Kevin Systrom
Kevin Systrom | |
---|---|
Systrom 2018-yilda | |
Tavalludi |
30-dekabr 1983-yil Holliston, Massachusetts, AQSH |
Fuqaroligi | AQSh |
Kasbi | Tadbirkor |
Turmush oʻrtogʻi |
Nicole Schuetz (turm. 2016) |
Kevin Systrom (1983-yil 30-dekabrda tugʻilgan) – amerikalik kompyuter dasturchisi va tadbirkor. Mayk Krieger bilan birgalikda dunyodagi eng yirik fotosuratlar almashish veb-sayti Instagramga asos solgan[1].
Systrom 2016-yilda Amerikaning 40 yoshgacha boʻlgan eng boy tadbirkorlari roʻyxatiga kiritilgan[2]. Instagram Systrom bosh ijrochi direktor (CEO) lavozimida ishlagan davrda eng tez rivojlanayotgan ilovalardan biriga aylandi[3]. 2018-yil 24-sentyabrda Instagram bosh ijrochi direktori lavozimini tark etdi[4].
Meta Platforms (sobiq Facebook, Inc.) 2012-yilda Instagramni 1 milliard dollarga sotib oldi, bu oʻsha paytda 13 nafar xodimi boʻlgan kompaniya uchun juda katta summa edi. Instagram bugungi kunda bir milliarddan ortiq foydalanuvchiga ega va Meta Platforms yillik daromadiga 20 milliard dollardan ortiq hissa qoʻshadi.
Yoshlik yillari va taʼlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Systrom 1983-yilda Massachusets shtatining Holliston shahrida tugʻilgan.
Systrom Massachusets shtatining Konkord shahridagi Middlesex maktabida oʻqigan va oʻsha yerda birinchi bor dasturlash bilan tanishgan. Bolaligida „Doom 2“ video oʻyinini oʻynashi uni dasturchilikka koʻproq qiziqishiga sabab boʻlgan[5].
U oʻrta maktabda oʻqib yurgan paytida Bostondagi gromofon plastinkalari doʻkoni „Boston Beat“da ishlagan[6].
Systrom Stanford universitetida oʻqigan va 2006-yilda menejment va muhandislik boʻyicha bakalavr darajasini olgan[7][8]. U Mark Zuckerbergning ishga qabul qilish taklifini rad etdi va uning oʻrniga Florensiyada fotografiya boʻyicha tahsil oldi[9][10].
Karyera
[tahrir | manbasini tahrirlash]Stenfordni tugatgandan soʻng u Google kompaniyasiga ishga qabul qilindi va Gmail, Google Calendar, Google Docs, Spreadsheets va boshqa mahsulotlar ustida ishladi[6].
2010-yilda Systrom San-Franciscoda (Kaliforniya) Mayk Kriger bilan surat va keyinchalik video almashish imkonini beruvchi ijtimoiy tarmoq, Instagramga asos soldi[11].
2012-yil aprel oyida Instagram 13 nafar xodimi bilan birga Facebook’ga 1 milliard AQSh dollari miqdoridagi naqd pul va aksiyalar evaziga sotildi[12]. Koʻpgina maʼlumotlarga koʻra bitim, biznesdagi ulushiga binoan, Systromga 400 million AQSh dollarini taqdim qildi[13].
Forbes nashriga bergan intervyusida u shunday dedi: "Instagram – bu muloqotning yangi shakli boʻlib, u bugungi ijtimoiy media olamida doim siz bilan birga boʻlgan iPhoneʼga juda mos keladi. Instagram bu suratlar atrofida qurilgan ijtimoiy tarmoq boʻlib, u yerda odamlar suratlarga tezda izoh berishlari yoki „like“ qoldirishlari hamda ularni Twitter yoki Facebook’da baham koʻrishlari mumkin"[14].
2018-yil 24-sentyabrda Systrom Instagramdan isteʼfoga chiqqani va bir necha haftadan keyin ketishini eʼlon qilindi[15][16].
Artifact
[tahrir | manbasini tahrirlash]2023-yil 31-yanvarda Krieger va Systrom App Store va Google Play’da sunʼiy intellekt asosida ishlaydigan Artifact yangiliklar ilovasini ishga tushirishdi[17][18].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Instagram.com Traffic, Demographics and Competitors – Alexa“. www.alexa.com. 2022-yil 10-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 9-dekabr.
- ↑ „Kevin Systrom“ (en). Forbes. Qaraldi: 2018-yil 30-dekabr.
- ↑ „Kevin Systrom“ (en). Forbes. Qaraldi: 2018-yil 13-dekabr.
- ↑ Newton. „Ledger bucholz on quitting Instagram: 'No one ever leaves a job because everything's awesome'“. The Verge (2018-yil 15-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 9-dekabr.
- ↑ Rogers. „Searching for Zuckerbergs: Inside a start-up summer camp“. CNBC (2015-yil 31-iyul). Qaraldi: 2019-yil 30-aprel.
- ↑ 6,0 6,1 „How Kevin Systrom of Instagram got his start“. Fortune. Qaraldi: 2017-yil 19-may.
- ↑ „Executive Profile“. Bloomberg Businessweek (2012-yil 5-aprel).
- ↑ Kiss, Jemima. „Instagram CEO Kevin Systrom: 'We're working on time travel'“ (en-GB). The Guardian (2015-yil 2-oktyabr). Qaraldi: 2017-yil 19-may.
- ↑ Dodds, Laurence. „The inside story of how Facebook went from idealism to scandal“ (en-GB). The Telegraph (2020-yil 18-aprel). 2022-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 1-fevral.
- ↑ „Instagram's Kevin Systrom: 'I'm dangerous enough to code and sociable enough to sell our company'“ (en). The Daily Telegraph. 2022-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 19-may.
- ↑ Hempell, Jessi. „Instagram's Founders Have Always Had Impeccable Timing“. Wired. Condé Nast. Qaraldi: 1 October 2022.
- ↑ Primack, Dan. „Breaking: Facebook buying Instagram for 13 billion“. Fortune (2012-yil 9-aprel). 2012-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 17-dekabr.
- ↑ Isaac, Marc (April 9, 2012). „Facebook Buys Instagram“. Wired. Condé Nast Digital. Qaraldi: August 13, 2012.
- ↑ Geron. „Kevin Systrom Builds Instagram into a Media Company Press“. Forbes (2011-yil 19-dekabr). Qaraldi: 2014-yil 25-oktyabr.
- ↑ Isaac, Mike. „Instagram's Co-Founders to Step Down From Company“. The New York Times (2018-yil 24-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 24-sentyabr.
- ↑ Lyons, Kate. „Instagram co-founders resign to explore 'creativity again'“. The Guardian (2018-yil 25-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 25-sentyabr.
- ↑ Peters. „Artifact, the AI-powered news app from Instagram’s co-founders, is now open to all“ (en-US). The Verge (2023-yil 22-fevral). Qaraldi: 2023-yil 26-iyun.
- ↑ „Instagram Co-Founders Introduce Artifact, an AI-Powered News App“ (en). CNET. Qaraldi: 2023-yil 26-iyun.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Kevin Systrom Instagram sahifasi
- Kevin Systrom Twitter sahifasi