Jump to content

Otto Hahn

From Vikipediya
Otto Hahn

Otto Xan (nemischa: Otto Hahn ) - nemis kimyogari. Nobel mukofoti laureati (1944)[1][2].

Asosiy ilmiy ishlari radioaktivlik, yadro kimyosi va yadro fizikasiga oid. Bir qancha izotoplarni va yangi radioaktiv element-protaktiniyni (avstriyalik fizik L. Maytner bilan hamkorlikda) kashf etgan; birinchi boʻlib tabiiy radioaktiv elementlarda yadro izomeriyasini ochgan (1921). Geologik jinslarning yoshini va kristallarning hosil boʻlish jarayonlarini aniqlashda radioaktiv usullarni qoʻllagan; neytronlar taʼsiri ostida uran yadrolarining parchalanishini topgan (nemis fizigi F. Shtrasman bilan hamkorlikda, 1938). Bu kashfiyot yadro energiyasidan foydalanishda dastlabki qadam boʻldi.

Manbalar

[edit | edit source]
  1. Nobel mukofoti sovrindorlari
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil