Kontent qismiga oʻtish

Gamma-astronomiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gamma-astronomiya - astronomiyaning kosmik jismlar va yulduzlararo muhitning fizikaviy holatini ularning gamma-nurlanishlari boʻyicha oʻrganish bilan shugʻullanadigan boʻlimi. Yer sunʼiy yoʻldoshlari va kosmik kemalar bortiga gamma-nurlarni qayd qiluvchi asboblar oʻrnatib, ular vositasida kosmik fazoni tekshirish mumkin. Kosmik nurlar (proton va ogʻir atom yadrolari) yulduzlararo gaz atomlari yadrolari bilan toʻqnashganda kosmik gamma-nurlar hosil boʻladi. G.-a. gamma-nurlarni hosil qiluvchi zarralarning kosmik fazoda tarqalishini oʻrganadi, yulduzlararo muhitdagi gazlar zichligini aniklaydi. Kuzatishlarga koʻra 1 m2 yuzaga 1 s da energiyasi 50 MeV dan ortiq boʻlgan 10 ta foton tushadi. Quyoshda portlash yuz berganda energiyasi 0,5 MeV li nurlar hosil boʻlishi ham aniklandi. G.-a. sohasidagi tadqiqotlar kosmologiyada (galaktikalararo qaynoq gazlarni kuzatish), kvazarlar, neytron yulduzlar, galaktika va galaktikadan tashkari rentgen va gammanurlanishlar diskret manbalari tabiatini oʻrganishda muhim.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil