Devastatsiya
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. (2024-10) |
Devastatsiya (lot. devastatio — qirish) — odam, hayvon va oʻsimliklarda uchraydigan yuqumli va invazion kasalliklarning qoʻzgʻatuvchilarini (ularning hamma rivojlanish davrida) qirib tashlashga, yoʻqotishga qaratilgan kompleks choratadbirlar majmui. D. usullariga degelmintizatsiya, kimyoterapiya, bakteriofagiya, dezinfeksiya, dezinvaziya va b. kiradi. Buning uchun shu kasallik qoʻzgʻatuvchisiga nisbatan noqulay boʻlgan (ichki va tashqi) muhit, shuningdek, mexanik, fizik, kimyoviy va biologik usullardan foydalaniladi. D. toʻla (total) yoki qisman boʻlishi mumkin.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |