Kontent qismiga oʻtish

Andrew Robertson

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Andrew Robertson
Robertson Liverpool safida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Andrew Henry Robertson[1]
Tavallud sanasi 11-mart 1994-yil (1994-03-11) (30 yosh)[2]
Tavallud joyi Glasgow, Shotlandiya
Boʻyi 5 fut 10 inches (1.78 m)[3]
Ampluasi Chap qanot himoyachisi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Liverpool
Raqami 26
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000-2009 Celtic
2009-2012 Queenʼs Park
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2012–2013 Queenʼs Park 34 (2)
2013–2014 Dundee United 36 (3)
2014–2017 Hull City 99 (3)
2017- Liverpool 161 (7)
Milliy terma jamoa
2013–2015 Shotlandiya U21 4 (0)
2014- Shotlandiya 59 (3)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(22-may uchun)

Andrew Henry Robertson (1994-yil 11-martda tugʻilgan) — shotlandiyalik professional futbolchi, Premier League ning „ Liverpool“ klubi chap qanot himoyachisi va Shotlandiya terma jamoasi sardori.

Robertson oʻzining karerasini 2012-yilda Queenʼs Parkda boshlagan, bir yildan soʻng faoliyatini Dundee Unitedda davom etiradi. Uning professional faoliyatidagi birinchi mavsumidayoq PFA Shotlandiyada yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi deb topildi. U 2014-yilning iyul oyida 2,85 million funt sterling evaziga „Hull City“ga oʻtadi. Robertson „Hull“da uch mavsum oʻynab, birinchi va uchinchi mavsumida quyi ligaga, ikkinchi mavsumda esa quyi ligadan yuqoriga koʻtariladi.

U 2017-yilning iyul oyida „Liverpool“ jamoasiga 8 million funt sterling evaziga oʻtadi. Robertson „Liverpool“ bilan faoliyati davomida bir qancha sovrinlarni qoʻlga kiritgan, jumladan 2019-yilda Chempionlar ligasi va 2020-yilda Premer-ligada, Premer-liganing 2018/19-yilgi mavsumidagi oʻyinlari uchun u PFA tomonidan yil jamoasiga kiritiladi.

Robertson 2014-yilning may oyida Shotlandiya terma jamoasi safida toʻliq debyut qilgan va 2018-yilning sentabrida Shotlandiya sardori etib tayinlangan. U UEFA Yevro-2020 da jamoani himoya qilgan.

Hayoti va faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Robertson Glazgoda tugʻilgan va bolalikdan „Celtik“ muxlisi edi[4]. Uning otasi Brian, „Pop“ laqabi bilan mashxur boʻlib, u Meryhill hududida (u yerda futbolchilar Jim Duffi va Charlie Nicholasning bolalikdagi doʻsti boʻlgan)[4] havaskor oʻyinchi boʻlgan.

U 2006-yildan 2012-yilgacha[5] Sharqiy Renfrewshirdagi Giffnock shahridagi Sent Ninian oʻrta maktabida oʻqigan va u yerda futbol jamoasi sardori boʻlgan. U Glazgodagi mahalliy golf klubining kichik sardori ham edi.[6] U shuningdek, Giffnock Soccer Centre, Elgin Starda va yoshligida „Celtic“da oʻynagan, ammo u juda kichik deb hisoblangani uchun 15 yoshgacha boʻlgan bolalar jamoasida oʻynagan.[7] Keyin u Queenʼs Park bilan shartnoma imzoladi[4].

Klubdagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Queenʼs Park (klub)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻqishga eʼtibor qaratgan Robertson 2012/13-yilgi mavsum boshida Queenʼs Park asosiy jamoasiga chaqirilgunga qadar universitetni bakalavriat darajasida boshlash arafasida edi. U Shotlandiya Challange Kubogida Berwick Rangersga qarshi penaltilar seriyasida gʻalaba qozondi[8] va mavsum davomida jami qirqta oʻyinda maydonga tushdi[9] va klubning uchinchi oʻringa chiqishiga yordam berdi. 2012/13-yilgi Shotlandiya uchinchi divizionini yakunladi. Uning klubdagi birinchi goli 2012-yilning 13-noyabrida Sharqiy Stirlingshiredan 2:1 hisobida magʻlubiyatga uchragan[9].

