Chililar
Qiyofa
Chililar — xalq, Chilining asosiy aholisi (11,4 mln.dan ortiq kishi). Umumiy soni 11,78 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari). Ispan tilida soʻzlashadi. Dindorlari — katoliklar. Ch. ispan bosqinchilari bilan mahalliy indeys aholi — araukanlar, diagitlar va boshqalarning qoʻshilishi natijasida shakllangan. Ch.ning aksariyati dehqonchilik, chorvachilik, konchilik, qayta ishlash sanoatida band.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |