Kontent qismiga oʻtish

Brendon Hartley

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Brendon Hartley

Hartley (2015)
Millati Yangi Zelandiya Yangi zelandiyalik
Tugʻilgan joyi 10-noyabr 1989-yil (1989-11-10) (35 yosh)
Palmerston-Nort, Yangi Zelandiya
Musobaqalarda faoliyati
Debyut mavsumi 2014
Hozirgi jamoa Toyota Gazoo Racing
Avtomobil raqami 8
Sobiq jamoasi Murphy Prototypes
Porsche
SMP Racing
Startlar 59
Chempionatlar 3 (2015, 2017, 2022)
Gʻalabalar 19
Pole pozitsiyasi 14

Brendon Hartley (1989-yil 10-noyabrda tugʻilgan) — Yangi Zelandiyalik professional poygachisi boʻlib, hozirda Toyota Gazoo Racing jamoasi bilan FIA World Endurance Chempionatida ishtirok etmoqda. U 2015-yilda jamoadoshlari Mark Uebber va Timo Bernxard bilan FIA World Endurance Chempionatida gʻalaba qozondi.

Shuningdek, 2017-yilda FIA World Endurance Chempionatida Bernxard Earl Bamber bilan birga yana gʻalaba qozondi. U 2017-yili 24 soatlik Leman poygalarida ham Earl Bamber va Timo Bernxard bilan gʻolib boʻldi, 2020-yili huddi shu musobaqada Sebastien Buemi va Kazuki Nakajima bilan shuningdek 2022-yili Sebastien Buemi va Ryo Xirakava bilan ham gʻoliblikka erishgan. U Skuderiya Toro Rosso jamoasida Formula1 boʻyicha Grand-Pri turnirlarida ham ishtirok etgan. Ushbu tasnifdagi poygalardagi debyutini 2017-yili Amerika Qoʻshma Shtatlari Gran-Prisida oʻtkazgan[1].

Hartley Eurocup Formula Renault 2.0 poygasida (2007)

Xartey Shimoliy Palmerston shahrida avtsportga mehr qoʻygan oilada dunyoga keladi[2]. Uning otasi Brayan avtosportning koʻplab shakllarida, shu jumladan, Atlantika formulasida ishtirok etgan. Olti yoshida Hartley akasi Nelsonning izidan karting poygalarida oʻzining poygachi sifatidagi karyerasini boshladi. Olti yil oʻtgach, Formula1 boʻyicha oʻzining birinchi keng koʻlamli poyga chempionatida qatnashdi. Hartley mavsumni yettinchi oʻrinda yakunladi. 2003-yilda u Yangi Zelandiya Formula Ford festivalida gʻolib chiqdi. Natijada u keyingi mavsumda Formula Ford chempionatda ishtirok etishga muvaffaq boʻldi. U bir yil avval akasi foydalangan mashinada toʻrtta poygada ishtirok etdi va ikkitasida gʻalaba qozondi.

U 2010-yilda Tech1 jamoasi safida Formula Renault 3.5 turnirida ishtirok etish uchun shartnoma imzolaydi. Ushbu jamoda Daniel Rikkardo uning eng asosiy jamoadoshlaridan biri edi. Serianing yozgi taʼtilida Hartley Red Bull oʻsmirlar jamoasidan ketganini eʼlon qilindi va uning oʻrnini Britaniya Formula 3 chempionati gʻolibi Jean-Éric Vergne egalladi[3].

Le Man poygalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Jamoa Yordamchi haydovchi Avtomobil Klass Aylanish Nat. Klass
Pos.
2012 Republic of Ireland Murphy Prototypes Birlashgan Qirollik Jody Firth
Birlashgan Qirollik Warren Hughes
Oreca 03-Nissan LMP2 196 DNF DNF
2013 Republic of Ireland Murphy Prototypes Hindiston Karun Chandhok
Qoʻshma Shtatlar Mark Patterson
Oreca 03-Nissan LMP2 319 12 6
2014 Germaniya Porsche Team Germaniya Timo Bernhard
Avstraliya Mark Webber
Porsche 919 Hybrid LMP1-H 346 NC NC
2015 Germaniya Porsche Team Germaniya Timo Bernhard
Avstraliya Mark Webber
Porsche 919 Hybrid LMP1 394 2 2
2016 Germaniya Porsche Team Germaniya Timo Bernhard
Avstraliya Mark Webber
Porsche 919 Hybrid LMP1 346 13 5
2017 Germaniya Porsche Team Germaniya Timo Bernhard
Yangi Zelandiya Earl Bamber
Porsche 919 Hybrid LMP1 367 1 1
2020 Yaponiya Toyota Gazoo Racing Shveysariya Sébastien Buemi
Yaponiya Kazuki Nakajima
Toyota TS050 Hybrid LMP1 387 1 1
2021 Yaponiya Toyota Gazoo Racing Shveysariya Sébastien Buemi
Yaponiya Kazuki Nakajima
Toyota GR010 Hybrid Hypercar 369 2 2
2022 Yaponiya Toyota Gazoo Racing Shveysariya Sébastien Buemi
Yaponiya Ryo Hirakawa
Toyota GR010 Hybrid Hypercar 380 1 1
Yil Jamoa Klass Avtomobil Dvigatel 1 2 3 4 5 Daraja Ball
2012 Murphy Prototypes LMP2 MG-Oreca 03 Judd-BMW HK 3.6L V8 LEC DON
3
PET
I/E
10 15
2013 Murphy Prototypes LMP2 Oreca 03 Nissan VK45DE 4.5 L V8 SIL
7
IMO
6
RBR
7
HUN
2
LEC
1
5 64
  1. „Hartley and Gasly likely line-up for 2018 – Toro Rosso“. Formula1.com. Qaraldi: 2017-yil 30-oktyabr.
  2. Bull, Red „BRENDON HARTLEY“. Red Bull. Red Bull. Qaraldi: 2019-yil 5-aprel.
  3. Noble, Jonathan. „Hartley goes Euro Series with Carlin“. autosport.com. Haymarket Publications (2008-yil 31-dekabr). Qaraldi: 2009-yil 7-yanvar.