birinchi qarashda ular aslida bir lisoniy ob’ektni tadqiq kiluvchi, mohiyatan farqsiz hodisalardan tuyuladi. Aslida bu sohalar o‘zaro aloqador, nutq hodisasini turli tomondan tadqiq qiluvchi mustaqil ilmiy yo‘nalishlardir. Ammo bu sohalarning pirovard maqsadi muvofiq tarzda tuzilishi va ro‘yobga chiqishini ta’minlashdan iboratdir. 78 Белинский В.Г. Общая риторика Кольшанского. ПСС. Т. 8. – С. 509. 52 Ma’lumki, nutq madaniyati deb yuritilayotgan ilmiy yo‘nalish XX asr boshida paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, u 1960-yillardan keng rivoj topa boshladi. Nutq madaniyati yangi ilmiy tushuncha bo‘lgani tufayli bu hodisaning mohiyati turli tadqiqotchilar tomonidan har xil talqin qilinadi. Professor E.Begmatov mana shunday ta’riflardan 30 dan oshig‘ini tahlil qilar ekan, shunday xulosaga keladi: «Keltirilgan faktlarning barchasi hali shu kunga qadar nutq madaniyati tushunchasining yagona, mukammal ilmiy ta’rifi yaratilmaganligidan dalolat berib turibdi. Biror hodisani ta’riflashdan oldin uning mohiyatiga yetish zarur, albatta. Nutq madaniyati tushunchasini mukammal ifodalay oluvchi ta’rifning yo‘qligi ham aslida bu tushunchaning to‘liq ilmiy mohiyati hali ham yetarli oydinlashmaganligi bilan bog‘liqdir.»79 E.Begmatov nutq madaniyatiga oid ta’riflarni umumlashtirib, 10 guruhga ajratib ko‘rsatgan. Nutq madaniyati ta’limotida nutq madaniyati hodisasi ikki bosqichli lisoniy jarayon (nutqiy malaka) sifatida talqin qilinmoqda: «Nutq madaniyatidagi ilk bosqich (quyi daraja) nutqning to‘g‘riligidir. Nutqning to‘g‘riligi adabiy til va uning normalarini egallashdir... Adabiy tilini egallashning ikkinchi bosqichi to‘la ma’noda nutq madaniyatidir».80 Adabiy tildan foydalanuvchi va san’atkor notiq darajasiga ko‘tarilgan har qanday shaxs nutq madaniyatining keltirilgan ikki bosqichini bosib o‘tishi aniq. U holda bunday shaxsning notiqlik mahoratini egallashi va professional notiq darajasiga erishishi uning nutqiy faoliyatidagi uchinchi bosqich - eng yuqori bosqich deb baholanishi mumkin. Mana shu ma’noda notiqlik bu shaxs nutqiy faoliyati, ko‘nikmasi, malakasining oliy ko‘rinishi nutqiy san’at darajasiga ko‘tarilgan holatdir. Nutq madaniyati bilan notiqlik orasida qayd qilingan bog‘liqliklar bo‘lishiga qaramasdan bu ikki hodisa va sohaning o‘ziga xos farqli tomonlari bor. Bunday 79 80 Begmatov E. O‘zbek nutqi madaniyati ocherklari.-T.: Fan, 1988. 44-б. Актуальные проблемы культуры речи.-М.: Наука, 1973. -С. 83-85. 53 farqlar nutq madaniyati va notiqlikning maqsadida, lisoniy materialida, tekshirish ob’ektida, ularni yuzaga keltiruvchi omillarda, ularning qo‘llanish va tarqalish darajasida, nutq madaniyati va notiqlikni amalga oshiruvchi shaxslar, nutq tarkibida va boshqalarda ko‘rinadi. Nutq madaniyati va notiqlikning o‘zaro farqini keng ravishda tahlil qilish E.Begmatovning ishlarida uchraydi. Kollektiv mualliflarning «Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari» nomli kitobida «Nutq madaniyati va notiqlik san’ati» nomli sarlavha bo‘lib, unda E.Begmatov bu ikki hodisa orasidagi 2 ta farqni ko‘rsatgan. Ushbu muallif notiqlikni nutq madaniyatidan farqli ravishda alohida san’at, mahorat deb biladi: «Hamma ham agar u nutqiy nuqson bilan tug‘ilmasa (soqov, dudmal bo‘lmasa) gapiradi. Ammo hamma ham bir xilda gapga chechan, o‘ta gapiruvchi bo‘lavermaydi. Nutqiy chechanlik - notiqlik alohida qobiliyatdir. Klassik ma’nodagi notiqlik - bu alohida, favqulodda nutqiy san’atdir. Chinakam notiqlar mahoratiga (san’atiga) tabiiy qobiliyat bilan bir qatorda o‘z tili, nutqi ustida tinimsiz ishlash natijasida erishiladi».81 Ushbu muallif o‘z mulohazalarini davom ettirib, yana quyidagilarni ta’kidlaydi: «Har qanday nutq notiqlik namunasi (san’at sifatida) va uning egasi chin ma’noda «notiq» (san’atkor ma’nosida) degan gap emas. Notiqlik qadimiy davrdan beri alohida mahorat, san’at sifatida, insondagi maxsus, noyob qobiliyat tarzida, talqin etib kelinadi».82 Qayd etilgan mulohazalarda notiqlikning eng muhim belgisiga ishora qilinmoqda. Ammo notiqlik bilan nutq madaniyati orasida muhim farqlar mavjud. E.Begmatov bunday farqlarning quydagilarini ko‘rsatgan: 1. Nutq madaniyati hodisasi adabiy til bilan bog‘liq. Notiqlik uchun esa, bu asosiy belgi emas. O‘z shevasida mohirona, ta’sirchan so‘zlay oluvchi shaxs ham notiq bo‘lishi mumkin. 2. Notiqlik nutqi - bu asosan og‘zaki nutqdir. Nutq madaniyati esa nutqning ham og‘zaki, ham yozma shakliga taalluqlidir. 81 82 Qo‘ng‘urov R., Begmatov E., Tojiev Yo.Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari. 139-b. O‘sha yerda, 140-b. 54 3. Nutq madaniyati jamiyat, ko‘pchilikning a’zolarini ko‘zda tutadi. Notiqlik yakka shaxs(lar) nutqiga dahldordir. 4. Nutq madaniyati sohasi adabiy tilni ma’lum me’yorlarga solishni ham ko‘zda tutadi.83 Notiqlik o‘z oldiga bunday maqsadni qo‘ymaydi. 5. Nutq madaniyati, avval ham qayd etilganidek, oddiy bosqich, to‘g‘ri nutq bosqichidan ham iboratdir. Notiqlik esa, nutqiy faoliyatning oliy darajadagi holati bo‘lib, u mohiyatan so‘z san’ati, nutqiy mahoratdir va b. Nutq madaniyati bilan notiqlik hodisalari orasida muhim mushtarak tomonlar ham bor. Avvalo, bu ikki sohaning inson nutqiy faoliyatini yaxshilashga, mukammallashtirishga qaratilganligidir. Ikkinchidan, nutq madaniyati borasida olib boriladigan tadbirlar, insoning notiqlik qobiliyatini shakllantirishga xizmat qiladi. Bu xususiyat ayniqsa, adabiy tilda so‘zlovchi notiqlar nutqida yorqin ko‘rinadi. Shuningdek, mohir notiqlarni yetishtirish, inson nutqini kamol toptira borish nafaqat notiqlik sohasining balki, nutq madaniyati sohasining ham pirovard, ideal maqsadidir. Yuqoridagi tahlillardan ko‘rinadiki, nutq madaniyati va notiqlik o‘rtasida o‘zaro aloqadorlik, mushtarak tomonlar bo‘lsa-da, bu ikki hodisa va soha o‘z spesifik maqsad va vazifasiga ko‘ra farqlanadi. Notiqlik bilan nutqiy uslublar, boshqacha qilib aytganda, funksional uslublar orasidagi munosabat masalalari ham hali maxsus o‘rganilmagan muammolardan biridir. Bunday muammoning markazida, bizning nazaramizda, ikki muhim nuqtai nazar turadi: birinchisi notiqlikning funksional uslublarga munosabati, ikkinchisi notiqlik funksional uslublardan birimi, aniqroq qilib aytsak, notiqlik uslubi degan nutqiy uslub mavjudmi, deyilgan masala. Bordi-yu, notiqlik nutqiy uslub deb hisoblansa, uning mustaqil lisoniy ob’ekti, materiali mavjudmi? Begmatov, Mamatov A.Adabiy norma nazariyasi. 1-Qism,-T.: Navro‘z, 1997; 2-Qism, 1998, 3-Qism, 2000. 83 55 Ma’lumki, uslubiyat (stilistika) hozirgi davrda tilshunoslikning mustaqil sohasi sifatida to‘la tan olingan va ilmiy yo‘nalish tarzida shakllangan bo‘lib, uslubiyatga oid tadqiqotlarda 5ta nutqiy uslub tan olinadi. Bular: so‘zlashuv uslubi, rasmiy uslub, ilmiy uslub, publitsistik uslub, badiiy uslub.84 Ammo ba’zi ishlarda uslublarning boshqa turlari ham mavjudligi qayd etiladi: «Yozma uslubning turlari, asosan, quyidagilardan iborat: 1) Badiiy uslub, 2) Ommabop (publitsistik) uslub, 3) Rasmiy-ish yuritish uslubi, 4) Ilmiy uslub, 5) Notiqlik (oratorlik) uslubi, 6) Rasmiy-kitobiy uslub, 7) Aralash uslub».85 Qayd qilingan fikr hozirga qadar uslubiyat sohasida tan olingan an’anaviy tasnifdan anchagina cheklanganligi bilan farqlanadi. Bular quyidagilar: 1) Og‘zaki nutq uslubi alohida olinadi va funksional uslublar sirasida keltirilmaydi; 2) Notiqlik (oratorlik) uslubi, aralash uslublar ham mavjud deb hisoblanadi; 3) Rasmiy uslub ikki mustaqil uslubga bo‘linadi; 4) Notiqlik (oratorlik) uslubi nutqning og‘zaki shakli deb emas, balki yozma shakliga dahldor deb hisoblanadi; 5) Ba’zi adabiyotlarda betaraf (xolis, neytral) uslub ham alohida tur sifatida ajratilishi eslatiladi va b.86 Murojaat qilinayotgan ishda notiqlik uslubi quyidagicha izohlanadi: «Notiqlik asosan ko‘tarinki so‘z va so‘z birikmalari, ritorik so‘roq gaplar, murakkab qo‘shma gaplar vositasi bilan ifodalanadi. Notiqlik uslubi tarixan mustaqil uslub bo‘lib kelgan va u «publitsistik (notiqlik) stilining og‘zaki turiga kiradi» deyish to‘g‘ri bo‘lmaydi.87 Keltirilgan fikrdan ko‘rinadiki, uning mualliflari notiqlikning og‘zaki nutq shakli ekanini yana Shomaqsudov A., Rasulov I. Qo‘ng‘urov R., Rustamov X. O‘zbek tili stilistikasi.-T.: O‘qituvchi, 1983. 14-15-b. 85 Abduraxmonov G‘., Mamajonov S. O‘zbek tili va adabiyoti.-T.: O‘zbekiston, 1995. 89b. 86 Abdurahmonov G‘., Mamajonov. Keltirilgan ish. 89-b. 87 Abdurahmonov G‘., Mamajonov S. O‘zbek tili va adabiyoti.-T.: O‘zbekiston, 1995. 89b. 84 56 bir bor inkor qilishmoqda. Albatta, masalani mana shu tarzda qo‘yish, bizning nazarimizda, munozaralidir. Endi notiqlikning funksional uslublarga munosabatiga qarataylik. Odatda biror lisoniy hodisani mustaqil kategoriya deb tan olish, uning o‘z mustaqil til materialiga ega bo‘lishi bilan bog‘liqdir. Prof. E.Begmatov masalaga mana shu nuqtai nazardan yondoshar ekan, uslubiy normalarning o‘z mustaqil normativ birliklari, ya’ni til birliklari mavjud emas, degan xulosalarga keladi va yozadi: «Stilistik normalar til vositalarining har uslub mezoniga ko‘ra qo‘llanish (tarmoqlanish) holati, xususiyatidir». Demak, stilistik norma til vositalari bo‘lgan normalarning o‘zi emas, balki o‘sha normalarning qo‘llanish holatidir. Shunday qilib, uslubiy normalar til normalarining funksional, ya’ni faoliyat normalaridir.88 Ushbu ishda V.I.Koduxovning quyidagi fikri ham keltirilgan: «Til stillari – bu til normasining kommunikativ va funksional ko‘rinishlaridir».89 Demak, qayd qilingan fikrdan ma’lum bo‘ladiki, funksional uslublarning har biri o‘ziga xos lisoniy materialga, mustaqil lisoniy normativlarga ega emas, balki til normalarining har bir nutqiy uslubda o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘lishi, qo‘llanishidir. Ammo shuni ta’kidlash lozimki, funksional uslublar alohida olingan normativ vositalar bilan emas nutqiy matnlar, matn birliklari bilan ish ko‘radi. Chunonchi, ilmiy uslubning ajratilishi o‘zbek tilida ilmiy matnlarning, badiiy uslubning ajratilishi esa badiiy matn, badiiy adabiyot tilining borligi tufaylidir. Demak, biror nutqiy uslubning mavjudligini tan olish - uning namunasi hisoblanuvchi nutqiy matning mavjudligini tan olishdir. Mana shu ma’noda, notiqlik uslubini mavjud deb hisoblash uning mustaqil nutqiy materialiga, nutqiy matnga, lisoniy vositalarga ega ekanini tan olishdir. Mana shu tamoyildan kelib chiqilsa, 88 Begmatov E., Boboeva A., Asomiddinova M. Adabiy norma va nutq madaniyati. T., 1983. 89 Кодухов В.И. Общее языкознание.-М., 1974. – С. 174. 57 ko‘pchilik e’tirof qilgan 5 ta funksional uslubning nutqiy materiali, ya’ni tayanuvchi lisoniy materiali quyidagilardan iborat bo‘ladi: FUNKSIONAL USLUBLAR LISONIY MATERIALI 1. Ilmiy uslub ilmiy tadqiqotlarning tili, matnlari 2. Rasmiy uslub ish yuritish va boshqa xil rasmiy yozuvlarga xos matnlar keng jamoatchilikka tushunarli bo‘lishi 3. Publitsistik uslub ko‘zda tutilgan holda yozilgan matnlar. 4. Badiiy uslub badiiy adabiyot asarlarining matnlari. 5. So‘zlashuv uslubi kishilar oddiy so‘zlashuv, og‘zaki nutqiy jarayonni ifodalovchi orasidagi nutqlar, ularning yozma matnlari. Birinchi qarashda notiqlik uslubi ham keltirilganlar kabi o‘z mustaqil nutqiy matnlariga egadek tuyuladi. Chunki san’atkor notiqlar ham nutq so‘zlaydi va uni yozib olish (magnitafon tasmasiga tushirish yoki yozma matn tarzida qayd qilishi) mumkin va bu ma’lum nutqiy matnni yuzaga keltiradi. Ammo bu o‘rinda ikki xususiyat masalani chigallashtiradi: birinchidan, notiqlik nutqi originallikka ega bo‘lgan (badiiy nutq yoki ilmiy nutqning o‘ziga xosligi), biri ikkinchisini qaytarmaydigan nutqqa tayanmaydi. Ikkinchidan, notiqlik nutqi yuqorida qayd qilingan barcha uslublarda yuzaga chiqishi mumkin, shunga ko‘ra barcha uslublarga tegishli bo‘lishi mumkin. Boshqacha aytganda san’atkorona ifoda qilinadigan nutq ilmiy mavzuda, rasmiy mavzuda, badiiy mavzuda, publisistik mavzuda bo‘lishi ham mumkin. Demak, notiqlik nutqini funksional uslublarni chegaralagan kabi chegaralab bo‘lmaydi. Aslida notiqlikka mansub nutq, ya’ni mohirona, san’atkorona so‘zlangan nutq funksional uslublarning har qaysisiga ham tegishli bo‘lishi mumkin. Demak, notiqlik nutqi har qanday uslubda so‘zlangan komil nutqdir. Anglashiladiki, har 58 qanday funksional uslubga tegishli bo‘lgan san’atkorona, notiqona ijro etilgan nutq notiqlik nutqi namunasi bo‘la oladi. Aytilganlardan ma’lum bo‘ladiki, notiqlik nutqi funksional uslublar bilan bir qatorda turmaydi, balki o‘sha uslublarda erishilgan nutqiy kamolotdir. Mana shu ma’noda notiqlikni funksional uslublar kabi nutqiy uslub turi, funksional uslublarning bir ko‘rinishi deb bilish munozaralidir. Qayd qilinganlardan shu narsa ham oydinlashadiki, notiqlik nutqi qayd qilingan uslublarning har birida yuzaga kelishi mumkin. Hamma gap mana shu uslublarda so‘zlangan nutqning qanday usullar, vositalar, omillar asosida nutqiy san’at darajasiga ko‘tarilganligidadir. Notiqlik ilmiy sohasining asosiy vazifasi oddiy, to‘g‘ri nutqning qanday usul va yo‘llar bilan nutqiy san’at darajasiga erishishini tadqiq qilishdir. She’riyat, aktyorlik mahorati va notiqlik – avvalo har biri alohida shakllangan san’at turlaridir. Har biri ham tarixan shakllanib, nazariy asoslangandir. Har uchovida ham birinchi o‘rinda so‘zga munosabat turadi, lekin shu so‘zni ifodalash uchovida ham turlichadir. Shoir har doim ham o‘z she’rini mohirlik bilan talqin eta olmaydi, aktyor shu she’r mazmunini ijro etib, o‘ynab berishi mumkin, ammo tinglovchilar ongiga, ular ruhiyatiga hamma vaqt ham ta’sir qila olmasligi mumkin. She’riyat va aktyorlik san’atida fantaziya, xayol, istiora, majoz asosiy o‘rinni egallasa, notiqlikda bu holatlar kam qo‘llanadi, chunki notiq uy-fikrlarini tinglovchilarning ongiga etkazib berishi uchun xayol qilishi emas, fikr yuritishi kerak. Notiqlikni egallash uchun uning qo‘llanish sohalari va xillarini, nutq qo‘llash holatlarini yaxshi bilish kerak. Chunki notiqlik uslubi nutq mavzusi va aniq mazmuni bilangina emas, balki bayon qilish usuli, ta’sirchanligi, qo‘llanadigan vositalari bilan ham bir-biridan farqlanadi. Ijtimoiy hayot tobora rivojlanishi bilan notiqlikka bo‘lgan talab ortib bormoqda. O‘z fikrini dadil ayta olish, uni to‘g‘ri talqin etib, mazmunli so‘zlash, so‘zlaganda ham chiroyli (ortiqcha unsurlarsiz, tom ma’noda mantiqan chiroyli) 59 nutq so‘zlay olish hozirgi kun talabidir. Bunday nutqiy mahoratga erishish uchun notiqlik «uslubi»ni, uning o‘ziga xos xususiyatlarini chuqur egallash zarur. Notiqlikning tur va xillarini (qo‘llanish sohalari va holatlarini) tasniflashdan oldin ularni sxematik jadvalini beramiz: A.Notiqlikning qo‘llanish sohalari B.Notiqlik xillari (qo‘llash holatlari) 1.Ijtimoiy-siyosiy notiqlik Ijtimoiy-siyosiy mavzudagi ma’ruzalar, majlisdagi hisobot ma’ruzasi, siyosiy nutq, parlament nutqi, tashviqot nutqi, siyosiy faollar nutqi, siyosiy sharh, milliy g‘oyani ifodalovchi nutqlar. 2. Ijtimoiy-maishiy notiqlik Yubiley-maqtov nutqi, qutlov nutqi, tost, marsiya. 3. Akademik notiqlik Leksiyalar (auditoriyada), ilmiy ma’ruza, ilmiy axborot, ilmiy sharh. 4. Sud notiqligi Prokuror, ayblovchi nutqi advokat nutqi, javobgar shaxs nutqi va b. 5. Diniy notiqlik. 6.Badiiy notiqlik Xutba, va’z, tavba, duo va b. Shoir, yozuvchilar, asar ijrochiligidagi mahorat. Yuqorida keltirilgan jadvaldan shuni ko‘rishimiz mumkinki, hozirgi kunda notiqlik nutqining oltita asosiy tur ko‘rinishlari mavjud bo‘lib, ularning o‘ziga xos ichki xil ko‘rinishlari bordir. Ushbu sxematik jadvalni G.Z. Apresyanning «Notiqlik san’ati» kitobidagi jadval bilan qiyoslanganda, unda VI-bandning yo‘qligini 60 qo‘rishimiz mumkin. Bizning fikrimizcha, badiiy nutq ham bir mahorat, uning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Uning talqini bilan bog‘liq tahlil ishning keyingi saxifalarida berilgan. Yana shuni ta’kidlab o‘tishimiz joizki, xil qo‘rinishlarida ham ba’zi tafovutlarni uchratishingiz mumkin. Toshkentda 1979 yilda S.Inomxo‘jaev va N.Alievalar tomonidan «Notiqlik san’ati asoslari» dasturi ishlab chiqilgan edi. Shu dasturda ham notiqlikning faqat besh tur ko‘rinishlari keltirilgan va xil ko‘rinishlarida ham ba’zilari yoritilmay qolgan. Ijtimoiy hayot rivojlanishi bilan notiqlik uslubiyati differensiasiyasi ham davom etmoqda. Shuning uchun uning ba’zi ochilmay qolgan tomonlarini o‘rganish hozirgi kuning dolzarb masalasi va talabidir. Endi quyida notiqlik uslubining alohida tur ko‘rinishlarining tahlilini keltiramiz. 61 3.2. Notiqlik san’ati ko‘rinish (ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-maishiy, diniy notiqlik, akademik notiqlik, sud notiqligi, badiiy notiqlik) larining o‘ziga xos uslubiy talqini Ijtimoiy-siyosiy notiqlik Ijtimoiy-siyosiy notiqlikka siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ijtimoiymadaniy, ma’naviy, miting, anjuman, qurultoy, parlament, diplomatik, harbiyvatanparvarlik sohalariga oid nutqlarni kiritish mumkin. Bu mavzudagi nutqlarda siyosiy, iqtisodiy va boshqa masalalar yoritiladi, qundalik ijtimoiy-siyosiy vaziyat baholanib, turli xil masalalar hal va tahlil qilinadi. Bu nutqlar davrning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, davlatning ichki muammolari yoki davlatlararo munosabatlarni keng yoritish kabi nazariy asosga qaratilgandir. Bu nutqlarni tuzihda tilning qaysi vositalaridan foydalanish, avvalo, tanlangan mavzuga bog‘liq. a) Ijtimoiy-siyosiy mavzudagi ma’ruzalar. Bu tur ma’ruzalari maslahat, yo‘llanma, qarorlar sifatida bo‘lishi mumkin; yoki shu kabi hujjat xislatlarining qisman tahlili berilishi mumkin. Ushbu ko‘rinish ma’ruzalari muayyan mavzuga oid bo‘lib, axborotni o‘z ichiga kiritadi. Bu kabi ma’ruzalardan maqsad – jamoatchilikni kundalik ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar, islohatlar bilan tanishtirib borishdir. Bu xildagi ma’ruzalarning afzalliklari yana shundan iboratki, ular keng muhokama qilinishi, tanqid ostiga olinishi va yangi islohot, qoidalar, mulohaza va takliflar bilan to‘ldirilishi mumkin. Ijtimoiy-siyosiy ma’ruzalarda kitobiy bo‘yoqli so‘zlar, siyosiy leksika, siyosiy, iqtisodiy atamalarning, analitik iboralarning qo‘llanilishini ko‘rishimiz mumkin. Namuna: Birinchi Prezident I.A.Karimov «Maqsadimiz-tinchlik, barqarorlik, hamkorlik».90 «...Madaniyat ustun bo‘lgan joyda urush chiqmasligi aniq. Ilmu ma’rifat e’zozlangan mamlakatda hech kim urush haqida bosh qotirmaydi. Chunki ilmu Karimov I.A. O‘sha asarga kiritilgan nutqidan parcha. -T.: O‘zbekiston, 1995, 38-b. O‘zbekiston televideniesida so‘zlangan nutqi. 1995. 27 okt. 90 62 ma’rifat insonni yuksaklikka ko‘taradi. XXI asrda, men ishonaman, madaniyat uchun, ilmu ma’rifat uchun jonini beradigan va buni hayotining asosiy maqsadi qilib qo‘yadigan yangi avlod paydo bo‘ladi. Biz ana shu avlod uchun yashayapmiz. Biz ana shu olijanob maqsadlarni odamlar qoniga singdirish uchun harakat qilyapmiz. Biz kutayotgan avlod mana shu boylikni dunyodagi eng katta boylik deb bilsa, hayotini shunga bahshida etsa, bilingki, odamzot yorug‘ kunlarga erishishi muqarrar!» Namuna: Prezident Sh.Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqidan parcha91 «Biz uchun gender tenglik siyosati ustuvor masalaga aylandi. Xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi o‘rni tobora kuchaymoqda. Yangi Parlamentimizda ayol deputatlar soni ikki barobarga ko‘paydi. Inson huquqlari sohasidagi holat ham butunlay o‘zgardi. Majburiy va bolalar mehnati to‘liq tugatildi. Inson huquqlari bo‘yicha Milliy strategiya qabul qilindi. BMTning fuqaroligi bo‘lmagan insonlar sonini kamaytirishga qaratilgan chaqirig‘iga javoban shu yilning o‘zida 50 ming yurtdoshimizga O‘zbekiston fuqaroligi berildi...» b) Hisobot ma’ruzasi Rasmiy yig‘ilishlar (majlis, anjuman, qurultoy)dagi vakolatli shaxsning bajarilgan ishlar haqida hisoboti. Ma’lumot va mulohazalardan iborat ma’ruza bo‘lib, unda qilingan ishlar to‘g‘risida xabar berilgach, yangi vazifa, tadbirlar, ular oldiga qo‘yilgan maqsad, uning hajmi haqida umumiy ma’lumot beriladi va bajarilish usullari ko‘rsatiladi. Bu xildagi nutqning afzalligi shundaki, unda bajarilgan ishlar tahlil qilinib, natijalari baholanadi va yutuqlari ko‘rsatilib, kamchiliklari ochib tashlanadi. Muammo, qaydlar sanab o‘tiladi. Shaxsiy maslahatlar, qaydlar taklif etiladi. Sh.Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqi. – T.: 2020 yil 23 sentabr Xalq so‘zi gazetasi 91 63 Hisobot ma’ruzalarida leksik vositalarning ko‘p qo‘llanishini, ritorik shakl, tilning badiiy vositalaridan foydalanilishini uchratamiz. Bu kabi til vositalarini qo‘llashdan maqsad ta’sirni kuchaytirish va nutqiy samardorlikni oshirishdan iborat. Namuna: «...Mansab deganlari qanday sirli, betizgin kuch ekanki, nega u manaman degan, aqlli-xushli, oq-qorani tanigan, tuppa-tuzuk insonlarning el-yurt, davlat ishonib topshirgan vakolatlarni suiiste’mol qilishiga, insofini yo‘qotishiga olib keladi, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, poraxo‘rlik, kalondimog‘lik kabi illatlar domiga tortadi?.. Bu kasallik ildizi xonlar, beklar, qozilar, mingboshi-yu yuzboshilar hukm surgan olis zamonlarga borib taqaladi. Balki xalq ertaklarida poraxo‘r amaldorlar, Abdulla Qodiriy tasvirlagan «rishvatga botgan xon mansabdorlari» yoki bo‘lmasa Abdulla Qahhorning mashhur «O‘g‘ri» hikoyasida qalamga olingan voqealar faqatgina badiiy to‘qima mahsuli emasdir?.. Ayni chog‘da tariximizning turli sahifalarini ko‘zdan kechirganda, xalqimiz ma’naviyati bilan bog‘liq shunday ma’lumotlarga duch kelasizki, ular halollik, xaromdan xazar, ta’magirlikdan nafratlanish, kamtarlik, adolatparvarlik singari tuyg‘ular millatimizga xos eng olinajob tuyg‘ular, fazilatlar ekanidan dalolat beradi. «Birovning haqi», «qiyomat qarz», «peshona teri», «molimardumxo‘r» degan so‘zlar buning yaqqol ifodasidir...»92. v) Parlament nutqi Hozirgi kunimizda keng qo‘llanadigan nutqlardan biri. Unda siyosiy, kundalik ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa mavzudagi masalalar muhokama etiladi. Bu nutqda turli munozaralar, fikrlar bahs tarzida bo‘lib, o‘ziga xos etik me’yor va qonun qoidalarga asoslangandir. Bu xil nutq ko‘rinishida savol-javob usuli qo‘llanishini, o‘ta rasmiy iboralarning ishlatilishini, ijtimoiy-siyosiy sohaga oid atamalarning Karimov I.A. Adolat, Vatan va xalq manfaaati har narsalan ulug‘.- T.: O‘zbekiston, 1988. 49-b. 92 64 qo‘llanilish holatlarini uchratishimiz mumkin. Bunga misol tariqasida Sh.Mirziyoyevning BMT yig‘ilishlarida so‘zlagan nutqlarini keltirishimiz mumkin. g) Siyosiy nutq Davrning dolzarb masalalarini yorituvchi, majlis, anjuman yig‘inlarida aytiladigan nutqdir. Ulug‘ Vatan urushi yillarida siyosiy nutqlar va qo‘shinlarni g‘alabaga undovchi chaqiriqlar katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Bunga general Sobir Rahimov nutqlarini keltirishimiz mumkin. Bu nutqlarda siyosiy atamalarning qo‘llanishi bilan bir qatorda chaqirik va xitoblar, undovlar qo‘llaniladi. Nutq mazmuni ko‘p hollarda tashviqot nutqiga o‘xshab ketadi. Uslubiy xoslangan leksikadan foydalaniladi. d) Harbiy-vatanparvarlik nutqi. Sharqda siyosiy notiqlikning harbiy-vatanparvarlik ko‘rinishi yuqori darajada qo‘llangan. Harbiy-vatanparvarlik nutqi o‘zining uzoq tarixiga egadir. Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi bo‘lmish «Avesto»da (milod. III-VII asrlarida tahrir qilingan) Markaziy Osiyoda qabilalarning siyosiy birlashmasi tashkil topgan davrlar (milod. av. IX-VIII asr.)da birinchi harbiy yurishlar, qabila yo‘lboshchilarining harbiy-vatanparvarlik nutqlari haqida ma’lumotlar berilgan. Bunda nafaqat harbiy yurishlar haqida, balki qabilani boshqarish usullari to‘g‘risida ham ma’lumotlar keltirilgandir. Afrosiyob, Siyovush, Qay Hisrov, Kavi Vishtasp va boshqalar nutqlarida o‘z qabilasiga ishonch va Vataniga sadoqatni ifodalagan: «...Baxt-saodatli Ashi, g‘alabali jangda, yovuz kuchlarning, etti yuz egasi serjahl Ashtarvant, soxta Arjatasp, devlarni qadrlagan Darshin ustidan g‘olib chiqishga, yovuz jangchilarni yuzlab qirishga omad so‘rayman» (Kavi Vishtasp nutqidan parcha). Kavi Vishtasp, «Avesto»da yozilishicha, qabilaning yo‘lboshchisi bo‘lib, bir necha tarqoq qabilalarni bir biriga birlashtirib, ularga boshchilik qilgan. Qabilani 65 boshqarish uchun avvalo dadil, erkin fikrlovchi va ommani o‘ziga ishontira oladigan shaxs bo‘lishi kerak. Mana shu xususiyatlar egasi so‘zamon bo‘lishi muqarrardir. Asrlar davomida turli xalqlar orasida harbiy yurishlar bo‘lgan, shu yurishlarda boshchilik qilgan yo‘lboshchilar o‘z foydalarini ko‘zlab emas, xalq, yurt foydasini o‘ylab jang qilganlar. Ular to‘kinchilik, baxt-saodat, farovonlik, tinchlik ustunlik qilgan davr boshlanadi, deb umid qilganlar. Umidlari, niyatlar ezgu bo‘lgandir. Turon zamini shunday go‘zal, fusunkor va barcha noz-ne’matlarga boy o‘lkaki, uning jozibasi doimo bosqinchi jahongirlarni o‘ziga tortib kelgan. Lyokin Turonning Spitamen, Temur Malik, Jaloliddin Manguberdi va boshqa bahodirlari, o‘g‘lonlari bo‘lganki, ular Ona-yurt himoyasiga doimo tayyor tarishgandir. Ularning jasurligi, mardonavorligi doimo so‘zida namoyon bo‘lib, butun jabrdiyda xalqni birlashtira olgandir. Ular xalq qahramonlari bo‘lishlari bilan birga harbiyvatanparvarlik nutqining mohir so‘zamollaridir. Masalan, Iskandar Zulqarnayn (milod. a/v. 334-330y.) Markaziy Osiyoga o‘z fotihlik yurishlarini boshlaganida Buxoro va Zarafshon vohasida yashab turgan jasur so‘g‘d xalqi yunon bosqinchilariga qarshi chiqadilar. Bu xalqni Spitamen birlashtirib, jangga shaylantiradi: «Men...o‘z nasl-nasabimni sevaman. Ammo So‘g‘diyonani sizning va mening otalarimiz Vatanini, bir tilda so‘zlashadigan, bir xil qo‘shiqlarni kuylaydigan va bir xil kiyim kiyadigan odamlar vatanini undan ham ko‘proq sevaman. Shuning uchun kim So‘g‘diyonani ozod qilish uchun ko‘rashayotgan bo‘lsa, shular tarafidaman93». Turon tarixida harbiy yurishlar ko‘p bo‘lgan. Ana shunday harbiy yurishlardan birida Temur Malik ismli sarkarda ajaralib turadi. Mo‘g‘ul bosqinchilari ona-Vatanimiz sarhadida har qancha xunrezliklar qilmasin (XII-XIII asr.), xalqning dovyurak farzandlari ularga taslim bo‘lish u yoqda tursin, qaqshatqich zarba berdilar. Xo‘jand hokimi sarkarda Temur Malik o‘z ona- 93 Aminov B., Rasulov T. Vatan-yurakdagi javohir. -T.: O‘qituvchi, 1996. 46-b. 66 Vatanini jonidan sevgan, iymoni butun, mard xalq farzandidir. Mug‘ullar Movaraunnahrga xujum qilgan dastlabki onlaridayoq, u dadil nutq so‘zlaydi: «...Hatto ojiz inson ham bor kuchi bilan tashlansa, vahshatli yo‘lbarsni ham engadi. Nahotki biz chyokinishni o‘ylasak? Dushmanni saraton issig‘idan qochadi demaklik-nodonlik! ..Jangga kirsak, o‘qimiz nishonga tegishini, qilichimiz osmonda yarqirashini ko‘rsinlar!»94 Mo‘g‘ul bosqinchilarining dodini bergan sarkardalardan yana bir mard o‘g‘loni-Jaloliddin Manguberdi edi. U mo‘g‘ullar bosqinining birinchi kunidan boshlab, o‘n yillar davomida dushman bilan yuzma-yuz olishadi. Xorazmshoh huzurida bo‘lgan harbiy mashvaratda Jaloliddin Manguberdi nutq so‘zlab, mamlakatdagi bosh-bodoqlikni tugatish, lashkarning boshini bir erga qovushtirish, dushmanga yaqdil bo‘lib zarba berishni maslahat soladi.95 Buyuk xalq qahramoni «onalarning bergan oq suti»ni oqlash uchun butun hayotini el-yurtning ozodligi va hurligi uchun tikadi va g‘olib chiqadi. Bosh ustingdan o‘tdi ko‘p zamon, O‘tdi islom, o‘tdi zardushti, Har uchragan nokasu nodon, Ona xalqim yoqangan tutdi. Seni Chingiz g‘azabga to‘lib Yo‘qotmoqchi bo‘ldi dunyodan. Jaloliddin samani bo‘lib Sakrab o‘tding Amudaryodan. Sensan o‘shal samanim manim, O‘zbekiston, Vatanim manim.96 Aminov B., Rasulov T. O‘sha asar. 56-57-betlar. Aminov B., Rasulov T. O‘sha asar. 58-b. 96 Oripov A. «O‘zbekiston» she’ri. 94 95 67 Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, harbiy-vatanparvarlik nutqi jangovar ko‘rashga qaratilgan, yuqori vatanparvarlik g‘oyasi bilan yo‘g‘rilgan, shaxsiy botirlik, ommaviy mardlik ko‘rsatishni talab qiladigan nutqdir. e) Diplomatik nutq Biror davlat vakili (diplomatik shaxs)ning rasmiy nutqi. Diplomatiya-xorijiy davlatlar bilan aloqa qilish, ikki va undan ortiq davlatlar-bilan hamkorlik aloqasini o‘rnatishdir. Sharqda diplomatik aloqalar mavjud bo‘lgan. Bunday aloqalar diplomatik yozishmalar asosida amalga oshirilgan. Yozishmalar yorliqlar deb atalgan va o‘ziga xos lisoniy qoliplarga, an’anaviy tarkibiy qismlarga ega bo‘lgan. Jumladan, 1393- yilda To‘xtamishxonning polyak qiroli Yagayloga yo‘llagan yorlig‘i, Temur Qutlug‘ning (1397.) yorliqlari, Amir Temur yozishmalari, Boburning otasi Umarshayx Mirzoning 1469- yildagi yorliqlari diplomatik yozishmalarning namunasidir. Diplomatik nutqning eng yorqin namunasi-Amir Temur nutqi. «Temur nihoyatda serqirra, faoliyati murakkab siymo, ulug‘ zot. U, bir tomondan, dunyoni titratgan jahongir, ikkinchi tomondan, dunyo avlodlarini, ma’naviy, moddiy qarzdor qilgan buyuk inson! Tarihda buyuk sarkardalar ko‘p bo‘lgan. Agar fransuz sarkardasi Napoleon bilan Temurni qiyoslaydigan bo‘lsak, ikkinchisi birinchisidan o‘n chandon ustun turadi».97 Bunga nima sabab, deb savol berishimiz mumkin. Sabab shuki, Amir Temur o‘z davrining sarkardasi bo‘lish bilan bir qatorda mamlakatda ma’rifiy, madaniy, obodonchilik, ilmiy va boshqa sohalarda bir qancha ishlarni amalga oshirgandir. Napoleon esa vayronagarchilikka berilib ketib, obodonchilik ishlariga uncha e’tibor bermagandir. Amir Temur bir yuz ellik yillik qaramlikdan so‘ng o‘zbek milliy davlatchiligining mustaqilligini tiklagan, mamlakat va mintaqalarini birlashtirgan, YUNESKO «Ipak yo‘li-muloQotlar yo‘li «Halqaro ilmiy ekspeditsiyasining koordinatori senegallik Dudu D’en nutkidan. 1991, 31.07; Keren L. va Saidov A. Amir Temur va Fransiya. -T.: Adolat, 1996, 16-b. 97 68 o‘z zamonasi uchun dunyo miqyosidagi taraqqiyparvar markazlashgan davlat boshqaruv tizimini yaratgandir. Sohibkiron diplomatiyasi ko‘p qirrali bo‘lgan. XIV asr oxiri XV asr boshlarida Temur saltanatining dovrug‘i Ovrupo mamlakatlari Fransiya, Angliya, ispaniya, Genuya, Vizantiyaga etib borgan. Bu davlatlar qirollari Amir Temur bilan siyosiy, iqtisodiy va savdo sotiq aloqalarini o‘rnatganlar. Temur ular bilan faol siyosiy va savdo munosabatlarini olib borgan. Amir Temur davlatining tashqi siyosati va jahonda tutgan mavqeini diplomatik yozishmalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, albatta98. Misol tariqasida Amir Temur va uning uchinchi o‘g‘li G‘arbiy Eron, Iroq, Ozarbayjon hokimi Mirzo Mironshoh bilan Fransiya, Angliya, Kastiliya va boshqa mamlakatlar qirollari o‘rtasidagi yozishmalarini ko‘rsatish mumkin: Amir Temur Fransiya qiroli Sharl VI ga yo‘llagan maktubining arxiepiskop Ioaanning o‘zi yoki uning biron zamondoshi lotin tiliga tarjima qilgan nusxasi «Ulug‘ Temur Ko‘ragoniy-Umrlari boqiy bo‘lsin!» «Fransiya qiroli do‘stingizning yuz ming ta’zimimizni va duolarimizni, bir olam bu dunyo tilaklarimizni (ya’ni bu dunyo baxt-saodatini ko‘zlab qilgan tilaklarini) qabul qilgaylar. Duoyi salomlardan so‘ng ma’lum bo‘lsinkim, hazrati avliyo Fransua bu tomonlarga etib keldi va maktublaringizni hamda shon-shuhratingizni, buyukligingiz va qudratingiz haqidagi xabarlarni bizga etkazdi. Boshimiz ko‘kka etdi. U kishi bizga qirol katta armiya bilan, Olloh taoloning panohida yo‘lga chiqqanlarini va umumiy dushmanlarimizni engganingizni so‘zlab berdilar. Shundan so‘ng og‘amiz Ioann, Sultoniya rohibi Siz tomonga, sodir bo‘lgan voqealarni so‘zlab berish uchun jo‘natildi. Endi, biz qirol janobi oliylaridan tez-tez 98 Ahmedov B. Amir Temur. -T.: O‘qituvchi, 1995. 583-b. 69 maktublar olib, salomatligingizdan boxabar bo‘lib, xotirjamlikka erishish umididamiz. Yana shu narsa muhimki, Sizning savdogarlar biz tomonga kelsinlar va biz ularni izzat-ikrom bilan kutib olaylik, bizlarning savdogarlarimiz Sizlar tomonga borib, o‘z izzat-ikromlarini topsinlar. Toki hech kim ularga zo‘rlik qilmasin va ortiqcha soliq solmasin. Axir dunyoni savdogarlar farovon qiladilar. Buyukligingizga uzoq yillar saodat yor bo‘lsin. Hijriy 805 yil Muharram oyining boshlarida bitildi.»99  Amir Temurning Fransiya qiroli Sharl VI ga maktubi. «Temur Ko‘ragoniy, so‘zimiz. Olam mash’ali, muzaffar, buyuk do‘stimiz, olamga juda zarur, katta urushlar g‘olibi, olampanoh Fransiya va ko‘p boshqa yurtlar qiroliga o‘zimizning ta’zim va rahmatimizni yo‘llaymiz. Biz Sizning davlatingiz doimo gullab-yashnashini do‘stona tilab qolamiz. Sizning nomingiz uzoq yurtlarga ketganligini va boshqa qirollar orasida obro‘yingiz baland ekanligini, butun Sharq taqvodori, og‘amiz Ioann bizga so‘zlab bergan edi. Oldin ba’zi franklar va huddi shu yo‘sinda og‘amiz Fransua Ssatryu 4 kishini bizga yo‘llagan edi. Aytgandek, qudratingiz ko‘p yurtlarga yoyilganini, yaqinda Turkiyada bo‘lganimda ham eshitdik. Yana savdogarlarning va boshqalarning qiziqishlaridan xabardor bo‘ldik. Saroyingiz ravnaqi, qudrati va tartiboti bizni ko‘p baxtiyor qildi. Men bilan bir qonun va bir e’tiqodga mansub bo‘lgan, lekin men va mening do‘stlarim bilan ahdni buzgan turk Boyazid bilan odamlaringizning g‘animliklarini eshitib uni tor-mor etishga qaror qildik. 99 Keren L., Saidov A. Amir Temur va Fransiya. -T.: Adolat, 1996, 75 b. 70 Birodarimiz himoyasi va Sizga bergan va’dalarimiz bois Turkiyadagi umumiy muxolifimiz Boyazid ustiga yurish qildik va Ollohning madadi bilan uni yurtini zabt etdik. Buyuk shohlar va do‘stlar bir-birlarini katta voqealardan xabardor qilib turishi odat tusiga kirganligi bois biz rohib Ioanni Sizga bizning davlat va bizdagi vaziyat, biz tomonlarda Sizning dushmaningizga qarshi qilingan ishlar, Sizlarga bo‘lgan do‘stona munosabatimiz va Sizlar bilan birdamligimiz yo‘lidagi samaralarimiz haqida hikoya qilib bersin uchun Siz ulug‘ zotlari tomon yo‘lladik. Biz u kishini Sizning va bizning elchi deb hisoblaymiz, mamlakatimiz o‘rtasida bordi-keldini yo‘lga qo‘ymoq bilan davlatlarimizni ziyoda qilishlarini va savdodan yaxshi foyda olishlarini istaymiz. Darhaqiqat, savdogarlaringiz biz tomonda xafsizligining ta’minlanganini ta’kidlash joiz. Boshqa soatlar, ish va voqealarni mazkur rohib Sizga batafsil so‘zlab berar, zero u bu tomonlarda uzoq turdi va ko‘p narsalardan voqif. Maktub Sivasga, Muhammad alayhi vasallam tavalludidan keyin 850 yili Muharram oyining birinchisida berildi».100  Fransiya qiroli Sharl VI ning Amir Temurga javob maktubi101. «Sharl, Xudoning inoyati bilan Fransiya qiroli, Olampanoh va Muzaffar hukmdor Temurbekka salomlar va tinchlik tilaymiz. Ulug‘ va Oliy muzaffar hukmdor! E’tiqodi va tillari o‘ziga, o‘tkinchi shoh va hukmdorlar o‘rtasida g‘arazsiz va o‘zaro totuv aloqalar o‘rnatilishi, bizningcha, foydadan holi bo‘lmay, na qonun, na vijdon va na haqiqatga xilofdurkim, illo bu ishlar tinchlik va hotirjamlikka olib kelgay. Ulug‘ va oliy muzaffar hukmdor, Siz 100 101 Keren L., A.Saidov. O‘sha asar.76-b. O‘sha asar.79-b. 71 ulug‘ zotdan, birodarimiz butun Osiyo taqvodori Ioann orqali olgan xabarlar, xatlar orqali, ana shularga imonim komil bo‘ldi. Bu xatlar vositasida Siz bizlarga salomlar yo‘llab, bizning davlat va saltanatimiz imkoniyatlarini bilmoqchi bo‘libsiz va Boyazid ustidan qozongan zafaringiz quvonchiga bizni sherik qilibsiz. Ma’lumingizkim, bu xatlar bizda qoniqish hosil qiladi, chunki aytganingizdek, bizning savdogarlar va boshqa xristianlarning, bizdan oldingi hukmdorlar davridagidek Sizning odamlaringiz bilan savdo qila olishlari, o‘zaro taziyqlardan holi holda mol almashuvlari, Sizning qo‘l ostingizdagi erlarga bemalol borishlari Siz ulug‘ zotlarga manzurdir. Bunga javoban Sizning takliflaringizga bizlar sidqidildan bajonidil qo‘shilamiz. Demak, Sizning fuqarolaringiz bizlarga qarashli yurtlarga kelishlari va savdo-sotiq qilishlari mumkin. Shuningdek, muxtaram taqvodor o‘z eshitgan va ko‘rganlarini imkoniyati darajasida baralla Sizlarga etkazishi mumkin, Siz zoti oliylari sodiqligi va bizning iltimosimizni nazarda tutib, unga to‘liq ishonishingiz mumkin. U sizlarning yurtingizga borish imkoniyatiga ega bo‘lgan onda Sizga bizning sizlardan minnatdor ekanligimizni etkazajak. Nihoyat, Siz zoti oliylariga ko‘p xristianlarga ko‘rsatgan marhamat va do‘stligingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz. Kezi kelganda biz ham o‘z navbatimizda Sizning odamlaringizga bundan ortiqroq marhamat ko‘rsatishga tayyormiz. Hazrati Iso tavalludidan keyingi 1403 yilning 15 iyunida, Parijda bitildi».102 Sohibqironning diplomatik yozishmalari Ovro‘poni o‘zidan ancha avval uyg‘ongan Sharqqa hamisha qo‘l cho‘zib kelganligini, o‘z navbatida Sharq ham dunyoning chet o‘lkalari bilan aloqa bog‘lashga, hamkorlik qilishga, savdo-sotiq ishlarini yo‘lga qo‘yishga, e’tiqodiy tafovutlarga qaramasdan, tujjorlarni izzatlashga, huquqlarini himoya etishga harakat qilganligini ko‘rsatib turibdi. 102 Keren L., Saidov A. O‘sha asar. 79-b. 72 Diplomatik nutqning xalqaro siyosiy ahamiyati naqadar katta. Ko‘pgina tafovut va kelishmovchiliklar diplomatik muzoqara va diplomatik nutqlar (diplomatlar nutqi) yordamida hal etilgan. Diplomatik nutq egasi – qomusiy bilimga ega bo‘lishi, bir necha xorijiy tillarda so‘zlay olishi, madaniyat va ma’naviyat asoslarini puxta egallashi, nutq madaniyatidan xabardor bo‘lishi kerak. Hozirgi kunda diplomatik nutq xalqaro ahamiyatga molik. BMT assambleyasida, turli rasmiy anjuman, samit va yig‘ilishlarda diplomatik nutq – muhim vosita hisoblanadi. Diplomatik nutqda bayon etilgan fikr qismlari o‘zaro mutanosib bo‘lib, bir mavzuni yoritib berish maqsadida tuziladi. Diplomatik nutq tuzilish maqsadi va mavzusiga qarab o‘ta rasmiy (tasviriy vositalarsiz, emotsionalekspressiv so‘zlar ishtirokisiz) va yarim rasmiy (til vositalariga boy) nutqqa bo‘linadi. Har ikkisining mazmun mohiyati so‘zlovchining bilim saviyasiga bog‘liq. Nutq ma’lum bir voqea-hodisa va sharoitga moslab tuziladi. j) siyosiy sharh Bunda asosan hozirgi kunda bo‘lib turgan ijtimoiy-siyosiy voqealar yoritilib, ularning tahlili, sharhi beriladi. z) tashviqot nutqi Ushbu nutq ko‘rinishi tushuntirish va maslahat berish xarakteriga ega bo‘lib, ko‘pincha tinglovchilarning his-tuyg‘ulariga murojaat qilinadi. Tashviqot nutqi odatda aniq va muhim mavzuga bag‘ishlanadi. Hozirgi kunda tashviqot nutqi juda dolzarb ko‘rinishlardan biri hisoblanadi. Chunki turli xil diniy oqimlar-diniy ekstremistik guruhlar paydo bo‘lib, yoshlarning fikrini chalkashtirib o‘zlariga og‘dirmoqdalar. Shunday holatlarni bartaraf etishda, albatta, tashviqot nutqidan foydalanish o‘rinlidir. i) Siyosiy faollar nutqi Bu nutq ko‘rinishi ham siyosiy xarakterga ega bo‘lib, ko‘pchilikni qiziqtiradigan eng muhim mavzularga bag‘ishlanadi. Siyosiy faollar nutqini saylov oldi kompaniyalarida (televideniye, radio, axborot vositalari yoki yuzma-yuz 73 uchrshuvlar chog‘ida), firqa yig‘ilishlarida va majlis, anjuman, tadbirlarda kuzatish mumkin. Siyosiy faollar nutqini tahlil qilganda kompozision va til vositalaridan keng foydalanilganligining guvohi bo‘lamiz. Bunday nutqda muallif voqelikka nisbatan faol munosabatda bo‘ladi. Uning hayotga, voqelikka bo‘lgan bunday munosabati dalillarni tanlashda, ularni tahlil qilishda, tilning emotsional-ekspressiv vositalarini tasarruf etishda ko‘rinadi. Siyosiy faollarning nutqida obrazlilikka katta e’tibor beriladi. Til vositalarini tanlash mantiqiylik va emotsionallik talabiga qarab amalga oshadi. Har bir notiqning o‘ziga xos talqin etish usullari mavjud (shakli, lug‘ati, til vositalaridan foydalanish ham). Bunday nutqqa misol tariqasida Sh.Mirziyoyevning BMTning 75 sessiyasida o‘zbek tilida pandemiya munosabati bilan Bosh Assambleyaning maxsus yig‘ilishida so‘zlagan nutqini ko‘rsatish mumkin, nutqdan parcha: «Bugungi kunda Markaziy Osiyoda xavfsizlikni ta’minlash sohasida ham samarali hamkorlik olib borilmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Global antiterror strategiyasi muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Biz ushbu strategiya doirasidagi Mintaqaviy qo‘shma rejaning 10 yillik natijalari va kelgusi istiqbollariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyani o‘tkazish tarafdorimiz. Ma’lumki, mintaqamizning ko‘hna va boy madaniy merosi global ahamiyatga ega. Biz 2021yilda YuNESKO bilan hamkorlikda qadimiy Xiva shahrida “Markaziy Osiyo jahon sivilizasiyalari chorrahasida“ degan mavzuda xalqaro forumni o‘tkazishga tayyormiz»103. k) Milliy g‘oyani ifodalovchi nutqlar Ushbu nutq ko‘rinishida ijtimoiy tizim, siyosiy munosabatlar rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo‘lgan, ijtimoiy taraqqiyot garovi – ma’naviyat va mafko‘ra, umuminsoniy qadriyatlar haqida so‘z yuritiladi. Mirziyoyev Sh.M. BMT 75 sessiyasida so‘zlagan nutqidan parcha. –T.: O‘zbekiston, 2020. 103 74 Har bir xalq jahon hamjamiyatida o‘zining munosib o‘rnini egallashga intilar ekan, uning ma’naviyati va mafko‘rasi umuminsoniy qadriyatlarga suyanishi lozim. Milliy mafko‘ra zaminida avlod-ajdodlarimizning tajribalari, xalqimizning azaliy an’analari, urf-odat, rasm-rusumlari yotadi. Ma’naviy axloqiy qadriyatlarni odamlar ongida rivojlantirishda notiqlar xizmati ahamiyatlidir, zero biror jamiyat ma’naviy imkoniyatlarini mustahkalamay turib o‘z istiqbolini tasavvur eta olmaydi. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev bu masalaga katta e’tibor berib, mafkura, milliy g‘oyalarsiz taraqqiyot bo‘lmaganligini ta’kidlab: «oldimizda turgan eng muhim masala – bu ma’naviyatni shakllantirish va hayotga tatbiq etishdir», - deydilar. Ushbu nutq ko‘rinishidan asosiy maqsad, ko‘p asrlar mobaynida yaratib kelingan xalqning bebaho ma’naviy va madaniy merosini tiklashdan iboratdir. Assambleyada ko‘tarilgan muhim masala – global davlat siyosati masalalardandir: “Jahonning turli nuqtalarida notinchlik saqlanib qolayotgani, ziddiyat va zo‘ravonliklar ortib borayotgani, ekologik ofatlar va boshqa zamonaviy xatarlar qashshoqlik va kambag‘allikning global muammolarini kuchaytirmoqda. Bu muammolar ayniqsa pandemiya sharoitida keskin tus olmoqda. Tobora tashvishli ohang kasb etayotgan qashshoqlikning ovozi butun dunyo hamjamiyatini, barchamizni bezovta qilishi zarur. Shu munosabat bilan qashshoqlikni tugatish va kambag‘allikka qarshi kurashishni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi navbatdagi sessiyasining asosiy mavzularidan biri sifatida belgilash hamda ushbu masalalarga bag‘ishlangan global sammitni o‘tkazishni taklif etamiz....”104 Ma’anaviyat borasidagi nutqdan parcha: « ... Yurtimiz O‘zbekiston Sharqdan, Shimoldan chiqqan balo sellari qoplab, necha marta xarob qilganligi ma’lumdir. Shuning uchun bizning ilgarigi porloq madaniyatimiz vayronalikka uchrab, nasllarimiz ham tabiiy o‘sishdan to‘xtaganligi ko‘z oldimizda turadi. 104 Mirziyoyev Sh.M. BMT 75 sessiyasida so‘zlagan nutqidan parcha. –T.: O‘zbekiston, 2020. 75 Vatan bolalari zamonaviy ilm o‘qishga chin ko‘ngillari bilan kirishib, halol meros –o‘z vatanlarini egallash uchun mudofaa quvvati tayyorlashga tish-tirnoqlari bilan yopishsinlar» (Alixonto‘ra Sog‘uniy)105. «Millatni asrash kerak, millatni asrash uchun esa uning haqiqiy tarixini o‘rganish, avaylab himoyalash kerak. Milliy g‘oya haqida gapirganimizda ana shu jihatlarni albatta inobatga olishimiz zarur. Shu aziz vatan barchamizniki, uning farovon kelajagi va iqboli uchun yashash, ko‘rashish biz uchun katta baxtdir. Ishonchim komilki, tinchlik, barqarorlik, millatlararo totuvlikka chorlayotgan bunday shior milliy g‘oyamiz va tafakkurimizning asosiy mezoniga aylanib qolsa, nafaqat bugungi, balki kelajak avlodlarimizni ham asraydigan va barchamizning ezgu orzularimizni ro‘yobga chiqaradigan asos bo‘lib xizmat qilar edi»106. Ijtimoiy-maishiy notiqlik Bu nutq turi yubiley (biror shaxsning muhim sanasiga bag‘ishlangan tug‘ilgan kun nutqi, tabrik nutqi), tabrik nutqi (ijtimoiy ahamiyatga molik), dasturxon atrofidagi yig‘ilishlarda tabrik, maqtov nutqi (tost) (rasmiy uchrashuvlar, diplomatik qabul chog‘ida), marsiya kabilarga bo‘linadi. Ushbu notiqlik ko‘rinishlari qadimdan qo‘llanib, xalqning urf odati, an’anasiga aylanib qolgandir. a) Yubiley yoki maqtov nutqi Bu nutq ikki ko‘rinishga ega: biri, muhim sanaga bag‘ishlangan, korxona yoki birlashma yubileyiga bag‘ishlanib aytiladigan nutq bo‘lsa, ikkinchisi biror shaxsning muhim sanasiga bag‘ishlangan yoki jamoat oldidagi (shaxsning) xizmatlarini hisobga olib o‘tkazilgan tantanali marosimdagi nutq. Ushbu nutq ko‘tarinkilik holatiga ega bo‘lib, unda til vositalarining barcha ko‘rinishlari hamda emotsional talqin ishtirok etadi. Ayniqsa, badiiy vositalardan unumli foydalaniladi. Yubiley 105 106 Aminov B., Rasulov T. Vatan-yurakdagi javohir. –T.: O‘kituvchi, 1996.-148-b. Karimov I.A. O‘z kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan qurmoqdamiz. –T.: O‘zbekiston, 1999.-16-b. 76 nutqi yakuniy xarakterga ham ega, chunki ushbu nutqda ma’lum sana davomida tashkilot, muassasalarda qilingan ishlar, shuningdek ayrim xizmat ko‘rsatgan shaxslar bo‘lsa, ularning shu davr ichida qilgan ishlari yakunlanadi. Namuna «O‘zbekiston Xalq shoiri Zulfiya xonimga! Sizni, o‘z eliga ham, o‘zga ellarga ham birday aziz shoiramizni asl donishmandlik fasli – muborak 80 yoshingiz bilan samimiy tabriklayman. Siz zamonamizning zabardast shoiri va jamoat arbobi sifatida O‘zbekistonning jarangdor ovozi bo‘ldingiz, deb aytsak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Jahon minbarlarida yangragan she’rlaringiz – Sharq ayolining aqlu zakosi, fazlu kamolidan noyob nishonadir ... Siz Gulbadanbegim, Zebuniso, Uvaysiy, Nodirabegim kabi Sharqning buyuk fozila ayollari boshlagan an’analarini boyitib, yangi pog‘onaga ko‘tardingiz. Mehribon va talabchan ustoz Zulfiyaxonimning mahorat maktabidan ko‘plab yosh iste’dodlar bahramand bo‘ldilar... Sizning, el ardog‘ida etuk ijodkor, mohir tarjimon, atoqli noshir-muharrir va jamoat arbobining tavallud kuni milliy bayram sifatida nishonlanishi mustaqil davlatimiz hayotida katta voqea... Shunday egzu lahzalarda sizni yana bir bor chin dildan muborakbod etaman. Ulug‘ xalqimizning sevimli shoirasiga, muhabbat va hayot kuychisiga mustahkam sog‘liq, ijod va ilhom zavqi doimo yor bo‘lsin! Islom Karimov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti107. b) Tabrik nutqi Ushbu nutq tantanalarda, bayramlarda aytiladigan nutqdir. Tabrik nutqi atalgan shaxs va hodisalarning yaxshi xususiyatlarini ko‘rsatishga, bayramona kayfiyat ulashishga qaratilgan bo‘ladi. Ushbu nutq ko‘tarinki, tantanali ruhda so‘zlanadi. Til vositalaridan shunga mos ravishda foydalaniladi. Badiiy vasitalardan o‘xshatish, sifatlash, tavsif v b. keng foydalaniladi. Fonetik vositalardan to‘xtam va nutq 107 Toshkent oqshomi. Ro‘zn. Mart, 1995. 77 sur’atlari nutq jarayonida namoyon bo‘ladi. Jo‘shqin harorat ekstralingvistik vositalar orqali ifodalanadi. Bu vositalarning ifodalanishi nutq so‘zlovchining xarakteriga mos ravishda bo‘ladi. Bunga misol tariqasida yurtimizda nishonlanadigan bayram tadbirlarida aytilgan tabriq nutqlarini keltirishimiz mumkin. Namunalar: Birinchi Prezident Islom Karimovning Navro‘z tabrigidan parcha: «Aziz vatandoshlar! Yurtimizga ulug‘ ayyom – Navro‘zi olam kirib kelmoqda. Navro‘z – bahor va go‘zallik bayrami, yosharish va yangilanish bayrami. Navro‘z ayyomini – tabiat uyg‘onadigan oyni o‘tmishda yashagan bobolarimiz «Ulug‘ oy» yoki «Umid oyi» deb ataganlari katta ma’noga molik. Chunkim, bahor kelishi bilan barakali mo‘l hosil olish uchun yangi mehnat mavsumi boshlanadigan bu ajib davrda, nafaqat tabiat, balki inson umidlari ham kurtak ochadi, insonlar dili poklanadi... Bu yilgi Navro‘zning ham yurtimizga qadamlari qutlug‘ kelsin!».108 Prezident Sh.Mirziyoyevning Navro‘z tabrigi: “O‘tgan yili pandemiya tufayli Navro‘z bayramini har doimgidek katta tantana qilib, keng nishonlay olmagan edik. O‘shanda, bu tashvishli kunlar albatta ortda qoladi, hali ko‘p to‘y-tomosha va sayillarni xalqimiz bilan birgalikda o‘tkazamiz, deb ezgu niyat qilgan edik. Bugun ana shu orzu va intilishlarimiz ro‘yobga chiqmoqda. Go‘zal va jonajon yurtimizda yana shodiyonalar, yana quvonchli kunlar boshlanmoqda. Albatta, barchamiz yaxshi tushunamizki, butun dunyoda koronavirus balosi hali to‘la bartaraf etilgani yo‘q. Afsuski, u biz bilan birga, yonimizda yashamoqda. Xalqimiz sog‘lig‘ini asrash yo‘lida qanday sa’y-harakatlar va katta amaliy ishlar qilganimiz barchangizga yaxshi ma’lum. Endi shuncha mehnatimiz, ko‘rgan chora-tadbirlarimiz bekorga ketmasligi uchun pandemiyaga qarshi kurashni bir 108 Toshkent oqshomi. 1995, 21 mart. 78 lahza ham to‘xtatmasligimiz lozim. O‘zimiz va yaqinlarimizni himoya qilishimiz, beparvolik va beg‘amlikka berilmasligimiz shart. Doimo hushyor va mas’uliyatli bo‘lib yashashimiz, to‘plagan tajribamizga tayanib, albatta, ehtiyotkorlik bilan tizimli ish olib borishimiz zarur. Shundagina mehnatkash xalqimiz bilan ezgu maqsadlarimiz va katta rejalarimizni yangi kuch, yangi g‘ayrat bilan davom ettira olamiz. Bugun sizlarning nurli chehrangizni ko‘rib, xalqimiz ham xuddi go‘zal bahor faslidek kuch va qudratga to‘lib borayotganiga yana bir bor amin bo‘ldim. Ko‘klam nafasi yurtimiz uzra kezayotgan mana shunday tarovatli kunlarga sog‘-omon etkazgani uchun Yaratganga cheksiz shukronalar aytish biz uchun ham qarz, ham farzdir...”109 Tabrik nutqi til vositalariga boy nutqlardandir. Notiqlik nutqining ushbu nutq ko‘rinishida deyarli barcha til vositalaridan unumli foydalaniladi: O‘zbekiston ayollariga bayram tabrigidan parcha «... Qadriyatlarimiz, an’analarimiz tiklanayotgan, jamiyatimiz ma’naviy jihatdan poklanayotgan, sharqona odob va lutf qaytadan qaror topayotgan bir sharoitda ayollarni e’zozlash, oila va jamiyatdagi nufuzini ko‘tarish, ularning mehnatini, gulday nozik ko‘nglini va yuksak sha’nini asrab-avaylash hayotimizda alohida o‘rin topmoqda. Bizga hayot in’om etgan, oq sut bergan, oq yuvib oq taragan, mehribon ona oldida barchamiz umrbod qarzdormiz. Bu ulug‘ zot oldida har doim ta’zim bajo aylash –har bir insonning muqaddas burchidir... Sizlarni yana bir bor qutlug‘ ayyom bilan mubarakbod etaman, barchangizga tansihatlik, baxtu saodat tilayman. Umringiz uzun, iqbolingiz baland bo‘lsin! O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov»110. Tabrikdan namuna: 109 https://president.uz/uz/lists/view/4249 110 Toshkent oqshomi. 1995. 8- mart. 79 O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyevning bayram munosabati bilan tabrigidan parcha “Assalomu alaykum, muhtarama onaxonlar! Munis opa-singillar! Dilbar qizlarim! Avvalo, sizlarni, butun O‘zbekiston xotin-qizlarini go‘zallik va nafosat ayyomi – 8 mart bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Barchangizga o‘zimning eng ezgu va samimiy tilaklarimni bildirib, doimo oilangiz va yaqinlaringiz, el-yurtimiz ardog‘ida bo‘lish baxtini tilayman. Aziz yurtdoshlar! Yer yuzida ongli hayot paydo bo‘libdiki, odamzot muqaddas Ona siymosini, ayol zotini ulug‘lab, sharaflab keladi. Onalarimiz sharofati bilan Vatanimiz tuprog‘i jannat bog‘laridek go‘zal va mo‘tabardir. Onalar duosidan yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, ishimizda unum, hayotimizda baraka bor. Ma’lumki, muqaddas Qur’oni karimning eng katta suralaridan biri – “Niso”, ya’ni, “Ayollar” deb ataladi. Alloh taolo ushbu surada insonlarni ayollarga adolatli munosabatda bo‘lishga da’vat etadi va bu ilohiy so‘zlar zamirida albatta teran hikmat mujassam. Bir haqiqat ayonki, har qanday xalqning ma’naviy darajasini avvalo shu yurt ayollarining ma’naviy saviyasi belgilaydi. Buyuk siymolarning hayotiga nazar tashlasak, ularning shaxs sifatida kamol topishida mehribon onalari, dono rafiqalari g‘oyat muhim rol o‘ynagani ayon bo‘ladi. Keyingi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini, gender tenglikni ta’minlash, oila, onalik va bolalikni himoya qilish, ayollar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish, ular uchun yangi ish o‘rinlari yaratish, mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. 80 Bugun siz, azizlarning chehrangizda xursandchilik, shukronalik ifodasini ko‘rib, ana shunday ishlarimiz natijasini oz bo‘lsa-da, his etmoqdamiz. Va biz mana shu to‘g‘ri yo‘lni davom ettirish, uning samarasini yanada oshirish uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz...”111 v) Dasturxon atrofida yig‘ilishlardagi nutq-tost. Ushbu nutq ikki xil ko‘rinishga ega. Birinchisi, rasmiy uchrashuv, diplomatik qabul chog‘ida aytiladigan nutq. Bu nutq do‘stona vaziyatda o‘tadi, rasmiy va siyosiy mavzuda bo‘lib, ko‘tarinki ohangi va badiiy til vositalarining qo‘llanishi bilan ijtimoiy-siyosiy notiqlikdan farqlanadi. Ikkinchisi, to‘y, ziyofatlarda aytiladigan nutq. Bu nutq majoziyligi, mubolag‘asi bilan ajralib turadi. Qalbdan chiqayotgan eng sof tilaklar shodasi, yaxshi niyatlar tilash kabi xislatlar bu nutqning belgisi hisoblanadi. So‘zga chechan so‘zamol (mehmon, mezbon, tamada va b.) – shu nutqning ustasi. So‘zamol kim haqida, qay vaqt, nima deyishini juda yaxshi biladi. Uning so‘zini boshqalar davom ettirishlari mumkin. Namunalar: Dasturxon atrofin bezab g‘unchalar, Fayziga fayz, chiroyiga chiroy qo‘sharlar. Ularning chehrasi mohitobondur, Qaddi rasolari sarviravondur. Baxtu saodatli, go‘zal bo‘lsinlar, Ajib tabassumla doim kulsinlar.112  Dugonajon, baxtingni Ko‘z-ko‘zlasang arziydi. Senga havasda yonib, So‘z so‘zlasam arziydi. 111 https://uza.uz/uz/posts/zbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyeevning-khal-07-03-2020 112 To‘y tabrigidan. Magnit tasmasiga tushurilgan. 81 Chunki senga ushbu kun Keng hayotga ochiq yo‘l. Qo‘sha qarib, iloyim, Uvali-juvali bo‘l! Qizlik davrimiz eslab O‘ltiraylik o‘shanda. Qolsin farzandlaringga Sen kirguvchi go‘shanga!113 Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ijtimoiy-maishiy notiqlikning mazmuniy ko‘rinishlarida emotsional-ekspressiv bo‘yoqli so‘zlar (chehra, uzor va b.) va uslubiy xoslangan leksika, tarixiy, arxaik so‘zlar (uvali-juvali, go‘shanga)dan unumli foydalaniladi. g) Marsiya Ijtimoiy-maishiy notiqlikning eng qadimgi ko‘rinishlaridan biri. Bu nutq ko‘rinishi biror mashhur kishining vafoti munosabati bilan g‘am-alamni ifodalagan lirik she’rdan iboratdir. Bunday lirik she’rlar Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» (XI asr) kitobi orqali bizgacha etib kelgan Alp Ertungaga atalgan marsiya kabi yoki O‘rxunEnasoy yodgorliklarida «Kultigin bitiktoshi» va boshqa bitiktoshlarda uchraydi: Alb Artunga o‘ldimu? Esiz, ojup qoldimu? O‘zlak o‘chin oldimu? Emdi yurak yirtilur114. Mazmuni: Bahodir Artunga (ya’ni Afrosiyob) o‘ldimi? Esizgina, dunyo undan holi bo‘lib qoldimi? O‘zi bilan o‘zi ovora bo‘lib ketdimi? 113 114 Rahmon S. To‘y tabriklari. -T., 1995. 16-b. Karimov G. va b. O‘zbek adabiyoti. – T.: O‘qituvchi, 1972. 21-b. 82 Bu qayg‘udan bag‘rimiz pora-pora bo‘ladi. Chunonchi, Navoiy Abdurahmon Jomiy vafoti munosabati bilan katta marsiya bitgan. Navoiyning vafotiga Xondamir, Mavlono Sohib Doro kabilar ham marsiyalar yozganlar: O‘lumidan har bir uyga tushti motam, Favti uchun har burchakdan chiqdi fig‘on. Temir bo‘lsa, tosh bo‘lsa ham bag‘ri yondi, Bu dahshatli musibatni bilgan hamon. (Xondamir marsiyasidan parcha)115. Ushbu nutq ko‘rinishida g‘am-alamni ifodalovchi so‘zlar – iztirob, fig‘on, motam, qayg‘u, musibat va boshqa shu mazmundagi iboralar ko‘plab qo‘llanadi va ular uslubiy xoslanganligi bilan ajralib turadi. Akademik notiqlik Ushbu notiqlik ko‘rinishiga leksiya, ilmiy anjuman, ilmiy-nazariy seminar va boshqa yig‘ilishlardagi ilmiy ma’ruza, leksiya, ilmiy axborot va ilmiy sharh kiradi. Akademik notiqlik uslubi sathalariga aniqlik, xolislik, mantiqiy izchillik, neytrallik, qisqalik va to‘liqlik kabi omillar kiradiki, bu omillar ko‘p hollarda ilmiy matnning lingvistik belgilarida ko‘rinadi. Akademik notiqlikka kiruvchi ilmiy matnlar kompozisiyasi-kirish, asosiy qism, xulosadan iborat bo‘ladi. Kirish qismida ma’lum bir fanning (tanlangan mavzuning) asosiy vazifasi, tekshirish manba’lari, usuli, olingan ilmiy natijalar, yoritilishi kerak bo‘lgan masalalar aytib o‘tiladi. Asosiy qismda fakt va materiallar tahlil qilinadi. Fikr keng, atroflicha bayon qilinishi bilan bir qatorda, undagi material haqqoniyligi, isbotlanganligi bilan ajralib turadi. Isbotlash ilmiy bayonning asosiy belgilaridandir. 115 Homidiy X. Adabiyotshunoslik terminlari lug‘. -T.: O‘qituvchi, 1970. 102-b. 83 Xulosada asosiy qismda bayon etilgan masalalarning ilmiy yangiligi, ularning qo‘llanishi, ilmiy-tadqiqotning keyingi ishlari, masalalari haqida so‘z yuritiladi. Xulosada eng zarur ilmiy axborot yoziladi, ilmiy tadqiqot natijalari umumlashtirilgan holda beriladi. Endi akademik notiqlikning ichki ko‘rinishlari haqida so‘z yuritamiz: a) Ma’ruza (Ilmiy ma’ruza) Ilmiy anjuman, simpozium, seminarda o‘qiladigan ma’ruzadir. Ilmiy ma’ruzada tabiiy fanlarga, ilmiy tadqiqot va tajribalarga, izlanishlarga oid aniq va ravshan fikr bayon etiladi. Ma’ruzada bir mavzu yoritib beriladi. Ilmiy ma’ruza ko‘pincha amaliyot uchun aniq tavsiyanomalar beradi. Ma’ruza keng muhokama qilinib, keskin munozara bilan o‘tishi mumkin. Ilmiy ma’ruza gipotetik xarakterga ega. Bunday nutqda izlanishning natijasi ko‘rsatilmaydi, balki endi nazarda tutilgan tajriba haqida ma’lumot beriladi. Bu ma’ruza bir taXalqaro munosabatlarin, izlanish sifatida qabul qilinadi. b) Leksiya Bu nutq ko‘rinishi oliy o‘quv yurtlarida, omma oldida biror mavzu yuzasidan bayon tarzida o‘tkaziladigan mashg‘ulot. Shu mashg‘ulotda tinglangan nutq leksiya deb yuritiladi. Leksiyaga qo‘yiladigan talab: 1. Dalillarning to‘g‘ri zikr etilishi; 2. Materialning ishonarli, ta’sirchan, aniq talqin etilishi.116 Leksiyaning muvaffaqiyatli chiqishida uning shakliy talqini, g‘oyaviy pishiqligi, ilmiy jihatdan asoslanishi, mavzuning dolzarbligi, leksik nuqtai nazardan aniq, grammatik to‘g‘ri va ifodali o‘tkazilishi ham katta ahamiyatga egadir. Leksiya ikki xil bo‘ladi: monolog leksiya va dialog leksiya (suhbat). Monolog leksiyada notiq ma’lum mavzu bo‘yicha o‘zi bilgan narsalar haqida so‘zlab beradi, savollar leksiya so‘ngida beriladi. 116 Xo‘jaeva L. Notiqlik san’ati. -T.: Bilim, 1967. 6-b. 84 Dialog leksiya tinglovchilarning bevosita ishtiroki yordamida amalga oshadi. Notiq ma’lum masalalarni nutqida yoritib borarkan, o‘z fikrlarini qanday qabul qilinayotganligini aniqlash maqsadida, tinglovchilarga savol tarzida murojaat etib, ular fikrini biladi va o‘rinli bo‘lsa bahslashadi. Shu bahs jarayonida mavzu ochiladi. Leksiyaning qiziqarli o‘tishi notiqning tayyorgarligiga, nutqni tinglovchilarga ta’sir etadigan tarzda olib borishiga bog‘liq. Notiqning bilimi, saviyasi, dunyoqarashi, hayotiy tajribasi, tilni bilishi va undan mohirona foydalana olishi muvaffaqiyatlarning garovi sanaladi117. Lektor notiqligi – bu san’at. Ana shunday mohir nutq sohiblaridan biri-ulug‘ olim va muallim, kamtarin va latofatli inson, filologiya fanlari doktori, professor Ayub G‘ulomdir. Ayub G‘ulom (1914-1986) nomi jahon turkiyshunosligi va xususan, o‘zbek tilshunosligi sahifasiga oltin zarhal bilan yozilgan. Pof. Ayub G‘ulomni bilganlar uni iste’dodli, qamrovi keng, tilshunoslikning bilimdoni deydilar: «U ajoyib notiq va juda mohir ustod edi. U dars berganida, ma’ruza o‘qiganida, qo‘lida konspekt tugul, biror parcha qog‘oz ham bo‘lmas, faqat qo‘lida bosma qog‘ozga o‘ralgan bo‘r bo‘lardi. Har bir izohini tasdiqlovchi misollarni o‘z o‘rniga qo‘yib, boshqa olimlarning shu masala haqidagi fikrlarini yoddan aytar va hatto kitob, risola yoki maqolaning sahifasigacha aytib berar edi... Bu ajoyib o‘ta madaniyatli o‘zbek ziyolisiga barcha havas qilar edi»118. Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkini, leksiyadan maqsad mavzuni asosli dalillar bilan tinglovchilar ongiga etkazish, ularni jamiyat hodisalariga yondoshishni o‘rgatishdir. 117 118 Qudratov T. Nutq madaniyati asoslari. -T.: O‘qituvchi, 1993. 105-b. Abduazizov A. Prof. Ayub G‘ulom va o‘zbek tilshunosligi. -T., 1995. – 5 b. 85 v) Ilmiy axborot Xulosaviy ma’lumotdan iborat bo‘lib, dastlabki va yakuniy axborot berishni ko‘zda tutadi. Qisqaligi, dalillarga asoslanganligi bilan ifodalanadi. Fan va texnika sohasidagi ilmiy yangiliklardan batafsil ma’lumot beradi. g) Ilmiy sharh Ilmiy asarlarga, ma’lumotlarga sharh berish, ya’ni ilmiy yangilikning umumiy xususiyatlarini qisqacha bayon qilib berishni ko‘zda tutadi. Akademik notiqlikning nutq ko‘rinishlarida kitobiy so‘zlar, atamalar, simvolik belgi va shartli qisqartmalar, umumiste’moldagi leksikaning, badiiy vositalarning qisman (nutq mavzusiga qarab) qo‘llanishini ko‘ramiz. Ushbu vositalarning qo‘llanishi haqidagi to‘liq ma’lumot III bobda berilgan. 86 Sud notiqligi. Badiiy va diniy notiqlik turlari Sud notiqligi Sud notiqligi notiqlikning eng qadimgi turlaridan biridir. Ushbu nutq turi qadimgi Yunon va Rim mamlakatlarida rivoj topgan. Yunon sud notiqligining namoyandasi Lisiy, Sharqda Qozi O‘shiy kabilar bu notiqlik ko‘rinishining nazariyasini shakllanishida katta ahamiyat kasb etganlar. Sud notiqligi baholovchi xarakterga ega bo‘lib, o‘zining axloqiy, huqukiy yo‘nalishi bilan ajralib turadi. Sud notiqligining asosiy talablari: xolislik, dalillarning to‘g‘riligi, to‘liq isbot. Sud notiqligi prokuror (qoralovchi, ayblov) nutqini, advokat (himoya nutqi), ayblanuvchi nutqi, hukm kabilarni tarkibiga kiritadi. Prokuror va advokatlarning nutq ob’ektlari – jinoiy ish sodir etgan va jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxs yoki shaxslar guruhi. Sud odil prinsipni turli yo‘llar va usullar bilan amalga oshiradi. Chunonchi, jinoyat qilgan shaxslarning jinoyat ishini sud majlisida ko‘rib, haqiqiy aybdor deb topilgan shaxslarga nisbatan qonunda belgilangan jazo chorasini tayin etadi. Sud, jinoyat va fuqarolik ishlarini sud majlisida ko‘rish uchun tayyorlashda, uni ko‘rib chiqish davomida, hukm chiqarishda, fuqarolik ishlari yuzasidan ko‘rib, hal qiluv qarorini chiqarishda, jinoyat va jinoyat protsessual qonunlarining talabiga qat’iy rioya qilib o‘z aktlarini chiqaradi. a) Prokuror nutqi Bu nutq tuzilishiga asosan qo‘rilayotgan ishning tafsilotidan, javobgar shaxsning tavsifidan tashkil topadi. Ushbu nutq jazolash chorasi yoki lozim deb topilsa oqlash haqidagi taklifni keltiradi. Prokuror huquki proko‘ratura organlaridagi mansabdor shaxs deb yuritilib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 118moddasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga bo‘ysinuvchi prokurorlarga Respublika hududida qonunlarni aniq va bir xilda ijro etish ustidan nazorat olib borish vazifasi yuklatilgan. 87 b) Advokat nutqi Advokat – fuqarolar va tashqilotlarga yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatlar kollegiyasining a’zosi. Advokat fuqarolik va jinoyat ishlari, shuningdek, ma’muriy hukuqbuzarlik ishlari yuzasidan topshiriqlarni bajaradi. Advokat vazifasi – aybdorni himoya qilish, jazo chorasini engillatishdir. Agar jinoyatchi o‘ta mudhish jinoyatni sodir etgan bo‘lsa, advokat bu ishni olib borishdan va jinoyatchini himoya qilishdan voz kechishi mumkin. Chunki advokat nutqi-insonparvarlik, shavqat, mehr, oqibatlilik his-tuyg‘ulari bilan yo‘g‘rilgan bo‘lib, advokat nutqidan talab kechirimlilikdir. v) Javobgar shaxs nutqi Ushbu nutq, o‘z-o‘zini himoya qilishga asoslanadi. Sudlanuvchi jazo chorasini engillatishni so‘rab yoki aybsiz ekanligini aytib xitob qiladi. Ayblanuvchi o‘zining nimada ayblanayotganligini bilishga, prokuror, sud qarorlari va harakterlari ustidan shikoyat keltirishga, tergov va sud jarayonida o‘z ona tilidan, shuningdek tarjimon xizmatidan foydalanishga haqlidir. Sud muhokamasida sudlanuvchi oxirgi so‘z so‘zlash, so‘ngra chiqarilgan hukm ustidan shikoyat qilish huquqiga ega. Jinoyat protsessual qonunida jinoyat ishi yuritishning har bir bosqichidagi ayblanuvchining huquqiy makomi batafsil ko‘rsatilgan. g) Hukm Qonunga nomuvofiq holda va sudning xukmi bo‘lmay turib hech kim jinoyat qilishda aybdor deb hisoblanishi, shuningdek jinoiy jazoga tortilishi mumkin emas. Hukm-jinoyat ishi bo‘yicha sud muhokamasining natijasida chiqariladigan sud qarori. Hukm davlat nomidan chiqarilib, unda sud muhokamasi yakunlanadi, sudlanuvchining aybli yoki aybsizligi aniqlanadi, jazo chorasi tayinlanadi. Hukm qonuniy va asoslantirilgan bo‘lmog‘i shart. Hukmning qonuniy va asoslantirilganligi uni maslahatxonada chiqarilishi orqali ta’minlanadi. Bu esa sudyalarning kengashi sir saqlanishi, ularning mustaqilligi va faqat qonunga bo‘ysinishlarining garovidir. 88 Sud hukmi ayblov yoki oqlov mazmuniga ega bo‘lishi mumkin. Sudlanuvchi aybdor deb topilgan hollarda ayblov hukmi chiqariladi; jinoiy voqea sodir bo‘lmagan bo‘lsa, sudlanuvchining qilmishida jinoyat tarkibi yo‘q bo‘lsa, oqlov hukmi chiqariladi. Sud muhokamasi qaysi tilda o‘tkazilgan bo‘lsa, hukm o‘sha tilda yoziladi. Hukm kirish bayonot va qaror qismlaridan iborat bo‘ladi. Har qaysi qismning mazmuniga o‘ziga xos talablar qo‘yiladi (JPKning 465-472-mod.). Namuna119 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI NOMIDAN HUKM. ...... yil dekabr oyining 25-kuni Xorazm viloyat, Shovot tumani xalq sudi binosida ochiq sud majlisi bo‘lib, raislik qiluvchi xalq sudyasi Akbarov Ozod, xalq maslahatchilari: Omonov Ahror va Raximov Jamshidlar tarkibida, Matnazarova Gulchehra kotibligida, taraflardan Shovot tuman prokurori yordamchisi Choriev Anvar, himoyachi Muhammadjon Masharipovlarning ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi JK-175 moddasining ikkinchi qismi bilan ayblangan Ashraf Sohibovning 43-sonli jinoyat ishi ko‘rildi. Sohibov Ashraf Yusupovich 1987 yilda Xorazm viloyatiing, Gurlan tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti 5-sinf, harbiy xizmatni o‘tagan, oilali, ilgari sudlanmagan, Shovot tumani maishiy xizmat ko‘rsatish kombinatida qorovul bo‘lib ishlaydi. Shovot tumani Xonka ko‘chasida yashaydi, ehtiyoj chorasi tilxat barobarida ozodlikda, ayblash fikri nusxasining varaqasini ..... yilning 20 sentabrida olgan. Sud tarkibi ish materiallarini tekshirib, sud majlisida sudlanuvchining, guvohlarning ko‘rsatmalalarini, prokurorning fikrini, himoyachining so‘zini eshitib, muhokama qilib quyidagilarni Aniqladi: 119 Sud hujjatlari. –T.: Adolat, 1995. 89 Sudlanuvchi Sohibov Shovot tumanidagi aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish kombinatida qorovul bo‘lib ishlab, ishdan bo‘sh vaqtida Shovot tumani kolxoz bozoridan sabzavot-mevalarni sotib olib, foyda qilish maksadida qaytadan ortiqcha narhda sotib yurgan, ushlangan va O‘zbekiston Respublikasi JK 175-moddasining «b» bandi bilan ayblanib, sudga berilgan. Sud majlisda sudlanuvchi Sohibov o‘z qilmish jinoyatiga iqror bo‘ldi... Sud tarkibi sudlanuvchiga jazo tayinlashda ish holatini, sudlanuvchining ilgari sudlanmaganligini hisobga olib O‘zbekiston Respublikasi JK ning 23-moddasini qo‘llab, shartli ravishda ozodlikdan mahrum etib, majburiy mehnatga jalb qilishni lozim topadi. Binobarin, sud tarkibi ish materiallariga aoslanib va O‘zbekiston Respublikasi JPKning 279-294-moddallarini qo‘llab, hukm qiladi. HUKM Aybdor Sohibov Ashraf Yusupovich O‘zbekiston Respublikasi JK 175moddasining «b» bandi bilan uch (3) yil muddatga ozodliqdan mahrum etilsin. Sohibov Ashraf Yusupovichni ehtiyot chorasini aslicha tilxat barobarida ozodliqda qoldirilsin. Hukmdan norozi tomon hukm nusxasini olgan kundan boshlab o‘n kun ichida shu sud orqali Xorazm viloyat sudiga shikoyat qilishi mumkin. Raislik etuvchi: O.Akbarov. Xalq maslahatchilari: 1. A.Omonov, 2. J.Raximov. Shunday qilib, sud notiqligining mazmun mohiyatini belgilovchi uch omilaniqlash, isbotlash, kanoatlantirishdir. Prokurorning ayblov nutqi va advokatning himoya nutqi haqiqatni qaror toptirishga xizmat qiladi. Har ikkala nutqning notiqona bo‘lishi ishning ijobiy yoki salbiy ketishiga ta’sir ko‘rsatadi. Sudlanuvchining aybdor yoki aybsizligini isbotlashda prokuror va advokatdan notiqlik mahorati, o‘z so‘zini haq ekanligini dalillar bilan isbotlay olishi talab qilinadi, chunki sud notiqligidan maqsad-odilona hukm chiqarish. 90 § 2. Badiiy notiqlik Bu nutq turi notiqlikning eng qadimiy ko‘rinishlaridan bo‘lib, shoir, yozuvchi, asar ijroichlari, badiiy o‘qishning mohir so‘zamollarining nutqiy mahoratini nazarda tutadi. Ushbu notiqlik ko‘rinishi dastlab badiiy uslubga xoslanganligi, unda obrazlilik, ta’sir etish (estetik zavq berish) xususiyatlari, badiiy vositalarning keng qo‘llanishi bilan ajralib turadi. Badiiy notiqlikning o‘ziga xos xususiyatlari qatoriga quyidagilar kiradi: 1.Nutqda ko‘tarinkilik, obrazlilik, nazokatni ta’minlash uchun tildan allaqachonlar chiqib ketgan so‘zlar nutqqa olib kiriladi: «O‘zbegona lutf nimadir?.. Birovga shirin gapirish uchun, muomalani chiroyli qilish uchun oldin insonda bir narsa bo‘lishi kerak. Bu – muhabbatdir. Odamlarni sevishdir. Sizga ishi tushadiganu tushmaydigan, sizga foydasi tegadiganu tegmaydigan, yaxshi-yu yomon, hunugu chiroyli odamlarni yaxshi ko‘ra bilish bir salohiyati bo‘lishi kerak odamda, agar yuragida muhabbati bo‘lmasa, u odam ishi bitguncha shirin gapiradi, odamlarga mehri bo‘lmasa, imtihondan o‘tguncha o‘zini deylik tiyiqqa solib turadi, keyin aslicha namoyon bo‘laveradi». (Tursunoy Sodiqova nutqidan)120. 2. Badiiy til vositalaridan o‘xshatish, epitet, metafora, giperbola, allegoriya va boshqalar nutqda ko‘p ishlatiladi, ular asar tilini boyitish bilan bir qatorda badiiy nutq ijrochisining mahoratini oshirish uchun xizmat qiladi: «... Ilonning onasi ham ona, chayonning onasi ham ona. Ona borki, hech qachon bolasini demagil yomon: Bola shamol, tiyaylik, deb ayt, Guldur, xorin qiyaylik, deb ayt. Oy misoli jindak dog‘i bor, Artib, so‘ngra suyaylik, deb ayt ...» (T.Sodiqova nutqidan) 120 Sodiqova T. va Mahsumov Q. nutqlari magnit tasmasida keltirilgan. 91 Yana:121 «Gar jafo qil, gar vafokim dilistonim sen mening, Gar meni o‘ltur va gar tirguski jonim sen mening. Xoh ra’no qaddila borgil, yonimdan jilvagar, Xoh kel, qoshimg‘akim, sarviravonim sen mening...» (Qodir Mahsumov nutqi, A.Navoiy g‘azali). 3. An’anaviy poetik usul va poetik obrazlar vositasida badiiy nutq yaratiladi. Badiiy o‘qish jarayonida ana shu poetik usullar ijrochining mahoratini oshiradi: Surmadin ko‘zlar qaro, qo‘llar xinodin lolarang, G‘ozadin yuzlarda tobu, o‘smadin qoshlar tarang. Zahfaroniy ko‘ylak uzra arg‘uvoniy kamzixo‘r, Ro‘ymol og‘ushidin peshonaning ahvoli tang ... (Furqat g‘azalidan) Yana: «...Qiz borib ayvon dahanasiga o‘tirdi, men uni ro‘baro‘sida ariq labiga cho‘nqaydim. Qiz marmarday bilaklarigacha shimarib qo‘yilgan ko‘ylak englari orasidan shoyi ro‘molchasini olib, burun uchlari, dudoq ustlariga qo‘ngan shabnamday toza terlarini arta boshladi. Ro‘molchadan, suvga ivitilgan qalampir munchoqning hidi burqib ketdi. Machit bino bo‘lgandan buyon bu erga muhabbat va balog‘at hidi birinchi marta tarqalgan bo‘lsa kerak...» (Hamza Umarov nutqidan).122 Yana: «...Qolgan emish xira surati, rangi emish bamisli tufroq». Nutqda poetik usul va poetik obrazlarni qo‘llash hisobiga badiiy nutq mahorati oshadi. Badiiy nutqni oshiruvchi poetik usullardan mahorati asar tilidagi muhit, qahramonlar tilida milliylik isining ufurib turishi bilan bog‘liq. Masalan, «...uni 121 Mahsumov Q. nutqi magnit tasmasiga tushurilgan. Hamza Umarov, Yoqub Ahmedov, Tesha Mo‘minovlarning badiiy nutq mahorati magnit tasmasiga yozilgan. 122 92 ta’qib aylar piyola, piyolaga chyokilgan surat...etti dona qip-qizil lola, shundan shoh loxas, shundan shohning dilida faryod. Ul piyola bo‘lmish muqaddas, shoh yurtining hokidan bunyod...». Tesha Mo‘minov nutqidan).123 Badiiy nutqning yana bir xususiyati so‘zlashuv uslubiga xos so‘zlarning badiiy bo‘yoq olishi («...kishilarning shaqillashib so‘zlashishlari, xoholab kulishlari saroyni ko‘kka ko‘targudek...»), ijobiy bo‘yoqli so‘zlar qatorida salbiy bo‘yoqli so‘zlarning qo‘llanishi asar tilini o‘ziga xos qiladi: «...tabiatning nihoyatda nafis, usta qo‘li bilan qo‘ndirilgan qora holini qashidi va boshini yostiqdan olib o‘tirdi...» kabi. Ushbu badiiy vositalar, poetik usullar va obrazlardan o‘z o‘rnida foydalana olish badiiy nutqdan dalolat beradi. 4. Takrorlarning qo‘llanishi yordamida badiiy nutqning yaratilishi: Lab gul, oraz gul, badan gul, jabha gul nahldin, Ey, vujuding gulshanida bor bu miqdor gul (Furqat). yoki: Baxtni kuylamakka ancha mohirman, G‘amlarni kuylamakka tillarim tugun (Abdulla Oripov). Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, badiiy notiqlikning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud bo‘lib, ularning batafsil tahlillari «Notiqlik nutqini shakllantiruvchi vositalar» deb nomlangan bobda berilgan. Umarov H., Ahmedov Yo. Tesha Mo‘minovlarning badiiy nutq mahoratlari magnit tasmasiga yozilgan. 123 93 Diniy notiqlik Diniy notiqlik ham qadimgi turlardan bo‘lib, ulkan meros va urf-odat, an’analarni o‘zida mujassamlashtiradi. Diniy notiqlikning ichki turlari-xutba, tavba, duo, va’z, ibodat, istig‘for va b. a) Hutba Allohning borligiga, uning sifatlariga, payg‘ambarlariga, qiyomat kuniga, yaxshilik va yomonlik Alloh subhonahu va taoloning o‘zidan bo‘lishiga va dinda ko‘rsatilgan narsalarning majmuasiga imon keltirish demak. Imon arabcha so‘z bo‘lib, ishonch ma’nosini bildiradi. Xutba-diniy pand-nasihat so‘zlarini aytish. Bu so‘zlar qalbning duri bo‘lib, kishini e’tiqodli, yaxshilikka, ezgulikka, halol va pok bo‘lishga undaydi. Bularning barchasi diniy matnda ifodalanadi: Hutba «Ey, insonlar, kelingiz, tinglangiz, doimo xotirlangiz, ibrat olingiz. Yashaganlar o‘lur, o‘lgan fano bo‘lur. Bo‘ladigan ish bo‘lur. Yomg‘ir yog‘ar, o‘tlar unar. Bolalar tug‘iladilar. Ota-onalarining o‘rnini oladilar... Ko‘k yuzi bir yuksak ship. Yulduzlar yuradi. Dengizlar turadi. Kelgan qolmas. Ketgan kelmas»124 (Parcha, Javdat poshsho tarjimasi). Xutbadan parcha: «Ollohga hamd bo‘lsin, Unga loyiq hamd etaman va Undan yordam istayman. Nafslarimizning yomonliklaridan va amallarimizdan Ollohga sig‘inamiz. Ollohning hidoyat etganini hech kimsa zalolatga tushira olmaydi. Ollohning zalolatga tushirganiga hech kimsa hidoyat bera olmas. Ollohdan boshqa ilohning yo‘qligiga men shahodat etaman. U yagonadir, sherigi yo‘qdir. Kalomning eng go‘zali Olloh kitobidir. Kimning qalbini Olloh Qur’on bilan bezasa, kofir bo‘lsa islomga kirib, Qur’onni qimmatli so‘zlarini tasdiq etsa, u kimsa najot topur. To‘g‘risi, Olloh kitobi so‘zlarning eng go‘zali va eng ravshanidir. Olloh sevganini siz ham sevingiz. 124 Hazrati Payg‘ambar Hayoti. -T.: .Qomus, 1996. 16-b. 94 Ollohni jon-dildan seving. Olloh kalomidan va zikridan aslo uzoqlashmang. Olloh kalomidan qalbingiz siqilmasin. Zero Olloh kalomi har narsaning olasini ajratib beradi... Ollohga ibodat qiling. Yaxshi ishlar qiling: so‘zingiz, o‘zingiz Ollohga to‘g‘ri bo‘lsin. Olloh kalomi bilan sevishingiz. Muhaqqaq bilingki, Olloh ahdini buzganlarga, so‘zidan qaytganlarga g‘azab etadi. Ollohning salomi sizlarga bo‘lsin».125 Diniy notiqlik namoyandalaridan Yusuf Karzoviy, Muhammad Said Ramazon Butiy, Ali Tantoviy, Afif Abdulfattoh Tabbora, al-Buxoriy, Ismoil Somoniy, Hoja Ahmad Yassaviy, Hazrat Bahouddin Naqshband, Hoja Ahror Valiy, Alixonto‘ra Sog‘uniy va b. o‘z asarlarida kishilarni imonli bo‘lishga, nomus, sadoqat kabi xislatlarni egallashga undaganlar. b) Tavba Ushbu nutq ko‘rinishida inson qilgan gunohlaridan, xatolaridan qaytib, avval qilgan gunohlariga nadomat qiladi, ya’ni Ollohga yuzlanib tavba (nutqini) so‘zlaydi. Tavba muhim axloqiy omildir. Kimki uni kechga sursa, insoniy fazilatlardan mahrum bo‘ladi. «Tavba» surasi (124-oyat) «Qur’on suralari e’tiqodli kishilarning imonlarini ziyoda qiladi va ular bundan hursand, hushhol bo‘lurlar».126 «Kim tavba qilsa, imon keltirsa, yaxshi ishlarni qilsa, Alloh uning yomonliklarini yaxshilikka almashtiradi. Alloh mag‘firat qiluvchi va rahmadildir».127 v) Duo Duo – diniy notiqlik ko‘rinishlaridan bo‘lib, u ibodat ma’nosini anglatadi. Duo Alloh bilan insonni bog‘laydi. Duo ham hursandchilik, ham hafagarchilik paytida O‘sha asar. -T. Komus, 1996. 50-b. Rahmatilla Qori nutqlaridan parcha. 127 Fozil Qori nutqidan. 125 126 95 o‘qiladigan nutq. Uning foydasini qadimdan ota-bobolarimiz uqtirib kelishadi: «Oltin olma, duo ol - duo zarso‘z bilib ol». «Agar bandalarim sendan (payg‘ambardan) meni so‘rasalar, men yaqindadurman, duo qiluvchining duosiga javob beraman. Bandalarim ham mening chaqirig‘imga javob bersinlar, menga imon keltirsinlar. Shundagina ular to‘g‘ri yo‘lda yurgan bo‘ladilar» deb yoziladi «Baqara» surasining 186-oyatida».128 g) Va’z Bu nutq ko‘rinishidan maqsad kishilarni hidoyatga boshlash. Va’zni imomxatiblar, qori domlalar pand-nasihat tarzida o‘qib, yaxshi axloq egasi bo‘lishlikka undaydilar. Va’zda ijtimoiy-siyosiy hayotimizda bo‘lib o‘tayotgan voqealarga baho beriladi va bu holatlar din bilan bog‘lanib, Olloh kalomidan oyatlar keltirilib fikr to‘ldiriladi. Va’z machit, madrasalarda aytiladi, hatto, hozirgi kunda televidenie orqali ham aytilmoqda. Masalan, «Hidoyat sari» ko‘rsatuvida imomlar, muftiy domlalar bir mavzuni tanlab, uning ijtimoiy-siyosiy hayotimizdagi o‘rniga baho beradilar.129 d) Ta’ziya Biror shaxsning vafoti munosabati bilan yoki davlat, mamlakat ichida katta talafot tufayli yuzaga kelgan mudhish vaziyatda aytiladigan nutq. Nutq motam ohangida bo‘lib, unda hamdardlik, bildirilib, o‘ta ta’sirchan bo‘ladi. Nutqda vafot qilgan shaxsning qisqa tavsifnomasi beriladi. Dinda vafot qilgan kishiga janoza nutqi o‘qiladi. «Hech bir inson Allohning iznisiz, ajali etmay turib o‘lmaydi» (Diniy nutqdan). Vafot qilganlarning ruhlarini shod etish uchun bir kalima Qur’on o‘qish biz uchun ham farz, ham qarzdir. Xulosa shuki, diniy notiqlik mantiqiy asoslangan, nasihatomuz so‘zlar bilan ifodalanadi. Diniy nutqlar insonni e’tiqodli bo‘lishga, milliy qadriyatlarimiz qadriga eta bilishlikka, boshqalarni ulug‘lashga, yaxshi, ma’nili so‘zlarni so‘zlashga, o‘z xalqiga sodiq, ma’rifatli bo‘lishga undaydi. 128 129 Rahmatilla Qori nutqlaridan parcha. Va’z nutq ko‘rinishiga misol parchasi magnit tasmasiga tushirilgan. 96 3.3.Notiqlik nutqini shakllantiruvchi lisoniy va nolisoniy vositalar Notiqlik nutqi o‘ziga xos nutq tipi, mahoratli va san’atkorona nutq sifatida ma’lum lisoniy hamda nolisoniy vositalar yordamida ro‘yobga chiqadi, shakllanadi. Notiqlik nutqini yaratuvchi vositalarga lug‘aviy (maxsus atamalar, uslubiy xoslangan so‘zlar), grammatik (morfologik va sintaktik belgilari), nutqning ekstralingvistik (imo-ishora, qo‘l harakati, muomala, turish vaziyati, mazmun), fonetik (ohang, ovoz, artikulyatsiya, diksiya, nafas, nutq sur’ati, to‘xtam), badiiy (o‘xshatish, tavsif, sifatlash va b.) kabi vositalar kiradi. Qayd qilingan vositalar tilga, nutqiy uslubga va tildan tashqari bo‘lgan imkoniyatlarga tayanuvchi murakkab tizimdir va ular ma’noviy, uslubiy hamda funksional imkoniyatlarga, qo‘llanish darajasiga ko‘ra farqlanadi. Shu sababli ularni ma’lum guruhlarga ajratib tahlil qilish talab qilinadi. Bu o‘rinda M.Mukarramovning ko‘yidagi fikrini eslash mumkin: «Har bir funksional stilning o‘z stil sathlariga ega bo‘lishi unda qo‘llangan til birliklarining gruppalanishida ham ko‘rinadi, ya’ni til birliklari funksional stilning stil sathlari belgilariga mos qo‘llanishiga majbur bo‘ladi. Til birliklarining funksional stillarga xoslanish belgisi fonetik, leksik va grammatik jihatdan bo‘lib, ularni o‘rganish stilistikaning asosiy masalalari sanaladi». Notiqlik nutqida qo‘llanadigan vositalarni quyidagicha guruhlashtirish maqsadga muvofiqdir: 1.Lisoniy vositalar: 1) lug‘aviy-ma’noviy vositalar; 2) grammatik vositalar (morfologik, sintaktik vositalar); 3) fonetik-fonologik vositalar. II. Badiiy vositalar. III. Nolisoniy (yordamchi) vositalar. Quyida qayd qilingan vositalar notiqlik nutqi misolida tahlil qilinadi. 97 Qayd etib o‘tilganidek, o‘zbek nutq madaniyati va uslubiyatini o‘rganish o‘zbek tilshunosligi oldida turgan dolzarb muammolardan biridir. Nutq madaniyati tushunchasi bir tomondan nutqning adabiy til me’yorlariga mos kelishi darajasini bildirsa, ikkinchi tomondan bu tushuncha tilshunoslik fanining adabiy tilini yana takomillashtirish maqsadida uning me’yorini belgilash bilan shug‘ullanuvchi sohani ham ifoda etadi. Nutqning to‘g‘riligi uning adabiy til me’yorlariga mosligidir. Nutq madaniyati adabiy til me’yorlariga mos holda to‘g‘ri so‘zlash va yozishdir. Nutq madaniyati fikrni sodda, to‘g‘ri va aniq ifodalash, tilning tasviriy va obrazli vositalaridan unumli, o‘z o‘rnida foydalana bilishdir. Fikrni go‘zal ifodalash nutq madaniyatini egallashga bog‘liq. Notiqlikni yuzaga keltiruvchi vositalar - lisoniy va nolisoniy vositalarni to‘g‘ri anglash va qo‘llash aniq, qisqa, mazmunli, go‘zal nutqqa erishishning omilidir. Nutqiy uslublar va nutqiy uslubiyat sohasining asosiy vazifasi og‘zaki va yozma nutqni maqsadga muvofiq, mavzu va vaziyatga mos ravishda shakllantirishdir. Notiqlik – nutq madaniyatining yuqori pog‘onasi, fikr ifodalashning alohida bir uslubi, usuli. Notiqlik nutq madaniyatining ma’lum erishilgan darajasi bo‘lib, u chuqur tahlil va amaliy tavsiyalarga muhtojdir. Nutq madaniyati va uslubshunoslik masalalari bilan jiddiy shug‘ullanish yaqin yillarda boshlandi, deyish mumkin. Bu holni o‘zbek tilshunoslari R.Qo‘ng‘urov, E.Begmatov, Yo.Tojievlar «Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari»130 kitobida ta’kidlab, o‘zbek nutqi madaniyati va uslubiyatining o‘rganilishida o‘zbek tilshunosligida hali yagona usul yo‘qligini yozishgan. Nutq madaniyati va uslubiyat masalalari haqida so‘z borganda, avvalo, bu ikki sohaning o‘zaro aloqador va farqli tomonlariga aniqliklar kiritish o‘rinli: «...uslubiyat va nutq madaniyati Qo‘ng‘urov, Begmatov E., Tojiev Yo. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari.-T.: O‘qituvchi, 1992. 3-b. 130 98 tilshunoslikning bir-biriga aloqador, ammo alohida mustaqil sohalaridir: «- uslubiyat sohasi nutq madaniyatini ko‘tarishga yordam beradigan omillardan biridir; - nutq madaniyati sohasi nutqni va umumiy til hodisalarini uslubiy planda, tilning barcha uslubiy ko‘rinishlarini hisobga olgan holda o‘rganishi lozim».131 Nutq madaniyati tushunchasining mohiyatini, ilmiy yo‘nalish sifatida bu sohaning maqsad va vazifalarini aniqlash ko‘p jihatdan nutq bilan nutqiy uslublarni to‘g‘ri belgilashga bog‘liqdir. Uslubiyat fani og‘zaki va yozma nutq madaniyati bilan shug‘ullanar ekan, kishilarni so‘z san’atiga, nutq vositalari ustida ishlay olish usullariga ham o‘rgatmog‘i lozim. Avval ham ta’kidlanganidek, tilshunoslik fanida uslubning turlari haqida turli fikrlar mavjud. Funksional uslublar muammosi yuzasidan olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra,ushbu muammo uslubshunoslikning markaziy masalalaridan biri hisoblanadi va u tilning kommunikativ (muloqot), informativ (aloqa, xabar), emotsional-ekspressiv (ta’sir etish) vazifalari bilan bog‘liqdir. Til orqali biz kishilarga xabar berishimiz (informativ aloqa), ta’sir etishimiz (emotsionalekspressiv ta’sir), o‘zaro fikr almashishimiz (komunikativ muloqotga kirishish) mumkin.132 Bu vazifalarni amalga oshirishda tarixan shakllanib kelingan funksional uslub turlaridan foydalaniladi. Ularning har birini bajaradigan funksiyalarini inobatga olgan holda o‘rganish maqsadga muvofiq, bo‘ladi. Quyida uslub turlariga qisqacha to‘xtalamiz: 1. So‘zlashuv uslubi - kishilarning kundalik norasmiy, erkin muomalalari doirasida til birliklarining o‘ziga xos amal qiluvi, asosiy vazifasi kommunikativ muloqot. 2. Rasmiy uslub - o‘zbek adabiy tilining ma’muriy va huquqiy ishlarida amal qiladigan rasmiy ish qog‘ozlari uslubi, asosiy vazifasiinformativ aloqa. 3. Ilmiy uslub - fan, texnika va ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan vazifaviy uslub turi, asosiy vazifasi: xabar, informativ aloqa va emotsionalekspressiv ta’sir etish. 5.Badiiy uslub - badiiy asarlar tili,til materialini qamrab olish 131 132 O‘sha asar. 68-b. Кохтев Н. Основы ораторской речи. – М.: МГУ, 1992. – С. 86. 99 imkoniyatining kengligi hamda asosiy vazifasi -emotsional-ekspressiv ta’sir etish, estetik vazifani bajarish. Notiqlikning uslubiy funksiyalariga to‘xtalsak, ular quyidagilardan iboratdir: o‘zida ta’sirchanlik, obrazlilik, ishontiruvchanlik kabi xususiyatlarni mujassamlashtiruvchi notiqona nutq; asosiy vazifasi-informativ aloqa, emotsionalekspressiv ta’sir qilish, kommunikativ muloqot, ya’ni boshqa funksional uslublarning vazifalarini o‘zida qamrab olgan chiroyli va ta’sirchan, badiiy etuk nutq san’atidir. Yuqorida qayd etilgan uslub turlari kishilik jamiyatining barcha jabhalarida qo‘llanadi. Uslub turlari tilning asosiy vazifalariga asosan bo‘linib, lisoniy vositalar tizimi bilan ajralib turadi. Kitobiy uslub turlari uslublararo, holis (shahar, uy, inson, ulov kabi) lisoniy vositalar hamda o‘ziga xos funksionaluslubiy bo‘yoqdor til vositalari bilan ifodalanadi. Til vositalarining tanlab olinishida nutq mavzusi, mazmuni, tilning ifoda shakli (og‘zaki, yozma), nutq turi (monolog, dialog), muloqot usuli (jamoa, shaxsiy), nutq janri (lavha, musohaba, hikoya, ilmiy maqola va b.), bayon usuli (munozara, mulohaza), muallif tutgan nuqtai nazarning ifodalanishi (xolislik, xolisona baholash, sub’ektiv munozara) kabilar nazarda tutiladi.133 Notiqlik san’ati funksional uslublarning turlari bilan bog‘liq holda kelishi, bunda nutq notiqlik tusida berilib, notiqlikka xos uslubiy vositalarni olishi mumkin (uslubiy ma’no kasb etgan lug‘aviy, grammatik vositalar, lisoniy vositalarning berilishi), masalan: «...Belini bog‘lab kanal qazgan, qor ostida bir chigit tergan, tunlari yostig‘iga yig‘lab, shamlarga sirlarini aytgan, yuzlarida oy muchilgan o‘zbek kelinchaklarining joni qirqtamidi?! Alpday bo‘lib jangga ketgan o‘g‘lidan kelgan qoraxatni tumor qilib taqib yurgan, har bir kuni ayriliq do‘zaxida kuygan onalarning bardoshi toshdan edimi?.. Onalar-xalqning timsoli, Onalar Vatan yuziga tutilgan oyina. Shu sababli ham zaifa atalgan jonda qudrat, tavonlik, kutb yulduziday 133 Кохтев Н. Основы ораторской речи. – М.: МГУ, 1992. – С. 87. 100 sobitlikni jamuljam etmish...»134 -ushbu nutq parchasida notiq har bir aytilayotgan so‘zga, gapga, so‘z bog‘lamalariga alohida munosabatda bo‘lganligi sababli ommabop nutq notiqlikka xos vositalar orqali ifodalanadi. Bunga yubiley, qutlov, ta’ziya, tost, aybnoma, hukm, hutba, duo, tavba kabilar kiradi. Masalan, yurtboshimiz tabrik nutqlari, murojaatlari, A.Oripovning «Teran qalb», «Insoniy tuyg‘ular kuychisi» kabi tabriklari, A.Qahhorning «Til haqida nutq»i, H.Olimjonning «Men o‘zbek xalqi nomidan so‘zlayman!» deb boshlangan nutqi, Qodir Mahsumov, Tursunoy Sodiqova, H.Umarov, Yo.Ahmedov, Rahmatilla qori va boshqalarning nutqlarini keltirish mumkin.135 Notiqlik nutqida ta’sirchanlik, obrazlilik, ko‘tarinkilik, ehtiros kabi xususiyatlar mujassamlashtirilib, ular ohang va harakatlarda, ritorik so‘roq gaplar, tayyor nutqiy qoliplar, maqol, matal, hikmatli so‘zlarni qo‘llash orqali ifodalanadi. Bu vosita va usullar mazmuniy-funksional uslublarning boshqa turlarida qo‘llanmasligi, notiqlikni yuzaga keltiruvchi uslubiy vositalar, ya’ni notiqlik san’ati usullarining yaratilishiga asosdir. Notiq nutqning yuzaga kelish vositalari odatdagi uslubiy vositalar doirasida bo‘ladi, ammo bu vositalarning alohida, ta’sirchan turlari nutqda tanlab olinadi. Masalan, leksik vositalarda - yurt o‘rnida diyor, zahar - og‘u, xushtor - oshiq, xalq - el, ulus, xomush-ma’yus, gul - chechak; morfologik vositalar - asablar, dadasi, toychog‘im, kelinchak va b.; sintaktik vositalar - ritorik so‘roq gaplar (Bolajonimni kim sevmaydi?!), ta’kid ma’nosidagi so‘roq gaplar, sintaktik qoliplar kabilarni ko‘rishimiz mumkin. Yuqoridagi fikrlarimizga xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, notiqlik nutqining yuzaga kelishida uslubiy vositalar, usullar, omillarning ahamiyati kattadir, chunki bu vositalar notiqlikni san’at darajasiga ko‘tarilishida muhim rol o‘ynaydi. Ishonch. № 3. 2001. O. Ho‘jaeva «Eng katta davlat» maqolasidan. Yuqorida tilga olingan notiqlarning nutqlari magnit tasmasiga yozib olingan va daliliy misol tariqasida keltirilgan. 134 135 101 Notiqlik va nutq madaniyati masalalari S.Inomxo‘jaev, E.Begmatov, Lola Xo‘jaeva, Yo.Tojiev,S.Karimov, T.Qudratovlarning risola, maqolalarida va ba’zi kollektiv tadqiqotlarda yoritilgan.136 Yuqorida nomlari ta’kidlab o‘tilgan mualliflarning ishlaridan ma’lum bo‘ladiki, o‘zbek uslubshunosligida ham nutq madaniyati, notiqlik va uning nazariy masalasi yuzasidan anchagina tadqiqotlar o‘tkazilgan. Ammo bu izlanishlarning aksariyati notiqlikning, nutq madaniyatining ayrim tomonlarinigina yoritib berishga qaratilgan bo‘lib, masalaning ijtimoiy-lisoniy yo‘nalishini yoritish kun tartibida turadi. Notiqlik masalasining lisoniy va nolisoniy unsurlariga – yaratilish vositalari usullariga ahamiyat berish zarur. Notiqlikka faqat san’at sifatida qaralib kelingan, shu san’atni yaratuvchi uslubiy vositalar, usullar haqidagi izlanish bugungi kunning dolzarb muammolaridandir. Rus tilshunosligi tarixida notiqlik san’ati, uslubiyat, nutq madaniyati muammolari bilan shug‘ullanish dastlab Petr 1 davrida boshlanadi. Rus olimi M.V.Lomonosov rus tili nutq madaniyati masalasiga jiddiy qarab, uni nazariy asoslab berdi, amaliy ahamiyati haqidagi o‘y-fikrlarini «Rus she’riyati qoidalari Qarang: Inomxo‘jaev S. Notiqlik san’ati asoslari.-Toshkent: O‘qituvchi, 1982. Begmatov E.NotiQning nodir boyligi.-T.: O‘zbekiston, 1980; O‘sha muallif. Adabiy talaffuz madaniyati.-T.: O‘zbekiston, 1982: O‘sha muallif-Nutq gavhari.-T.: O‘zbekiston, 1984; O‘sha muallif. Nutq madaniyati problemasining paydo bo‘lishi va asoslanishi NutQ madaniyatiga oid masalalar. -T.: Fan, 1973. 164-169-betlar; Tilshunoslikning muhim sohasi.//O‘zbek tili va adabiyoti, 1973, 3-son, 44-46-betlar; O‘sha muallif. Nutq madaniyati tushunchasi haqida. O‘zbek tili va adabiyoti, 1975, 5-son, 48-53-b; O‘sha muallif. Nutq madaniyati mezonlari//O‘zbek tili va adabiyoti, 1976, 3-son, 60-64-b; O‘sha muallif. Notiqlik mahorati.-T., 1979; O‘sha muallif. Nutq madaniyati masalalari// O‘zbek tili va adabiyoti. 1980. 4-son, 54-59-b.; Qarang: Ho‘jaeva L. Notiqlik san’ati.-T.: O‘zbekiston, 1967.; Begmatov E., Boboeva A., Asommiddinova M. Nutq madaniyati va adabiy norma.-T.: 1973. Begmatov E., Boboeva A., Umurqulov B. O‘zbek nutqi madaniyati ocherklari. –T.: Fan, 1988.; Begmatov E., Tursunpo‘latov M. O‘zbek nutqi madaniyati asoslari.-T., 1992.; Qo‘ng‘urov R. Begmatov E., Tojiev Yo. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari.-T.: O‘qituvchi, 1992 va b.; Qudratov T. Nutq madaniyati asoslari.T.: O‘qituvchi, 1993.; O‘rinboev B., Soliev A. Notiqlik mahorati. – T.: O‘Qituvchi, 1984. 136 102 haqidagi maktublar» (1739), «Nutq madaniyati bo‘yicha qo‘llanma» (1748) kabi ilmiy asarlarida yoritib o‘tdi.137 Uslubiyat, nutq madaniyati sohalarini jiddiy o‘rganishga rus tilshunosligida 1920-1930 yillarda kirishildi.138 Bu masala bilan A.F. Koni, R.A.Budagov, R.Piotrovskiy, L.I.Skvorsov, E.A.Nojin, D.E.Rozental, V. Aksyonov, E.A. Adamov, E.M.Yaroslavskiy, S.I.Ojegov va boshqa shu kabi rus tilshunos olimlari shug‘ullandilar. Rus sud notiqligining yorqin namoyandalaridan biri, notiqlik nutqi nazariyotchisi A.F.Koni (1844-1927) notiqlik san’ati haqida ko‘plab maqolalar muallifidir. A.F.Koni: «Notiqlik - badiiy san’at qatoriga kiradi, chunki notiq shoir kabi badiiy obraz yoritishiga to‘g‘ri kelgan chog‘lari ham bo‘lib turadi», - deb yozadi. Uning fikricha, notiqlik ko‘proq og‘zaki nutqqa tayanadi, ammo «bu masalaga yondoshish turlicha»dir139, deb fikr bildirib o‘tadi. A.G.Spirkin notiqlikning mazmun-mohiyatini ochishda asosiy omillaridan biri – mantiq ekanini uqtiradi140. G.Z.Apresyan esa birinchilardan bo‘lib notiqlik uslubi masalasi xususida to‘xtaydi. Uning fikricha: «Bir ma’ruzani ikki ma’ruzachi ikki xil tarzda o‘qiydi. O‘n tashviqotchining o‘z uslubi, talqin etish usuli, o‘ziga xosligi bor»141. D.E.Rozental notiqlik nutqi, avvalom bor, madaniyligi bilan, o‘ziga xosligi, mazmunan barkamolligi, badiiyligi va grammatik to‘g‘riligi jihatidan ajralib turishini tasdiqlaydi142. E.A.Nojin notiqlik nutqini o‘rganib, grammatik, sintaktik, fonetik nuqtai nazardan to‘g‘ri tuzilgan nutqning mahoratga erishishini ta’kidlaydi.143 Apresyan G.Z. Notiqlik san’ati. – M.: MGU, 1978. 41-b. Apresyan G.Z. O‘sha asar. 63-b. 139 Qarang: Koni A.F. Tanlangan asarlar. -M., 1 j. -1959. 140 Спиркин А. Философские основы методики лекционной пропаганды. № 1. -М.: Знание-народу, 1969. 141 Apresyan G.Z. O‘sha asar. 192-b. 142 Rozental D. Nutq. Nutq madaniyati. 4-nashr, -M., 1967, 34. 143 Ножин Э. Основы ораторского искусства. –М.: МГУ, 1973.-С.45-77. 137 138 103 Notiqlik nutqi shaklan mazmunli, ta’sirchan va «shaxsiy» bo‘lsagina, tinglovchilar e’tiborini o‘ziga qarata oladi va minbardan aytilayotgan nutqqa nisbatan qiziqishni uyg‘otadi144. Ifodali so‘zlash inson nutqiga fayz berib turuvchi omillardan bo‘lib, uning ma’naviy ahamiyati kattadir. Shuning uchun ham ifodali, notiqona nutq kishilik jamiyatining hamma davr va bosqichlarida yuksak qadrlanadi. Notiqlik san’atining keng ijtimoiy mavqega ega bo‘lganligining asosiy sababi ham uning yuksak ma’naviy va estetik qudratligidadir. Notiqlik san’ati shakllanishida falsafa, mantiq, psixologiya, estetika, tilshunoslik va boshqa fanlarning ta’siri bo‘lgan. Falsafa notiqlik san’atini ijtimoiy faoliyat shakli sifatida o‘rganilishini; mantiq notiqlik nutqi mazmunini; psixologiya notiqlikning omillarini (ilhom, faraz, boshqarish, musohaba, tinglovchilar bilan bevosita aloqa o‘rnatish kabilarni); estetika esa notiqlikning badiiy unsurlarini ko‘rsatib beradi; tilshunoslik notiqlikning til xususiyatlarini o‘rganish bilan bir qatorda nutq mazmunini, til vositalari (uslubiy vositalar) orqali san’atning (ya’ni notiqlik san’atining nutqiy yaratilishi) tuzilishini, chiroyli, grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzilgan jumlalarni ifodalash va notiqona so‘zlash va shu xususiyatlar orqali badiiy asar yaratish (matn yozish) kabilarni tadqiq etadi.145 Notiqlik san’ati ham nutq madaniyatining bir qismi, turi. Bu san’at o‘ziga xos leksik, fonetik, grammatik va ekstralingvistik usullari bilan ifodalanadi. Demak, ifodalanishiga ko‘ra alohida uslub turini tashkil etadi. Nutq madaniyati – adabiy til me’yorlari asosida so‘zlash va yozishdir. Og‘zaki va yozma – bu ikki xil nutqni ifodalash – bu uslubdir. Bu uslub shu darajada bo‘ladiki, notiqlik san’atiga aylanadi. Shuning uchun ham ko‘p adabiyotlarda, jumladan, S.Inomxo‘jaev, L.Xo‘jaeva, Hidoy Jalilov, R.Qo‘ng‘urov va boshqalar 144 145 Апресян Г.З. Ораторское искусство. –М.: МГУ, 1976.-С. 214. Apresyan G.Z. O‘sha asar. 12-b. 104 tomonidan «notiqlik san’ati» deb yuritiladi146. Agar lingvistik aspekt nuqtai nazaridan tahlil qiladigan bo‘lsak, notiqlik san’atini yuzaga kelishida notiqlik uslubi asosiy omillardan hisoblanadi. Biz quyida notiqlikning yaratilish vositalari ustida qisqacha sharh yuritmoqchimiz. Bunda notiqlikning mazmuniy-funksional ko‘rinishlarida qo‘llanadigan vositalarga sharh beriladi. Notiqlikning mazmuniy ko‘rinishlari, ularni yaratuvchi lingvistik va ekstralingvistik vositalarning batafsil tahlili tadqiqotimizning II va III boblarida to‘liq yoritilgandir. Notiqlik nutqining yuzaga kelish vositalari odatdagi uslubiy vositalar doirasida bo‘ladi, ammo bu vositalar bo‘yoq olishi, ularning nutqdagi ta’sirchan turlari tanlab olinishi bilan ajralib turadi. Masalan, quyida vositalarning ifodalanishiga misollar keltiramiz: «Quyosh porlab turgan munavvar osmoni, sharqirab oqqan daryolari, ko‘zgudek tiniq ko‘lu buloqlari, purviqor tog‘lariga tirmashib chiqib ketayotgan azamatlar kabi archazor-o‘rmonzorlari, qir-adirlari, cho‘lu sahrolari, to‘qayzorlaru bedazorlari, ko‘m-ko‘k yaylovlari-yu paxtazor-g‘allazorlarida hayot ne’mati bor, yashash rohati va yashamoqning sirli hikmati bor! O‘zbekiston jamoli tashqaridan qaraganda ham nuroniy chehra kabi munavvar bo‘lib ko‘rinadi!»147 (Leksiyadan. Akademik notiqlik) Yuqorida keltirilgan leksiya namunasida leksik vositalardan unumli foydalanilgan. Masalan: munavvar osmon, ko‘zgudek tiniq ko‘lu buloqlari, purviqor, hayot ne’mati, yashash rohati, O‘zbekiston jamoli, nuroniy chehra – so‘z va so‘z birikmalari uslubiy bo‘yoqdor so‘zlardir. Notiqlik usulubida aynan emotsinonal-ekspressiv bo‘yoqdor so‘zlarning qo‘llanishi nutqning chiroyli, jozibali chiqishida ahamiyatga ega. Neytral so‘zlar-(ko‘k, baland) o‘rnida bo‘yoqdor so‘zlarning (munavvar, purviqor) berilishi ta’sir kuchini oshiradi. Ma’noni bo‘rtirish Qarang: S.Inomxo‘jaev. Notiqlik san’ati asoslari. –T.: O‘qituvchi, 1972; L.Xo‘jaeva. Notiqlik san’ati. –T.: Bilim jamiyati. 1967; H.Jalilov. Notiqlik san’ati. - T: O‘qituvchi, 1976; R.Qo‘ng‘urov, Ё.Tojiev. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari. -T.: O‘qituvchi, 1992. 147 Aminov B. Vatan – юrakdagi javohir. -T.: O‘qituvchi, 1996. 14-b. 146 105 maqsadida ko‘m-ko‘m yaylovlariyu paxtazor-g‘allazorlari, yashash rohati, yashamoqning sirli hikmati kabi iboralari qo‘llangan. Leksiyaning samarali chiqishida, albatta, leksik vositalardan ta’sirchan turlari tanlab olinadi. Buni yuqorida keltirilgan matn namunasida ko‘rdik. «Amir Temurning islom diniga bo‘lgan munosabatidagi eng muhim qirra, bu – musulmonchilik aqidalarining jamiyat osoyishtaligi, ravnaqi, ijtimoiy adolat, iymon butunligi, ma’naviy poklik uchun xizmat qildirishga safarbar etilishidir...»148 (Siyosiy faollar nutqi namunasi) Ushbu parchada morfologik vositalar ma’no kuchayishga xizmat qiladi: -chilik, -lar shakllari ma’noni kuchaytirib matn mazmuniga o‘zgacha ma’no beradi: musulmon aqidasi emas, aynan, musulmonchilik aqidalari; jamiyat, adolat so‘zlari ot so‘z turkumiga oid so‘zlardir, uslubiy xoslanish yuzaga kelishi natijasida ijtimoiysiyosiy leksikaga aylangan; -lar shakli ma’noni kuchaytirish vazifasida keladi: «Shuni hammaga aniq qilib etkazishimiz zarurkim, u davrlarga mutlaqo qaytish yo‘q. Bu-boshi berk yo‘l. Bu qashshoqlik, zararli va boqimandalik, mutelik yo‘lidir».149 (Parlament nutqidan parcha. Ijtimoiy-siyosiy notiqlik). Ushbu nutq parchasida davrlarga so‘zida kelgan -lar affiksi ma’noni kuchaytiradi. Bundan tashqari emotsional-ekspressiv leksika uslubiy bo‘yoqdor leksik vositalardan ham ma’no kuchaytirilishida foydalanilgan: qashshoq, boqimandalik, mutelik kabi. Uyushiq bo‘lakli sintaktik konstruksiyalarning qo‘llanishini kuzatishimiz mumkin. Yuqorida keltirilgan leksiya namunasida uyushiq bo‘lakli sintaktik vositalardan unumli foydalanilgan - daryolari, osmoni, buloqlari, tog‘lari, archazoro‘rmonzorlari, qir-adirlari, cho‘lu sahrolari, to‘qayzoru bedazorlari; hayot ne’mati, yashash rohati, sirli hikmati-kabilar ma’noni kuchaytiradi. Yoki ikkinchi Karimov I.A. Amir Temur haqida so‘z. –T.: O‘zbekiston, 1996.-58-b. Karimov I.A. 12-chaqiriq O‘zb. Resp. Oliy Kengashining XIII sessiyasidagi nutqidan. 1993, 2.09. 148 149 106 namunamizda keltirilgan uyushiq bo‘lakli konstruqsiyalar xitob, hayqiriq ma’nosida jaranglaydi – qashshoqlik, boqimandalik, mutelik. «Bu-boshi berk yo‘l», «Bugun-katta sinov davri», «Vatan-barchamizniki» kabi sintaktik konstruksiyalar ham ma’noni kuchaytirib, bo‘rttirib tinglovchilar e’tiborini jalb qilish maqsadida qo‘llanadi. Ularning ba’zilari kundalik shiorimizga aylanmoqda – «Vatan barchamizniki», «Mustaqillik karvoni yo‘lga chiqdi», «Vatanni sevmoq iymondandur», «Vatan-sajdagoh kabi muqaddasdur!» va hokazo. Notiqlik uslubining yuzaga kelishida badiiy vositalardan ham keng foydalaniladi. Quyida badiiy vositalardan takrorning qo‘llanishiga e’tiboringizni qaratmoqchimiz. Takrorlardan parlament nutqida unumli foydalaniladi. Diqqatni jalb qilish, qaratish, e’tiborni kuchaytirish maqsadida qo‘llanadi: «Bugun-katta sinov davri. Bugun –O‘zbekiston zaminida yashayotgan har bir inson o‘z vijdoni oldida javob beradigan davr». Ma’noni kuchaytirishda yoki ta’kidlash ma’nolarini berishda yuklamali konstruksiyakiyalardan ham o‘rinli foydalaniladi: ko‘lu buloqlari, cho‘lu sahrolari, yaylovlariyu, to‘qayozoru bedazorlari va h.zo. Badiiy vositalardan biri o‘xshatish ham notiqlik uslubida qo‘llaniladi. Notiqlikda badiiy vositalardan tilga rang-baranglik berish, badiiylikni kuchaytirish, ta’sir kuchini oshirish maqsadida foydalaniladi: «Bitdim kitobi mavtiz masal, O‘qusa tatir til olishtek asal...»150 (Hikmatli so‘z va nasihat kitobini bitdim, uni kim o‘qisa asal totgandek bo‘ladi) - ushbu badiiy notiqlikka xos misolimizda o‘xshatishning -dek shaklidan foydalanilgan bo‘lib, ma’no kuchaytiriladi. Albatta, bu erda o‘xshatishning – tek (tarixiy shakli asl variantda) shakli kelgan, hozirda uning-dek varianti tilimizda unumli qo‘llaniladi. Badiiy notiqlikda o‘xshatishlarning turli shakllaridan unumli foydalaniladi. Ularning batafsil tahlili, yuqorida ta’kidlaganimizdek, tadqiqotimizning keyingi sahifalarida berilgan. Ahmad Yugnakiyning «Hibbatul haqoyik» asaridan. Qarang: R.Qo‘ng‘urov. O‘zbek tilining tasviriy vositalari. -T.: O‘qituvchi, 1984. 38-b. 150 107 Notiqlik uslubida sintaktik vositalardan ritorik so‘roq gapli konstrukiyalarni, his-hayajonli gaplarni uchratamiz. Ularning qo‘llanishidan maqsad ta’sir kuchini oshirish va xissiyotlarga ta’sir etish, shu bilan to‘g‘ri fikr yuritishga undashdir: «Insoniyat, mamlakatlar va halqlar hayotida XX asr poyoniga etmoqda... Bu yorug‘ olamda biz kimmiz va ne bir sir-sinoatmiz, qayoqqa qarab ketyapmiz? Insoniyat yangi – XXI asrga qadam qo‘yganda, bizning o‘rnimiz qaerda va qanday bo‘ladi?..»151 yoki «Amir Temur o‘zbek xalqining ko‘p ming yillik tarixiy ravnaqida tasodifiy shaxs, umuman temuriylar davridagi yuksalish esa shunchaki behosdan yuz berib qolgan hodisa emas! U bir necha ming yillik tarixiy tajriba, buyuk an’ana, tom ma’noda shakllangan madaniy-ma’naviy jarayon mahsulidir!»152 (Ijtimoiy-siyosiy notiqlik.) Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkini, notiqlik nutqining o‘z ifodaviy vositalari, lingvistik va ekstralingivistik vositalarining borligi ham uning xususiy belgilaridan bo‘lib, funksional uslublardan farqlanuvchi xususiyatidir. Karimov I.A. O‘zbekiston XXI bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiёt kafolatlari. -T.: O‘zbekiston, 1997. 3-b. 152 Karimov.I.A. Amir Temur haqida so‘z. -T.: O‘zbekiston, 1996. 47-b. 151 108 3.4. Notiqlikning yordamchi (nolisoniy) vositalari Har bir nutqning muhim qo‘shimcha uslubiy belgisi bor. Notiqlik nutqining muhim qo‘shimcha belgilaridan biri – bu nolisoniy (ekstralingvistik) vositalaridir. Bu vositalar notiqlik nutqini yaratuvchi lisoniy vositalarga qo‘shimcha bo‘lib, fikrni, maqsadni tinglovchilarga etkazishga yordam beradi. Notiq o‘z ichki dunyosi, so‘zlash mahorati bilangina emas, balki tashqi qiyofasi va o‘zini tutishi bilan ham tinglovchilarga namuna bo‘lishi kerak.153 Notiqning nutqi jonli va ta’sirchan bo‘lishida qo‘l harakati (jest), turish vaziyati (poza), imo-ishora (mimika) kabi nolisoniy vositalardan unumli foydalanib, nutq jarayonida yordamchi vosita sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Nutq jarayonida notiq ortiqcha harakatlarga berilib ketishi natijasida, bunday nutq, oldiga qo‘yilgan maqsadga erisha olmasdan, faqat «gavda o‘yiniga» aylanib qoladi. Agarda ekstralingvistik vositalardan o‘z o‘rnida foydalanilsa, bunday nutq tinglovchilarga tezroq etib borishi va kuchliroq ta’sir etishiga erishiladi. Qo‘l haraqati (jest)ni juda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Ortiqcha qo‘l harakati notiqning faoliyatiga zarar etkazadi. Chunki tinglovchilarning e’tibori mavzuda emas, betinim harakatlanayotgan qo‘llarda bo‘ladi. Shuni unutmaslik kerakki, notiqlikda fikr, his-tuyg‘u orqali ifodalanadi. Bo‘lar-bo‘lmasga qo‘lni pahsa qilish tinglovchining asabiga tegadi va xayolini chetga tortadi. Qo‘l harakatidan ijtimoiy-siyosiy notiqlikning deyarli barcha ko‘rinishlarida (tashviqot nutqi, yig‘indagi hisobot ma’ruzalarida-xitob qilish, undash kabi holatlarni ifodalashda va b.) qo‘llaniladi. Ijtimoiy-maishiy notiqlikning yubiley maqtov nutqlarida (agarda u rasmiy tabrik bo‘lsa) qo‘l harakatiga ortiqcha ehtiyoj 153 Jalilov H. Notiqlik san’ati.-Toshkent: O‘zbekiston, 1976. 68-b. 109 sezilmaydi, norasmiy uchrashuvlarda esa me’yoriy harakatdan chiqib ketmaslik kerak. Tost-tabrik nutqida qo‘l (davrani olib boruvchi so‘zamon nazarda tutilmoqda) mikrofon bilan band bo‘lishi yoki me’yoriy (ehtirosni ifodalovchi) harakatlar bajarilishi kuzatiladi. Akademik notiqlikda notiq qo‘lida hech narsa bo‘lmasligi yoki bo‘r, qalam, ko‘rsatkich turishi ham mumkin. Ba’zi notiqlar qo‘lida ko‘zoynak, tezislar yozilgan kartochkalarni ko‘ramiz. Nutq samarasi qo‘lidagi narsaga emas, balki nutqning o‘ziga, notiqning mavzuni yoritib berish usullariga bog‘likdir. Asosiy maqsad – ishonchli dalillar asosida nutq manbaini tinglovchilarga etkazishdan iborat. Diniy notiqlikda qo‘l harakatli ham doimo me’yorda qo‘lladi. Sud notiqligida, xususan, tergov jarayonida o‘ziga xos qo‘l harakatlarini (jestikulyatsiya) kuzatish mumkin. Yuristlar nutqida bunday harakatlarni, aniqrog‘i vositalarni kinetik vositalar deb atashadi.154 Nafaqat qo‘l harakatlari, mimika (imoishora) ham kinetik vositaga kiradi. Bu harakatlarning qo‘llanish doirasi bir muncha chegaralgan bo‘lsa-da, ammo u nutqiy jarayonda yordamchi vosita sifatida muhimdir. So‘zamol notiq (advokat, huqukiy shaxs) bu kabi yordamchi vositalarsiz ham o‘z nutqini ifodalashi, o‘z vazifasini hayotiy misollar bilan boyitib nutqiy mahoratga erishishi mumkin. Masalan, tergovchi o‘z xulosalarini bayon qilgach, ikki barmog‘ini bir-biriga panjara qilib ko‘rsatish, ba’zan ko‘rsatkich barmog‘i bilan bosh barmog‘ini to‘pponcha qilishi – birinchisida «qamalmoq», ikkinchisida «otilmoq» tushunchalarini bildiradi. Badiiy notiqlik emotsionallikni talab qiladigan nutqiy jarayon. Unda notiq aktyorlik mahoratini bajarib, asarni talqin etishi, mohirlik bilan ijro etishi mumkin. Badiiy nutq sohibi ulkan iste’dod egasi bo‘lishi kerak: Shukur Burhonov, Erkin 154 Qonun himoyasida. ¹10(58) 2000. Юristlar nutqi. 21-b. 110 Vohidov, Abdulla Oripov, G‘ani A’zamov, Nabi Rahimov va boshqa mohir badiiy nutq sohiblarini ko‘rsatishimiz mumkin. Xullas, qo‘l harakatidan har doim o‘z me’yorida foydalanish notiq nutqining mahoratli chiqishini ta’minlaydi. Imo-ishora (mimika) va ko‘z nigohi asosiy ekstralingvistik belgilaridan biridir. Imo-ishoraning tabiyligi notiq ruhiy ahvolini ko‘rsatadi. Notiqlik nutqida imoishoraning qo‘llanishi katga psixologik ahamiyatga egadir. Qadimgi yunon notig‘i Demosfen imo-ishoraning ahamiyatini ta’kidlab, «notiqqa kerak bo‘lgan belgi – imo-ishora, imo-ishora, imo-ishora!»155-degan edi. Ijro etilayotgan asar yoki so‘zlanayotgan nutq jarayonida lozim topilganda ularni qo‘llashdan qo‘rqmaslik kerak. «Ko‘z yurakning oynasi» deb bekorga aytishmagan, imo-ishora ham, ko‘z nigoxi ham avval yurakdan, ichki kechinmadan boshlanib, tabiiy ravishda yuzda aks etishi lozim. Tinglovchilarga nisbatan mehr-oqibatli bo‘lgan notiqqina nutqiy mahoratga erisha oladi, chunki aynan nigohidan tinglovchilar mehrni xis qiladi va nutqqa e’tibor qilinadi. Notiq tinglovchilardan ko‘zini yashirmasligi kerak. Mavzuni to‘liq egallagan notiq tinglovchilarga diqqat bilan razm solishi va ma’ruzani zo‘r havas va ishtiyoq bilan so‘zlashi mumkin. Masalan, ijtimoiy-siyosiy notiqlik nutqida jasur nigoh sohibi Z.Almatov, diniy notiqlikda Rahmatilla Qori, Fozilxon qori, Orzuqo‘l o‘g‘li, ijtimoiy-maishiy notiqlikda Sh.Qayumov, badiiy nutq sohiblari Yoqub Ahmedov, Tesha Mo‘minov va b., akademik notiqlikda F.Abdullaev, M.Yusupova, S.Soliev va b., sud notiqligida H. Sulaymonova, U. Mingboev kabi nutqiy mahorat sohiblarini misol tarzida ko‘rsatishimiz mumkin. Notiqona o‘qish, so‘zlash san’atida qaddi-qomat holati, turish vaziyatga (poza)ga ehtiyotkorlik bilan yondoshish kerak. Bunday holda kamtarona, sodda, 155 Об ораторском искусстве. -М., Политиздат, 1974. – С. 70. 111 tinglovchilarga ehtirromni saqlagan holda, og‘irlikni ikki oyoqqa berib turish lozim. Nutq so‘zlash jarayonida zaruruat tug‘ilsa, vaziyatni o‘zgartirish mumkin. To‘g‘ri va qulay turish holatini egallagan notiq fikri mavzuni yoritilishida ham ahamiyatga ega. O‘zini noqulay sezgan notiqning fikri uning hatti-harakatlarida ayondir: o‘zini har tarafga tashlab, besaranjom bo‘ladi, bu holat uning nutqiga ham ta’sir qilishi aniq. Ekstralingvistik belgilarning barchasi-notiq individual xususiyatlariddandir. Ularni qo‘llash ham notiq xarakteridan kelib chiqqan holda bo‘ladi. Notiq har doim ham o‘zligicha qolishi shartdir. Oyna oldida turib olib, kun davomida qo‘l, gavda harakatini mashq qilgan notiq har doim ham yaxshi natija ko‘rsata olmaydi. Shuning uchun notiq doimo o‘z holicha qolib, me’yorida harakatlanishi va eng asosiysi tinglovchilarning mavzuni qay darajada qabul qilayotganliklariga e’tibor qilishi lozim. Ammo dastlabki mashqlar ham zarur. Imo-ishora, qo‘l, gavda va barcha harakatlar tabiiy bo‘lishi lozim. Bu yordamchi vositalar nutqni mazmunan boytishiga va tinglovchiga kuchli ta’sir eta olishga yordam beradi. L.Soper aytganidek: «Notiq, tinglovchi, nutq bir butunlikni, yig‘indini tashkil etgandagina nutq haqiqiy muloqot, haqiqiy mahorat bo‘la oladi».156 Yordamchi vositalardan o‘rinli foydalansagina tinglovchilarni o‘z nutqiga qiziqtira oladi va o‘zaro muloqotni mustahkamlaydi. Notiqlik nutqida emotsional holat ham ahamiyatga molik. Notiq badiiy notiqlik, ijtimoiy-maishiy notiqlik nutqlarida shu holatdan foydalanib, nutq mavzusini to‘liq yoritib berishi, talqin etishi mumkin. Lyokin jiddiylikni talab qiladigan diplomatik nutq, akademik notiqlik ko‘rinishlarida emotsiyaga berilib ketishi noo‘rindir. Notiqning vazifasi tinglovchilarni ishontirish, ta’sirlantirishdir; jiddiylikni talab qiladigan nutq ko‘rinishlarida esa – bunday holatga tushish – huddi 156 Сопер Л. Основы искусства речи. – М.: Изд. Агент. «Яхтсмен», 1995. - С. 7. 112 masharaboz o‘yiniga o‘xshab qoladi. Har bir harakatning o‘z me’yori va o‘z qo‘llanish vaqti va o‘rni bo‘ladi. Noo‘rin qilingan harakatlar nutqning ta’sirini sustlashtiradi. Notiq o‘z nutqi jarayonida yana texnik vositalardan foydalanishi mumkin. Asosan bunday vaziyatlar akademik notiqligida (leksiya jarayonida), diniy notiqlikda (film orqali biror voqeani ta’riflash), ijtimoiy-maishiy notiqlikda (film ko‘rsatish, biror shaxsning yubileyida ko‘rgazma uyushtirish (ish yakuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan taqdimot kechasi)-rassom bo‘lsa, asarlari kolleksiyasining taqdimoti va ishning natijasini namoyish qilishi va h.zolar)da qo‘llaniladi. Texnik vositalardan foydalanish axborotning mazmuniga bog‘liq. So‘zamol notiq bunday vositalarsiz ham nutqni mohirlik bilan o‘qishi mumkin. Lyokin vaziyat talab qilgan joylarda texnik vositalardan foydalaniladi. Xullas, nolisoniy vositalardan me’yorda foydalanilsa, notiq maqsadiga erishadi, fikrining yoritilishida yordamchi vositalar unga qo‘l keladi. 113 XULOSALAR 1.O‘zbekistonning tashqi siyosat konsepsiyasini har tomonlama puxta asoslash yo‘lidan borayotgan bugungi kunida dunyo andozalari darajasida faoliyat yurituvchi bilimdon, har tomonlama etuk mutaxassis kadrlarni tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi. Shunga ko‘ra, mazkur kadrlar tayyorlanishiga ehtiyoj oshadi va ixtisosligi borasida talabga urg‘u beriladi. Bugungi kun oliy ta’lim muassasalari hamda filial tinglovchilari nafaqat ta’lim va tarbiya jarayonlarining tashkiliy huquqiy asoslari borasidagi tegishli bilimga ega bo‘lishi, balki o‘z sohasiga aloqador qonun hujjatlari, qonun osti hujjatlari, jumladan farmonlar, farmoyishlar, qarorlar va buyruqlar, ularning ijrosi bilan bog‘liq ustuvor ko‘rsatmalar mohiyatini tahlil etishi va nutqida ifodalay olish ko‘nikmasini egallashi dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. 2. Nutq madaniyati va notiqlik san’ati nazariy va amaliy jihatdan, jumladan, notiqlik tarixining nutqiy amaliyot va madaniyat ko‘zgusidagi ifodasi, mutaxassis nutqining kommunikativ tasnifi, notiqlikning tarixiy rivojlanish bosqichlari, nutq texnikasini egallash va ovozdan mohirona foydalanish usullari, nutqning psixologik va ekstralingvistik asoslari borasidagi masalalar mohiyatini tadqiq etish, nutq madaniyatining o‘ziga xos jihatlarini tadqiq qilish bo‘yicha xulosalar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqot ishi maqsadidan kelib chiqib quyidagi vazifalar belgilab olindi: nutq jarayonida innovasion axborot-kommunikasiya va interfaol pedagogik texnologiyalarni keng joriy etgan holda mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarida notiqlik san’ati fanini o‘qitish sifatini tubdan yaxshilash, shuningdek, fan doirasidagi samarali usul va yo‘nalishlarni tizimli ravishda tadqiq etib, ta’limning nazariy va amaliy mohiyatini yanada rivojlantirish; Internet tarmog‘i orqali keng yoritilib kelinayotgan zamonaviy, xorijiy texnologiyalarni qo‘llash tajribasini keng talqin qilgan holda, foydalanish usullarini fan tizimiga asosli ravishda tatbiq qilish, joriy etish va o‘zlashtirish yo‘llarini batafsil ochib berish; iqtidorli va talabchan yoshlarning bilim salohiyati hamda ko‘nikmalarini inobatga olgan holda notiqlikning mazmun mohiyatini tushuntirish, ko‘nikmalarini 114 takomillashtirish va fan doirasidagi axborot ko‘lamini kengaytirish; ilmiy asoslangan holda notiqlik kompleks metodlarini ishlab chiqish; mutaxassislarning o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishi borasida notiqlik sohasini o‘qitishning samarasi va uni yanada takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 3. Yaxshi nutq egasi - uquvli, qat’iyatli, o‘ziga ishongan bo‘lishi darkor, chunki va’zxonlik - katta kuch. Voiz bo‘lish uchun, so‘zning qudrati va sehrini egalash lozim. IX asrning buyuk voizlari Mavlono Koshifiy, Qozi O‘shiy, Xotam Asom va b., XII -XV asr oralig‘ida faoliyat yuritgan buyuk voizlar, allomalar, so‘zamol va go‘yandalar, o‘z davrining mashhur sohibqironi Amir Temurning qudrati, shoh va shoir Boburning notiqligi, kengashlardagi so‘zlangan avvalo, ularning donishmand fikrlarida, maslahatli nutqlarida namoyondir, chunki o‘z davrida markazlashgan feodal davlatni tuzish, ulkan qo‘shinga sarkardalik qilish uchun har taraflama bilimdon, qat’iyatli, voiz-shaxs bo‘lish lozim edi. 4. Notiqlikni egallash uchun uning qo‘llanish sohalari va xillarini, nutq qo‘llash holatlarini yaxshi bilish kerak. Chunki notiqlik uslubi nutq mavzusi va aniq mazmuni bilangina emas, balki bayon qilish usuli, ta’sirchanligi, qo‘llanadigan vositalari bilan ham bir-biridan farqlanadi. 5. Ijtimoiy-siyosiy notiqlik turi ijtimoiy-siyosiy ma’ruzalar, majlisdagi hisobot ma’ruzasi, siyosiy mavzudagi nutq, parlament nutqi, tashviqot nutqi, siyosiy faollar nutqi, siyosiy sharh, milliy g‘oyani ifodalovchi nutqlardan; Ijtimoiy-maishiy notiqlik qutlov nutqi, tost, marsiyadan; Akademik notiqlik yubiley-maqtov nutqi, leksiyalar (auditoriyada), ilmiy ma’ruza, ilmiy axborot, ilmiy sharhdan; Sud notiqligi prokuror, ayblovchi nutqi, advokat nutqi, javobgar shaxs nutqi va b.dan; Diniy notiqlik xutba, va’z, tavba, duo va b.dan; Badiiy notiqlik shoir, yozuvchilar, asar ijrochiligidagi mahoratdan iborat. 6. Nutq madaniyati adabiy til me’yorlariga mos holda to‘g‘ri so‘zlash va yozishdir. Nutq madaniyati fikrni sodda, to‘g‘ri va aniq ifodalash, tilning tasviriy va 115 obrazli vositalaridan unumli, o‘z o‘rnida foydalana bilishdir. Fikrni go‘zal ifodalash nutq madaniyatini egallashga bog‘liq. Notiqlikni yuzaga keltiruvchi vositalar lisoniy va nolisoniy vositalarni to‘g‘ri anglash va qo‘llash aniq, qisqa, mazmunli, go‘zal nutqqa erishishning omilidir. Nutqiy uslublar va nutqiy uslubiyat sohasining asosiy vazifasi og‘zaki va yozma nutqni maqsadga muvofiq, mavzu va vaziyatga mos ravishda shakllantirishdir. Notiqlik – nutq madaniyatining yuqori pog‘onasi, fikr ifodalashning alohida bir uslubi, usuli. Notiqlik nutq madaniyatining ma’lum erishilgan darajasi bo‘lib, u chuqur tahlil va amaliy tavsiyalarga muhtojdir. 7. Nutq madaniyati tushunchasining mohiyatini, ilmiy yo‘nalish sifatida bu sohaning maqsad va vazifalarini aniqlash ko‘p jihatdan nutq bilan nutqiy uslublarni to‘g‘ri belgilashga bog‘liqdir. Uslubiyat fani og‘zaki va yozma nutq madaniyati bilan shug‘ullanar ekan, kishilarni so‘z san’atiga, nutq vositalari ustida ishlay olish usullariga ham o‘rgatmog‘i lozim. 8. Notiqlikning uslubiy funksiyalariga to‘xtalsak, ular quyidagilardan iboratdir: o‘zida ta’sirchanlik, obrazlilik, ishontiruvchanlik kabi xususiyatlarni mujassamlashtiruvchi notiqona nutq; asosiy vazifasi-informativ aloqa, emotsionalekspressiv ta’sir qilish, kommunikativ muloqot, ya’ni boshqa funksional uslublarning vazifalarini o‘zida qamrab olgan chiroyli va ta’sirchan, badiiy etuk nutq san’atidir. 9. Notiqlik nutqida ta’sirchanlik, obrazlilik, ko‘tarinkilik, ehtiros kabi xususiyatlar mujassamlashtirilib, ular ohang va harakatlarda, ritorik so‘roq gaplar, tayyor nutqiy qoliplar, maqol, matal, hikmatli so‘zlarni qo‘llash orqali ifodalanadi. Bu vosita va usullar mazmuniy-funksional uslublarning boshqa turlarida qo‘llanmasligi, notiqlikni yuzaga keltiruvchi uslubiy vositalar, ya’ni notiqlik san’ati usullarining yaratilishiga asosdir. Notiq nutqning yuzaga kelish vositalari odatdagi uslubiy vositalar doirasida bo‘ladi, ammo bu vositalarning alohida, ta’sirchan turlari nutqda tanlab olinadi. 10. Notiqlik nutqi shaklan mazmunli, ta’sirchan va «shaxsiy» bo‘lsagina, tinglovchilar e’tiborini o‘ziga qarata oladi va minbardan aytilayotgan nutqqa 116 nisbatan qiziqishni uyg‘otadi. Ifodali so‘zlash inson nutqiga fayz berib turuvchi omillardan bo‘lib, uning ma’naviy ahamiyati kattadir. Shuning uchun ham ifodali, notiqona nutq kishilik jamiyatining hamma davr va bosqichlarida yuksak qadrlanadi. Notiqlik san’atining keng ijtimoiy mavqega ega bo‘lganligining asosiy sababi ham uning yuksak ma’naviy va estetik qudratligidadir. 11.Ekstralingvistik belgilarning barchasi-notiq individual xususiyatlariddandir. Ularni qo‘llash ham notiq xarakteridan kelib chiqqan holda bo‘ladi. Notiq har doim ham o‘zligicha qolishi shartdir. Oyna oldida turib olib, kun davomida qo‘l, gavda harakatini mashq qilgan notiq har doim ham yaxshi natija ko‘rsata olmaydi. Shuning uchun notiq doimo o‘z holicha qolib, me’yorida harakatlanishi va eng asosiysi tinglovchilarning mavzuni qay darajada qabul qilayotganliklariga e’tibor qilishi lozim. Ammo dastlabki mashqlar ham zarur. Imo-ishora, qo‘l, gavda va barcha harakatlar tabiiy bo‘lishi lozim. Bu yordamchi vositalar nutqni mazmunan boytishiga va tinglovchiga kuchli ta’sir eta olishga yordam beradi. L.Soper aytganidek: «Notiq, tinglovchi, nutq bir butunlikni, yig‘indini tashkil etgandagina nutq haqiqiy muloqot, haqiqiy mahorat bo‘la oladi». 12. Notiqlik nutqida emotsional holat ham ahamiyatga molik. Notiq badiiy notiqlik, ijtimoiy-maishiy notiqlik nutqlarida shu holatdan foydalanib, nutq mavzusini to‘liq yoritib berishi, talqin etishi mumkin. Lyokin jiddiylikni talab qiladigan diplomatik nutq, akademik notiqlik ko‘rinishlarida emotsiyaga berilib ketishi noo‘rindir. Notiqning vazifasi tinglovchilarni ishontirish, ta’sirlantirishdir; jiddiylikni talab qiladigan nutq ko‘rinishlarida esa – bunday holatga tushish – huddi masharaboz o‘yiniga o‘xshab qoladi. Har bir harakatning o‘z me’yori va o‘z qo‘llanish vaqti va o‘rni bo‘ladi. Noo‘rin qilingan harakatlar nutqning ta’sirini sustlashtiradi. Notiq o‘z nutqi jarayonida yana texnik vositalardan foydalanishi mumkin. Asosan bunday vaziyatlar akademik notiqligida (leksiya jarayonida), diniy notiqlikda (film orqali biror voqeani ta’riflash), ijtimoiy-maishiy notiqlikda (film ko‘rsatish, biror shaxsning yubileyida ko‘rgazma uyushtirish (ish yakuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan taqdimot kechasi)-rassom bo‘lsa, asarlari kolleksiyasining 117 taqdimoti va ishning natijasini namoyish qilishi va h.zolar)da qo‘llaniladi. So‘zamol notiq bunday vositalarsiz ham nutqni mohirlik bilan o‘qishi mumkin. 118 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI I. Rahbariy adabiyotlar: 1. Karimov I.A. Asarlar to‘plami. 1-23 jildlar. – Toshkent: O‘zbekiston, 19962015. 2. Karimov I. Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008. 3. Karimov I.A. Asosiy vazifamiz – jamiyatimizni isloh etish va demokratlashtirish, mamlakatimizni modernizasiya qilish jarayonlarini yangi bosqichga ko‘tarishdan iborat. 6.12.15 y. Inson va qonun. № 48 (992). 4. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. - Toshkent: «O‘zbekiston», 2017. 5. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. – Toshkent: “O‘zbekiston”, 2017. 6. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqidan (19.09.2017). 7. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqidan (23.09.2020). II. Me’yoriy- huquqiy xujjatlar: 1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. -T., 2014. 2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat tili haqidagi qonuni.–T:. O‘zbekiston, 1996. 3. O‘zbekiston Respublikasining Lotin alifbosiga o‘tish haqidagi qonuni. .-T:. O‘zbekiston, 1996. 4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012- yil 28-dekabrdagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlarni attestasiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi № 365 sonli Qarori. 5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Uzluksiz ta’lim tizimi uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to‘g‘risida" 1998 - yil 5 yanvardagi 5-son Qarori. 119 6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015- yil 20- avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi № 242-sonli Qarori. III. Asosiy adabiyotlar: 1. Begmatov E., Mamatov A. Adabiy norma nazariyasi. 1- qism. – Toshkent: Navro‘z, 1997. 2. Kaykovus. Qobusnoma. To‘ldirilgan ikkinchi nashri. – Toshkent: O‘qituvchi, 2006. 3. Mahmudov N. O‘qituvchining nutqi madaniyati. – Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2007. 4. Karnegi D. O‘z-o‘ziga ishonch hosil qilish va omma oldida so‘zlash san’ati. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2010. 5. Qo‘ng‘urov R., Begmatov E., Tojiev Yo. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 1992. Darslik va o‘quv qo‘llanmalari: Mahmudov N. Tilimizning tilla sandig‘i. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa uyi, 2012. 7. M.Mirhamidov va b. Yuristning nutq madaniyati–T:. 2005 8. A.Ortiqov va b. Oliy maktab pedagogining nutq madaniyati –T:. 2001 9. N.Bekmirzaev. Notiqlik san’ati –T:.2010 10. Ko‘chimov Sh.N. Diplomatik til asoslari–T:. , 2002. 11. Mahmudov N., Rafiev A., Yo‘ldoshev I. Nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish. – Toshkent: Cho‘lpon, 2012. 12. A.Aripova. Notiqlik va uning lisoniy-uslubiy vositalari –T:. JIDU, 2013 6. Qo‘shimcha adabiyotlar: 13. Avloniy A. Turkiy guliston yoxud axloq. – Toshkent: O‘qituvchi, 1992. 14. Rustamiy A. Adiblar odobidan adablar. – Toshkent: Ma’naviyat, 2003. 15. Ona tili – davlat tili. – Toshkent: Adolat, 2004. 16. A’lamova M. Nutqda aks etar bir olam boylik. – Toshkent: O‘qituvchi, 1989. 17. Rustamov A. So‘z xususida so‘z. – Toshkent: Yosh gvardiya, 1989. 18. Qilichev E., Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari. – Buxoro, 2003. 120 Saidov U. Nutq madaniyati va notiqlik san’ati. – Toshkent: Akademiya, 2007. –B. 224. 20. Tojiev Yo., Mallaboev M.. O‘zbek nutqi madaniyati va uslubiyat asoslari. – Toshkent: Iqtisodiyot, 2006. 21. O‘zbek orfografiyasining asosiy qoidalari. – Toshkent, 1956. 22. Inomxo‘jaev S. O‘tmish sharq notiqligi. – Toshkent: Bilim, 1972. 19. Internet-resurslari: www.gov.uz - O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining rasmiy sayti www.mfer.uz. - Tashqi iqtisodiy aloqalar, ivnsetisiyalar va savdo vazirligining sayti www.jahon.mfa.uz - O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi sayti www.edu.uz. – O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sayti www.uwed.uz - JIDU sahifasi https://uza.uz/uz/posts/zbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkatmirzieevning-khal-07-03-2020 www.sbtsul.uz - TDYuU IF sahifasi 121 MUNDARIJA KIRISH 3-10 I BOB. NUTQ MADANIYATI VA NUTQ ODOBI MASALALARINING 11-18 TARIXIY TAKOMILI 1.1. Chiroyli va badiiy saviyada nutq so‘zlash mazmun mohiyati 1.2. Notiqlik san’atining fan sifatida shakllanishi tarixi II BOB. NUTQ MADANIYATI VA NOTIQLIK SAN’ATINING 19-25 26-39 MAQSADI HAMDA VAZIFALARI 2.1. O‘tmish notiqlik san’atining ravnaq topishi 2.2. Notiqlik san’atining asosiy elementlari sifatida muloqot, munosabat, 40-51 muomala qilish odoblari III.BOB NOTIQLIK SAN’ATINING MAZMUNIY-FUNKSIONAL 52-61 KO‘RINISHLARI 3.1. Notiqlik san’atining funksional mohiyati 3.2. Notiqlik san’ati ko‘rinish (ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-maishiy, diniy 62-86 notiqlik, akademik notiqlik, sud notiqligi, badiiy notiqlik) larining o‘ziga xos uslubiy talqini 3.3.Notiqlik nutqini shakllantiruvchi lisoniy va nolisoniy vositalar 97-108 3.4. Notiqlikning yordamchi (nolisoniy) vositalari 109-113 XULOSALAR 114-118 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 119-121 122