Kontent qismiga oʻtish

Davlatbek Rahmonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
2023-yil 17-sentyabr, 08:07 dagi InternetArchiveBot (munozara | hissa) versiyasi
(farq) ←Avvalgi koʻrinishi | Hozirgi koʻrinishi (farq) | Yangiroq koʻrinishi→ (farq)
Давлатбек Ўринбоевич Раҳмонов
рус. Давлатбек Урунбаевич Рахманов
Tavalludi 1.07.1949
Vafoti 6.03.2006
 Oʻzbekiston Andijon viloyati Andijon tumanida
Fuqaroligi Oʻzbekiston
Kasbi Andijon viloyati prokurori yordamchisi.
Turmush oʻrtogʻi Muhtaram Izzatullayeva 20.01.1958 tibbiyot hamshirasi, Yangiyoʻl tumanida tugʻilgan.
Bolalari Farrux (7.12.1978), Nazokat (19.05.1980), Rustam (Furqat) (14.11.1985) Oʻrinboy (12.12.1991).
Otasi Oʻrinboy Rahmonov - Bobur nomli Oʻsh oʻzbek akademik musiqali drama teatrining asoschisi, teatr asoschisi, аrtisti, shoir.
Onasi Tursunxon Toʻychiboyeva 1918 - 19.05.1954 Andijon shahrida tugʻilgan.
Mukofotlari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining bir necha marta raxmatnomalari va sovgʻalari, Andijon tumani Kengashi faxriy yorligi bilan taqdirlangan.

Davlatbek RAHMONOV (1949 — 2006) — Oʻzbekiston prokuraturasi tizimi xodimi va jamoat аrbobi, Andijon tumani Kengashi deputati, jinoyatchilik va korruptsiyaga qarshi kurash olib borgan va qurboni boʻlgan.

Davlatbek Oʻrinboyevich Rahmonov 1949 yil 1-iyul kuni Oʻsh shahrining Shayxlar mahallasida hozirgi Alebastrova koʻchasida Oʻshning taniqli teatr arbobi Oʻrinboy Rahmonov oilasida tugʻilgan[1]. Yoshligidan bilimga chanqoq Davlatbek 1972 yili Toshkent davlat dorilfununining yuridika kulliyotiga oʻqishga kirib, uni aʼlo baholar bilan huquqshunos mutaxassisligi boʻyicha 1977 yili tamomlagan. Andijon viloyatining Oltinkoʻl tumani prokuraturasiga prokuror yordamchisi etib yuboriladi. Yosh isteʼdodli tuman prokurorining yordamchisi Davlatbek Rahmonov bir qancha ogʻir jinoyatlarni fosh etib, koʻzga tashlanib qoladi va qonunchilikni mustahkamlash va jinoyatchilik bilan kurashishni faollashtirish maqsadida Andijon tumaniga yuboriladi. Davlatbek Andijon tumani prokuraturasiga ishga kelganda, prokuratura binosi eski va talabga javob bermas edi. Davlatbekning saʼy-harakatlari tufayli tuman prokuraturasining ikki qavatli yangi binosi qurildi. Andijon tumanida Davlatbek Rahmonov prokurorlik vazifasini bajarar ekan, u birinchi navbatda jinoyatchilikni oldini olish chora-tadbirlarini tuzdi. Tumanning barcha qishloqlarida boʻlib, oddiy xalq vakillari bilan uchrashdi, ularga qonun ustuvorligi yoʻlida qilinayotgan ishlar xaqida axborot yetkazardi, savollariga javob berardi. Andijon tumanida joylashgan paxtachilik oliygoxida, barcha bilim yurtlarida va maktablarda oʻqiyotgan yoshlar bilan uchrashib, ularni jinoyatchilik yoʻliga kirib qolishdan ogoh etib, keng qamrovli profilaktika ishlarini olib borardi. Andijon paxtachilik oliygoxida talabalarga huquqshunoslik fanidan dars berardi. Andijon tumanida jinoyatchilik, qonun buzilish faktlari kamaydi. Prokuror Davlatbek Rahmonov oʻz ish faoliyatida davlat mol-mulkini talon-toroj qilgan va unga koʻz olaytirgan jinoyatchilar bilan qattiq kurash olib bordi. U bir necha marta tuman kengashi deputati etib saylandi. Andijon tumanida jinoyatchilik bilan kurashish koʻrsatkichlari yaxshilanganda, Davlatbek Rahmonov Andijon viloyati prokuraturasiga ishga yuboriladi. Davlatbek viloyat prokuraturasida ham jinoyatchilik bilan keskin, printsipial ravishda kurashdi. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining bir necha marta raxmatnomalari va sovgʻalari bilan taqdirlandi. Davlatbek Rahmonov Xarkov yuridika oliygoxida oʻz xizmat kvalifikatsiyasini oshirib keladi va Oʻzbekiston prokuratura tizimi xodimlari ichida yagona oʻzi aʼlo baholar oladi va ushbu oliygoxdan ham raxmatnoma oladi. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Boʻritosh Mustafoyev Davlatbekni Oʻzbekiston respublikasi bosh prokuraturasiga ishga taklif etadi, biroq Davlatbekni ushbu vaqtga kelib sogʻligi yomonlashganligi sababli ishdan ketishga majbur boʻladi. Davlatbek „Unum“ va „Davlatbek sahovati“ fermer xoʻjaliklarini tuzib, ularga rahbarlik qildi va hamisha davlat buyurtmalarini oshigʻi bilan bajarib bordi[2]. Fermerlik faoliyatida Davlatbek koʻplab qonun buzilish faktlariga duchor boʻldi. Jumladan, qishloq xoʻjaligini islohot qilish maqsadida Andijon tumanidagi jamoa xoʻjaliklarini tugatish jarayoni ketayotganda rahbarlar tomonidan davlat mulki, binolari, qishloq yerlari va agrotexnikalari noqonuniy oʻzlashtirilib, talon-toroj etildi. Qishloq xoʻjaligi islohoti niqobida oddiy qishloq aholisining manfaatlariga qarshi „islohot“ yurgizilayotgan edi. Davlatbek Rahmonov tuman rahbarlarining ushbu jinoyatlariga koʻz yuma olmadi va tegishli idoralarga ushbu xaqda murojaat etdi. Bir qancha nopok rahbarlar vazifasidan ozod etildi. Lekin bir nopok rahbarning oʻrniga yana bir taʼmagir kelardi va eski qingʻir ishlarni davom ettirardi. Chunki jamoa xoʻjaliklar tugatilayotganda, ushbu xoʻjaliklar balansida ota-bobolarimizning begʻaraz mehnati evaziga toʻplangan yuz million soʻmlik mol-mulk bor edi. Bular garajlar, avtotexnikalar, har xil binolar, minglab gektar yer, bogʻlar, shiyponlar, tayyorlov punktlari, har xil tsexlar, omborlar, klublar va boshqa koʻplab shu kabi mol-mulk edi. Shuning uchun baʼzi-bir nopok rahbarlar ushbu davlat va xalq mulkini oʻzining ixtiyoriga oʻtkazib, noqonuniy foydalanishni koʻzlagan edi. Lekin ularning bu jinoiy xatti-harakatlariga hamisha Davlatbek Rahmonov toʻgʻanoq boʻlardi. Ushbu nopok rahbarlar Davlatbekka bir necha marta taxdid solsa ham, u hamisha qonun ustuvor chiqadi, haqiqat yengib chiqadi, deb oʻylardi va oddiy qishloq xalqining manfaatini himoya qilib keldi.

2006 yil 6 martida Davlatbek Rahmonov fojiali ravishda avtohalokatda vafot etadi. Toʻrtta farzandning otasini avtomashinasida katta tezlikda urib yuborgan kimsa, xattoki bir kun ham qamalmadi va qonun oldida javob bermadi[3].

Davlatbek Rahmonovga bagʻishlangan sheʼr

[tahrir | manbasini tahrirlash]

QAYGʻULI ShYeЪR

Yaxshilarga bu dunyoda umr yoʻqmi?

Yomonlarga jazo yoʻqmi, jabr yoʻqmi?

Ortingizdan kim achinib yigʻlamaydi?

Sizday inson oramizda axir yoʻqdir!

Siz oʻlmayin gʻanim koʻngli toʻlmasmidi?

Yomonlarni yer bagʻriga olmasmidi?

E voh, ajal ne dillarni vayron etib,

Sizni olib ketmasa hech boʻlmasmidi?

Taftingizga hali toʻyib ulgurmayin,

Xatto sizga mehr qoʻyib ulgurmayin.

Otasizlik qismatini koʻrar boʻldi,

Oʻrinboyiz sizni sevib ulgurmayin.

Davo bormi yarim dillar yarosiga?

Koʻnish qiyin taqdirning bu xatosiga.

Yomon boʻldi, sizni soʻrab jovdiragan,

Murgʻakkina koʻzlaringiz qarosiga.

Endi bizga oʻrningiz koʻp bilingaydir,

Har qadamda izlaringiz koʻringaydir.

Mudom daryo kabi shoshib yurganingiz,

Eslaganda dil-bagʻrimiz tilingaydir.

Qadringizni doʻstu-yorlar bilgay endi,

Hamdamingiz farishtalar boʻlgay endi.

Davlat ukam qabringizni ayozlardan,

Asraguvchi gul chechaklar ungay endi.

Yolgʻonlarga oʻxshar hamon ketganingiz,

Yer bagʻrini erta makon tutganingiz.

Garchi diydor qiyomatga qolsa hamki,

Chinlar boʻlsin jannatlarga yetganingiz.

akasi Dildorbek hoji Rahmonov 6 mart 2006 yil („Mezon“ № 10, 6 bet, 11-iyul 2009 yil, „Diydor“ № 6, 7 bet, 15-fevral 2010 yil roʻznomalarida chop etilgan)

  1. Oni stoyali u istokov, 2015-02-03da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-02-03
  2. Tsentraziya personi, 2015-04-02da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-03-24
  3. Biografiya znamenitostey