Shahzod Ubaydullayev
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Shahzod Umid oʻgʻli Ubaydullayev | ||
Tavallud sanasi | 2-mart 1998-yil[1] | ||
Tavallud joyi | Kosonsoy tumani Oʻzbekiston | ||
Boʻyi | 177 sm | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Metallurg | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2016—2018 | Mashʼal | ? | (?) |
2016—2018 | Mashʼal-2 | ? | (28+) |
2018—2019 | Andijon | 24 | (9) |
2020 | Metallurg | 26 | (8) |
2021—2023 | Shaxtyor S | 5 | (0) |
2021 | → FC Energetik-BGU Minsk | 11 | (3) |
2022 | → Neftchi | 21 | (4) |
2023— | Metallurg | 18 | (5) |
Milliy terma jamoa | |||
2020— | Oʻzbekiston | 3 | (1) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Shahzodbek Umid oʻgʻli Ubaydullaev (oʻzbekcha: Шаҳзод Умид оглы Убайдуллаев ;2-mart, 1998-yil, Kosonsoy, Namangan viloyati) — oʻzbek futbolchisi, „Metallurg“ klubi hujumchisi. Oʻzbekiston milliy terma jamoasida oʻynagan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Andijon
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ubaydullayev „Mashal“ klubi tarbiyalanuvchisi. 2018-yilning iyul oyida „Andijon“ klubiga oʻtdi. Klubdagi debyutini 2019-yil 8-mart kuni „Qizilqum“ klubiga qarshi o‘yinda o‘tkazgan[2]. U klubdagi debyut golini 2019-yilning 18-aprel kuni „Nasaf“ klubiga qarshi o‘yinda kiritgan[3]. 2019-yilning 2-oktyabr kuni „Surxon“ klubiga qarshi o‘yinda futbolchi ilk dublini qayd etdi[4]. Mavsum davomida oʻzini klubning asosiy tarkib oʻyinchi boʻlib oʻynadi va oʻz hisobiga 9 gol va golli uzatma yozdirib qoʻydi. Mavsum oxirida esa klubni tark etdi.
Metallurg Bekobod
[tahrir | manbasini tahrirlash]2020-yilning yanvar oyida futbolchi erkin agent sifatida Bekobodning „Metallurg“ klubiga oʻtdi. Klubdagi debyutini 2020-yilning 29-fevralida AGMK klubiga qarshi o‘yinda o‘tkazdi va o‘sha oʻyinda futbolchi birinchi golli uzatmasini ham amalga oshirdi[5]. Debyut golini 2020-yil 15-iyun kuni Toshkentning „Lokomotiv“ klubiga qarshi o‘yinda kiritdi[6]. 2020-yil 2-iyul kuni „Buxoro“ klubiga qarshi o‘yinda dubl qayd etgan va golli uzatma ham bergan[7]. Futbolchi mavsum davomida klubning asosiy hujumchisiga aylanib, barcha musobaqalarda 9 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Shakhtyor Soligorsk
[tahrir | manbasini tahrirlash]2021-yil yanvar oyi boshida futbolchi Belarusning „Shaxtyor“ klubiga 150 ming yevro evaziga o‘tishi mumkinligi haqida maʼlumot paydo bo‘ldi[8]. 2021-yilning yanvarida futbolchi rasman „Shaxtyor Soligorsk“ga koʻchib oʻtdi[9]. Transfer summasi taxminan 123 ming yevroni tashkil qildi. U klubdagi debyutini 2021-yil 7-mart kuni Belarus kubogi doirasida Neman Grodnoga qarshi o‘yinda o‘tkazdi va oʻsha oʻyinda debyut golini urdi[10]. Premyer-ligadagi debyut uchrashuvini 2021-yil 13-mart kuni Minskka qarshi o‘tkazdi[11]. U klub safida barcha musobaqalarda atigi 5 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2021-yilning aprelidan boshlab asosiy tarkibda kam maydonga tusha boshladi.
Energetik-BGU da ijara
[tahrir | manbasini tahrirlash]2021-yilning mart oyida futbolchi faoliyatini Energetik-BGUda ijara asosida davom ettirishi haqida ham maʼlumot paydo boʻldi[12]. 2021-yil iyul oyida futbolchi mavsum oxirigacha Energetik-BGUga ijaraga berildi[13]. Klubdagi debyutini 2021-yil 17-iyulda Smorgonga qarshi oʻyinda oʻtkazdi[14]. U klubdagi debyut golini 2021-yil 22-avgust kuni BATE Borisovga qarshi o‘yinda kiritdi[15]. Mavsum yakunida u klub safida 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 2021-yilning dekabrida ijara shartnomasi yakunlangach, u klubni tark etdi[16].
Neftchida ijara
[tahrir | manbasini tahrirlash]2022-yilning fevral oyida futbolchi Fargʻonaning „Neftchi“ klubiga ijaraga berildi[17]. Klubdagi debyutini 2022-yilning 2-mart kuni "Qo‘qon-1912" klubiga qarshi o‘yinda o‘tkazdi va o‘zining debyut golini ham kiritdi[18]. Klubning asosiyt arkibidan joy oldi. Mavsum yakunida futbolchi barcha musobaqalarda 5 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Ijara muddati tugagach klubni tark etdi. 2023-yil yanvar oyida „Shakhtyor Soligorsk“ matbuot xizmati futbolchining klubga qaytgani va u bilan yangi mavsumga tayyorgarlik koʻra boshlagani haqida xabar berdi[19]. Chempionatdagi ilk uchrashuvini 2023-yilning 18-mart kuni Novopolotskning „Naftan“ klubiga qarshi o‘tkazdi[20].
Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ubaydullaev 2020-yil 3-sentabr kuni Tojikistonga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida O‘zbekistonning asosiy jamoasi safida debyut qilgan[21].
Oʻzbekiston terma jamoasi | ||
---|---|---|
Yil | Oʻyin | Gol |
2020 | 1 | 1 |
2021 | 2 | |
Umumiy | 3 | 1 |
2020-yil 3-sentyabr o‘tkazilgan o‘yindagi aniq statistika.
Xalqaro oʻyinlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Gol va natijalar ro‘yxatida birinchi bo‘lib O‘zbekistonning gollari qayd etilgan.
№ | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1. | 2020-yil 3-sentyabr | "Lokomotiv" stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston | Tojikiston | 1 — 0 | 2 — 1 | Doʻstona |
Yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Andijon
- O‘zbekiston Pro-ligasi (1): 2018-yil
Shaxtyor Soligorsk
- Belarus Superkubogi sohibi: 2021, 2023
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „globalsportsarchive.com“. 2022-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-iyul.
- ↑ „Qizilqum vs. Andijan“ (en). soccerway.com (2019-yil 8-mart).
- ↑ „Andijan vs. Nasaf“ (en). soccerway.com (2019-yil 18-aprel).
- ↑ „Andijan vs. Termez Surkhon“ (en). soccerway.com (2019-yil 2-oktyabr).
- ↑ „AGMK vs. Metalourg“ (en). soccerway.com (2020-yil 29-fevral).
- ↑ „Lokomotiv vs. Metalourg“ (en). soccerway.com (2020-yil 15-iyun).
- ↑ „Buxoro vs. Metalourg“ (en). soccerway.com (2020-yil 2-iyul).
- ↑ „Узбекский нападающий Убайдуллаев может перейти в "Шахтер" за 150 тысяч евро“ (ru). football.by (2021-yil 10-yanvar).
- ↑ „Шахзодбек Убайдуллаев стал игроком «Шахтера»“ (ru). fcshakhter.by (2021-yil 13-yanvar).
- ↑ „Shakhtyor Soligorsk vs. Neman Grodno“ (en). soccerway.com (2021-yil 7-mart).
- ↑ „Shakhtyor Soligorsk vs. Minsk“ (en). soccerway.com (2021-yil 13-mart).
- ↑ „Источник: "Шахтер" отдаст Убайдуллаева в аренду "Энергетику-БГУ" и подпишет нигерийца Акинбуле“ (ru). football.by (2021-yil 7-mart).
- ↑ „Шахзодбек Убайдуллаев в «Энергетике» — БГУ“ (ru). energetikbgu.by (2021-yil 15-iyul). 2022-yil 17-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-iyun.
- ↑ „Smorgon vs. Energetyk-BGU“ (en). soccerway.com (2021-yil 17-iyul).
- ↑ „Energetyk-BGU vs. BATE“ (en). soccerway.com (2021-yil 22-avgust).
- ↑ „Убайдуллаев и Ковальчук покинули команду“ (ru). energetikbgu.by (2021-yil 3-dekabr). 2021-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-iyun.
- ↑ „Убайдуллаев сменил "Шахтер" на "Нефтчи"“ (ru). football.by (2022-yil 1-fevral).
- ↑ „Neftchi vs. Kokand-1912“ (en). soccerway.com (2022-yil 2-mart).
- ↑ „Убайдуллаев вернулся в "Шахтер" из аренды“ (ru). football.by (2023-yil 13-yanvar).
- ↑ „Shakhtyor Soligorsk vs. Naftan“ (en). soccerway.com (2023-yil 18-mart).
- ↑ National-football-teams.com
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2-martda tugʻilganlar
- 1998-yilda tugʻilganlar
- Kosonsoy tumanida tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Futboldagi erkak hujumchilar
- Mashʼal klubi futbolchilari
- Mashʼal-2 klubi futbolchilari
- Andijon klubi futbolchilari
- Metallurg Bekobod klubi futbolchilari
- Neftchi (Fargʻona) futbolchilari
- FC Shakhtyor Soligorsk futbolchilari
- FC Energetik-BGU Minsk klubi futbolchilari
- Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Belarus Premyer-ligasi futbolchilari
- Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari
- Belorussiyadagi chet ellik erkak futbolchilari
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari