Kontent qismiga oʻtish

Bogʻ inventari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bogʻ inventari — meva daraxtlarini oʻstirish va bogʻni parvarishlashda ishlatiladigan asbob-anjomlar. Bogʻ inventari qoʻlda ishlatiladigan (ketmon, belkurak, tokqaychi, panshaxa, chelak, payvand pichoqlari, arra, narvon, savat va boshqalar) hamda motor kuchi bilan ishlaydigan asboblar (nasosli purkagichlar, changlatgichlar, kultivatorlar, oʻt oʻradigan, oʻgʻit soladigan moslamalar va boshqalar)ga boʻlinadi.[1]

  1. "Bogʻ inventari" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil