Ayol yozuvchilar
Ayollarning adabiyotga hissasi eng qadimgi yozma matnlar paydo boʻlgan davrdan boshlangan. Ayollar dastlabki sivilizatsiyalardan beri matnli aloqada birinchi o'rinda turishgan.
Tarix
[tahrir | manbasini tahrirlash]Enheduanna bu birinchi taniqli ayol yozuvchi va shoira. U Inanna ma'budasi va oy xudosi Nanna (Sin)ning oliy ruhoniysi boʻlgan. U 4200 yil oldin Shumerning Ur shahar-davlatida yashagan[1]. Enheduannaning Shumer adabiyotiga qo'shgan hissasi, bir nechta bag'ishlovlar va "Shumer ibodatxonasi madhiyalari" deb nomlanuvchi madhiyalar to'plamini o'z ichiga oladi. Unga qo'shimcha matnlar ham kiritilgan[2]. Bu esa uni jahon tarixidagi birinchi nomli muallifga aylantirgan[3]. U EN unvoniga ega boʻlgan birinchi taniqli ayol edi va, bu katta siyosiy ahamiyatga ega bo'lib, bu unvonni ko'pincha qirollik qizlari olgan[4]. U bunday yuksak vazifaga otasi Akkad qiroli Sargon tomonidan tayinlangan. Uning onasi malika Tashlultum boʻlgan[5][6]. Enheduanna Sargon tomonidan Ur shahrida, o'z qirolligining janubida, hokimiyatni ta'minlashga yordam berish uchun oliy ruhoniy roliga ham tayinlangan[7].
Miloddan avvalgi 7-asr
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sapfo ( Aeol yunon Ψαπφώ Psappô ; c. 630 – c. Miloddan avvalgi 570) - Lesbos orolidan boʻlgan arxaik yunon shoiri. Safo o'zining lirik she'riyati bilan mashhur bo'lib, asosan, lira jo'rligida kuylash uchun she'rlar yozgan[8]. Safo sheʼriyatining koʻp qismi yoʻqolib ketgan va hozirgacha saqlanib qolgan sheʼrlar ham faqat parcha-parcha shaklda saqlanib qolgan xolos. Faqat bitta: "Afrodita qasidasi" to'liq holda yetib kelgan.
11-asr
[tahrir | manbasini tahrirlash]“Genji haqidagi ertak” 11-asr boshlarida aslzoda Murasaki Shikibu tomonidan yozilgan boʻlib, baʼzilar uni birinchi roman deb biladilar.
15-asr
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kristin de Pizan o'rta asrlarning eng mashhur fransuz yozuvchisi, ritorik va tanqidchisi bo'lib, 1405-yilda "Ayollar shahri kitobi" ni yozgan, unda, mustaqil ayollar erkaklar tuhmatidan xoli yashagan, allegorik shahar hayoti haqida yozilgan. Ammo uning asarlaridan hech biri saqlanib qolmagan. Shunday bo'lsa-da, boshqa gumanistik asarlar italiyalik ayollar uchun ta'limning oshishiga sabab boʻlgan.
Ayol yozuvchi tomonidan yozilgan birinchi ingliz tilidagi kitob Norvichlik Julian muallifligidagi "Ilohiy sevgining vahiylari" kitobi edi. U XIV-XV asrlar oralig'ida yozilgan va 1670-yilda birinchi marta nashr etilgan. Unga qadar asar turli qo'lyozmalarda saqlanib qolgan.
16-asr
Bu davrda shoh Boburning qizi Gulbadan Begim ukasi shoh Humoyunning tarjimai holini "Humoyunnoma"ni yozgan.
18-asr
[tahrir | manbasini tahrirlash]Enn Radcliffe bir nechta fantastik romanlarini, shu jumladan 1794-yilda nashr etilgan "Udolfo sirlari" va 1797-yilda "Italiya" asarlarini yozgan.
19-asr
[tahrir | manbasini tahrirlash]19-asrning eng mashhur ayol yozuvchilaridan biri Jeyn Osten edi. U "Sezgi va sezgirlik" (1811), "Andisha va g'urur " (1813), "Mansfild bog'i" (1814) va "Emma" (1816), asarlarini nashr etgandan so'ng yozuvchi sifatida muvaffaqiyat qozongan. U yana ikkita roman ham yozgan: "Northanger Abbey" va "Ishontirish". Ikkala asar ham vafotidan keyin, 1818-yilda, nashr etilgan. U umrining oxirlarida Sanditon deb nomlangan romanni yozishni boshlagan, ammo asar tugagunga qadar yozuvchi vafot etgan.
O'z davrining mashhur yozuvchilari:
A-K
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Mercedes Laura Aguiar
- Mastoureh Ardalan
- Angélique Arnaud
- Caroline de Barrau
- Ada Buisson
- Anna Ciundziewicka
- Umihana Čuvidina
- Countess Dash
- Nicole Garay
- María Josefa García Granados
- Gertrudis Gómez de Avellaneda,
- Zafer Hanım
- Julie Hausmann
- Bohuslava Kecková
- Lydia Koidula
- Hanna K. Korany
- Maria Konopnicka
- Eliška Krásnohorská
L-R
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Jeanne Lapauze
- Hermance Lesguillon
- Jeanne Marni
- Dada Masiti
- Emilie Maresse-Paul
- Marion A. McBride
- Athénaïs Michelet
- Maryam al-Nahhas
- Eugénie Niboyet
- Božena Němcová
- Nodira
- Virginia Elena Ortea
- Elise Otté
- Eliza Orzeszkowa
- Pavlina Pajk
- Eliška Pešková
- Gabriela Preissová
- Maria Rodziewiczówna
- Mary D. Rosengarten
- Lady Mary Wroth
S-Z
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rosa Schapire
- Mary Shelley
- Staka Skenderova
- Milica Stojadinović-Srpkinja
- Lilli Suburg
- Bertha von Suttner
- Karolina Světlá
- Elizabeth Hart Thwaites
- Josefa Toledo de Aguerri
- Fatma Aliye Topuz
- Flora Tristan
- Lesya Ukrainka
- Salomé Ureña
- Jahonotin Uvaysiy
- Dolores Veintimilla
- Mary Wollstonecraft
- Warda al-Yaziji
- Rosalind Amelia Young
- Gabriela Zapolska
- Narcyza Żmichowska
Quyida 19-asrning ayol yozuvchilari ro'yxati keltirilgan:
- Kate Greenaway-yozuvchi va rassom.Kate Bunce : San'at va hunarmandchilik harakati bilan bog'liq ingliz rassomi va shoiri edi.
- Elizabet Siddal-ingliz rassomi, shoira va san'at modeli .
- Delphine Arnould de Cool-Fortin - Limoges chinni bo'yicha fransuz rassomi va yozuvchisi.
- Dora d'Istria - rassom, shoira va yozuvchi.
- Milena Mrazovich - jurnalist, yozuvchi va pianino bastakori.
- Oshiq Peri - shoir va xalq xonandasi.
- Josipina Turnograjska - yozuvchi, shoira va bastakor.
- Zoila Ugarte de Landivar - yozuvchi, jurnalist, haykaltarosh, sufragist va feminist.
20-asr
[tahrir | manbasini tahrirlash]20-asrda ayollar turli janrdagi ko'plab kitoblarni yaratdilar. Badiiy kitoblar orasida "Garri Potter"va "Ruhlar uyi" kabi asarlar mashhurdir. Quyida 20-asrning ayol yozuvchilari roʻyxati keltirilgan:
- Kathy Acker
- Isabel Allende: Chilean writer.
- Gloria E. Anzaldúa
- Matilde Asensi
- Lucia Berlin
- Octavia E. Butler
- Rosario Castellanos Figueroa
- Amparo Dávila
- Guadalupe Dueñas
- María Dueñas
- Diamela Eltit
- Espido Freire
- Gloria Fuertes
- Almudena Grandes
- Joy Harjo
- Clara Janés
- Carmen Laforet
- Elvira Lindo
- Clarice Lispector
- Latasha Long
- Leslie Marmon Silko
- Carmen Martín Gaite
- Ana María Matute
- Rosa Montero
- Toni Morrison
- Silvina Ocampo
- Alejandra Pizarnik
- Soledad Puértolas
- Claudia Rankine
- J. K. Rowling: Author of Harry Potter series.
- Maruja Torres
- Jeanette Winterson
Ayollarga adabiyot bo'yicha berilgan Nobel mukofoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Quyidagi ayollar adabiyot bo'yicha Nobel mukofotiga sazovor bo'lishdi:
- Selma Lagerlöf
- Grazia Deledda
- Sigrid Undset
- Pearl S. Bak
- Gabriela Mistral
- Nelly Saks
- Nadin Gordimer
- Toni Morrison
- Vislava Shimborska
- Elfrid Jelinek
- Doris Lessing
- Herta Myuller
- Elis Munro
- Svetlana Aleksievich
- Olga Tokarchzuk
- Luiza Glyuk
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ilmiy yozish
- Ayollar yozuvi (adabiy kategoriya)
- Ayol yozuvchilar ro'yxati
- Ayol xat yozuvchilar
- Fandagi ayollar
- Ayol rassomlar
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Gods, Demons, and Symbols of Ancient Mesopotamia: An Illustrated Dictionary by Jeremy Black and Anthony Green (1992, ISBN 0-292-70794-0), p. 134 (entry "Nanna-Suen").
- ↑ Hallo and Van Dijk 1968, p. 3.
- ↑ Roberta Binkley „Reading the Ancient Figure of Enheduanna“, . Rhetoric before and beyond the Greeks. SUNY Press, 2004 — 47-bet. ISBN 9780791460993.
- ↑ J Renger 1967: "Untersuchungen zum Priestertum in der altbabylonischen Zeit", Zeitschrift für Assyriologie und vorderasiatische Archäologie. Vol. 58, p. 118.
- ↑ Elisabeth Meier Tetlow. Women, Crime, and Punishment in Ancient Law and Society: The ancient Near East. Continuum International Publishing Group, 2004. ISBN 978-0-8264-1628-5. Qaraldi: 2011-yil 29-iyul.
- ↑ Michael Roaf. Mesopotamia and the ancient Near East. Stonehenge Press, 1992. ISBN 978-0-86706-681-4. Qaraldi: 2011-yil 29-iyul.
- ↑ Franke, p. 831.
- ↑ Freeman 2016.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |