Fond bozorining qulashi 1929-yil
Wall Streetdagi fond bozor qulashi. 1929-yil | |
Sobiq nomi | Dow Jones sanoat indeksi |
---|---|
Turi | stock market crash |
Qachon asos solingan | 24-sentyabr, 1929-yil |
Qchon tugatilgan | 29-sentyabr, 1929-yil |
Joylashuvi | Wall Street koʻchasi |
Mahsulot(lar)i | Qimmatli qogʻozlar |
Fond bozori qulashi – 1929-yil 24-oktyabr (qora payshanba) kuni boshlangan. Keyingi 25-oktyabr (qora juma), 28-oktyabr (qora dushanba) kunlari halokatli darajaga yetgan. Holat Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi qimmatli qogʻozlar narxining qulashi bilan bogʻliq. „Wall Street halokati“ deb ham ataladigan ushbu fond bozori qulashi Buyuk Depressiyaning boshlanishini edi.
Inqirozning shakillanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Halokatdan oldin 1920-yillarning oʻrtalarida spekulyativ hodisa sodir boʻldi. Ushbu davrda oddiy amerikaliklar koʻp sonli aksiyalarni kompaniyalarning iqtisodiy koʻrsatkichlari va qimmatli qogʻozlar narxining oʻsishiga qarab sotib olishdi. Oʻsib borayotgan talab narxlarning oshishiga sabab boʻldi. Bu esa birjadagi koʻtarilishlar orqali boyib ketishni istagan koʻproq oddiy odamlarni jalb qildi. Holat iqtisodiy inqiroz shakllanishiga olib keldi. Shu bilan birga, koʻplab amerikaliklar ilgari sotib olingan qimmatli qogʻozlari evaziga banklardan zarur mablagʻlarni olib, aksiyalarni kreditga sotib olishdi.
Inqirozning jadallashuvi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1929-yil 3-sentabrdan boshlab Dow Jones sanoat indeksining oʻrtacha koʻrsatkichi 381.17 ga yetganidan soʻng pasayishni boshladi. 1929-yil 24-oktyabriga kelib, indeks sentyabr oyidan beri taxminan 20% ga pasaygani maʼlum boʻldi. Pasayish natijasida koʻrsatkich 305,85 ni tashkil etdi. Birja ochilishidan oldin ham vahimalar bor edi. Chunki bir kunning oʻzida koʻrsatkich 4,6% ga tushib ketgan edi. Ochilishi bilan vahima kuchaydi. Aksilar narxi pastlayotganini koʻrgan investorlar ulardan imkon borida tezroq qutulishga urunishdi. Oʻsha kunning oʻzida 12,9 million dona qimmatli qogʻozlar investorlar tomonidan sotib yuborildi[1]. Savdolar hajmi shunchalik kattaligidan Dow Jones sanoat indeksi bir kun ichida 11% ga tushib ketdi. Keyingi kunlarda yana 30 millionga yaqin aksiyalar sotildi. Umuman olganda, fond bozori vahima haftasida bozor 40% ga tushib ketdi. Kapitallashuvda taxminan 30 milliard dollar yoʻqotildi. Bu holat AQSh hukumati uchun Birinchi jahon urushi davomida sarflagan mablagʻdan ham koʻp edi.
Ilgari shunga oʻxshash aksiyalarni garov evaziga sotib olishni moliyalashtirgan banklar qarzlarini toʻlay olmadilar va oʻzlarini bankrot deb eʼlon qildilar. Odamlar birjada pullarini yoʻqotayotgan bir paytda, banklar kredit berish tizimini yopilib qoʻyishdi. Natijada ishsizlikning oʻsishiga olib keldi.
Oqibatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]1929-yilgi fond bozori qulashi iqtisodiyotga katta taʼsir koʻrsatdi. Bu katta ehtimol Buyuk Depressiyaning eng muhim sababi edi.
AQSH fond bozori uchun birja qulashining natijasida kelgan zararni qoplash maqsadida turli ishlar olib borildi. 1934-yilda tartibga soluvchi chora sifatida – qimmatli qogʻozlar va birja komissiyasini qayta isloh qilish edi. Bu bilan birja bozorining butunlay qulashini oldini olish koʻzda tutilgan edi. Shu jumladan:
- Birjani toʻlash uchun yetarli mablagʻsiz aksiyalarni sotib olish taqiqlandi.
- Birjalarni majburiy roʻyxatga olish joriy etildi.
- Birja orqali biznes yuritish qoidalari shakllantirildi.
- Aksiyalarni taklif qilgan kompaniyalardan oʻzlari haqidagi muhim maʼlumotlarni oshkor qilishni talab qildi[2].
1929-yildagi inqiroz moliyaviy dunyo uchun saboq boʻldi. Shundan beri koʻplab birjalar narxlar juda tez tushib qolsa, savdoni toʻxtatib turishni amaliyotga tatbiq etishdi. Ushbu amaliyot tufayli 1987-yildagi fond bozori qulashining oqibatlari 1929-yilga qaraganda ancha yengilroq kechdi.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Yigirmalik davlatlari
- Stok mania
- AQShdagi tanazzul (1937-1938)
- Ruzveltning yangi kelishuvi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Investopedia Staff. „Black Thursday“. Investopedia. 2018-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 10-dekabr.
- ↑ Тернер, Тони 2013.