Jonathan Swift
Jonathan Swift | |
---|---|
Tavalludi | 30-noyabr 1667-yil |
Vafoti |
19-oktyabr 1745-yil (77 yoshda) |
Taxallusi | M.B. Drapier, Lemuel Gulliver, Isaac Bickerstaff |
Ijod qilgan tillari | Ingliz tili[1] |
Fuqaroligi | Kingdom of Ireland[2] |
Yoʻnalish | Nasr, sheʼriyat, satira |
Shoh asari | „Gulliverning sayohatlari“ (1726) |
Jonathan Swift (talaffuzi: Jonatan Svift) (30-noyabr 1667 — 19-oktyabr 1745) — ingliz/irland yozuvchisi, shoiri va satirachisi. Swift ingliz nasrining eng yuksak namoyondalaridan hisoblanadi.[3] Swiftning shoh asari ilk bor 1726-yilda chop etilgan „Gulliverning sayohatlari“ romanidir. Bu asar dunyoning koʻp tilariga, shu jumladan oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Romanni koʻpchilik bollar uchun yozilgan deb oʻylaydi. Ammo „Gulliverning sayohatlari“ aslida insoniyat haqida satiradir.[4]
Jonathan Swift ilk asarlarini M.B. Drapier, Lemuel Gulliver, Isaac Bickerstaff kabi turli taxalluslar ostida yozgan. Baʼzi asarlarida esa ismini koʻrsatmagan. Jonathan Swift satiralarida siyosat, adabiyot va inson jamiyatiga oid mavzular haqida yozgan.
Ijodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Swift 1682—1688-yillarda Dublin universitetining Triniti kollejida tahsil koʻrgan. Ilk asarlari — „Vilyam Senkroftga qasida“ (1690) va „Kongrivga qasida“ (1693). „Kitoblar jangi“ (1697) pamfletining davomi „Bochka haqida ertak“ hajviyasi (1704)da katolik, anglikan va puritan cherkovlari orasidagi kurash parodiya ruhida tasvirlangan. „Movutchining xatlari“ (1723—24) va „Kamtarin taklif“ (1729) pamfletlarida irland xalqi boshidan kechirayotgan zulm qoralangan. „Dunyoviy suhbatchilar“ (1738), „Malaylarga oʻgitlar“ (1745) kabi hajviyalari ham bor.
Swiftning ijodidagi eng muhim va yagona roman — „Gulliverning sayohatlari“ (1-2-jildlar, 1726) ingliz jamiyatidagi illatlarni fosh etuvchi achchiq satira, oʻtkir aybnomadan iborat. Gulliverning xayoliy oʻlkalar — liliputlar (mitti odamlar), brobdingneglar (ulkanlar), guigngnmlar (aqlli otlar) mamlakatlariga qilgan sayohatlari bilan bogʻliq holda adib real voqelikdagi yangicha munosabatlar, bosqinchilik urushlari, davlat idoralaridagi sotqinlik, sudyalarning adolatsizligi va boshqalarni aks ettirgan.
Swift satirasi uning ijodiga xos boʻlgan maʼrifatparvarlik asosida rivojlanib, xususiy va ijtimoiy illatlarni tugatish zarurligini taʼkidlagan gumanistik pafos bilan chambarchas bogʻliq.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ „Jonathan Swift“. Encyclopædia Britannica. Qaraldi: 4-may 2012-yil.
- ↑ "Jonathan Swift". Microsoft® Student 2009 [DVD]. Redmond, Vashongton: Microsoft Corporation. 2008.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Gulliverning sayohatlari“ romani Ziyouz kutubxonasida (Wayback Machine saytida 11-may 2012-yil sanasida arxivlangan)
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |