Baluj tili
Qiyofa
Baluj tili | |
---|---|
Milliy nomi | بلؤچی |
Mamlakatlar |
Pokiston Eron Afgʻoniston |
Rasmiylik holati | Balujiston (Pokiston) |
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | 7 600 000 |
Turkumlanishi | |
Turkum | Hind-Yevropa tillari |
Alifbosi | Arab alifbosi |
Til kodlari | |
ISO 639-2 | bal |
ISO 639-3 | bal |
Baluj tili — Baluj (balach, baluch) xalqi tili. 5,7 mln.ga yaqin kishi soʻzlashadi. Ular Pokiston (2 mln.ga yaqin), Eron, Afgʻoniston, Hindiston, Oʻrta Osiyoda - Mari (Turkmanistan), Koʻlob (Tojikiston)da yashaydi. Baluj tili Eron tillari shim.-gʻarbiy turkumiga mansub. Tarkibida 5 ta (gʻarbiy, sharqiy) shevalar guruhi bor. Baluj tili da sirgʻaluvchi, qoʻshaloq, serebral unli tovushlar mavjud. Hozirgi fleksiyaning buzilishi va analitik qurilish yuz bermoqda. Baluj tili da 4 kelishik, 2 nisbat, 4-mayl, 10 ga yaqin zamon boʻlib, baʼzi shevalarida ergativ tuzilish bor. Jins kategoriyasi yoʻq. Lugʻat tarkibida Forscha, Urdu, Arabcha, Turkcha soʻzlar mavjud.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |