Kontent qismiga oʻtish

Abdurahmon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdurahmon
pushtucha: عبد رحمان خان

Amir Abdurahmon
Mansab davri
1880 – 1901
Avvalgisi Ayyubxon
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi Kobul
Millati Pushtun
Turmush oʻrtogʻi Mirmon Halima
Otasi Muhammad Afzalxon
Dini Islom
Mansubligi Barakzay sulolasi

Abdurahmon (1844—1901.1.10) — Afgʻoniston amiri (1880—1901). Doʻstmuhammadxonning nabirasi. Taxt uchun oʻzaro nizolarda magʻlubiyatga uchragach, Turkistonga qochgan (1869). 1878— 1880-yillardagi ingliz-afgʻon urushi davrida vataniga qaytib, Shimoliy Afgʻonistonda oʻz hokimiyatini oʻrnatgan (1880). 1880-yil 31-iyulda Zammada Afgʻoniston amiri deb tan olingan. Abdurahmon Afgʻonistonning hududiy yaxlitligini saqlashga intilgan, biroq Angliyaning zoʻravonligi ostida „Dyurand chizigʻi“ni Afgʻonistonning sharqiy chegarasi deb tan olishga majbur boʻlgan (1893). Unga koʻra, koʻplab afgʻon aholisi yashaydigan hududlar Angliyaning Hindistondagi mulklari qatoriga kiritilgan. Abdurahmon ichki nizolarga barham berib, mamlakat xoʻjaligini mustahkamlashga imkon yaratib bergan hukmdor sanaladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil