Uzunqanotlilar
Qiyofa
Uzunqanotlilar (Apodas) — uzunqanotsimonlar turkumiga mansub qushlar kenja turkumi. Oyoqlari kalta, koʻpchilik turlarining barmoklari daraxt shoxlarini changallab tutib turolmaydi. Tirnoklari bilan qoyalar va binolar boʻgʻotiga ilashib oladi. Qanotlari kalta va ingichka; tez uchadi, lekin yerda yurolmaydi; yerdan havoga koʻtarila olmaydi. Shuning uchun U. yerga qoʻnmasdan uchadi. Soʻlak bezlari kuchli rivojlangan. Bu bezlar suyukligidan in qurishda foydalanadi. Monogam, jish joʻja ochuvchi. 2 oilasi: popukli U. va asl U. bor. Popukli U.ning 3 turi Janubiy Hindistondan boshlab Yangi Gvineyagacha boʻlgan hududlarda tarqalgan; boshida oqish popugi (toji) boʻladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |