Kontent qismiga oʻtish

Gilda Gray

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gilda Gray (1901-yil 24-oktabr, Polsha – 1959-yil 22-dekabr Kanada) – polyak raqqosasi va aktrisa. Gray teatr sahnalarida va 1920-yillardagi filmlarda zamonaviylashgan „Shimmy“ deb nomlangan raqsi orqali tanilgan. U butun faoliyatini AQSHda yuritgan.

Yoshligi va Shimmy raqsi haqida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gilda Greyning shaxsiy maʼlumotiga koʻra, u 1901-yil 24-oktabr kuni Krakovda (oʻsha paytlarda Avstriya-Vengriya imperiyasi, Galisiyaning bir qismi, hozirgi Polshaga tegishli boʻlgan hudud) tugʻilgan[1]. Biroq, uning tugʻilganligi haqidagi guvohnomaga koʻra Gray 1895-yil 25-okytabrda Rydlewo yaqinida tavallud topgan. 1903-yilda aktrisa ota-onasi bilan Qoʻshma Shtatlarga koʻchib oʻtgan[2]. Singlisi Josephine 1904-yilda Bayonne (New Jersey)da tugʻilgan[2]. 1907-yilda oila Viskonsin shahrida joylashgan Cudahy mahallasiga koʻchib oʻtgan. 14–15-yoshlarida Gray John Gorecki bilan nikoh qurgan. John siyosatchi, Viskonsin shtati assambleyasi aʼzosi va uyushma rahbari Martin Gorkining oʻgʻli edi. Juftlik farzandli boʻlishgan. Keyinchalik, 1923-yilda ajrashishgan. Ularning oʻgʻli ulgʻaygach, musiqiy guruh rahbari boʻlgan hamda Martin Gray (1913– 1969) nomi ostida kuylar bastalagan[3][4][5].

Garchi „Shimmy“ 1919-yilda Nyu-Yorkda Gray tomonidan amerikalik tinglovchilarga taqdim etilgan boʻlsa-da, bu atama bundan oldin ham keng qoʻllanilib, allaqachon mashhur raqs turiga aylangan edi. Gray mazkur raqsni oʻzi tanitganligini eʼtirof etgan va kutilmaganda, qaynotasining Cudahy salonidagi raqs kechasi paytida Shimmy raqsiga taklif etilgan[6][7]

Gilda Gray 1921-yil oktyabr oyida

Gray, „Variety“ jurnalining 1919-yil 8-iyul sonida chop etilgan intervyusida „Shimmy“ning kelib chiqishini amerikalik hindlarga bogʻlagan.

Oʻzining gullab-yashnagan faoliyatini davom ettirish istagi va eri bilan boʻlgan nizoli munosabatlari uni Chikagoga koʻchib oʻtishga undagan, u yerda Grayni Frank Westphal ismli isteʼdodli xodim kutib olgan va uni rafiqasi, sanʼatkor Sofi Tucker bilan tanishtirgan. 1919-yilga kelib, Gray J. J. Shubertning „The Gaieties of 1919“ nomli shousida ishtirok etgan. 1920-yilga kelib, Gray yangi menejer topgan. Keyinchalik, u 1922-yilgi Ziegfeld loyihalarida ijro namoyish etish uchun Florenz Ziegfeld tomonidan yollangan hamda uning „Shimmy“si milliy ragʻbatga aylangan[3].

Birinchi turmushidan ajralgandan soʻng, aktrisa 1923-yilda Gil Boag(yangi menejeri) bilan turmush qurgan va oʻzining muvaffaqiyatli vaudeville aktini Kaliforniya shtatining Hollywood shahriga olib oʻtgan, ammo, ular toʻrt yildan keyin ajrashishgan. U film yulduzi boʻlish uchun vaudevilleni tezda tashlab ketgan. 1919- yildan 1936-yilgacha Gray bir nechta filmlarni yaratgan, ularning barchasida oʻzining mashhur „Shimmy“sini ijro etgan. U ikkinchi rolini „Girl with the Jazz Heart“ filmida ijro qilgan.

Gray keyingi faoliyati davomida Paramount Pictures orqali filmlar suratga olgan Jesse Lasky bilan shartnoma imzolagan. Shuningdek, „Aloma of the South Seas“ (1926) filmini suratga olgan. 1927-yilda Gilda yana ikkita („The Devil Dancer“ va „Cabaret“) film suratga olgan.

1929-yil yanvar oyida Gilda Gray Gil Boag unga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlganligi sababli ajrashishni daʼvo qilgan. Boag oʻz navbatida, Grayni sayyohlik menejeri C. D. Krepps bilan ishqiy munosabatda ayblagan[8].

Gilda Gray (1928-yil)

1928-yilda Angliyadagi Piccadilly studiyasiga yulduz boʻlish uchun ketgan. 1929-yilning 15-iyulida nashr etilgan „New York Times“ nashriyoti tanqidchisi Mordaunt Hall Gildaning chiqishini maqtab, shunday fikrlar bildirgan: „Gray xonim aktrisa sifatida qayta kashf etilgan. U uzoq vaqt davomida „Shimmy“ ning namoyishchisi sifatida tanqid qilingan, ammo Piccadillyda oʻzidan yuqori talant sohibasi yoʻqligini koʻrsatgan. Gray xonim ingliz studialarida oʻzining muhim oʻrni borligini hamisha isbotlagan.“ 1929-yilda aksiya bozori inqirozga yuz tutgach, Gray moliyaviy koʻmagining katta qismini yoʻqotgan, ammo, Nyu-York shahridagi Palace Teatridan raqs boʻyicha ish topishga muvaffaq boʻlgan.

Gray ahnaga qaytishga harakat qilgan boʻlsa-da, salomatligi bilan bogʻliq muammolar bunga toʻsqinlik qilgan. 1931-yilda yurak ogʻrigʻidan azob chekkan. 1932-yilda Gray qoʻshiqchi Art Jarrett bilan turmush qurishini maʼlum qilgan, lekin, bu amalga oshmay qolgan. 1933-yil 23-may kuni u Venesuelalik diplomat Hector Briceño de Saa bilan nikohdan oʻtgan. Ikki yildan soʻng, 1938-yilda ular ajrashishgan.

Polshalik vatanparvar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ikkinchi jahon urushi paytida Gray Polsha uchun pul yigʻish bilan shugʻullangan. 1953-yilda Ralph EdwardsBu sizning hayotingiz“ telekoʻrsatuvida Grayning hayoti haqida hikoya qilgan. Edwards Grayning sovuq urush davrida olti nafar polyak fuqarolarni Amerikaga olib kelishdagi jasoratini tasvirlagan. Gray fuqarolarning taʼlimiga ham homiylik qilgan. Polsha davlati tomonidan „Oʻz yurtdoshlari va mamlakatiga koʻrsatgan koʻmagi uchun nishoni bilan mukofotlangan.

1959-yil 22-dekabrda Hollywooddagi doʻstlarining uyida yurak xastaligidan 58 yoshida vafot etgan[9].

Filmografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Cabaret uchun afisha (1927)
Yil Nomi Rol
1919 A Virtuous Vamp
1921 Girl with the Jazz Heart
1923 Lawful Larceny Raqqosa
1926 Aloma of the South Seas Aloma
1927 Cabaret Gloria Trask
The Devil Dancer Takla (The Devil Dancer)
1929 Piccadilly Mabel Greenfield
1931 He Was Her Man Frankie
1936 The Great Ziegfeld
Rose-Marie Belle
  1. , Ralph G (2008) Satan in the Dance Hall: Rev. John Roach Straton, Social Dancing, and Morality in 1920s New York City Lanham, Md: Scarecrow Press p 119 ISBN 9780810861466
  2. 2,0 2,1 Góralczyk, Iwona, Gwiazda Hollywood z… Rydlewa pod Żninem. Oto informacje o Mariannie Michalskiej, znanej jako Gilda Gray, naszemiasto.pl
  3. 3,0 3,1 Giordano, Ralph G. (2008). Satan in the Dance Hall: Rev. John Roach Straton, Social Dancing, and Morality in 1920s New York City. Lanham, Md: Scarecrow Press. p. 119. ISBN 9780810861466ISBN 9780810861466
  4. , Frank, Florence Hackman, and Donald McNeilly (2007)Vaudeville, Old & New: An Encyclopedia of Variety Performers in America.New York: Routledge.p.452.ISBN 0415938538.
  5. Gilda Gray’s obituary published in Time magazine said that she was reportedly married at 11 and became a mother at 12. Time magazine obituary
  6. Cullen, Frank, Florence Hackman, and Donald McNeilly (2007). Vaudeville, Old & New: An Encyclopedia of Variety Performers in America. New York: Routledge.p.452. ISBN 0415938538ISBN 0415938538
  7. Anthony (2010). Silent Players: A Biographical and Autobiographical Study of 100 Silent Film Actors and Actresses. University Press of Kentucky. p. 153. ISBN 0813137454
  8. „Trial of Gilda Gray’s Divorce Suit Due at Waukesha Tomorrow“, Chicago Tribune, January 13, 1929
  9. „Gilda Gray Dead on Coast at 58; Creator of Shimmy Was Singer“. The New York Times (1959-yil 23-dekabr), s. 27. Qaraldi: 2024-yil 2-noyabr.