Kontent qismiga oʻtish

Amanbay Orinbayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Amanbay Orinbayev
 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kenges raisi
Mansab davri
2022-yil 26-avgust
Hukumat boshligʻi Abdulla Aripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Murod Kamolov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 17-sentyabr 1979-yil (1979-09-17) (45 yosh)
Kegeyli tumani
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Amanbay Orinbayev — (qoraqalpoqcha: Orınbaev Amanbay Tilewbay ulı, 1979-yil 17 sentyabrda Kegeyli tumanida tugʻilgan) 2022-yil 26-avgustdan boʻshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kenges raisi.

Mehnat faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1979-yil 17-sentyabrda Kegeyli tumanida tugʻilgan, millati qoraqalpoq.

1996-1998 — Kegeyli tumani qurilish-montaj boshqarmasi ishchisi.

1998-2002 — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi tinglovchisi.

2002-2003 — Kegeyli tumani ichki ishlar boʻlimi jinoyat qidiruv va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash guruhining tezkor vakili.

2003-2004 — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi magistranti.

2004-2006 — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi tezkor vakili, katta tezkor vakili.

2006-2009 — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi shaxsiy tarkib bo‘yicha maxsus inspeksiyasi tezkor vakili.

2009-2011 — O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabi tinglovchisi.

2011-2012 — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Inson huquqlarini himoya qilish va yuridik taʼminlash boshqarmasi katta yuridik maslahatchisi.

2012-2014 — Amudaryo tumani ichki ishlar boʻlimi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari — Jinoyat qidiruv va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i.

2014-2016 — Amudaryo viloyati ichki ishlar boʻlimi boshlig‘i.

2016-2017 — Nukus shahar ichki ishlar boʻlimi boshlig‘i.

2017-2019 — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘i.

2019-2020 — Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirining jamoat tartibini muhofaza qilish bo‘yicha o‘rinbosari.

2020-2021 — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari — Jamoat tartibini muhofaza qilishni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i.

2021-2022 — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Probatsiya xizmati boshlig‘i.

2022-2022 — Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri.

2022-2022 — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining ekologiya va Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari.

2022-yil 26-avgustdan — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi[1][2][1]

2022-yil 1-iyuldagi namoyishlar ortidan lavozimidan ozod qilingan[1].

2022-yil 26-avgustda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi etib tayinlandi.

2024-yil 24-avgustda Mehnat shuhrati ordeni bilan mukofotlangan[3].