Elbek Mirzohidov
Qiyofa
Elbek Mirzohidov | |
---|---|
Tavalludi |
5-may 1978-yil Toshkent shahri, Oʻzbekiston |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | dublyaj aktyori |
Faoliyat yillari | 1998—hozirgacha |
Elbek Mirzohidov (1978-yil 5-mayda tugʻilgan) — dublyaj aktyori. 1995-1999-yillarda Mannon Uygʻur nomidagi Toshkent davlat sanʼat va madaniyat institutida taʼlim olgan. Faoliyatini qoʻgʻirchoq teatrida boshlagan. Afzal Rafiqovning taklifi bilan dublyaj sohasiga oʻtgan. Bugungi kungacha 1 000 dan oshiq film,televizion serial va animatsion filmlarni ovozlatirish ishlarida qatnashgan. U ovoz bergan filmlardan „Uzuklar hukumdori“ trilogiyasi, „Harry Potter“ film qismlari, televizion seriallardan „Taxtlar oʻyini“, „Qish sonatasi“, „Jumong“, „Ichkarida“, „Chuqur“, animatsion filmlardan „Oʻyinchoqlar tarixi“, „Muzlik davri“, „Tom va Jerry“, „Kung Fu Panda“, „Madagaskar“ va boshqa filmlar oʻrin olgan[1][2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ https://kun.uz/uz/16886208 „Professional dublyaj va oʻzbekchaga oʻgirib ovozlashtirish — boshqa-boshqa narsalar“ — Elbek Mirzohidov bilan suhbat
- ↑ https://gulxan.uz/mashhurlar-bolaligi/sehrli-ovoz-sohibi[sayt ishlamaydi]