Giuseppe Bergomi
Giuseppe Bergomi (italyancha: Giuseppe Bergomi)-italiyalik futbolchi, himoyachi.1963-yil 22-dekabrda Milanning sharqiy tomonidagi Settala shahrida tavallud topgan.U butun faoliyatini „Inter“ da oʻtkazdi va bu vaqt ichida 750 dan ortiq oʻyin oʻtkazdi.Italiya terma jamoasi tarkibida 1982-yilda jahon chempioni boʻldi.1991-yilda „Italiya Respublikasiga hizmatlari uchun“ ordeni bilan taqdirlangan.
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Milanning sharqiy chekkasidagi Settala shahrida tugʻilgan va u yerda „Settaleze“ klubida futboldagi ilk qadamlarini qoʻygan.1979-yilda u Milanning "Inter" klubiga koʻchib oʻtdi.Bergomi shundan soʻng u yerda 17 yoshu ikki oyligida debyut qildi va shu tariqa bu klubni himoya qilgan eng yosh futbolchiga aylandi.Makedoniyalik Goran Slavkovski 2006-yilda uning rekordini yangilagan.Bergomi va u yerda 1999-yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan.U „Inter“ safida 758 ta oʻyin oʻtkazgan (shundan 519 tasi A Seriyada boʻlgan).Bu rekord ham 2011-yil 15-yanvargacha argentinalik futbolchi Xaver Sanettini yangilamaguncha klub tarixidagi eng yaxshi natija boʻlib qolayotgan edi.Jamoadagi bu faoliyati davomida 28 ta gol urdi.Italiya terma jamoasi safida u 81 ta oʻyin oʻtkazgan 6 ta gol urgan.33 ta oʻyinda esa terma jamoani sardor sifatida maydonga boshlab tushgan.
1981-yil 22-fevralda u A Seriyada „Inter“ tarkibida „Inter“ — „Komo“ (2:1) uchrashuvida debyut qildi.U Italiya terma jamoasidagi debyutini 1982-yilda GDR-Italiya (1:0) terma jamoalari oʻrtasidagi oʻyinida oʻtkazgan va Fransiyada oʻtgan 1998-yilgi jahon chempionati tugaganidan keyin terma jamoadagi futbolchilik faoliyatini yakunlagan.Toʻrtta jahon chempionati ishtirokchisi (1982,1986,1990,1998).1994-yilgi jahon chempionatida italiyaliklarning oʻsha paytdagi bosh murabbiyi Arrigo Sakki Bergomini jahon chempionatiga boruvchi futbolchilar roʻyxatiga qoʻshmadi va u musobqada ishtirok etmadi.Italiya terma jamoasi tarkibida 1982-yilgi jahon chempionati gʻolibi
Yoshligidan qoʻygan moʻylovi uchun „Lo Zio“ laqabini olgan (ital.— "amaki")[1].Hozirgi kunda Juzeppe Bergomi Sky Italia telekanalida futbol ekspertii sifatida ishlaydi.
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jamoaviy
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Terma jamoa miqyosida
- Jahon chempioni-1982
- Jahon chempionatining bronza medali sovrindori-1990
- Yevropa chempionatining bronza medali sovrindori-1988
- "Inter"
- Italiya chempioni-1979/80,1988/89
- Italiya chempionatining kumush medali sohibi-1992/93,1997/98
- Italiya chempionatining bronza medali sovrindori-1982/83,1984/85,1986/87,1989/90,1990/91,1996/97
- Italiya kubogi sohibi-1982
- Italiya Superkubogi sohibi-1989
- UEFA kubogi sohibi-1990/91,1993/94,1997/98
- UEFA kubogi finalchisi-1996/97
Shaxsiy
[tahrir | manbasini tahrirlash]- FIFA 100 roʻyxatiga kiritilgan
- Gaetano Scirea mukofoti sovrindori-1997
Italiya terma jamoasida jami 81 ta oʻyin oʻtkazib 6 ta gol urgan.Bu oʻyinlarning 46 tasida terma jamoa gʻalaba,17 tasida durang,18 tasida magʻlubiyat qayd etgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „European football's best nicknames“ (en). UEFA.com (2017-yil 4-oktyabr). 2020-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-oktyabr.
- 4.Statistika matchey za sbornuyu Italii na sayte eu-football.info
- 5.Statistika matchey za sbornuyu Italii na sayte rsssf.com
- 6.Statistika vistupleniy za „Internatsionale“ na sayte archivio.inter.it (Wayback Machine saytida 2013-05-11 sanasida arxivlangan)
- 7.Profil igroka na sayte Footballplayers.ru (Wayback Machine saytida 2022-08-04 sanasida arxivlangan)
- 8.Otmorozki mirovogo futbola (Wayback Machine saytida 2017-09-05 sanasida arxivlangan)