Dundee United

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Robertson 2013-yil 3-iyun kuni Shotlandiya Premer-ligasi vakili Dundee United bilan shartnoma imzolaydi[10].

Robertson 2015-yilda "Xall City"da oʻynagan

2014-yil iyul oyida Dundee Yunayted 2,85 million funt sterlinglik taklifni qabul qildi va Robertson Angliya Premer-ligasining „Hull City“ jamoasiga oʻtdi[11]. Transfer 29-iyul kuni yakunlandi, chunki Robertson „Hull“ bilan 3 yillik shartnoma imzoladi[12]. „Hull City“ning bosh skauti Stan Ternent aytganidek, „Men Styuart Armstrongni kuzatgan edim, lekin [Robertson] aql bovar qilmas oʻyin koʻrsatdi. Siz darhol uning qobiliyati borligini koʻrasiz“[13].

Robertson 2018-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi finalida "Liverpool" safida.

2017- yilning 21-iyulida Robertson "Liverpool" bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi, transfer narxi 8 million funt sterling edi[14][15]. Robertson 2017/18-yilgi mavsumni Alberto Morenoning oʻrinbosari sifatida boshlagan, ammo dekabr oyida ispaniyalik jarohat olgan. Uning 14-yanvar kuni chempionat peshqadami "Manchester City" ga qarshi oʻyindagi (4:3) „Liverpool“ muxlislari olqishiga sazovor boʻldi[16]. U klubdagi birinchi golini 2017/18-yilgi mavsumning soʻnggi oʻyinida „ Brayton & Hove Albion“ ga qarshi oʻyinda, 4:0 hisobida gʻalaba qozondi[17].

Terma jamoadagi faoliyat

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Robertson 2019-yilda Shotlandiya terma jamoasi safida

Robertson ilk bor 2013-yil oktabr oyida 21 yoshgacha boʻlgan Shotlandiya terma jamoasiga jalb etiladi[18]. U Slovakiyaga qarshi oʻyinda (2:1) zaxiradan maydonga tushd[19]. Robertson 2015-yilning noyabrida U21 jamoasiga chaqirildi[20].

Oʻyin uslubi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Liverpool"ga qoʻshilganidan beri Robertson jahon futbolidagi eng yaxshi chap qanot himoyachilaridan biri sanaladi[21][22][23][24]. „Liverpool“da oʻynagan oʻyinchi Fabio Aurelio Robertsonni taʼrifladi „Mening eʼtiborimni tortadigan narsa shundaki, u doimo takomillashib bormoqda va oʻzining asosiy tarkib oʻyinchisi boʻlishidan noqulay ahvolga tushmoqda“[25].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Robertson amaldagi Rim katolikidir[26]. U Rachel Robertsga uylangan[27][28]. Ularning rasmiy toʻyi 2022-yilning yozida boʻladi[29]. Robertson 2017-yil 26-avgustda oʻgʻil farzandli boʻladi[30]. 2019- yil yanvar oyida er-xotin ikkinchi marta ota-ona boʻlishadi va ikkinchi farzandlari qiz farzand boʻlib, uning ismi Aria edi[31]. Robertsonning buvisi Glenfarneda tugʻilgan irlandiyalik edi[32].

Hull City

  • Futbol ligasi chempionati pley-off bosqichi: 2016[33]

Liverpool

Shaxsiy yutuqlar

  • PFA Shotlandiya yilning eng yaxshi yosh futbolchisi: 2013–14[41]
  • PFA Shotlandiyaning yil jamoasi: 2013–14[42]
  • SPFL oyning eng yaxshi futbolchisi: 2013-yil noyabr[43]
  • SPFL oyning eng yaxshi yosh oʻyinchisi: 2013-yil sentabr[43]
  • Yilning PFA jamoasi: 2018–19 Premer-liga,[44] 2019–20 Premer-liga[45]
  • UEFA Chempionlar Ligasi XI: 2018[46]
  • UEFA Chempionlar ligasining mavsumdagi tarkibi: 2018–19[47]
  • UEFA Chempionlar Ligasining mavsumdagi jamoasi: 2021–22[48]
  • UEFA yilning eng yaxshi jamoasi: 2019[49]
  • Yilning ESM jamoasi: 2019–20[50]
  1. „FIFA Club World Cup Qatar 2019: List of Players: Liverpool“. FIFA (2019-yil 21-dekabr). 2020-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Andy Robertson: Overview“. ESPN. Qaraldi: 2020-yil 24-avgust.
  3. „Andrew Robertson: Profile“. worldfootball.net. HEIM:SPIEL. Qaraldi: 2020-yil 24-avgust.
  4. 4,0 4,1 4,2 Greig, Martin. „Liverpool's Andy Robertson: The people & places behind Scotland defender's rise“. BBC Sport (30-may 2019-yil). Qaraldi: 30-may 2019-yil.
  5. Scotland players' old schools send good luck messages, Henry Hepburn, TES (magazine), 11 June 2021
  6. „Andy Robertson: How a Glasgow golf club helped mould a Liverpool hero“. bunkered (15-noyabr 2021-yil). Qaraldi: 15-noyabr 2021-yil.
  7. „Dundee United starlet Andy Roberston: Celtic made a small blunder the day they let me go“. Daily Record (7-dekabr 2013-yil). Qaraldi: 25-iyul 2014-yil.
  8. „Ramsdens Cup: Berwick Rangers 2–2 Queen's Park (aet, 2–3 pens)“. BBC Sport (28-iyul 2012-yil). Qaraldi: 11-iyun 2015-yil.
  9. 9,0 9,1 „Andrew Robertson“. Dundee United F.C. (5-avgust 2013-yil). 2013-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-avgust 2013-yil.
  10. „Dundee Utd sign Queen's Park's Robertson and Connolly“. BBC Sport (3-iyun 2013-yil). Qaraldi: 5-avgust 2013-yil.
  11. Spence. „Andrew Robertson: Dundee United agree fee with Hull City“. BBC Sport (24-iyul 2014-yil). Qaraldi: 24-iyul 2014-yil.
  12. „Andrew Robertson completes transfer from Dundee United to Hull“. STV Sport (29-iyul 2014-yil). 30-iyul 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-iyul 2014-yil.
  13. Buckingham. „How Hull City helped Andy Robertson to win the Champions League“. Hull Daily Mail (2-iyun 2019-yil). Qaraldi: 9-iyun 2019-yil.
  14. „Andrew Robertson: Liverpool sign defender from Hull City for £10m“. BBC Sport (21-iyul 2017-yil). Qaraldi: 21-iyul 2017-yil.
  15. „Liverpool FC complete Andy Robertson signing“. Liverpool F.C. (21-iyul 2017-yil). Qaraldi: 21-iyul 2017-yil.
  16. Jones, Paul. „Klopp's patience was key for Andy Robertson and Alex Oxlade-Chamberlain“. Liverpool Echo (16-yanvar 2018-yil). Qaraldi: 22-yanvar 2018-yil.
  17. Jennings, Patrick. „Salah breaks record as Liverpool secure top four spot“. BBC Sport (13-may 2018-yil). Qaraldi: 13-may 2018-yil.
  18. „Billy Stark names Scotland Under-21 squad for Euro 2015 ties“. BBC Sport (1-oktabr 2013-yil).
  19. „Under-21 – Andrew Robertson – UEFA“.
  20. „Scotland U21s include Andy Robertson for Ukraine match“. BBC Sport (2-noyabr 2015-yil). Qaraldi: 4-noyabr 2015-yil.
  21. Marshall-Bailey. „Andy Robertson labelled the best left-back in the Premier League“. Liverpool Echo (19-yanvar 2019-yil). Qaraldi: 20-mart 2019-yil.
  22. Treadwell. „Liverpool's Andy Robertson best left-back in world, says Jose Enrique“. Sky Sports (13-yanvar 2021-yil). Qaraldi: 2-sentabr 2021-yil.
  23. Hubbuck. „The 10 Best Left Backs In The World Right Now, Named And Ranked“. Sport Bible (7-iyul 2021-yil). Qaraldi: 2-sentabr 2021-yil.[sayt ishlamaydi]
  24. „Best Left-Backs in the World in 2020“. SportMob (19-iyul 2021-yil). Qaraldi: 2-sentabr 2021-yil.[sayt ishlamaydi]
  25. Westwood. „'Robertson is a complete player' – Liverpool full-back singled out for praise by Aurelio“. Goal.com (11-iyun 2020-yil). Qaraldi: 23-noyabr 2020-yil.
  26. Arnold, Barry. „Andy Robertson says meeting Sean Cox drove Liverpool to win Premier League“. extra.ie (19-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 12-iyun 2021-yil.
  27. McCoid, Sophie. „Meet the new Everton and Liverpool WAGS“. Liverpool Echo (4-avgust 2017-yil). Qaraldi: 4-sentabr 2018-yil. „...his girlfriend Rachel Roberts is due to give birth to the couple's first child.“.
  28. Farrell. „Rachel Roberts, Andy Robertson's Girlfriend: 5 Fast Facts You Need to Know“. Heavy.com (3-yanvar 2019-yil). Qaraldi: 1-iyun 2019-yil.
  29. „Liverpool “squad goals” photo from Andy Robertson’s wedding goes viral“. This Is Anfield. Qaraldi: 19-iyul 2022-yil.
  30. McDermott, Scott. „Andy Robertson reveals Liverpool icon Kenny Dalglish told him he's got his back“. Daily Record (1-sentabr 2017-yil). Qaraldi: 8-sentabr 2017-yil.
  31. Pearce, James. „Liverpool victory was perfect end to special week for Andy Robertson“. Liverpool Echo (13-yanvar 2019-yil). Qaraldi: 22-yanvar 2019-yil.
  32. Cunningham. „Robertson has the backstory that will get people to cheer Scotland in Euro 2020“. Buzz.ie (11-iyun 2021-yil).
  33. Williams, Adam. „Hull City 1–0 Sheffield Wednesday“. BBC Sport (28-may 2016-yil). Qaraldi: 5-iyun 2016-yil.
  34. „Andrew Robertson: Overview“. Premier League. Qaraldi: 24-avgust 2020-yil.
  35. McNulty, Phil. „Chelsea 0–0 Liverpool“. BBC Sport (14-may 2022-yil). Qaraldi: 14-may 2022-yil.
  36. McNulty, Phil. „Chelsea 0–0 Liverpool“. BBC Sport (27-fevral 2022-yil). Qaraldi: 27-fevral 2022-yil.
  37. „Nunez nets as Liverpool win Community Shield“ (en-GB). BBC Sport. Qaraldi: 2022-yil 30-iyul.
  38. McNulty, Phil. „Tottenham Hotspur 0–2 Liverpool“. BBC Sport (1-iyun 2019-yil). Qaraldi: 1-iyun 2019-yil.
  39. Rose, Gary. „Liverpool 2–2 Chelsea“. BBC Sport (14-avgust 2019-yil). Qaraldi: 15-avgust 2019-yil.
  40. Poole, Harry. „Liverpool 1–0 Flamengo“. BBC Sport (21-dekabr 2019-yil). Qaraldi: 21-dekabr 2019-yil.
  41. „Three Celtic players make player of year shortlist“. BBC Sport (17-aprel 2014-yil). Qaraldi: 24-aprel 2014-yil.
  42. „Celtic and Dundee United trios in SPFL Premiership team of year“. BBC Sport (18-aprel 2014-yil). Qaraldi: 24-aprel 2014-yil.
  43. 43,0 43,1 „Dundee United defender wins player award“. Evening Telegraph (7-dekabr 2013-yil). Qaraldi: 24-noyabr 2014-yil.
  44. „PFA Team of the Year: Paul Pogba, Raheem Sterling and Sadio Mane included in side“. BBC Sport (25-aprel 2019-yil). Qaraldi: 27-fevral 2022-yil.
  45. „PFA Player of the Year: Kevin de Bruyne and Beth England named 2020 winners“. BBC Sport (8-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 27-fevral 2022-yil.
  46. „Champions League breakthrough team of 2018“. UEFA.com. Union of European Football Associations (21-dekabr 2018-yil). Qaraldi: 21-dekabr 2018-yil.
  47. „UEFA Champions League Squad of the Season“. UEFA.com. Union of European Football Associations (2-iyun 2019-yil). Qaraldi: 2-iyun 2019-yil.
  48. „2021/22 UEFA Champions League Team of the Season“. UEFA.com. Union of European Football Associations (31-may 2022-yil). Qaraldi: 31-may 2022-yil.
  49. „UEFA.com fans' Team of the Year 2019 revealed“. UEFA.com. Union of European Football Associations (15-yanvar 2020-yil). Qaraldi: 15-yanvar 2020-yil.
  50. „ESM reveal Team of the Year for 2019/20“ (31-avgust 2020-yil). Qaraldi: 31-avgust 2020-yil.