Jump to content

Shimoliy Osetiya Alaniya

From Vikipediya

Shimoliy Osetiya Alaniya, Shimoliy Osetiya, Alaniya Respublikasi — Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi respublika. Maydoni 8 ming km². Aholisi 709,9 ming kishi (2002). Poytaxti – Vladikavkaz shahri. Maʼmuriy jihatdan 8 tuman, 6 shahar, 7 shaharchaga boʻlinadi.[1]

Davlat tuzumi

[edit | edit source]

Shimoliy Osetiya Alaniya – respublika. Oliy mansabdor shaxs, ijrochi hokimiyat boshligʻi – prezident, ijrochi hokimiyatning oliy organi – respublika hukumati. Qonun chiqaruvchi oliy hokimiyat organi – respublika parlamenti.

Tabiati

[edit | edit source]

Respublika Katta Kavkaz togʻining shim. yon bagʻri va unga tutashgan qiya tekislikda joylashgan. Janubida bal. 4000 m dan ziyod boʻlgan Asosiy va Suvayirgʻich va Yon togʻ tizmalari (Jimara togʻi, 4780 m – respublikaning eng baland nuqtasi) bor. Respublikaning markaziy qismida Osetiya qiya tekisligi, undan shim. tomonda Sunja va Terek past togʻ tizmalari hamda Mozdok tekisligi joylashgan. Foydali qazilmalari: polimetall rudalar, qurilish materiallari, dolomit; mineral suv manbalari bor. Iqli.mi moʻʼtadil kontinental, Mozdok tekisligida qurgʻoqchil iqlim, teztez garmsel esib turadi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi –4,3°, iyulniki 24°. Yillik yogʻin 400–450 mm. Osetiya tekisligida yanvarda oʻrtacha temperatura –4°, iyudda 20°; yillik yogʻin 600– 800 mm. Asosiy daryosi – Terek; irmoqlari – Urux, Ardon, Fiagdon, Gizeldon, Sunja, Kambileyevka. Terek vodiysi va uning irmoqlari quyi qismlaridagi allyuvial tuproqlarda oʻrmon va oʻtloqlar bor. Togʻ va togʻ oraligʻidagi soyliklarning qoʻngʻir oʻrmon, togʻpodzol va togʻdasht tuproqlarida qaragʻay va qayin daraxtlari oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan tur, kiyik, oʻrmon mushugi, qobon, yelik, silovsin va boshqalar; parrandalardan ular, kavkaz quri, kaklik yashaydi. Tekisliklarda kemiruvchi hayvonlar koʻp. Respublikada Shimoliy Osetiya tabiiy qoʻriqxonasi va bir qancha buyurtma qoʻriqxona bor.

Aholisi

[edit | edit source]

Osetin, rus, ingush, arman, gruzin va boshqalar yashaydi. Davlat tillari – osetin va rus tillari. Shahar aholisi 65,4%. Dindorlari, asosan pravoslavlar; musulmon sunniylar ham bor. Asosiy shaharlari: Vladikavkaz, Mozdok, Beslan.

Tarixi

[edit | edit source]

Shimoliy Osetiya Alaniya hududida odam paleolit davridan yashaydi. Mil. 1-ming yillik boshlarida skiflar, sarmatlar, alanlar yashagan. Gunnlarning 4-asrdagi hujumi natijasida alanlarning bir qismi Gʻarbiy Yevropaga ketishga majbur boʻldi, qolganlari Kuban va Terek daryolari oraligʻida, shuningdek, togʻlarda oʻrnashib qoldi. 9–10-asrlarda Alaniya davlati tashkil topdi. 8–12-asrlarda alanosk (osetin) elati shakllana boshladi. Moʻgʻullar hujumi (1222–39) natijasida osetinlar Terekning yuqori oqimlaridagi togʻ daralari va uning yon bagʻirlariga surib chiqarildi. 1774-yil Rossiya bilan Turkiya oʻrtasida tuzilgan KuchukQaynarja sulh shartnomasiga koʻra, Rossiya tarkibiga qoʻshildi. 18-asr oxiri – 19-asr boshlariga kelib osetin xalqining shakllanish jarayonitugadi. 1920-yil 17 noyabrda Terek viloyati xalqlari sʼyezdida Togʻli muxtor respublika tuzilib, Shimoliy Osetiya Alaniya uning tarkibiga Osetiya (Vladikavkaz) okrugi sifatida kirdi. 1924-yil 7 iyulda u Shimoliy Osetiya muxtor viloyatiga, 1936-yil 5 dekabrda Shimoliy Osetiya muxtor respublikasiga aylantirildi. 1990-yil dekabrda Shimoliy Osetiya muxtor respublikasi Oliy Kengashi davlat suvereniteti toʻgʻrisida deklaratsiya qabul qildi. 1993-yil noyabrdan Shimoliy Osetiya Alaniya deb nomlandi.

Iqtisodiyoti

[edit | edit source]

Yalpi mahsulotda sanoatning ulushi 19,7%, qishloq xoʻjaliginiki 11,7%, qurilishniki 5,5%, temperaturansportniki 2,5%, savdoniki 21% ni tashkil etadi.

Sanoatining asosiy tarmoqlari orasida rangli metallurgiya ("Elektrotsink", "Pobedit" zdlari), oziqovqat, elektr energetikasi, mashinasozlik va metallsozlik, qurilish materiallari sanoati, yengil, oʻrmon, yogʻochsozlik va sellyulozaqogʻoz, priborsozlik, oynashisha, kimyo va neft kimyosi sanoati yetakchi hisoblanadi. Terek daryosida GES kaskadi mavjud. Iiliga oʻrtacha 0,4 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi. Asosiy sanoat markazlari: Vladikavkaz, Mozdok, Beslan.

Qishloq xoʻjaligiga yaroqli 350,4 ming gektar yerning 198,6 ming gektari haydaladi. Qishloq xoʻjaligida yetakchi tarmoq – goʻshtsut chorvachiligi; qoramol, qoʻy, choʻchqa, parranda boqiladi. Dehqonchilikda bugʻdoy, arpa, makkajoʻxori, kungaboqar yetishtiriladi; sabzavotchilik, bogʻdorchilik, tokchilik, shuningdek, asalarichilik rivojlangan.

Transporti

[edit | edit source]

Avtomobil yoʻllari uzunligi 2309 km. Respublika hududidan "Kavkaz" avtomobil yoʻlining Rostov Don–Maxachqala shoxobchasi oʻtgan. Harbiy Gruziya va Harbiy Osetiya yoʻllari Shimoliy Osetiya Alaniya hududidan boshlanadi. Temir yoʻli uzunligi – 144 km. Shimoliy Kavkaz temir yolning Rostov Don–Boku, Proxladnaya–Mozdok–Gudermes magistrali kesib oʻtadi. Stavropol–Grozniy–Vladikavkaz–Tbilisi gaz quvuri mavjud.

Tibbiy xizmati

[edit | edit source]

Shimoliy Osetiya Alaniyada har 10 ming aholiga 65 vrach toʻgʻri keladi. Bir qancha sanatoriykurort va dam olish muassasalari, jumladan, Karmador, Tamisk balneologiya kurortlari mavjud.

Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari

[edit | edit source]

Maorifi va hunar texnika taʼlimi Rossiya Federatsiyasida qabul etilgan tizimga muvofiq tashkil qilingan. 211 umumiy oʻrta taʼlim maktabida 106 ming, 13 oʻrta maxsus oʻquv yurtida 11,7 ming oʻquvchi, 4 oliy oʻquv yurti (Shim. Osetiya universiteti, agrar, texnologiya untlari, tibbiyot instituti)da 17,8 ming talaba taʼlim oladi. Tarix, iqtisodiyot, til va adabiyot ilmiy tekshirish institutlari, 200 dan ortiq kutubxona, teatr va muzeylar bor. Osetin va rus tillarida gaz. va jur.lar nashr etiladi hamda radioeshittirish va telekoʻrsatuvlar olib boriladi.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati

[edit | edit source]

Shimoliy Osetiya Alaniya hududida oʻrta asr xristian (Nuzal qishlogʻidagi butxona, 10–12-asrlar) va musulmon (Tatartup shahridagi masjid va minoralar, 14-asr) meʼmoriy yodgorliklari, shuningdek, mudofaa inshootlari saqlangan. Xalqturar joylari (18–19-asrlar) togʻlarda toshdan koʻp xonali 2 qavatli qilib qurilgan, tomi loy bilan yopilgan; tekisliklarda somonli loydan toʻgʻriburchak shaklida, keyinchalik gʻishtli, tomi cherepitsa bilan yopiladigan chordoqli uylar qurilgan. 19-asr oxiri – 20-asr boshlarida Mozdok, Vladikavkaz shahrilarida eklektika va modern uslubida binolar yaratildi. 1920-yillardan keyin Vladikavkaz shahri qayta qurildi, Mozdok, Alagir, Beslan, Ardon, Digora shahrilarida koʻplab maʼmuriy, jamoat, sport va kurort binolari qurildi. Shimoliy Osetiya Alaniya hududida topilgan qadimiy sanʼat yodgorliklari mil. av. 3-ming yillikka taallukli. Skiflar davridan (mil. av. 7-asr) jezdan ishlangan quyma buyumlar saqlanib qolgan. 19-asr oxirida birinchi osetin rassomi shoir K.Xetagurov, undan keyingi davrlarda grafik va rassomlar M.S.Tuganov, A.Xoxov, V.Lakisov, R.Xasiyeva, haykaltaroshlar akauka Dzantiyevlar, S.Tavasiyev samarali ijod qildilar. 1950–70 yillarda A.Janashev, Ch.Dzanatov. B.Totiyev, Z.Aboyev, Yu.Bigayev kabi rassomlar mashhur boʻlgan. Badiiy hunarmandchilikda zardoʻzlik, naqshinkor bronza va kumush idishlar, naqshli qurollar tayyorlash, yogʻoch oʻymakorligi, gilam toʻqish rivojlangan.

Musiqasi ogʻzaki anʼanaviy sanʼat tariqasida rivojlanib keldi. Osetin xalq qoʻshiqlari janr jihatdan xilmaxil (ayniqsa, erkaklarning 2 ovozli qahramonona qoʻshiqlari keng tarqalgan). Milliy musiqa asboblari; duadastanon (12 torli arfa), dalafandir, kissin fandir (torlikamonli), fidiuag (buqa shoxidan ishlangan), uadindz, stili (puflama), gumsag (baraban), karsganan (urma soz) va boshqalar Shuningdek, iornkandaalfandir (diatonik va xromatik garmonikalar), balalayka, skripka ham koʻp ishlatiladi. Xalq musiqa ijodkorlari orasida kadaganat (dostonchi)lar faoliyati alohida ahamiyatga ega; 19-asr da Babo Dzugutov, 20-asrda A.Sopanov, D.Tautiyev, S.Sagarayev va boshqalarlar mashhur boʻlgan. Birinchi kompozitorlik musiqa asarlari 20-asrning 20-yillarida yaratildi (P.Mamulov, V.Dolidze). 1950–60 yillarda opera, operetta, balet, simfoniya, oratoriya, vokal musiqa (kompozitorlar X. Pliyev, D.Xaxanov, I.Gabarayev, T.Kokoyti, A.Kokoyti, R.Sarionti va boshqalar) rivojlandi.

Dirijyorlar – I. Arkin, P.Yadix, xonandalar – T.Togoyeva, M.Katoliyeva, F.Suanov, D.Bilaonova va boshqalar mashhur. Respublikada Musiqali teatr (1972-yildan), filarmoniya (1945), simfonik orkestr (1944), "Alan" raqs ansambli (1966), sanʼat, musiqaped. bilim yurtlari faoliyat yuritadi.

Teatri

[edit | edit source]

Professional osetin teatri raqs, ashula va qoʻgʻirchoq oʻyinlar bilan birga oʻtkaziladigan xalq oʻyin va tomoshalaridan boshlangan. Osetin tilida havaskorlik spektakllari 1904-yildan Vladikavkaz va yirik qishloqlarda qoʻyildi. 1930-yildan Vladikavkazda kichikjanrlarteatri ochildi. 1935-yil Shimoliy Osetiya drama teatri (1958–71 yillarda musiqali drama teatri) tashkil etildi. 1943-yil "Sabi" qoʻgʻirchoqteatri ochildi (rus va osetin truppalari). Mashhur teatr arboblari: V.Txapsayev, Z.Britayeva, N.Salamov, K.Slanov, V.Xugayeva, G.Xugayev, M.Salikov va boshqalar.

Manbalar

[edit | edit source]
  1. "Shimoliy Osetiya Alaniya" OʻzME. Sh-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil