Kontent qismiga oʻtish

Chelsea F.C.

Koordinatalari: 51°28′54″N 0°11′28″W / 51.48167°N 0.19111°W / 51.48167; -0.19111
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Chelsea
Toʻliq nomi Chelsea Football Club
Laqabi The Blues
Asos solingan 10-mart, 1905-yil (119 yil avval) (1905-03-10)[1]
Stamford Bridge
Sigʻimi 40,343[2]
Joylashuv koordinatalari 51°28′54″N 0°11′28″W / 51.48167°N 0.19111°W / 51.48167; -0.19111
Egasi BlueCo[3]
Raisi Todd Boehly
Head coach Enzo Maresca
Vebsayti Klub sayti
Amaldagi mavsum

Chelsea futbol klubi (talaffuzi: Chelsi; ingl. Chelsea Football Club) – 1905-yilda tuzilgan ingliz futbol klubidir. Chelsea Football Club – Gʻarbiy Londonning Fulham shahrida joylashgan ingliz professional futbol klubi. 1905-yilda asos solingan, ular uy oʻyinlarini „Stamford Bridge“ stadionida oʻtkazishadi[4]. Klub Angliya futbolining oliy divizioni Premier Leagueda ishtirok etadi. Chelsea klubi 1955-yilda oʻzlarining birinchi yirik sovrini Angliya Liga chempionligini qoʻlga kiritishadi. Klub birinchi marta 1970-yilda Angliya kubogini, 1971-yilda birinchi marta Angliya kubogini, 1971-yilda birinchi marta UEFA kubogi egalari kubogini qoʻlga kiritishdi. 2022-yilda boʻlib oʻtgan klublar oʻrtasidagi jahon chempionatida Chelsea klubi gʻolib boʻladi va ushbu musobaqada gʻolib boʻlgan uchinchi ingliz klubiga aylanadi.

Chelsea 1999-yilgacha boʻlgan uchta asosiy Yevropa klublari oʻrtasidagi musobaqalarda gʻalaba qozongan beshta klubdan biri va Yevropaning uchta asosiy musobaqalarida ikki marta gʻalaba qozongan yagona klub hisoblanadi. Shuningdek,Chelsea klubi Chempionlar ligasi va klublar oʻrtasidagi jahon chempionatida gʻolib chiqqan yagona London klubidir[5]. Mamlakat ichida klub oltita liga chempionligi, sakkizta Angliya kubogi, beshta Angliya Liga kubogi va toʻrtta FA Community Shieldni qoʻlga kiritdi. Xalqaro maydonda UEFA Chempionlar Ligasi, UEFA Yevropa Ligasi, UEFA Kubok egalari kubogi va UEFA Superkubogida ikki marta, FIFA klublar oʻrtasidagi jahon chempionatida esa bir marta gʻalaba qozongan. Qoʻlga kiritilgan sovrinlar soni boʻyicha Chelsea Angliya futbolidagi eng sovrindor toʻrtinchi klub hisoblanadi.

Klub hamshaharlari „Arsenal“ va „Tottenham Hotspur“ hamda West Yorkshirening „Leeds United“ klublari bilan tarixiy raqobatga ega. Chelsea klubi qiymati boʻyicha dunyodagi sakkizinchi eng qimmat futbol klubidir. 2022-yil holatiga koʻra qiymati 3,10 milliard dollarni tashkil etadi va dunyodagi eng koʻp daromad oladigan sakkizinchi futbol klubidir[6][7].

Tashkil etilishi va dastlabki yillari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asosiy maqola: Chelsea tarixi (1905–1952)

1905-yil sentyabr Chelsea jamoasi birinchi tarkibi

1904-yilda Gus Mears Fulhamdagi Stamford Bridge atletika stadionini futbol maydonchasiga aylantirish maqsadida sotib oldi. U stadionni Fulham klubiga ijaraga berish taklifi rad etadi va uning oʻrniga oʻz klubini tashkil etishni afzal koʻradi. Shaharda allaqachon Fulham nomli jamoa boʻlganligi sababli, yangi klub nomi Chelsea shahriga qoʻshni tuman Kensington FC, Stamford Bridge FC va London FC kabi nomlar koʻrib chiqildi[8]. „Chelsea“ FC 1905-yil 10-martda The Rising Sun pubda (hozirgi The Butcher’s Hook)[9][10] tashkil etilgan va koʻp oʻtmay Angliya futbol ligasidan roʻyxatdan oʻtgan.

„Chelsea“ oʻzining ikkinchi mavsumida Angliya birinchi divizionga koʻtarildi. Klub 1915-yilda Angliya Kubogi finaliga qadar etib borishdi va „Old Trafford“da boʻlib oʻtgan finalda "Sheffild United" ga magʻlub boʻlishadi. 1920-yilda Angliya birinchi divizionida uchinchi oʻrinni egallashdi. Bu klubning shu paytgacha erishgan eng natijasi edi[11]. „Chelsea“ yulduz oʻyinchilarni klubga olib kelish boʻyicha katta tajribaga ega edi[12] va bu orqali klub muhlislarni stadionga jalb etardi. Klub 1907-1908[13], 1909-1910[14], 1911-1912[15], 1912-1913[16], 1913-1914[17] va 1919-1920-yilgi[18][19] mavsumlarda stadionga tashrif buyurgan muhlislar koʻrsatkichi boʻyicha eng yuqori natija qayd etishdi[20]. Chelsea klubi 1920 va 1932-yillarda Angliya Kubogining yarim finaliga chiqishdi. 1930-yillar davomida Birinchi divizionda qolishdi, ammo urushlararo yillarda klub muvaffaqiyatga erisha olmadi.

1960-yillarda „Chelsea“ tarkibida murabbiy Tommi Doherti rahbarligida yosh isteʼdodli futbolchilar paydo boʻldi. Oʻn yil davomida ular turli unvonlarga daʼvo qilishdi, ammo finalda magʻlubiyatga uchradilar. Ular 1964/65-yilgi mavsumda futbol ligasi Kubogi va boshqa mukofotlarni qoʻlga kiritishdan bir qadam narida edilar, ammo muvaffaqiyatsiz boʻlishdi. Ketma-ket uch mavsumda ular uchta muhim yarim final uchrashuvlarida magʻlubiyatga uchradilar va kubok bahslaridan chiqib ketishdi. 1970-yilda" Chelsea „finalda“Lids Yunayted" ni magʻlub etib, Angliya Kubogini qoʻlga kiritdi. Keyingi yili jamoa oʻzining birinchi Yevropa kubogini, UEFA kuboklari egalari Kubogini qoʻlga kiritdi, bu safar Afinada "Real Madrid" ni magʻlub etdi[21].

1970-yillarning oxiri va 1980 – yillarning boshlarida „Chelsi“uchun juda notinch davr boʻlgan. Stamford Bridge ni rekonstruksiya qilishning ulkan rejalari klubning moliyaviy barqarorligini xavf ostiga qoʻydi, rahbariyat stadionni 60 000 tomoshabin sigʻishi uchun qayta qurishga qaror qildi. Yangi Sharqiy tribuna – „East Stand“ bilan koʻplab muammolar yuzaga keldi va uning qurilishi bir yildan soʻng tugadi[22]. Ishlarning qiymati dastlab taxmin qilinganidan yuqori boʻlib, byudjet 1,3 million funtga oshdi. Qarzlar klubning yangi xavfli raqibiga aylandi. Yulduzli oʻyinchilar sotildi yoki ijaraga berildi va jamoa ikkinchi divizionga koʻtarildi. Keyingi muammolar oʻn yil davomida muammo boʻlib kelgan muxlislar orasida taniqli bezorilik elementlari bilan bogʻliq edi. 1982-yilda klubning mavqei juda muhim boʻlib qoldi, chunki futbolchilar maoshsiz qolishdi va bank klubning cheklarini naqd qilishdan bosh tortdi. Klubga ilgari shimolda kichik klublar bilan ishlagan biznesmen Ken Bates taklif qilindi. Bates klubni bir funt sterlingga sotib oldi. Klub bankrot boʻlganida, egalari qarzlarni toʻlash uchun „Stamford Bridge“ ni qurilish kompaniyasiga sotishga qaror qilishdi. Bu qaror jamoaning stadionini yoʻqotishiga olib keldi va Fulxem va Kvins Park Reynjers bilan birga mashq qilishga majbur boʻldi va stadion oʻrnida doʻkonlar yoki turar-joy binolari paydo boʻlishi kerak edi.

Modernizatsiya va birinchi liga chempionati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chelsea klubiga 1952-yilda „Arsenal“ va Angliya terma jamoasining sobiq markaziy hujumchisi Ted Drake bosh murabbiy etib tayinlangan va u klubni modernizatsiya qilishni boshlagan. Ted Drake klubning nafaqaxoʻr oʻyinchilarini birin ketin jamoadan olib tashladi, tarkibni yoshlar bilan toʻldirdi va mashgʻulotlar rejimini yaxshiladi, quyi divizionlar va havaskorlar ligalarida aqlli oʻyinlari bilan oʻzini koʻrsatgan futbolchilar bilan jamoani qayta tikladi va 1954-1955-yilgi mavsumda „Chelsea“ bilan birinchi yirik sovrin – Liga chempionligiga qoʻlga kiritdi. Keyingi mavsumda UEFA Yevropa chempionlar kubogi musobaqasida qatnashish imkoniyatiga ega boʻlishdi, ammo Futbol Ligasining eʼtirozlaridan soʻng, Chelsea musobaqa boshlanishidan oldin musobaqani tark etdi[23][24]. „Chelsea“ yaxshi imkoniyatni qoʻldan boy berdi va 1950-yillarning qolgan qismini turnirning oʻrta jadvalda oʻtkazdi. Drake 1961-yilda ishdan boʻshatildi va uning oʻrniga futbolchi-murabbiy Tommy Docherty keldi.

Klublar oʻrtasidagi JCh

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 12-fevral kuni BAAning Abu Dabi shahrida boʻlib oʻtgan Futbol boʻyicha Klublar oʻrtasidagi Jahon chempionatining final bahsida „Chelsi“ Braziliyaning „Palmeyras“ futbol klubi bilan bahs olib bordi. Uchrashuvning birinchi taymida darvozalarga toʻp urilmadi va jamoalar tanaffusga 0:0 hisobida yoʻl oldi. Ikkinchi taymning 55-daqiqasida Romelu Lukaku chap qanotdan oshirilgan toʻpni boshi bilan darvozaga joylab, hisobni ochdi. Oradan 10 daqiqa oʻtib, London klubi darvozasi tomon 11 metrlik jarima zarbasi belgilandi. Penaltini Rafael Veyga aniq amalga oshirdi – 1:1. Ushbu hisob uchrashuvning asosiy vaqti yakunlanguniga qadar saqlanib qoldi.

Shundan soʻng jamoalar qoʻshimcha boʻlimlarga murojaat qildi. 117-daqiqada „Chelsi“ penalti tepish imkoniyatiga ega boʻldi va uni Kay Haverts muvaffaqiyatli amalga oshirdi.

Shu tariqa Yevropa Chempionlar Ligasi gʻolibi „Chelsi“ Janubiy Amerikasida tengsiz boʻlgan „Palmeyras“ni yengib, klublar oʻrtasidagi Jahon chempionati gʻolibiga aylandi.[25]

Egalik va moliyaviy tizimlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

libos homiylari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Muddat Forma ishlab chiqaruvchisi Libos homiysi (old tomoni) Libos homiysi (yeng qismida)
1975–1981 Umbro
1981–1983 Le Coq Sportif
1983–1984 Gulf Air
1984–1986
1986–1987 Bai Lin Tea / Simod
1987–1993 Umbro Commodore
1993–1994 Amiga
1994–1997 Coors
1997–2001 Autoglass
2001–2005 Emirates
2005–2006 Samsung
2006–2015 Adidas
2015–2017 Yokohama Tyres
2017–2018 Nike Alliance Tire Company
2018–2020 Hyundai
2020–2022 Three
2022–2023 WhaleFin
2023–2024 Infinite Athlete BingX
2024– Fever

Birinchi jamoa tarkibi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
2024-yil 9-avgust[26]
Amplua Futbolchi
1  ESP DR Robert Sánchez
2  FRA HM Axel Disasi
3  ESP HM Marc Cucurella
4  ENG HM Tosin Adarabioyo
5  FRA HM Benoît Badiashile
6  ENG HM Levi Colwill
7  POR HJ Pedro Neto
8  ARG YH Enzo Fernández
10  UKR HJ Mykhailo Mudryk
11  ENG HJ Noni Madueke
12  DEN DR Filip Jörgensen
13  ENG DR Marcus Bettinelli
14  ENG HM Trevoh Chalobah
15  SEN HJ Nicolas Jackson
16  FRA YH Lesley Ugochukwu
17  ENG YH Carney Chukwuemeka
18  FRA YH Christopher Nkunku
19  ENG HJ Jadon Sancho (Ijara asosida)
20  ENG YH Cole Palmer
21  ENG HM Ben Chilwell (Vitse sardor)
22  ENG YH Kiernan Dewsbury-Hall
Amplua Futbolchi
24  ENG HM Reece James (captain)
25  ECU YH Moisés Caicedo
27  FRA HM Malo Gusto
29  FRA HM Wesley Fofana
31  ITA YH Cesare Casadei
32  ENG HJ Tyrique George
34  ENG HM Josh Acheampong
36  BRA HJ Deivid Washington
37  ENG YH Omari Kellyman
38  ESP HJ Marc Guiu
40  POR YH Renato Veiga
41  BRA HJ Ângelo Gabriel
45  BEL YH Roméo Lavia
47  FIN DR Lucas Bergström
 ENG HM Bashir Humphreys
 USA HM Caleb Wiley
 ENG YH Tino Anjorin
 CIV HJ David Datro Fofana

Ijaraga berilgan futbolchilar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
2024-yil 8-avgust[27]
Amplua Futbolchi
 SPA DR Kepa Arrizabalaga
 WAL DR Eddie Beach (Crawley Town 30-iyun 2025-yilgacha)
 ENG DR Luke Campbell (Hendon 30-iyun 2025-yilgacha)
 ENG DR Ted Curd (Hampton & Richmond Borough 30-iyun 2025-yilgacha)
 ENG DR Teddy Sharman-Lowe (Doncaster Rovers 30-iyun 2025-yilgacha)

{{Fs player|no=|nat=USA|pos=GK|name=Gabriel Slonina |other= Barnsley 30-iyun 2025-yilgacha}

Amplua Futbolchi
 ARG HM Aaron Anselmino (Boca Juniors 30-iyun 2025-yilgacha)
 ENG HM Alfie Gilchrist (Sheffield United 30-iyun 2025-yilgacha)
 ENG HM Dylan Williams (Burton Albion 30-iyun 2025-yilgacha)
 BRA YH Andrey Santos (Strasbourg 30-iyun 2025-yilgacha)

Yoshlar jamoasi va akademiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Oʻyinchilar „Chelsea“da kamida bir marta asosiy tarkibda oʻynagan boʻlishi kerak.
Amplua Futbolchi
43  POR HJ Diego Moreira
49  FIN YH Jimi Tauriainen
54  ENG YH Leo Castledine
Amplua Futbolchi
 ENG YH Alex Matos
 ENG YH Harvey Vale
 ENG HJ Mason Burstow

Yil futbolchisi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sobiq futbolchilar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chelsea F. C.

  1. „Team History – Introduction“. Chelsea FC. 2011-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 11-may.
  2. „Premier League Handbook 2022/23“ (2022-yil 19-iyul). 2022-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-aprel.
  3. „Group Tax Strategy“. Chelsea F.C.. 2023-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-aprel.
  4. „General Club Information“. ChelseaFC.com (2018-yil 18-yanvar). 2022-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 31-may.
  5. „Five interesting facts about Chelsea's Champions League triumph“. Chelsea FC (2021-yil 31-may). 2021-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 11-iyun.
  6. Ozanian. „The World's Most Valuable Soccer Teams 2023“ (en). Forbes. Qaraldi: 2023-yil 14-iyul.
  7. „Deloitte Football Money League 2023“ (en-gb). Deloitte United Kingdom. Qaraldi: 2023-yil 14-iyul.
  8. Glanvill, Rick. Chelsea FC: The Official Biography, 2006 — 55-bet. 
  9. „The Birth of a Club“. Chelsea FC (2004-yil 30-sentyabr). 2015-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 16-dekabr.
  10. „The Birth of a Club“. Chelsea FC (2004-yil 30-sentyabr). 2015-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 16-dekabr.
  11. „Team History – 1905–29“. chelseafc.com. Chelsea FC. 2011-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 23-aprel.
  12. Glanville, Brian. „Little sign of change for Chelsea and their impossible dreams“. The Times (2004-yil 10-yanvar). 2011-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 15-mart.Andoza:Registration required
  13. „Historical attendances“. European Football Statistics. 2011-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 18-avgust.
  14. „Historical attendances“. European Football Statistics. 2011-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 18-avgust.
  15. „Historical attendances“. European Football Statistics. 2011-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 18-avgust.
  16. „EFS Attendances“. www.european-football-statistics.co.uk. 2019-yil 1-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-aprel.
  17. „Historical attendances“. European Football Statistics. 2011-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 18-avgust.
  18. „Historical attendances“. European Football Statistics. 2012-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 18-avgust.
  19. „Between the Wars – Big Names and Big Crowds“. chelseafc.com. Chelsea FC. 2012-yil 20-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 7-may.
  20. „Historical attendances“. European Football Statistics. 2011-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 18-avgust.
  21. „Chelsea F.C.“. Qaraldi: 2024-yil 26-may.
  22. „chelsea“. 2023-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 28-may.
  23. Glanville, Brian. „The great Chelsea surrender“. The Times (2005-yil 27-aprel). 2013-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 29-dekabr.
  24. Glanvill, Rick. Chelsea FC: The Official Biography. London: Headline, 2005 — 254-bet. ISBN 0755314654. 
  25. https://daryo.uz/2022/02/13/chelsi-117-daqiqadagi-gol-evaziga-braziliya-klubini-yengib-klublar-ortasidagi-jch-golibiga-aylandi/
  26. „Men: Senior“. Chelsea F.C.. 2023-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-iyul.
  27. „Men: On Loan“. Chelsea F.C.. 2022-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-avgust.