Kontent qismiga oʻtish

Hazuri bogʻ

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hazuri Bogʻ (urdu. حضوری باغ) – Pokistonning Lahor shahridagi bogʻ, sharq tarafidan Lahor qal’asi, gʻarbda Badshaxi masjidi, shimolda Ranjit Singx Samadxi va janubda Roshnay darvozasi bilan tugaydi. Bogʻ Maharaja Ranjit Singx davrida, Boburiy bogʻlari uslubida qurilgan. Bogʻning markazida 1813-yilda Shuja Shoh Durroniydan Koʻhi Nur olmosini tortib olinganining sharafiga 1818-yilda Maharaja tomonidan qurilgan Hazuri Bogʻ Baradari joylashgan[1][2][3]. Hazuri bogʻi joylashgan joyda avval Serai Olamgiri karvonsaroyi boʻlgan.

Panjob kutubxonasidagi eski toshbosma rasm
Panjob kutubxonasidagi eski toshbosma rasm

Hazuri bogʻi Faqir Azizuddin tomonidan anʼanaviy Boburiy uslubida loyihalashtirilgan. Aytishlaricha, Ranjit Singx Jamadar Xushxal Singx taklifi bilan Lahorning turli maqbaralaridan marmar buzib olib kelib, baradari qurishni buyurgan. Bu vazifa Xalifa Nuriddinga topshirilgan[4][5][6].

  1. "Hazuri Bagh and Baradari". Asian Historical Architecture website. Retrieved 31 December 2020
  2. Bansal, Bobby (2015). Remnants of the Sikh Empire: Historical Sikh Monuments in India & Pakistan. Hay House, Inc. ISBN 9384544930.
  3. Tania Qureshi (23 February 2018). „Lahoreʼs Hazuri Bagh – a historic complex with a new look“. Daily Times (newspaper). Retrieved 31 December 2020
  4. Tania Qureshi (23 February 2018). „Lahoreʼs Hazuri Bagh – a historic complex with a new look“. Daily Times (newspaper). Retrieved 31 December 2020.
  5. Siddique Shahzad (28 June 2015). „Hazuri Bagh“. Lahore History website. Retrieved 31 December 2020.
  6. Siddique Shahzad (28 June 2015). „Hazuri Bagh“. Lahore History website. Retrieved 31 December 2020