Kodaira (Tokio)
Kodaira 小平市 | |
---|---|
Shahar | |
35°43′42.6″N 139°28′38.8″E / 35.728500°N 139.477444°E | |
Mamlakat | Yaponiya |
Hukumat | |
• Hokim | Masanori Kobayashi |
Asos solingan | 1889-yil 1-aprel |
Qachondan beri shahar | 1962-yil 1-oktyabr |
Maydon | 20.51 km2 (7.92 kv mi) |
Aholisi (Aprel 2021) |
195,207 |
Zichligi | 9,500 kishi/km2 |
|
Kodaira (yaponcha: 小平市 Kodaira-shi ) – Yaponiyadagi Tokio Metropolisining gʻarbiy qismida joylashgan shahar. 2021-yilning 1-aprel holatiga koʻra, shaharning taxminiy aholisi 195.207 kishi. Shaharda 93,654 ta xonadon mavjud. Aholi zichligi har kvadrat kilometrga 9500 kishini tashkil qiladi[1]. Shaharning umumiy maydoni 20.51 kilometr kvadrat.
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kodaira Tokio Metropoliteni geografik markazi yaqinidagi Musashino platosida joylashgan.
Qoʻshni munitsipalitetlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tokyo Metropoliteni:
- Nishitokyo
- Tachikava
- Higashimurayama
- Higashiyamato
- Higashikurume
- Kokubunji
- Koganei
Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kodaira nam subtropik iqlimga ega. Yozi issiq va qishi salqin, qor yogʻmaydi. Kodairadagi oʻrtacha yillik harorat 14,0 °C. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1647 mm, eng yomgʻirli oy esa sentyabr hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 25,5 °C atrofida, eng pasti yanvarda – 2,6 °C atrofida.[2]
Demografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra,[3] Kodaira aholisi 1950 va 1960 yillarda eng tez oʻsish ko'rsatkichlariga ega boʻlgan va hamon oʻsishda davom etmoqda. Oxirgi oʻn yilliklarda oʻsish sur’ati sekinlashgan.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1920 | 6,068 | — |
1930 | 6,558 | +8.1% |
1940 | 8,674 | +32.3% |
1950 | 21,659 | +149.7% |
1960 | 52,923 | +144.3% |
1970 | 137,373 | +159.6% |
1980 | 154,61 | +12.5% |
1990 | 164,013 | +6.1% |
2000 | 178,623 | +8.9% |
2010 | 187,035 | +4.7% |
2020 | 198,739 | +6.3% |
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hozirgi Kodaira hududi qadimgi Musashi provinsiyasining bir qismi boʻlgan. Edo davrida Tamagava akveduki ochilishi orqali asosan aholi yashamaydigan hududlarida dehqonchilik bilan shugʻullanish imkoni yaratilgan.
1878-yil 22-iyul, Meiji Islohotidan keyingi yerni qayta taqsimlash jarayonida, hudud Kanagava prefekturasining Kitatama tumaniga kiritildi. 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimi yaratilishi bilan Kodaira qishlogʻi tashkil etildi. Kitatama tumani 1893-yil 1-aprelda Tokio metropolisining maʼmuriy nazorati ostiga oʻtdi. Hudud aholisi 1923-yildagi Buyuk Kanto zilzilasidan soʻng, universitetlar va turar-joy binolarining Tokio markazidan koʻchirilishi natijasida keskin oʻsdi. Kodaira 1944-yilda shaharcha maqomiga va 1962-yil 1-oktyabrda shahar maqomiga koʻtarildi.
Hukumati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kodaira toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan hokim va 28 aʼzodan iborat bir palatali shahar kengashidan tashkil topgan hokim-kengash boshqaruv shakliga ega. Tokio Metropolisi Assambleyasiga Kodairadan ikki nafar aʼzo qoʻshiladi. Milliy siyosat nuqtai nazaridan shahar Yaponiya Dietining Quyi Palatasi nazoratidagi Tokio 18-okrug ma'muriy birligi tarkibiga kiradi.
Taʼlim
[tahrir | manbasini tahrirlash]Universitetlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Tsuda Universiteti
- Kaetsu Universiteti
- Musashino San'at Universiteti
- Hitotsubashi Universiteti (Kodaira kampusi)
- Shiraume Gakuen Universiteti
- Shiraume Gakuen Yuqori Maktabi
Boshlangʻich, oʻrta va yuqori maktablar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kodairada Tokio Metropoliteni davlat Taʼlim Kengashi tasarrufidagi 3 ta davlat yuqori maktablarini bor. Shuningdek, nogironlar uchun bitta maxsus taʼlim maktabi ham mavjud.
- Kodaira Yuqori Maktabi (東京都立小平高等学校)
- Kodaira Minami Yuqori Maktabi (東京都立小平南高等学校)
- Kodaira Nishi Yuqori Maktabi (東京都立小平西高等学校)
Kodairada 19 ta davlat boshlangʻich maktabi, 8ta davlat oʻrta maktabi mavjud.
Davlat oʻrta Maktablari:[4]
- Hana Koganei Minami (花小金井南中学校)
- Josui (上水中学校)
- Kodaira No. 1 (小平第一中学校)
- Kodaira No. 2 (小平第二中学校)
- Kodaira No. 3 (小平第三中学校)
- Kodaira No. 4 (小平第四中学校)
- Kodaira No. 5 (小平第五中学校)
- Kodaira No. 6 (小平第六中学校)
Davlat boshlangʻich maktablari:[5]
- Gakuen Higashi (学園東小学校)
- Hana Koganei (花小金井小学校)
- Kamijuku (上宿小学校)
- Kodaira No. 1 (小平第一小学校)
- Kodaira No. 2 (小平第二小学校)
- Kodaira No. 3 (小平第三小学校)
- Kodaira No. 4 (小平第四小学校)
- Kodaira No. 5 (小平第五小学校)
- Kodaira No. 6 (小平第六小学校)
- Kodaira No. 7 (小平第七小学校)
- Kodaira No. 8 (小平第八小学校)
- Kodaira No. 9 (小平第九小学校)
- Kodaira No. 10 (小平第十小学校)
- Kodaira No. 11 (小平第十一小学校)
- Kodaira No. 12 (小平第十二小学校)
- Kodaira No. 13 (小平第十三小学校)
- Kodaira No. 14 (小平第十四小学校)
- Kodaira No. 15 (小平第十五小学校)
- Suzuki (鈴木小学校)
Kodairada ikki xususiy boshlangʻich maktab, uchta xususiy oʻrta maktab va uchta xususiy yuqori maktab mavjud.
- Soka boshlang'ich va o'rta maktabi (創価中学校・高等学校)
- Kinjo yuqori maktabi (錦城高等学校 (私立)
- Shiraume Gakuen yuqori maktabi (白梅学園高等学校)
- Don Bosco Salesian boshlangʻich va oʻrta maktabi (サレジオ小学校・中学校|サレジオ小学校・中学校)
- Tokyo Soka Boshangʻich maktabi (東京創価小学校)
Xorijiy taʼlim tashkilotlari filiallari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Korea Universiteti
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Kodaira shahri rasmiy statistikasi“ (ja).
- ↑ tokyo/kodaira-5577/ Kodaira iqlim maʼlumotlari[sayt ishlamaydi]
- ↑ Kodaira aholisi statistikasi
- ↑ „小平市立中学校ホームページ“. Kodaira City. Qaraldi: 2022-yil 4-dekabr.
- ↑ „小平市立小学校ホームページ“. Kodaira City. Qaraldi: 2022-yil 4-dekabr.