Kontent qismiga oʻtish

Hasan Ruhoniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hasan Ruhoniy
fors. حسن روحانی‎
 7-Eron Prezidenti
Mansab davri
2013-yil 3-avgust – 2021-yil 3-avgust
Oʻtmishdoshi Mahmud Ahmadinajod
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 12-noyabr 1948-yil (1948-11-12) (76 yosh)
 Iran Sorhe, Eron
Kasbi huquqshunos
Maʼlumoti  Scotland Kaledon universiteti
 Iran Tehron universiteti

Hasan Ruhoniy — 2013-yildan 2021-yilgacha Eron Islom Respublikasining Prezidenti. 1948-yil, 12-noyabrda Eronning Sorhe shahrida tugʻilgan. Hasan Ruhoniy siyosatchilikdan tashqari Islomning Shia mazhabi yetakchisi hamdir. Hasan Ruhoniy Eronning 7-prezidenti hisoblanadi.

Hasan Ruhoniy 1948-yil 12-noyabrda Eronning Semnan ostanidagi Sorhe shahrida tugʻilgan. Diniy savodni 1960-yildan boshlab oldi. 1969-yil Tehron universitetiga oʻqishga kirdi va 1972-yili Sud huquqlari boʻyicha bakalavr darajasiga koʻtarildi. 1995-yilda Shotlandiyaning Glazgo shahridagi Kaledon Universitetida „Eron misolida Islomiy qonunchilik“ (The Islamic legislative power with to the Iran experience) magisterlik dissertatsiyasini yoqladi. 1999-yili oʻsha universitetda „Falsafa va Davlat huquqshunosligi“ boʻyicha doktor unvonini qoʻlga kiritdi.

Shuningdek Hasan Ruhoniy koʻp tillarda soʻzlasha oladi, bular: fors, arab, ingliz, fransuz va olmon tillaridir[1].

Siyosiy karyerasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1991-yildan boshlab siyosiy karyerasi boshlandi[2]. 1989-yildan „Milliy Xavfsizlikning oliy kengashi“ aʼzosi[3], 1999-yildan boshlab esa „Ekspertlar Hamjamiyati“ aʼzosi[4]. Eron yadroviy dasturi boʻyicha Yevropa davlatlari bilan muzokara olib borgan[5]. 2013-yil 15-iyun kuni „Prezideentlik saylovlari“da gʻalaba qozondi va „Eron Islom Respublikasi Prezidenti“ deb eʼlon qilindi[6][7].

  1. Новый президент Ирана: кто он?
  2. „Two new members appointed to the Expediency Discernment Council“. The Office of the Supreme Leader (8-may 1991-yil). 2015-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 5-fevral.
  3. „Hassan Rouhani appointed as the Supreme Leader's representative to the SNSC“. The Office of the Supreme Leader (13-noyabr 1989-yil). 2015-yil 3-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 5-fevral.
  4. „Members of Assembly of Experts“. Assembly of Experts. 2013-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 22-aprel.
  5. „Hassan Rouhani's Résumé“. CSR (2013-yil 11-aprel). 2013-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 5-fevral.(Wayback Machine saytida 2013-06-19 sanasida arxivlangan)
  6. Eronda yangi prezident Hasan Ruhoniy qasamyodga keltirildi
  7. Хассан Роухани был избран седьмым президентом Ирана, 2013-12-24da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2014-02-05

Andoza:Eron Prezidentlari