Kontent qismiga oʻtish

Jacques Offenbach

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jacques Offenbach
Tavalludi 20-iyun 1819[1]
Vafoti 5-oktyabr 1880[2][1]
Fuqaroligi Fransiya va Prussiya qirolligi
Otasi Isaac Offenbach

Jacques Offenbach (talaffuzi: Jak Offenbax; asl ismi va familiyasi Yakob Ebershi; 20-iyun 1819-yil, Kyoln - 4-oktabr 1880-yil, Parij) — fransuz kompozitori, fransuz operettasining asoschisi. 1849-yildan "Komediya Fransez" teatrida dirijyor va kompozitor. 1855—61 yillarda oʻzi asos solgan "Buff-Pari-zyen", 1872—76 yillar "Dela Gete" teatrlarini boshqargan. Jacques Offenbach 100 ga yaqin operetta yozib, mazkur janr tarixini boshlab bergan. Ulardan "Orfey doʻzaxda", "Guzal Yelena", "Koʻk soqol", "Parij hayoti", "Perikola", shuningdek, "Gofman ertaklari" nomli romantik operasi (1880) koʻp mamlakatlarda sahnalashtirilgan.[3]

  1. 1,0 1,1 (unspecified title)
  2. (unspecified title)
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil