Kontent qismiga oʻtish

Batiskaf

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Batiskaf (yun. bathus — chuqur va skaphos — kema) — chuqur suv ostida okeanografik va boshqa tadqiqotlar olib borish uchun moʻljallangan oʻzi yurar apparat. Suvdan yengil suyuqlik (benzin) toʻldirilgan korpus va poʻlat shar (gondola)dan iborat. Korpusida ballastli sisternalar va akkumulyatorlar batareyasi bor. Gondolasida B. ekipaji (1 — 3 kishi), boshqarish apparatlari, havo almashtirish tizimi, radiostansiya, ultratovush telefoni, televizion kamera va ilmiy tadqiqot asboblari boʻladi. Tashqarisiga yoritqichlar va eshkak vintli elektr dvigatellar oʻrnatiladi. Zamonaviy Blar grunt namunasini oladigan qurilmalar, fotoapparatura va suv osti ishlarini bajarish uchun masofadan turib boshqarish manipulyatorlari bilan jihozlanadi. Qattiq ballast (odatda, poʻlat pitralar)ni tashlab yuborish va manevr sisternasidan benzinni toʻkish yoʻli bilan B.ning suzuvchanligi rostlanadi. Dastlabki B. (FNRS-2)ni Shveysariya olimi O. Pikkar 1948-yilda yasab, sinab koʻrgan. O. Pikkar ugʻli Jak bilan 1953-yilda "Triyest" B.ida 3160 m chuqurlikka tushgan. J. Pikkar va D. Uolsh 1960-yilda takomillashtirilgan "Triyest" B.ida Tinch okeandagi Mariana botigʻining eng chuqur (taxminan 11 ming m) joyiga tushishgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil