Jazeera Airways
| |||||||
Tashkil topgan | 2004 | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
Havo tuguni | Quvayt xalqaro aeroporti | ||||||
Park hududi | 21 | ||||||
Parvoz yoʻnalishlari | 63 | ||||||
Egasi | Boodai Group | ||||||
Bosh qarorgohi | Quvayt xalqaro aeroporti | ||||||
Muhim shaxslar |
Marwan Boodai (Rais) Rohit Ramachandran (Boshqaruv raisi) | ||||||
Sayti | www.jazeeraairways.com |
Jazeera Airways K. S.C (arabcha: طيران الجزيرة) Quvaytning lou-koster aviakompaniyasi boʻlib, bosh ofisi Al-Farvoniya viloyatidagi Quvayt xalqaro aeroporti hududida joylashgan. U Yaqin Sharq, Nepal, Pokiston, Bangladesh, Hindiston, Shri Lanka va Yevropa yoʻnalishlariga muntazam parvozlarni amalga oshiradi[1][2]. Asosiy bazasi Quvayt xalqaro aeroportida joylashgan. Aviakompaniya ishga tushirilgandan beri oʻsib, Quvaytning ikkinchi milliy aviakompaniyasiga aylandi. Jazeera Airways Quvayt aeroportidagi eng yirik operatorlardan biri boʻlib, 2009-yil iyul oyida aeroportdagi barcha parvozlar va yoʻlovchilarining toʻrtdan biriga xizmat koʻrsatgan. Quvayt fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi tomonidan 2009-yil iyul oyida eʼlon qilingan hisobotga koʻra, Jazeera Airways bir oyda 1834 ta parvoz va qoʻnish bilan parvozlar soni boʻyicha yetakchi aviakompaniyaga aylanib, bu yoʻnalishda ikkinchi yirik aviatashuvchini 4 foizga ortda qoldirdi[3].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2004-yilda Quvayt hukumati nodavlat aviakompaniya tashkil etishga ruxsat berdi, bu esa mamlakatda Quwait Airways aviakompaniyasining 50 yillik yakkahokimligiga barham berdi. 2004-yildagi 89-sonli Amirlik qarori Jazeera Airwaysni yangi erkinlik berilgan aviasanoatga kirgan birinchi aviakompaniyaga aylantirdi.
Jazeera Airways Quvaytda birlamchi ommaviy taklif (IPO) orqali oʻz kapitalini 10 million Quvayt dinori (35 million AQSh dollari)ga yetkazdi. Ushbu IPOda 12 baravardan koʻproq obunalar topshirilgan. 2007-yilning 4-choragida mavjud aksiyadorlarga ikkilamchi taklif orqali kapital ikki baravarga – 20 million dinorga ($70 mln)ga oshirildi. 2009-yil may oyida aksiyalarning 10% qismining taqsimoti kompaniya kapitalini 22 mln dinor ($77 mln)ga koʻtardi.
Aviakompaniyaning 26% ga yaqin aksiyalari Boodai guruhiga affillangan ikkita kompaniyaga tegishli: Wings Finance (9%) va Boodai Projects (17%). 6-7% aksiyalar Quvaytning Iroq bosqinidan ozod etilishidan keyin tuzilgan birinchi hukumatidagi sobiq jamoat ishlari vaziriga tegishli Jasem M. al-Mousa Trading kompaniyasi tomonidan egalik qilinadi. Taxminan 17,5% ikkita koʻchmas mulk kompaniyasiga tegishli, qolganlari esa ommaviy savdolarda sotiladi[3].
Jazeera Airways 2005-yil 30-oktabrda oʻz faoliyatini barchasi oʻrindiqlari charmdan boʻlgan yangi Airbus A320 samolyotlari parki bilan boshladi. Aviakompaniya dastlab Yaqin Sharqdagi bir qancha yoʻnalishlarga parvozlarni tashkillashtirgan.
2009-yilning 2-choragida BAA hukumati aviakompaniyadan Dubaydagi hab faoliyatini toʻxtatishni soʻradi. Bu qadam Dubayning yaqinda oʻzining lou-kosteri – Flydubai faoliyatini yoʻlga qoʻyishida yordam sifatida koʻrildi. Jazeera oʻzining Quvayt habiga eʼtibor qaratdi va ikkinchi markazni boshqa joyda ishga tushirishga harakat qilib, oʻz operatsion modelini oʻzgartirdi. 2010-yilning 2-choragiga kelib, yangi model zararli ekanligi maʼlum boʻldi, chunki Quvayt markaziga ortiqcha yuklama tushdi. Aviakompaniya rejalarini oʻzgartirdi va koʻplab oraliq parvoz bekatlarini bekor qildi va keyinchalik ijaraga beruvchiga qaytarilgan baʼzi samolyotlarni parvozlardan oldi.
Parvoz manzillari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jazeera Airways Quvaytdagi bazasidan Yaqin Sharq va Yevropa boʻylab bir qancha manzillarga uchadi. 2018-yildan boshlab kompaniya mavjud yoʻnalishlarni kengaytirdi.
2019-yil oktyabr oyida Jazeera Airways Londonga birinchi parvozni amalga oshirdi va 55 yil ichida Quvaytdan Buyuk Britaniyaga birinchi marta parvozni taqdim qildi. U eng yangi A320neo samolyoti bilan London Gatvik aeroportining janubiy terminaliga parvozni amalga oshiradi[4].
2021-yil 24-fevralda aviakompaniya Shri-Lankaning Kolombo shahriga parvozlarni boshladi[1].
Maxsus terminal
[tahrir | manbasini tahrirlash]2018-yilda Jazeera Airways Quvayt xalqaro aeroportida oʻzining maxsus terminalini ochdi. Ushbu obyekt Yaqin Sharqdagi xususiy aviakompaniyaga tegishli boʻlgan, qurilgan va boshqariladigan birinchi obyekt ekanligi daʼvo qilindi[5]. Unda Jazeera yoʻlovchilari uchun maxsus roʻyxatdan oʻtish zali, biznes-klass zali, Jazeera bort darvozalariga toʻgʻridan-toʻgʻri kirish imkoniyati va teletrap bilan bogʻlangan 350 oʻrinli avtoturargoh mavjud.
Aviaparki
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jazeera Airways floti quyidagi samolyotlardan iborat (2023-yil iyul holatiga koʻra)[6][7][8]:
Samolyot | Miqdori | Buyurtmalar | Yoʻlovchilar | Eslatmalar | ||
---|---|---|---|---|---|---|
B | E | Jami | ||||
Airbus A320-200 | 10 | — | 12 | 147 | 159 | Airbus A320neo samolyotlari bilan almashtiriladi. |
— | 165 | 165 | ||||
Airbus A320neo | 11 | 18 | 12 | 150 | 162 | 5 ta variant bilan buyurtma berilgan[9]. Yetkazib berish 2018-yilda boshlangan. |
Airbus A321neo | — | 8 | TBA | Yetkazib berish 2023-yilda boshlanishi kutilmoqda[9] | ||
Jami | 21 | 26 |
A320 samolyotlarining oxirgisi Airbus tomonidan 2010-yil 9-yanvarda yetkazilgan.
Aviakompaniya parki CFM56-5B dvigatellari bilan jihozlangan. Jazeera Airways aviakompaniyasining barcha samolyotlari 165 ta charm qoplangan oʻrindiqlar bilan jihozlangan va ikkita kabinaga boʻlingan: Jazeera va Jazeera Business. Jazeera Business taklif qilinganda, 147 ta ekonom-klass oʻrindiqlariga qoʻshimcha 12 ta biznes-klass oʻrindiqlari uchun oltita oʻrindiq olib tashlanadi.
Jazeera Airways 2007-yil 18-iyunda 30 ta Airbus A320 samolyotiga buyurtma berdi. Bu haqda Parij aviakoʻrgazmasida eʼlon qilingan boʻlib, kompaniya tomonidan buyurtma qilingan Airbus A320lar soni 35 taga yetdi.
2010-yil davomida aviakompaniyaning operatsion rejalari oʻzgarishi tufayli bir nechta samolyotlar parvozdan olindi va oxir-oqibat beshtasi lizing beruvchi Sahaab shirkatiga qaytarildi, Sahaab keyinchalik ularni Virgin America va SriLankan Airlines aviakompaniyalarini lizingga berdi.
2011-yil aprel oyida Jazeera Airways 2007-yilda buyurtma bergan 40 ta A320 samolyotidan 25 tasini bekor qildi. Jazeeraga 2012-yildan 2014-yilgacha buyurtma asosida toʻrtta A320 samolyoti yetkazib berildi[10].
2018-yilda Jazeera Airways Yaqin Sharqdagi birinchi Airbus A320neo samolyotiga ega boʻldi va uni Dubay yoʻnalishida parvozga qoʻydi. 2019-yil sentyabr oyida Jazeera ham A321LR ga buyurtma berishni rejalashtirgan edi. Shuningdek, aviakompaniya Quvaytdagi markazidan 6 soatlik masofada joylashgan London Gatvik aeroportiga oʻzining A320 oilasidagi samolyotlari uchun eng uzun reysni yoʻlga qoʻydi[11].
Kabinalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aviakompaniya biznes va ekonom klassdagi oʻrindiqlarni taklif etadi. Ekonom-klassdagi oʻrindiqlarga charm qoplangan va umumiy televizor ekranlariga ega. Biznes-klassdagi oʻrindiqlar ham charmdan va har bir oʻrindiqda televizor ekranlari, har bir qatorda esa ikkitadan oʻrindiq mavjud.
Jazeera Airways oʻz reyslarida alkogolli ichimliklar taqdim qilmaydigan kam sonli aviakompaniyalardan biridir[12].
Baxtsiz hodisalar va falokatlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]2018-yil 2-avgust kuni Quvaytdan yoʻlga chiqqan Jazeera samolyoti (J9 608) Haydarobodga qoʻnayotganda oʻng dvigatelida yongʻin chiqdi. 145 nafar yoʻlovchining barchasi xavfsiz evakuatsiya qilindi va yongʻin oʻchirildi[13].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Kuwait's Jazeera Airways begins flying to Sri Lanka“. Economynext (2021-yil 25-fevral). Qaraldi: 2021-yil 25-fevral.
- ↑ „List of Destinations“. JazeeraAirways.com. Qaraldi: 2021-yil 12-oktyabr.
- ↑ 3,0 3,1 „المعلومات العامة لشركة طيران الجزيرة“. Kuwait Stock Exchange (2010-yil 16-fevral). 2009-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 16-fevral.
- ↑ „Jazeera Airways launches London route“. HMG Aerospace (2019-yil 29-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 29-oktyabr.
- ↑ Robert Anderson. „Kuwait's Jazeera Airways to open new terminal in May“ (en-US). Gulf Business (2018-yil 15-may). Qaraldi: 2021-yil 6-sentyabr.
- ↑ "Global Airline Guide 2019 (Part One)". Airliner World (October 2019): 19.
- ↑ „Airbus orders and deliveries“. Airbus (2019-yil oktyabr). 2019-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 8-noyabr.
- ↑ „Jazeera Airways Fleet Details and History“. www.planespotters.net. Qaraldi: 2023-yil 26-iyul.
- ↑ 9,0 9,1 (2022-yil 14-fevral). „Kuwait's Jazeera Airways confirms order for 28 new A320neo family aircraft“. Press-reliz.
- ↑ Jazeera Airways cancels orders for 25 A320s
- ↑ „PICTURE: Jazeera Airways takes first A320neo“ (en-GB). Flightglobal.com (2018-yil 11-iyun). Qaraldi: 2018-yil 12-iyun.
- ↑ „Major Airlines that Don't Serve Alcohol“. ShawnVoyage (2014-yil 7-aprel). 2019-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-sentyabr.
- ↑ „Jazeera flight from Kuwait catches fire on landing at Hyderabad, passengers evacuated“ (en). Hindustan Times (2018-yil 2-avgust).