Kontent qismiga oʻtish

Flot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Flot (frans.) — 1) muayyan vazifani bajaradigan (transport flotti, ovchilik flotti, harbiydengiz flotti), biron turdagi (yelkanli flot, galerali flot, dizel flot) yoki dislokatsiya hududiga mansub (Kora dengiz flotti) kemalar majmui; 2) yirik davlatlar harbiydengiz flottining okean (dengiz), jang maydonida harbiy harakatlar olib borish uchun moʻljallangan operativ qoʻshilmasi. Turli kuchlar qoʻshilmasidan — suv osti va suv usti kemalari, dengiz aviatsiyasi, dengiz piyodalaridan tarkib topgan. Flotga qoʻmondan rahbarlik qiladi. Flot tarkibiga flot shtabi va boshqa boshkaruv organlari, shuningdek, turli xizmatlar (front orti, aloqa, qurolyarogʻ, kemalarni taʼmirlash va boshqalar) kiradi.