Kontent qismiga oʻtish

Avstraliya platformasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Avstraliya platformasi – Avstraliyaning gʻarbiy va markaziy qismlari va Yangi Gvineya janubiy qismini egallagan tokembriy platformasi. Arxey quyi proterozoyga mansub fundamenti metamorfiklashgan vulkanik jinslar, gneys va granitlardan tuzilgan; yuqori proterozoy-pleozoy davri choʻkindi gʻilofi esa terrigenli, karbonatli va vulkanogen jinslar (platoba-zaltlar) dan tashkil topgan. Zaminidagi jinslar orasida oltin, temir rudasi, rangli va kamyob metallar, choʻkindi gʻilofida neft va gazning yirik konlari bor[1].

  1. "Avstraliya platformasi" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil